Parhez ovqatlanish organizm kasalliklarini davolovchi omil. Parhez ovqatlanishning fiziologik asoslari. Turli kasalliklarning kechishida ovqatning ta`siri. O`zbekistonda sharoitida ko`p uchraydigan kasalliklar (kamqonlik, bo`qoq, yurak qon tomir kasalliklari). Asosiy davolovchi parxezlar 1, 2, 5, 7, 8, 9, 10 – ularning buyurilishi va tavsifi. Parxez uchun tavsiya etiladigan mahsulotlar, ichimliklar. Parxez taomlarini tayyorlash usullari. Kasb kasalliklarini oldini olishda parxez va davolovchi taomlarning ahamiyati. Maktab o`quvchilarini parxez bo`yicha ovqatlanishini tashkil etish.
Amaliy ish.
Berilgan parxezning kundalik taomnomasini tuzish. Kundalik parxez ovqatlanish uchun berilgan mahsulotlar, to`yimlilik qiymatini hisoblash. III bo`lim. Mikrobiologiya asoslari 1- mavzu. Mikroorganizmlar va ularning asosiy guruhlari. Bakteriyalar, zamburug’lar va viruslar.
Mikroorganizmlar va ularning asosiy guruhlari. Bakteriyalarning tuzilishi, ko`payishi va spora hosil qilishi. Mo`g`or zamburug`larining tuzilishi va ko`payishi. Oziq-ovqat sanoatida foydalaniladigan zamburug`lar. Achitqilar. Viruslar va ularning xususiyatlari.
Laboratoriya ishi.
1. Turli mikroorganizmlarning tirik va bo`yalgan holdagi preparatlarini mikroskopda ko`rish.
2. Bakteriyalar, mog`or zamburug`lari va achitqilarini mikroskoplashtirish.
2-mavzu. Mikroorganizmlar fiziologiyasi, oziqlanishi va nafas olishi.
Moddalar almashinuvi, tirik organizmlarning oziqlanishi va nafas olishi. Aerob va anaerob mikroorganizmlar. Mikroorganizmdagi fermentlar. Oziq-ovqat sanoatida fermentlardan foydalanish.
3-mavzu. Mikroorganizmlarga tashqi muhitning ta`siri va
ularning tabiatda tarqalishi.
Mikroorganizmlar rivojlanishiga haroratning, havodagi namlikning, yorug`likning, kimyoviy moddalarning va biologik omillarining ta`siri. Havo, suv va tuproq mikroflorasi.
4-mavzu. Mikrobiologik jarayonlar va ulardan oziq-ovqat sanoatida foydalanish.
Spirt va sut kislota hosil bo`ladigan bijg`ishning oziq-ovqat mahsulotlarining buzulishiga ta`siri. Chirish va uni vujudga keltiruvchi mikroorganizmlar.
5-mavzu. Ovqatdan zaharlanish.
Ovqatdan zaharlanish va uning turlari. Salmonella, stafilokok toksinidan zaharlanish. Botulizm. Og`ir metal tuzlaridan zaharlanish (Mis, rux, qo`rg`oshin, mishyak). Tabiatan zaharli mahsulotlardan zaharlanish (zamburug`, o`sib ketgan kartoshka, marinka balig`i). Ovqatdan zaharlanishning oldini olish choralari. Ovqatdan zaharlanganda birinchi yordam ko`rsatish.
Ovqatlanish fiziologiyasi asoslari, sanitariya va gigiyena fani bo`yicha amaliy, seminar, laboratoriya mashg`ulotlari va mustaqil ishlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar
Ovqatlanish fiziologiyasi asoslari, sanitariya va gigiyena fani bo`yicha amaliy, seminar va laboratoriya ishlari har bir mavzu yakunida tavsiya etildi. O`qituvchi talabalar bilim saviyasi va o`qitish shart-sharoitlaridan kelib chiqib, bu ishlarni tashkil etadi. Amaliy, seminar va laboratoriya ishlarini tashkil etishda o`quvchilarga oldindan mavzular tavsiya etiladi, reja berish maqsadga muvofiq. Har bir o`tkazilgan amaliy ish albatta tekshirilishi va baholanishi lozim. Amaliy, seminar va laboratoriya ishlarini tashkil etish o`quvchilarning mustaqil ishlarining davomi bo`lishi kerak.
Namunaviy mavzular rejasi
№
|
Fanning bo`lim va
mavzulari nomi
|
Umumiy yuklama, soat
|
Hammasi
|
Dars turi bo`yicha soatlar taqsimoti (auditoriya yuklamasi)
|
Mustaqqil ish
|
Jami
|
Nazariy (ma`ruza)
|
Amaliy
|
Laborato-riya ishi
|
Seminar
|
Kurs ishi (loyihasi)
|
1.
|
Kirish.
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
|
|
I bo`lim. Oziq-ovqat sanitariyasi va gigiyenasi.
|
2.
|
1-mavzu. Umumiy ovqatlanish korxonasida ishlovchi xodimninig va pazandachilik bo’yicha to’garak rahbarining shaxsiy gigiyenasi.
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
|
|
3.
|
2-mavzu. Umumiy ovqatlanish korxonalari joylashtiriladigan hududga, qurilishiga, jihozlari, asboblari va idish-tovoqlariga qo`yiladigan sanitariya talablari.
|
5
|
3
|
3
|
|
|
|
|
2
|
4.
|
3-mavzu. Oziq-ovqat mahsulotlarini tashishga va saqlashga qo`yiladigan sanitariya talablari.
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
|
|
5.
|
4-mavzu. Oziq-ovqat mahsulot-larining tayyorlanishiga va birlamchi, issiqlik ishlovi berilishiga qo`yiladigan sanitariya talablari.
|
4
|
2
|
2
|
|
|
|
|
2
|
6.
|
5-mavzu. Oziq-ovqat sanitariya nazorati va sanitariya qonunchiligi.
|
1
|
1
|
1
|
|
|
|
|
|
II bo`lim. Ovqatlanish fiziologiyasi
|
7.
|
1-mavzu. Ovqat hazm qilish a’zolarining tuzilishi va funksiyasi. Organizm hayotiy faoliyatida ovqat hazm qilishning ahamiyati.
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
|
|
8.
|
2-mavzu. Asosiy oziq moddalar va ularning organizm uchun ahamiyati.
|
6
|
4
|
2
|
|
|
2
|
|
2
|
9.
|
3-mavzu. Ovqatlanish maromi va tartibi. Kundalik ovqatlanishni tashkil etishning fiziologik asosi.
|
10
|
7
|
1
|
4
|
|
2
|
|
3
|
10.
|
4-mavzu. Parhez va davolash bo`yicha ovqatlanish. Parhez ovqatlanishning fiziologik asosi.
|
9
|
7
|
1
|
6
|
|
|
|
2
|
III bo`lim. Mikrobiologiya asoslari
|
11.
|
1-mavzu. Mikroorganizmlarning asosiy guruhlari. Bakteriyalar, zamburug’lar va viruslar.
|
5
|
3
|
1
|
|
2
|
|
|
2
|
12.
|
2-mavzu. Mikroorganizmlarning fiziologiyasi, oziqlanishi va nafas olishi
|
1
|
1
|
1
|
|
|
|
|
|
13.
|
3-mavzu. Mikroorganizmlarga tashqi muhitning ta`siri va ularning tabiatda tarqalishi.
|
3
|
1
|
1
|
|
|
|
|
2
|
14.
|
4-mavzu. Mikrobiologik jarayonlar va ulardan oziq-ovqat sanoatida foydalanish
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
|
|
15.
|
5-mavzu. Ovqatdan zaharlanish.
|
3
|
1
|
1
|
|
|
|
|
2
|
|
JAMI
|
57
|
40
|
24
|
10
|
2
|
4
|
|
17
|
Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun kerakli jihozlar
Ovqatlanish fiziologiyasi asoslari, sanitariya va gigiyena fani bo`yicha o`tkaziladigan amaliy mashg`ulotlar uchun o`quv qurollari, darsliklar, qo`shimcha adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari kerak.
O`qitishning texnik vositalari
Radio, televizor, kodoskop, magnitafon, kompyuter, multimediya.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. I.Erbo`tayev. Umumiy ovqatlanish, sanitariya va gigiyena. – T.: 2003.
2. X.Xoshimov., J.Xoshimova. Mikrobiologiya, ovqatlanish fiziologiyasi va
sanitariyasi. – T.: 2003.
3. I.Erbo`tayev. Umumiy ovqatlanish va xizmat madaniyati. – T.: 2003.
4. E.E.Sarkisyans., L.G.Perekopskaya. Gigiyena bilan sog`liqni saqlashni tashkil
qilish asoslari. – T.: 1988.
5. T.O.Xudoyshukurov. Ovqatlanish va salomatlik T.: 1990
6. G.I.Kositskiy (J.D.Dadamirzayev tarjimasi). Fiziologiyadan mashg’ulotlar uchun
qo’llanma T.: 1995
7. Y.N.Pavlovskaya Fiziologiya pitaniya M.: 1991
Foydalanilishga tavsiya etiladigan internet tarmog’i
1.http:// www.ziyonet.uz/tiles Ovqatlanish fiziologiyasi va gigiyenasi
2.bti.uz/library Oqilona va maromli ovqatlanish
3.www.referatlar.uz/load O’smirlar davri gigiyenasi va ovqatlanish gigiyenasi
4.opportunity.com.ua Основы физиологии и гигиены
5. www.medichelp.ru Физиологические нормы питания
6. www.masu.ru Основы микробиологии, физиологии и гигиены
7. propk.ru Физиология питания, гигиена и санитария
8. www.ziyonet.uz/ru Mikrobiologiya. Oziq-ovqat texnologiyasining nazariy
asoslari.
9. www.ziyonet.uz/ru Xizmat ko’rsatadigan ovqatlanish korxonalarida xodimlarning shaxsiy gigiyenasi
10. www.cbu.uz sanitariya va gigiyena sohasidagi qonun hujjatlari
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIMI MARKAZI
Ro`yxatga olingan
№KMD 3141602 – 2.16
“15” avgust 2012-yil
|
Vazirlikning 2012 yil
15 avgustdagi 332-1-sonli
buyrug’i bilan tasdiqlangan
|
TO`QISH VA TO`QISHNI O`RGATISH
METODIKASI
fanidan o`quv DASTURI
Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 15-avgustdagi 332/1-son majlis bayoni bilan ma`qullangan.
Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1sonli kelishuv Bayoni 2012-yil 10-avgust)
Tuzuvchilar:
|
M.Rahimjonova
|
–
|
1-Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchisi.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Taqrizchilar:
|
Q.Abdullayeva
|
–
|
Nizomiy nomli TDPU dosenti, pedagogika fanlari nomzodi.
|
|
|
|
|
|
A.Shamsuddinov
|
–
|
Toshkent shahar 22-maktab direktori.
|
|
|
|
|
Kirish
Hozirgi dolzarb masala yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, yoshlarni har tomonlama tarbiyalash, kasb-hunarga o`rgatishdan iborat. Bu vazifalar maktablarda, madaniyat uylari, o`quvchilar saroylari qoshida tashkil etilgan to`garaklar zimmasiga yuklanadi.
To`qish va to`qishni o`rgatish metodikasi fanining asosiy maqsadi, bo`lajak to`garak tashkilotchisiga to`qish to`garagini tashkil etishdagi ta`lim va tarbiya jarayonlarini olib borishni o`rgatadi. Bu fan “Ta`lim to`g`risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Prezident risolalarini hayotga tatbiq etgan holda to`garak mashg`ulotlari texnologiyasida eng zamonaviy, jahon andazalariga mos bo`lgan ta`lim-tarbiya berish vazifasini qo`yadi.
To`qishga o`rgatish to`garagining asosiy maqsadi, to`garak a`zolariga nafis to`qish sirlarini o`rgatish, mazkur san`atga bo`lgan mehr-muhabbatni uyg`otish, ularni izlanuvchanlikka, yaratuvchanlikka, tejamkorlikka o`rgatishdir. Dastur to`qish bo`yicha respublikamiz madaniyat uylari, o`quvchilar saroyida to`garak ishlariga oid to`plangan tajribalar, to`qish san`atining turmushda qo`llanish darajasi, rivojlanishi, tarixini o`rganish asosida tuzildi. Dastur III qismdan iborat.
I bo`limda to`qish va to`qishni o`rgatish metodikasi umumiy masalalari o`qitiladi.
II qism piltakashda to`qish va to`qishni o`rgatish metodikasida kerakli jihoz va moslamalar, kerakli materiallarni tayyorlash, halqalarni terish, belgilash, sonini o`zgartirish, chilvir, bo`rtiq gullar hosil qilish o`rgatiladi. Dasturga chok namunalari to`qish, o`lchov olib andaza tayyorlash, vertikal, gorizontal trikotaj choklarni qo`llash, turli buyumlarni to`qish kabi mavzular kiritilgan.
III qismda ilmoq va ilmoqda to`qishni o`rgatishdagi shartli belgilar, to`qish uslublari va turli buyumlarni to`qish o`rganiladi.
To`qish fani tikuvchilik buyumlarini loyihalash va badiiy bezash, tasviruy san`at, anatomiya, matematika, tikuvchilik texnologiyasi, mehnat muhofazasi, tikuvchilik materialshunosligi fanlari bilan bog`liq.
Fanni o`qitish texnologiyasida nazariy bilimlar beriladi va amaliy mashg`ulotlar o`tkaziladi. Nazariy bilimlar berishda bo`lajak to`garak rahbarlariga to`garakni tashkil etishning ilmiy-nazariy asoslari, ma`naviy, milliy, axloqiy, badiiy tarbiya talablari va uni amalga oshirish yo`llari o`rgatiladi. Albatta nazariy bilimlar berishda ilg`or tajriba manbalaridan foydalanish zarur. Nazariy bilimlar berishda texnika vositalari, ko`rgazma qurollar namoyish etiladi. Madaniyat uylari, maktab to`garak ishlari mashg`ulotlari o`quvchilar saroylari ish tajribalari asos qilib olinadi.
To`qish bo`yicha amaliy mashg`ulot davomida o`quvchi mehnati yakka shaklda tashkil etiladi, chunki har bir o`quvchi o`zi amalda bajarib ko`rmasa, ko`nikma va malaka hosil bo`lmaydi. Amaliy mashg`ulotlar davomida to`garak rejasini tuzush mashg`ulotlari texnologiyasida foydalaniladigan ko`rgazma qurollar tayyorlash, bo`lim va mavzular bo`yicha mashg`ulotga tayyorlanish asosiy diqqat markazida turishi kerak. Amaliy ishlar natijasida har bir bo`lajak to`garak tashkilotchisida to`qish to`garagi dasturi bo`limlari bo`yicha mashg`ulot ishlanmasi bo`lishi kerak. Ta`limning eng yangi usullari, pedagogik texnologiya asosida ko`rgazmalilik vositalaridan foydalanib mashg`ulotlarning uslubiy ishlanmasini ham mustaqil bajarishni mashq qilishi kerak.
Mashg`ulot davomida ko`proq amaliy ish, sayohat, ko`rgazma, munozara, muammoli ta`lim turlaridan foydalaniladi.
Bu fandan adabiyotlar juda kam bo`lganligi hisobga olgan holda, to`qish bo`yicha jurnallardan ko`proq foydalaniladi.
Ko`rgazma sifatida o`quvchilarning ijodiy ishlari, albomlar, jurnallarda berilgan jadvallar, rangli rasmlar, sxemalardan, turli mavzuli diafilmlardan foydalaniladi.
O`quvchilarning ish qobiliyatlarini o`stirish maqsadida mustaqil ishlar beriladi, ularni bajarishda to`garak rahbari ko`rsatmalar berib boradi.
Dasturda ta`kidlangan buyum xillariga o`quvchilarning xohishlari, milliy xususiyat, mahalliy sharoitni hisobga olgan holda o`zgartirish kiritish mumkin. Bu o`zgarish fan kafedrasi yig`ilishida ko`rib chiqilib, ma`qullanadi va pedagogik yig`ilishda tasdiqlanadi. Amaliy mashg`ulotlar zamon talabi asosida madaniyat uylari, o`qvchilar saroyi qoshida o`tkazilsa, ijobiy natija beradi, ya`ni ramziy mashg`ulotlar orqali tajriba qilinadi. Nazariy va amaliy mashg`ulotlar bo`yicha o`quvchilar bilimlari kundalik oraliq va yakuniy nazorat qilish bilan aniqlab boriladi. Yakuniy nazorat uchun o`quvchilar o`qituvchilar rahbarligida yozma ish bajaradilar. Yozma ish mavzulari o`quvchilarga tavsiya etiladi. Ular o`zlari xohlagan mavzularni tanlaydilar. Fan bo`yicha o`quvchilar bilim konikma va malakalarini mustahkamlash maqsadida mustaqil ish bajaradi. Mavzular bo`yicha fan o`qituvchilari tomonidan mustaqil ish mavzulari belgilanadi.
Fan bo`yicha olgan bilimlar pedagogik amaliyot texnologiyasida mustahkamlanadi. Bo`lajak to`garak rahbarlari olgan nazariy va amaliy bilimlarini amalda mustahkamlash uchun pedagogik amaliyot, madaniyat uylari, o`quvchilar saroylari yoki maktablar qoshidagi to`garak bazasida tashkil etiladi.
Fan bo`yicha ajratilgan soat miqdori o`quv rejasidan olinib, jami 71 soat, shundan 16 soati nazariy, 34 soati amaliy, 21 soati mustaqil ish mashg`ulotlari uchun ajratilgan.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
- to`qish san`atining tarixi, uning kishilar turmushidagi o`rni;
- fanning magsad, vazifalarini o`quvchilarga yetkasa olishi;
- to`qishda qo`llaniladigan shartli belgilarni o`qiy olish, asbob va moslamalardan foydalanish, ish o`rnini to`g`ri tashkil etish, xavfsizlik choralari, sanitariya-gigiyena talablarini bilishi kerak;
- to`qishda qo`llaniladigan iplar, naqsh usuli va ranglari, to`qish usullari mosligi, uyg`unlashuviga erishish, belgilar asosida namunalar to`qish, naqsh kompozitsiyasini tuzish;
- piltakash va ilmoqda to`qish san`ati tarixini bilish, uni to`garak a`zolariga yetkaza olish;
- piltakashda va ilmoqda to`qishga tayyorlash, to`qish uskunalari moslamalaridan foydalanish qoidalari, qo`llash usullari;
- gavdadan o`lchov olib andaza tayyorlash va shu andaza yordamida turli buyumlarni to`qish talablarini bilishi;
-to`qish to`garagi rejasini tuzish, xonalarni jihozlashga qo`yiladigan talablar
- halqalarni qo`shish va kamaytirish malakalarini shakllantira olishi;
- shartli belgilarni o`qish, ulardan foydalanish;
- ilmoqda to`qilgan chok turlari, shartli belgilarni ajrata olishi;
- to`qish san`atini namoyish qiladigan ko`rgazmalar, vatanimizda va chet ellarda nashr etilgan kasbga oid asarlarni tushuna olishi va o`quvchilarga tushuntira olishi kerak.
- ijodiy ishlar ko`rgazmasini tashkil etish qoidalarini bilishi kerak.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
- to`qishda qo`llaniladigan asbob-moslamalardan foydalanib ish o`rnini tashkil etish, shartli belgilar asosida to`qiy olishlari;
- to`qishda qo`llaniladigan iplar, naqsh usuli, ranglarni moslashtira olishi;
- to`garak mashg`ulotlariga tayyorlanish, o`quvchilarni tarbiyalashi;
- mavzu boyicha ko`rgazma tayyorlay olishi;
- piltakashda to`qishni o`rgatish;
- bolalar kiyimlarini to`qishni o`rgatish;
- gavdadan o`lchov olib, andaza tayyorlab, turli buyumlar to`qiy olishi;
- andaza bo`yicha buyumni to`qishni o`rgatish;
- chilvirlar hosil qilish, bo`rtiq gullar, trikotaj choklarni hosil qilish;
- to`qilgan buyumlarning chetlari, bo`yin o`yindisi, detallarini ilmoq bilan bezata olishi kerak.
- to`qish sirlarini bilishi va to`garak a`zolariga o`rgata olishi kerak.
- ayyor to`qilgan buyumlarda qo`llaniladigan choklarning xillarini aniqlashni, to`qish bo`yicha vatanimiz va chet ellarda chiqadigan oynomalarda berilgan shartli belgilarni o`qishni va ular yordamida to`qishni bilishi, va to`garak a`zolariga o`rgata olishi;
- mashg`ulotlar texnologiyasida to`garak a`zosini milliy an`ana, vatanparvarlik, xalq san`atini ardoqlash, axloqiy pok, jismoniy baquvvat, ma`naviy barkamol, tanlagan kasbiga muhabbat ruhida tarbiyalay olish ko`zda tutilgan.
Fanning o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o`zaro bo`g`liqligi,
uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi
Ushbu fanni o`zlashtirish uchun o`quvchilar umumta`lim fanlaridan fizika, kimyo, matematika,chizmachilik, tasviriy san`at, kasbiy ta`lim fanlaridan tikuvchilik gazlamashunosligi, tikuvchilik jihozlari, tikuvchilik texnologiyasi, zardozlik, tikuv buyumlarini loyihalash va modellash, pedagogika, bichish-tikishni o`rgatish metodikasi kabi fanlarni chuqur bilishlari talab etiladi. O`quv rejaga ko`ra yuqorida keltirilgan fanlar, gazlamaga badiiy ishlov berish, kashtachilik va uni o`qitish metodikasi fani bilan birgalikda o`zlashtirilishi lozim.
Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar bo`yicha tavsiyalar
Bugungi kunda boshqa iste`mol mahsulotlari kabi, kiyim va qo`lda to`qilgan mahsulotlariga yanada yuqori talablar qo`yilmoqda. Tikilgan kiyimlar bilan bir qatorda qo`lda to`qilgan buyumlarni bezatish jarayonida ishlab chiqilayotgan kiyimning zamonaviyligi, shakli, detallari, ulardagi bezaklarning mutanosibligi hamda iqtisodiy tomonlarni hisobga olish lozim.
-
Ishlab chiqarishga oid fanlarni o`rgatish jarayoni turli xildagi ko`rgazmali o`quv qurollarini ko`rsatish bilan, darsdagi amaliy ishlari, o`quv amaliyotidagi va ishlab chiqarish korxonaridagi amaliyot ishlarining o`zaro uzviy bog`langanliklari bilan olib borilishi lozim.
-
Qadriyatlarimizni qadrlashni o`rgatish, qadimiy meroslarimizni kelajak avlodlarga yetkazishni o`rgatishimiz kerak.
-
“To`qish va to`qishni o`qitish metodikasi” fanidan dars berishda buyum-kiyimlarga oid barcha ko`rgazmali texnik vositalari, bezaklar tayyorlashda kerakli bo`lgan ish qurollari (chizg`ichlar, lekalolar, qog`ozlar, to`quvchilik iplari, o`lchash va to`qish vositalari) bo`lishi lozim.
-
Ta`lim berishning zamonga xos texnik vositaridan - slaydlar, multimediya va boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanishi kerak.
-
O`quvchilarda ijodiy raqobatni hosil qilish maqsadida ko`rgazmalar tashkil etish kerak.
-
Ma`lumki, ta`lim – ikki yoqlama jarayon. Bu jarayonda pedagog ham, o`quvchi ham faol bo`lishi kerak. Pedagog tomondan berilayotgan materialdan amaliy ishda ijodiy foydalanish didni, tadbirkorlikni rivojlantirishga, kiyinish madaniyati tushunchasini kengaytirishga, kasbiy bilimlarni chuqurlashtirishga yordam berishi kerak va o`quvchilar tomonidan bu axborotlar qanday qabul qilinayotganligini , “Teskari aloqa - bilim olish” yuzaga kelayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Asosiy qism
I bo`lim. To`qish va to`qishni o`rgatish metodikasi umumiy masalalari
1-mavzu. To`qish to`garagi texnologiyasida tarbiyalash, kasbga yo`llash
Kirish.To`qish to`garagi texnologiyasida tarbiyalash maqsadi, yo`llari. Kasb tiplari, kasbga yo`llash ishini olib borishda javobgar shaxslar. KTMD, to`qish va to`qishni o`rgatish metodikasi fani maqsad, vazifalari. Davlat ta`lim standarti talablari. To`quvchilik tarixi haqida. To`qish faniga doir foydalaniladigan adabiyotlar.
2-mavzu. To`qish to`garagi mashg`ulotlari turlari, tiplari, mehnatni
tashkil etish shakllari. To`qish to`garagi rahbarlarining o`quv yiliga va mashg`ulotlarga tayyorlanishi, mashg`ulotni tahlil etishi
To`qish to`garagi texnologiyasida maqsadning qo`yilishi. To`garak mashg`ulotlarining turlari, tiplari, tizimlari. Amaliy ishni tashkil etishda mehnatni tashkil etish shakllari. To`qish to`garagi rahbarlarining mutaxassislik tavsifi, unga qo`yiladigan talablar.
Amaliy ish. To`qish to`garagi tashkilotchisining o`quv yiliga va navbatdagi mashg`ulotga tayyorlanishi. To`qish to`garagi mashg`ulotlarini tahlil etish.
II bo`lim. Piltakashda to`qish
1-mavzu. To`qish qurollari. To`quvchilikda qo`llaniladigan shartli belgilar
Amaliy ish. Piltakash turlari, ularga qo`yiladigan xavfsizlik texnikasi qoidalari. To`qishda qo`llaniladigan ip turlari. Piltakashda to`qishda qo`llaniladigan shartli belgilar.
2-mavzu. Piltakashda to`qish uchun ish o`rni. Halqalar (petlyalar) ning turlari va ularni terish, halqa turlarini terishni o`rgatish metodikasi.
To`qish uchun ish joyini tayyorlash.
Amaliy ish. Halqalarning turlari va ularni terishga qo`yiladigan talablar. Boshlang`ich qator halqalari va ularni terish qoidalari. O`ng halqa, chetki ters halqalar. Oxirgi qator halqalarini berkitish, bezak (dekorativ) halqalar terishdagi qoidalar. Boshlang`ich, ong va ters, bezak halqalarni terish, ularni berkitishni mashq qilish.
3-mavzu. To`qish to`garagi uchun moddiy ta`minot. Piltakashda to`qishni o`rgatish metodikasi, shartli belgilar
To`qish to`garagi uchun xonaning joylashuvi va ish joyi jihozlanishi. Sanitariya - gigiyena talablari, xavfsizlik texnikasi qoidalari. Shartli belgilar. Piltakashda to`qishni o`rgatishda shartli belgilarni o`rgatish va ular asosida namunalar tayyorlashni o`rgatish metodikasi.
Amaliy ish. Boshlang`ich halqalarni terishni o`rgatish. O`ng, ters, chetki, oxirgi qator halqalarini terishni o`rgatish. Mashg`ulot rejasini tuzish, ko`rgazma tayyorlash.
4- mavzu. Bolalar qalpoqchasini to`qish, unga bezak tayyorlash. Bolalar qalpoqchasini to`qishni o`rgatish metodikasi
Bolalar qalpoqchasi modellari, ularda qo`llaniladigan chok turlari, ip, rang, naqsh tanlashni, bezatishni o`rgatish.
Amaliy ish. Qalpoqcha modelini, bezagini, chok turini tanlash. Kerakli halqalar sonini hisoblash. Qalpoqchani to`qish, yuqori qismini qisqartirib to`qishni tugatish. Qalpoqchaga bezak tayyorlash.
Mustaqil ish. Mavzu asosida mashg`ulot ishlanmasini yozish, ko`rgazma tayyorlash.
5-mavzu. Halqalar sonini orttirish va kamaytirish usullari, nusxa to`qish. Bolalar paypoqchasini to`qish.
Amaliy ish. Halqalar sonini orttirish va kamaytirish usullari. Yulduzcha, gul, tuguncha nusxalarini to`qish. Halqalar sonini kamaytirib nusxa to`qish, shartli belgilari. Xomaki halqali “archa guli” nusxasini to`qish.
Mustaqil ish. Bolalar paypoqchasini to`qish.
6- mavzu. Ko`chirilgan halqalar, to`qish usullari, nusxa to`qish.
Amaliy ish. Ko`chirilgan halqalar to`qish usullari, shartli ifodasi. Ko`chirilgan halqalarni to`qish usullari. Shartli belgilardan ifodalangan ko`chirilgan halqa ishtirokida nusxa to`qish.
7-mavzu. Qamrovchi halqalar va bo`rtiq gullarni to`qish.
Amaliy ish. Qamrovchi halqalar va bo`rtiq gullarni to`qish usullari, shartli ifodasi. Qamrovchi halqali, bo`rtiq gulli nusxalarni, “yong`oq” nusxani to`qish.
8-mavzu. Halqalar sonini kamaytirish, orttirish, siljitilgan, chirmov halaqalarni to`qishni o`rgatish metodikasi
Halqalar sonini kamaytirishni tushuntirish. Siljitilgan, chirmov halqalarni to`qishni o`rgatish metodikasi.
Amaliy ish. Mavzular bo`yicha mashg`ulot rejasi tuzish, ko`rgazma tayyorlash.
9-mavzu. Shippak to`qish.
Amaliy ish. Shippak to`qish uchun model, chok turlarini tanlash. Shippakni to`qish.
10-mavzu. Trikotaj choklar.
Amaliy ish. Trikotaj choklar turlari haqida ma`lumot, tirkotaj chok elementlarini bajarish.
11-mavzu. Bolalar uchun nimcha (jemper) to`qish
Mustaqil ish. Bolalar uchun nimcha (jemper) modeli, chok turlarini tanlash. Nimcha (jemper)ning orqa va old bo`lagini to`qish. Bo`yin va yeng o`mizlariga ishlov berish.
12-mavzu. Bolalar nimcha (jemper) ini to`qishni o`rgatish metodikasi
Kiyimlarning qismlarini biriktirishni o`rgatish metodikasi
Bolalar nimchasi modeli, unda qo`llaniladigan chok turlari, ip, rang, naqsh, bezagi haqida ma`lumot berish. Nimchani to`qishning ketma-ketligini o`rgatish metodikasi. Tirkotaj chok elementlarini bajarishni o`rgatish metodikasi.
Amaliy ish. Mavzular bo`yicha mashg`ulot rejasi tuzish, ko`rgazma tayyorlash.
13-mavzu. Kiyimlarning ayrim qism va detallarini to`qish va to`qishni o`rgatish metodikasi
Amaliy ish. a) Taqatma petlyalar. Tugma uchun izma ochish usullari. Ko`ndalang va bo`ylama izma ochishni o`rganish.
b) Cho`ntak turlari. Qoplama va qirqma cho`ntakni to`qish.
v) Yeng o`miziga ishlov berish, yeng o`miziga ishlov berish usullari. Yeng o`miziga hoshiya to`qish. Yeng o`miziga 5 ta sim yordamida ishlov berish.
g) Bo`yin o`mizi turlari va ularga ishlov berish. V simon bo`yin o`mizini to`qish. Yumaloq, to`rtburchak bo`yin o`mizini to`qish va ishlov berish. Oxirigacha taqilmali bo`yin o`mizini to`qish.
Mustaqil ish. Bo`yin o`mizi turlari va ularga ishlov berish mavzusi bo`yicha mashg`ulot ishlanmasini yozish.
Yoqa turlari va ularni to`qish mavzusi bo`yicha mashg`ulot ishlanmasini yozish.
14-mavzu. Gavdadan o`lchov olish, andaza tayyorlash. Andaza bo`yicha
kerakli halqalar sonini aniqlash.
Gavdadan o`lchov olib andaza tayyorlash. Andaza bo`yicha to`qish uchun halqalar sonini hisoblash. Ayollar koftasi detallarini andaza asosida to`qish. Kofta detallarini birlashtirish, dazmollash, bezash. O`z o`lchovlarini olish, andaza tayyorlash va buyum to`qish.
15-mavzu. Andaza bo`yicha buyum to`qishni o`rgatish metodikasi
Kishi gavdasi tuzilishi. Gavdadan o`lchov olish. Andaza tayyorlashni o`rgatish metodikasi. Andaza bo`yicha buyumni to`qish texnologiyasini o`rgatish metodikasi. O`z o`lchamida andaza tayyorlash.
Mustaqil ish. Mavzu bo`yicha mashg`ulot ishlanmasini yozish.
16-mavzu. Maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimlari to`plami (komplekt)ni to`qish.
Mustaqil ish. Bolalar kiyimlari to`plami modelining chok turini tanlash. Jemferchani bo`yin o`yindisidan boshlab to`qishda halqalar sonini taqsimlab, yaxlit to`qish. Shalvarchasini to`qish. Paypoqchasini to`qish va bezash.Maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimlar to`plami (komplekt)ni to`qish.
17-mavzu. Paypoq, qo`lqopni 5 ta sim bilan to`qishni o`rgatish metodikasi
Paypoq, qo`lqopning modellari, naqsh, to`qish ketma-ketligini o`rgatish metodikasi. Paypoq yoki qo`lqop to`qish mavzusida reja tuzish va ko`rgazma tayyorlash.
18-mavzu. Reglan yengli jemper to`qish.
Amaliy ish. Jemper uchun andaza tayyorlash. Chok turi tanlash va halqa sonini hisoblash. Jemperning orqa va oldi bo`lagini to`qish. Jemperning detallarini biriktirish, dazmollash bezatish.
II bo`lim. Ilmoqda to`qish va ilmoqda to`qish bo`limini o`rgatish metodikasi
1-mavzu. Ilmoq turlari va unda to`qish xususiyatlari.
Ilmoq turlari. Ilmoqda to`qish uchun ish joyini tashkil etish. Ilmoqda ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari.
2-mavzu. Ilmoqda to`qilgan chok turlari, shartli belgilari.
Ilmoqda to`qilgan chok turlari: chala, xomaki halqali, hurpaygan ustunchalar to`qish usullari, shartli belgilari.
3-mavzu. Ilmoq turlari, ilmoqda to`qilgan chok turlari, shartli belgilarni, ilmoqda buyumlar to`qishni o`rgatish metodikasi
Ilmoq turlari. Ilmoqda to`qishda chok turlari, naqsh, rang tanlash. Shartli belgilarni o`rgatish metodikasi. To`qish to`garagi dasturi bo`yicha dars ishlanmasini yozish, ko`rgazma tayyorlashni o`rgatish, mashg`ulotini o`tkazishni mashq qilish va tahlil etish. O`zbek milliy buyumlari, ularni to`qish xususiyatlari haqida.
4-mavzu. Ilmoqda mayda buyumlar to`qish.
Amaliy ish. Aylana bo`ylab do`ppi to`qish uchun chok turi, rangi, ip, naqsh tanlash. Do`ppi o`rtasini to`qish. Kizagini (chetini) to`qish. Namlab - issiqlik ishlovi berib, do`ppining shaklini berish. Do`ppi to`qishni o`rgatish metodikasi.
Mustaqil ish. Do`ppi to`qish mavzusida dars ishlanmasi, ko`rgazmasini tayyorlash, mashg`ulot o`tishni mashq qilish va tahlil etish.
5-mavzu. Ayollar ro`molini to`qish
Amaliy ish. Ayollar ro`molini, sharfini to`qish, bezatish.
6-mavzu. Ijodiy ishlar ko`rgazmasini tashkil etish metodikasi. Yakuniy nazorat.
Davlat attestatsiyasi uchun buyum to`qish. To`qishni o`rgatishda ekskursiyaning ahamiyati va uni o`tkazish metodikasi. Ko`rgazmalarni tashkil etishda ijodiy ishlarni tanlash va unu tashkil etish.
To`qish va to`qishni o`rgatish metodikasini o`zlashtirish darajasini aniqlovchi topshiriqlar berish, testlar o`tkazish. Natijasini tahlil qilish.
Mavzular bo`yicha soatlar taqsimoti
|
№
|
Fanning bo`lim va
mavzulari nomi
|
Umumiy yuklama, soat
|
Hammasi
|
Dars turi bo`yicha soatlar taqsimoti (auditoriya yuklamasi)
|
Mustaqqil ish
|
Jami
|
Nazariy (ma`ruza)
|
Amaliy
|
Laborato- riya ishi
|
Seminar
|
Kurs ishi (loyihasi)
|
I bo`lim. To`qish va to`qishnini o`rgatish metodikasi umumiy masalalari
|
1
|
1-mavzu. Kirish. To`qish to`garagi jarayonida tarbiyalash, kasbga yo`llash. KTMD va fanning maqsadi, vazifasi.
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
|
|
2
|
2-mavzu. To`qish to`garagi mashg`ulotlari turlari, tiplari, metodlari. To`qish to`garagi rahbarining o`quv yiliga va mashg`ulotlarga tayyorlanishi.
|
2
|
2
|
1
|
1
|
|
|
|
|
II bo`lim. Piltakashda to`qish
|
3
|
1-mavzu. To`qish qurollari. To`quvchilikda qo`llaniladigan shartli belgilar.
|
2
|
2
|
|
2
|
|
|
|
|
4
|
2-mavzu. Piltakashda to`qish uchun ish o`rni. Halqalarning (petlyalar) turlari va ularni terish va terishni o`rgatish metodikasi.
|
4
|
4
|
1
|
3
|
|
|
|
|
5
|
3-mavzu. To`qish to`garagi uchun moddiy ta`minot. Piltakashda to`qishni o`rgatish metodikasi, shartli belgilar.
|
2
|
2
|
1
|
1
|
|
|
|
|
6
|
4-mavzu. Bolalar qalpoqchasini to`qish, unga bezak tayyorlash. Bolalar qalpoqchasini to`qishni o`rgatish metodikasi.
|
6
|
4
|
1
|
3
|
|
|
|
2
|
7
|
5-mavzu. Halqalar sonini orttirish va kamaytirish usullari. Bolalar paypoqchasini to`qish.
|
6
|
2
|
|
2
|
|
|
|
4
|
8
|
6-mavzu. Ko`chirilgan halqalar to`qish usullari, nusxa to`qish
|
2
|
2
|
|
2
|
|
|
|
|
9
|
7-mavzu. Qamrovchi halqalar va bo`rtiq gullarni to`qish
|
2
|
2
|
|
2
|
|
|
|
|
10
|
8-mavzu. Halqalar sonini kamaytirish, orttirish, siljitilgan, chirmov halqalarni to`qishni o`rgatish metodikasi.
|
2
|
2
|
1
|
1
|
|
|
|
|
11
|
9-mavzu. Shippak to`qish.
|
1
|
1
|
|
1
|
|
|
|
|
12
|
10-mavzu. Trikotaj choklar.
|
1
|
1
|
|
1
|
|
|
|
|
13
|
11-mavzu. Bolalar uchun nimcha (jemper) to`qish.
|
5
|
|
|
|
|
|
|
5
|
14
|
12-mavzu. Bolalar nimcha (jemper)ini to`qishni o`rgatish metodikasi. Kiyim qismlarini biriktirishni o`rgatish metodikasi.
|
2
|
2
|
1
|
1
|
|
|
|
|
15
|
13-mavzu. Kiyimning ayrim qism detallarini to`qish va to`qishni o`rgatish metodikasi.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
16
|
a)Taqilma petlyalar.
|
1
|
1
|
|
1
|
|
|
|
|
17
|
b) Cho`ntak turlari va ularni to`qish.
|
1
|
1
|
|
1
|
|
|
|
|
18
|
v) Yeng o`miziga ishlov berish usullari.
|
1
|
1
|
|
1
|
|
|
|
|
19
|
g) Bo`yin o`mizi turlari va ularga ishlov berish usullari.
|
3
|
1
|
|
1
|
|
|
|
2
|
20
|
14-mavzu. Gavdadan o`lchov olish, andaza tayyorlash. Andaza bo`yicha kerakli halqalar sonini aniqlash.
|
1
|
1
|
1
|
|
|
|
|
|
21
|
15-mavzu. Andaza bo`yicha buyumni to`qishga o`rgatish metodikasi.
|
3
|
1
|
1
|
|
|
|
|
2
|
22
|
16-mavzu. Maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimlar to`plamini to`qish.
|
4
|
|
|
|
|
|
|
4
|
23
|
17-mavzu. Paypoq, qo`lqopni 5 ta sim bilan to`qishni o`rgatish metodikasi.
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
|
|
24
|
18-mavzu. Reglan yengli jemper to`qish
|
2
|
2
|
|
2
|
|
|
|
|
III bo`lim. Ilmoqda to`qish
|
25
|
1-mavzu. Ilmoq turlari va unda to`qish xususiyatlari
|
1
|
1
|
1
|
|
|
|
|
|
26
|
2-mavzu. Ilmoqda to`qiladigan chok turlari, shartli belgilar.
|
1
|
1
|
1
|
|
|
|
|
|
27
|
3-mavzu. Ilmoq turlari, ilmoqda to`qilgan chok turlari, shartli belgilarni, ilmoqda buyumlar to`qishni o`rgatish metodikasi.
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
|
|
|
28
|
4-mavzu. Ilmoqda mayda buyumlar to`qish
|
|
|
|
|
|
|
|
|
29
|
a) Choynak tagligi va qopqog`ini
to`qish
|
2
|
2
|
|
2
|
|
|
|
|
30
|
b) Aylana bo`ylab do`ppi to`qish va uni o`rgatish metodikasi.
|
4
|
2
|
|
2
|
|
|
|
2
|
31
|
5-mavzu. Ayollar ro`molini to`qish
|
2
|
2
|
|
2
|
|
|
|
|
32
|
6-mavzu. Ijodiy ishlar ko`rgazmasini tashkil etish metodikasi. Yakuniy nazorat
|
2
|
2
|
|
2
|
|
|
|
|
|
Jami :
|
71
|
50
|
16
|
34
|
|
|
6
|
21
|
To`qish va to`qishni o`rgatish fani bo`yicha amaliy mashg`ulotlar va mustaqil ishlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar
To`qish va to`qishni o`rgatish fani bo`yicha amaliy ishlar har bir mavzu yakunida tavsiya etiladi. O`qituvchi talabalar bilim saviyasi va o`qitish shart-sharoitlaridan kelib chiqib, bu ishlarni tashkil etadi. Amaliy ishlarni tashkil etishda o`quvchilarga oldindan mavzular tavsiya etiladi, reja berish maqsadga muvofiq. Har bir o`tkazilgan amaliy ish albatta tekshirilishi va baholanishi lozim. Amaliy ishlarni tashkil etish o`quvchilarning mustaqil ishlarining davomi bo`lishi kerak.
Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun kerakli jihozlar
To`qish va to`qishni o`rgatish fani bo`yicha o`tkaziladigan amaliy mashg`ulotlar uchun o`quv qurollari, darsliklar, qo`shimcha adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari, spitsalar to`plami, ilmoqlar to`plami, to`qish iplari, moda jurnallari kerak.
“To`qishni o`rgatish metodikasi” fanidan taxminiy kurs ishi mavzulari
1. To`qish to`garagini tashkil etish metodikasi.
2. Bolalar jemperini to`qishni o`rgatish metodikasi.
3. To`qish to`garagi xonasini zamon talablari asosida jihozlash.
4. Qalpoqcha to`qishni o`rgatish metodikasi.
5. To`qish to`garaklarini tashkil etish jarayonida o`quvchilar bilimlari, mahoratlarini rag`batlantirish.
Kurs ishlarini bajarish tartibi har bir fan kafedrasi tomonidan alohida ishlab chiqiladi.
O`qitishning texnik vositalari
Radio, televizor, kodoskop, magnitafon, kompyuter, multimediya, to`qish qurollari.
Foydalanilgan adabiyotlar
-
Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi. Tоshkеnt, O`zbеkistоn, 1997-y.
-
Tа`lim to`g`risidаgi O`zbеkistоn Rеspublikаsi Qоnuni. Tоshkеnt, 1997-y.
-
I.А.Kаrimоv. Bаrkаmоl аvlоd – O`zbеkistоn tаrаqqiyotining pоydеvоri, Tоshkеnt, 1997, «Shаrq» nаshiryot-mаtbаа kоnsеrni, 63-bеt
-
Q.M.Abdullayeva, N.S.G`oipova, M.M. Ismoilova. To`qishni o`rgatish metodikasi, Toshkent, Ilm-ziyo-2007.
-
M.Y.Maksimova. To`qishni o`rganamiz. – T.: Mehnat, 1982.
-
Uy-ro`zg`or ensiklopediyasi. – T.: 1982.
-
И.П.Мартиненко. Вязание. Альбом. – М.: 1985.
-
Я.С.Агурцова. Альбом моделей вязание. – М.: 2000.
-
И.Г.Мартиненко. Для тех кто любит вязать. – М.: 2000.
-
To`qish bo`yicha davriy moda oynomalari va albomlar.
-
D.A.Txorjevskiy. Mehnat o`qitish metodikasi. 1987.
Foydalanishga tavsiya etiladigan internet tarmog`i
1. http:// ziyonet.uz/ru vyazanie
2. http:// www. tvorim.e-gloryon.com Rukodeliye
3. http:// www. ni-tochka.ru Andaza tayyorlash
4. http://www.toy-volgograd.ru.vyazanie.
5. http:// www. Liveinternet.ru/tags/
6. http:// www. Ask.kom.
7. http:// www. Gammacreative.ru.
8. http:// www. prosv.ru›Методика преподования курса
9. http:// www. Sabrinababy.ru.
10. http:// www. Vyazanie. com moda jurnallari
11. http:// www. Yhcul.com
-
http:// www. jurnalik.ru/zhenskie/ Elektron moda jurnali
-
http:// www.doc.uz
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIMI MARKAZI
Ro`yxatga olingan
№KMD 3141602 – 2.17
“15” avgust 2012-yil
|
Vazirlikning 2012 yil
15 avgustdagi 332-1-sonli
buyrug’i bilan tasdiqlangan
|
ishlab chiqarishni tashkil etish
fanidan o`quv DASTURI
Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 24-iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma`qullangan.
Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi, bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1-sonli kelishuv Bayoni 2012-yil 16-iyul).
Do'stlaringiz bilan baham: |