O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi» kasbi bo’yicha



Download 6,12 Mb.
bet15/23
Sana18.02.2017
Hajmi6,12 Mb.
#2788
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23

Kirish

Pazandachilikka o’rgatish metodikasi fanining asosiy maqsad, bo’lajak to’garak tashkilotchisini pazandachilik sirlarini oqilona, ilmiy asoslangan holda, tartib va o’quvchilarning yoshi, qobiliyatlarini hisobga olgan holda pazandachilik sirlarini o’rgatishdir.

Pazandachilik san’ati, o’zbek milliy pazandachiligining o’ziga xos xususiyatlarini o’rgatish metodikasi. Pazandachilikni ilmiy asosda oziq-ovqat tovarshunosligi, ovqatlanish fiziologiyasi, sanitariya gigiyenasi, mikrobiologiya kabi fanlarga bog’liq holda o’rgatish metodikasi.
1-mavzu: Pazandachilik to’garagi xonasiga qo’yiladigan talablar va to’garakda rioya etiladigan qoiadalarni o’rgatish metodikasi.

Xonaning jihozlariga qo’yiladigan talab. Xonaga qo’yiladigan sanitariya-gigiyena talablari. Xonaga mehnat muhofazasi bo’yicha qo’yiladigan talablar. Amaliy ishlarni o’tkazish uchun zarur bo’lgan jihoz, asbob, idishlarni o’rgatish metodikasi.

Mahsulotlarga birlamchi ishlov berish, yarim tayyor masalliqlar tayyorlash va bunda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish. Mahsulotlarga issiqlik ishlovi berishda jihoz va asboblardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish.

2-mavzu; Oziq-ovaqt mahsuloti turlari, ularga birlamchi ishlov berishni o’rgatish metodikasi.

Sabzavot va meva turlari, navlari va sifatini aniqlash usullarini o’rgatish metodikasi. Sut va sut mahsulotlarining turlari, sifatini aniqlash metodikasi. Go’sht va go’sht mahsulotlari turlari, sifatini o’rgatish metodikasi. Qandolat mahsulot turlari, navlari va sifatini aniqlashni o’rgatish metodikasi. Choy turlari va navlarini o’rgtish metodikasi. Tuxum sifatini aniqlashni o’rgatish metodikasi. Don mahsulot turlari, sifatini aniqlashni o’rgatish metodikasi.

Sabzavotlarga, baliqqa, go’shtga, parranda go’shtiga birlamchi ishlov berish va ulardan yarim tayyor masalliqlarni tayyorlashni o’rgatish metodikasi.

Amaliy ish. Sabzavotlarni 6 xil usulda to’g’rash.

Mustaqil ish. Mahsulotlardan yarim tayyor masalliqlar tayyorlash.
3-mavzu: Sabzavotdan tayyorlanadigan taomlar va suyuqoshlarni o’rgatish metodikasi.

Qaynatib, qovurib, dimlab, duxovkada yopib va ochiq olovda pishirilgan sabzavotli taomlarni o’rgatish metodikasi. Xushxo’r suyuq taomlarni o’rgatish metodikasi. Tiniq sho’rvalarni tayyorlashni o’rgatish metodikasi. Milliy suyuq taomlarni o’rgatish metodikasi.

Amaliy ish: Milliy suyuq oshlarni tayyorlash metodikasi.

Mustaqil ish. Milliy suyuq taomlar – 1 soat, Xushxo’r suyuq taomlar – 1 soat.


4-mavzu: Go’sht va baliqdan tayyorlanadigan taomlarni o’rgatish metodikasi.

Go’sht va go’sht kalla-pochalarini qaynatib pishirishni o’rgatish metodikasi. Go’shtni qovurib pishirishni o’rgatish metodikasi. O’zbek milliy go’shtli taomlarini o’rgatish metodikasi. Parranda go’shtlarini pishirishni o’rgatish metodikasi.

Baliqni qaynatib, qovurib pishirishni o’rgatish metodikasi. Baliqni dimlab, duxovkada yopib pishirish metodikasi.

Amaliy ish: Milliy go’shtli taomlarni tayyorlash jarayonini o’rgatish metodikasi.

Mustaqil ish. Qaynatib qovurib, dimab pishirilgan go’shtli taomlar.

5-mavzu: Yaxna va shirin taomlarni o’rgatish metodikasi.

Oziq-ovqat mahsulotlaridan tamaddilar, gazaklar tayyorlashni o’rgatish metodikasi. Salat turlari va ularni tayyorlashni o’rgatish metodikasi. Salatlarni bezatishni o’rgatish metodikasi.

Yaxna shirin taomlarni tayyorlashni o’rgatish metodikasi. Issiq shirin taomlarni tayyorlashni o’rgatish metodikasi.

Amaliy ish. Salatlarni bezatish qoidalarini o’rgatish.


6-mavzu: Xamirli taom va pishiriqlarni o’rgatish metodikasi.

Oshirilgan xamirdan mahsulotlar tayyorlashni o’rgatish metodikasi. Shakarli xamirdan tort, pechenye, pirojnoye tayyorlalshni o’rgatish metodikasi. Biskvit xamirdan tort, pechenye, pirojnoye va ruletlarni tayyorlashni o’rgatish metodikasi. Qat-qat xamirdan pazandachilik mahsulotlarini tayyorlashni o’rgatish metodikasi. Qaynoq suvga qorilgan xamirdan pirojnoye va pechenyelar tayyorlashni o’rgatish metodikasi. O’zbek milliy xamirli mahsulotlarini tayyorlashni o’rgatish metodikasi. O’zbek milliy xamirli taomlarni o’rgatish metodikasi.

Amaliy ish. Qat-qat xamirdan va undan tayyorlanadigan xamir mahsulotlarini o’rgatish.

Mustaqil ish. Xamir turlari: oshirilgan, varaqi, biskvit xamirlaridan tayyorlanadigan mahsulotlar.

Seminar. O`zbek milliy xamir mahsulotlari va taomlari.
7-mavzu: Bolalar ovqatlanishi va dastruxon tuzashni o’rgatish metodikasi.

1 yoshgacha bo’lgan bolalar ovqatlanishini tashkil etish metodikasi. Bog’cha yoshidagi va maktab yoshidagi bolalar ovqatlanishini tashkil etishni o’rgatish metodikasi.

Nonushta tushlik, kechki ovqat uchun dasturxon tuzash qoidalarini o’rgatish metodikasi. To’y va tantanali kunlar, bayram, tug’ilgan kunlarda dasturxon tuzashni o’ragatish metodikasi. Mehmon kutish va mehmondorchilikni o’rgatish metodikasi.

Seminar: Dastuxon tuzashda idish-tovoqlar to’plamini joylashtirish qoidalari.


Pazandachilikni o’rgatish metodikasi fani bo’yicha amaliy mashg’ulotlar va mustaqil ishlarni tashkil bo’yicha ko’rsatmalar.

Pazandachilikni o’rgatish metodikasi fani bo’yicha amaliy ishlar har bir mavzu yakunida tavsiya etiladi. O’qituvchi talabalar bilim saviyasi va o’qitish shart-sharoitlaridan kelib chiqib, bu ishlarni tashkil etadi. Amaliy ishlarni tashkil etishda o’quvchilarga oldindan mavzular tavsiya etiladi, reja berish maqsadga muvofiq. Har bir o’tkazilgan amaliy ish tekshirilishi va baholanishi lozim. Amaliy ishni tashkil etish o’quvchilar mustaqil ishining davomi bo’lishi kerak.


Pazandachilikka o’rgatish metodikasi” fanidan taxminiy kurs ishi mavzulari.

  1. Baliqdan tayyorlanadigan taomlarni o’rgatish metodikasi.

  2. Tvorog va tuxumdan tayyorlanadigan taomlarni o’rgatish metodikasi.

  3. Milliy taomlarni o’rgatish metodikasi.

  4. Go’shtdan tayyorlanadigan taomlarni o’rgatish metodikasi.

  5. Pazandachilik to’garagini tashkil etishda milliy pazandachilik asoslaridan foydalanish.

Kurs ishini bajartirish tartibi har bir fan kafedrasi tomonidan alohida ishlab chiqiladi.
namunaviy mavzular rejasi




Bo’lim va mavzular

Umumiy soat

Jami soat

Nazariy soat

Amaliy soat

Seminar soat

Kurs ishi

Mustaqil ish soati

1

Kirish. Pazandachilik to’garagi xonasiga qo’yiladigan talablar va to’garakda rioya etiladigan qoidalarni o’rgatish metodikasi.

2

2

2













2

Oziq-ovqat mahsuloti turlari, ularga birlamchi ishlov berishni o’rgatish metodikasi

4

2

2










2

3

Sabzavotlardan tayyorlanadigan taomlar va suyuqoshlarni o’rgatish metodikasi

3

2




2







1

4

Go’sht va baliqdan tayyorlanadigan taomlarni o’rgatish metodikasi

3

2

2










1

5

Yaxna va shirin taomlarni o’rgatish metodikasi

6

4

2

2







2

6

Xamirli taom va pishiriqlarni o’rgatish metodikasi.

8

6

2

2

2




2

7

Bolalar ovqatlanishi va dasturxon tuzashni o`rgatish metodikasi.

2

2







2










Jami:

28

20

10

6

4

6

8


Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun kerakli jihozlar

Pazandachilikni o`rgatish metodikasi fani bo`yicha o`tkaziladigan amaliy mashg`ulotlar uchun o`quv qurollari, darsliklar, qo`shimcha adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari, elektr plitalar, oshxona jihozlari to`plamlari kerak.


O`qitishning texnik vositalari

Radio, televizor, kodoskop, magnitafon, kompyuter, multimediya, slayd.


Foydalanilgan adabiyotlar

1. N.A. Anfimova va L.L. Tatarskaya. «Pazandachilik». Toshkent, 2002-yil.

2. R.Normaxmatov. «Oziq-ovqat mahsulotlari tovarshunosligi». Toshkent, 2002-yil.

3. A.Madraximov «O’zbek taomlari». O’qituvchi, 2011-yil.

4. D.M. Nosirova «Oziq-ovqat mahsulotlari tovarshunosligi». O’quv qo’llanma, 2011-yil.

5. D.M. Nosirova «Pazandachilikni o’rgatish metodikasi». O’quv qo’llanma, 2009-yil.


Foydalanishga tavsiya etiladigan internet tarmog`i

http:// www. Taomlar.UZ

http:// www. Taomlar SB.UZ

http:// www. Dunyo taomlari.UZ

http:// www. Asosiy taomlar.UZ.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIMI MARKAZI

Ro`yxatga olingan

№KMD 3141602 – 2.14

“15” avgust 2012-yil


Vazirlikning 2012 yil

15 avgustdagi 332-1-sonli

buyrug’i bilan tasdiqlangan



OVQAT TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI VA

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TOVARSHUNOSLIGI

fanidan o`quv DASTURI
Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 24-iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma`qullangan.
Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi, bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1-sonli kelishuv Bayoni 2012-yil 16-iyul).



Tuzuvchilar:

D.Nosirova



1-Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchisi.

























Taqrizchilar:

M.Mo`minova



1-Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchisi.
















G.Muzaffarova



Toshkent shahar 41- maktab direktori














Kirish

“Ovqat tayyorlash texnologiyasi va oziq-ovqat tovarshunosligi” fanlaridan tuzilgan ushbu dastur pedagogika kollejlarida pazandachilik bo`yicha to`garak rahbarlarini o`qitish uchun mo`ljallangan.

Dasturda mavzular oddiydan murakkabga qaratilgan bo`lib, anatomiya, fiziologiya va gigiyena, estetika, kimyo, fizika, matematika, mehnat muhofazasi, botanika kabi fanlari bilan uzviy bog`lanadi.

“Ovqat tayyorlash texnologiyasi va oziq-ovqat tovarshunosligi” fani bo`yicha to`garak tashkilotchisining bilim malakasiga qo`yilgan talablar: fanni o`qitishda O`zbekiston “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni va “Milliy dastur”ga amal qilish, mavzularning har birini zamon talabi, iqtisodga bog`lashda, fan bo`yicha Davlat talablariga mos kelishi kerak. Yangi taomlar va milliy taomlar tayyorlash texnologiyasining qo`llanishi, yangi ishlab chiqarishlar va ularning faoliyati, yutuqlari asos qilib olinadi. Taomlar tayyorlash uchun oziq-ovqat mahsulotlarini to’g’ri tanlash, ularga to’g’ri birlamchi ishlov berish, to’gri issiqlik ishlovi berish, estetik did bilan bezatib dasturxonga berish va bu jarayonlarda kerakli asboblar, idishlar va jihozlardan to’g’ri foydalanish tavsiya etiladi.



Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:

- Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini aniqlash;

- Tayyorlanadigan taom turlariga qarab oziq-ovqat mahsulotlarini to’g’ri tanlash;

- Oziq-ovqat mahsulotlariga to’g’ri birlamchi ishlov berish;

- Oziq-ovqat mahsulotlarini isrof qilmaslik;

- Oziq-ovqat mahsulotlariga to’g’ri issiqlik ishlovi berish;

- Taomlarni to’ri bezatib dasturxonga berish;
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarda ega bo`lishlari kerak:

- fanni o`tish texnologiyasida mustaqil O`zbekistonda “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Davlat ta`lim standarti talablarini bilishi;

- mavzularning har birini zamon talabi, iqtisodga bog`lashda fanning munosabatini aniq bilish;

- Suyuq taom turlari va tayyorlash texnologiyalari;

- quyuq taomlar tayyorlash texnologiyalari ;

- Yaxna taomlar tayyorlash texnologiyalari ;

- Shirin taomlar tayyorlash texnologiyalari;

- Xamirli taomlar va pishiriqlar tayyorlash texnologiyalari ;

- Issiq va yaxna ichimliklar tayyorlash texnologiyalari ;

- Dasturxon tuzash qoidalari va mehmon kutish odobi;



Fanning o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o`zaro bo`g`liqligi,

uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi

Ushbu fanlarni o`zlashtirish uchun o`quvchi “Umumta`lim” fanlaridan fizika, kimyo, matematika, tarix, estetika , “Kasbiy ta`lim” fanlaridan anatomiya, fiziologiya va gigiyena, mehnat muhofazasi kabi fanlar bilan uzviy bog’liqdir.



Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalari bo`yicha tavsiyalar

Bugungi kunda boshqa istemol mahsulotlari kabi taomlarga nisbatan yanada yuqori talablar qo’yilmoqda. Chunki pazandachilik san’atining rivojlanishi har doim jamiyatning iqtisodiy ravnaqiga bog’liq bo’lgan. Taomlarning xilma-xilligi, sifati, did bilan dasturxonga qo’yilishi xalq farovonligining asosiy ko’rsatkichidir. Sababi ovqatlanish inson hayot kechirishining muhim vositasi, sifat salomatligi va uzoq umr ko’rishining garovi, mehnatga qobillikning omili ekanligi nazarda tutiladi.

Ishlab chiqarishga oid fanlarni o`rgatish jarayoni turli xildagi ko`rgazmali o`quv qurollarini ko`rsatish bilan, darsdagi amaliy ishlari va ishlab chiqarish korxonaridagi amaliyot ishlarining o`zaro uzviy bog`langanliklari bilan olib borilishi mumkin.


  • “Ovqat tayyorlash texnologiyasi va oziq-ovqat tovarshunosligi” fanlaridan dars berishda oziq-ovqat mahsulotlarining turlari, sifatini aniqlash, taomlar tayyorlashga oid barcha ko’rgazmali texnik vositalari, mahsulotlarga birlamchi va issiqlik ishlovi berishda bo`lishi lozim.

  • Ta`lim berishning zamonga xos texnik vositaridan - slaydlar, multimediya va boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanishi kerak.

  • Ma`lumki, ta`lim – ikki yoqlama jarayon. Bu jarayonda pedagog ham, o`quvchi ham faol bo`lishi kerak. Pedagog tomondan berilayotgan materialdan amaliy ishda ijodiy foydalanish didni, tadbirkorlikni rivojlantirishga, kiyinish madiniyati tushunchasini kengaytirishga, kasbiy bilimlarni chuqurlashtirishga yordam berishi kerak va o`quvchilar tomonidan bu axborotlar qanday qabul qilinayotganligini, “Teskari aloqa - bilim olish” yuzaga kelayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak.

Fanning maqsad va vazifalari.

“Ovqat tayyorlash texnologiyasi va oziq-ovqat tovarshunosligi” fanining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dastur”iga asoslanganligi, uning maqsadi va vazifasi haqida.

Davlatimizning rivojlangan davlatlar qatoriga o`tishida yosh avlodning tafakkurini, badiiy didi, madaniyati, ma`naviyatini o`stirishda fanning tutgan o`rni katta.

Fanni o’rgatishdan maqsad, oziq-ovqat mahsulotlari turi, sifati, inson organizmi uchun ahamiyati, shifobaxshligi, ularga birlamchi va issiqlik ishlovi berib taomlar tayyorlash texnologiyalarini o’rgatish hamda milliy taomlarda qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizning aks etishini o’rgatish.


1-mavzu: Oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi

Oziq-ovqat maxsulot turlari, kimyoviy tarkibi, inson organizmi uchun ahamiyati. Oziq-ovqat maxsulotlarining sifatiga ta’sir etuvchi omillar. Oziq-ovqat maxsulotlarining sifatini aniqlash usullari.



2-mavzu: Sabzavot va ho’l mevalar.

Yangi sabzavot va ho’l mevalar turlari, kimyoviy tarkibi inson organizmi uchun ahamiyati, saqlanish sharoiti va muddati. Qayta ishlangan sabzavot va ho’l mevalar. Ularning saqlash sharoiti va muddati.


1 Amaliy labaratoriya ishi.

Mavzu: Yangi sabzavot va ho’l mevalarning turlari va sifatini aniqlash.

Maqsad: O`quvchialrni yangi sabzavot va ho’l mevalarning sifatini organaleptik usulda aniqlashni o`rgatish.
Sabzavot va ho’l meva turlarining sifatini aniqlash.

Sabzavotlar iste’mol qilinadigan qismiga qarab quyidagi turlarga: ildizmevali, tugunak mevali, bandli, dukkakli va poliz ekinlariga bo’linadi.

Ho’l mevalar esa tuzilishiga qarab quyidagi turlarga: danakli, urug’li, rezavor, subtroptik va yong’oqli turlarga bo’linadi.
Kerakli asboblar va mahsulotlar.


  1. Yangi sabzavotlardan namunalar.

  2. Yangi ho’l mevalardan namunalar.

  3. Markalangan taxtakach va pichoqlar.

  4. Likopchalar.


Ishning borishi.

Sabzavot va ho’l mevalardan namunalar olib, ularning turlari va sifatini aniqlab, quyidagi jadvalni to’ldiring.






Yangi sabzavot va ho’l mevalar

Turi

Rangi

Shakli

Mazasi

Konsis-tensiyasi

Sifati

Izoh

1

























2


























Mustaqil ish. Sabzavot va ho’l meva turlari. Qayta ishlangan sabzavot va ho’l mevalar.
3-mavzu: Baliq va baliq mahsulotlari.

Baliq turlari va oilalari, baliqning kimyoviy tarkibi, inson organizmi uchun ahamiyati. Termik holatiga ko’ra baliq turlari. Qayta ishlangan baliq turlari. Baliq konservalari. Baliq ikrasi. Baliq va baliq mahsulotlarini saqlash muddati. Baliq va baliq mahsulotlarining sifatiga talab.


4-mavzu: Go’sht va go’sht mahsulotlari.

Go’sht. Oziqlik qiymati. Molning yoshiga, turiga qarab xillari. Yangi so’yilgan, sovutilgan, muzlatilgan go’shtlar. Ularning farqi. Go’shtning sifatiga talab, go’sht kategoriyalari, kalla-pochalar. Oziqlik qiymati, yangi, sovutilgan, muzlatigan parranda go’shtlari. Sifatiga talab. Pazandachilikda ishlatilishi. Saqlash sharoiti va muddati.

Kolbasa mahsulotlari. Oziqlik qiymati. Kolbasa turlari. Sifatiga talab. Pazandachilikda ishlatilishi. Saqlash sharoiti va muddati.

2. Amaliy laboratoriya ishi.



Mavzu: Go’sht va go’sht mahsulotlari turlari, sifatini aniqlash.

Maqsad: O`quvchilarga go’sht va go’sht mahsulotlari turlari, sifatini aniqlashni o’rgatish.

Go’sht- mol go’shti, qo’y go’shti, echki go’shti, cho’chqa go’shtiga bo’linadi.

Go’shtlar sifatiga qarab 1-2- va 3-kategoriyalarga bo’linadi.

Go’sht mahsulotlariga kolbasalar, qaynatilgan, yarim dudlangan va dudlangan bo’ladi.

Sosiska, sardelka hamda go’sht konservalari.

Go’sht mahsulotlariga kolbasalar, sosiskalar, sordelkalar, go’sht konservalari kiradi.

Kerakli asboblar va mahsulotlar.


  1. Go’shtdan namunalar.

  2. Go’sht mahsulotlaridan namunalar.

  3. Markalangan taxtakach va pichoqlar.

  4. Likopchalar.


Ishning borishi.

Go’sht va go’sht mahsulotlaridan namunalar olib ularning sifatini orgonoleptik usulda aniqlab, quyidagi jadvalni to’ldiring.





Go’sht va gosht mahsulotlarining nomi

Turi

Rangi

Shakli

Mazasi

Konsistensiyasi

Sifati

Izoh

1

























2



























Mustaqil ish. Go’sht kategoriyalari. Qayta ishlangan go’sht mahsulotlari.
5-mavzu: Sut va sut mahsulotlari.

Sut. Oziqlik qiymati. Sut turlari. Kimyoviy tarkibi, sifatiga talab, pazandachilikda ishlatilishi.

Qaymoq, qaymoq ishlab chiqarish. Qaymoqning kimyoviy tarkibi, oziqlik qiymati. Pazandachilikda ishlatilishi. Achitilgan sut mahsulotlari. Smetana, prostakvasha, kefir, tvorog va tvorog mahsulotlari. Achitilgan sut mahsulotlarini olish. Pazandachilikda ishlatilishi. Sifatiga talab. Saqlash sharoiti va muddati.

Qayta ishlangan sut mahsulotlari. Quyultirilgan sut ( sgyushonnoye moloko) va qaymoq. Oziqlik qiymati va turlari, sifatiga talab. Sut kukuni. Muzqaymoq, turlari, oziqlik qiymati, saqlash muddati va sharoiti.

Pishloq. Pishloq ishlab chiqarish. Pishloq turlari. Sifatiga talab. Pazandachilikda ishlatilishi. Saqlash sharoiti va muddati.
3. Amaliy labaratoriya ishi.

Mavzu: Sut va sut mahsulotlarining sifatini aniqlash.

Maqsad: O’quvchilarni sut va sut mahsulotlarining sifatini orgonoleptik usulda o’rganishi.

Sutning kimyoviy tarkibi va inson organizmi uchun ahamiyati.

Achitilgan sut mahsulotlari: qatiq, tvorog, qaymoq, suzma, pishloq.

Qayta ishlangan sut mahsulotlari: sut kukuni, quyultirilgan sut.


Kerakli asbob va mahsulotlar.

  1. Sut, sut kukuni, quyultirilgan sut.

  2. Tvorog, qaymoq, qatiq, smetana, suzma, pishloq.

  3. Maxsus taxtakach, pichoqlar, likopchalar.


Ishning borishi.

Sut va sut mahsulotlaridan olinib, ularning sifatini orgonoleptik usulda aniqlab quyidagi jadvalni to’ldiring.






Sut va sut mahsulotlarining nomi

Turi

Rangi

Shakli

Mazasi

Hidi

Konsis tensiyasi

Sifati

Izoh

1




























2




























Mustaqil ish: Sut turlari, qayta ishlangan sut mahsulotlari.
6-mavzu: Tuxum va tuxum mahsulotlari.

Tovuq tuxumining tuzilsihi va oziqlik qiymati. Saqlanishiga ko’ra tuxum navlari, kategoriyalari. Sifatiga talab. Pazandachilikda ishlatilishi. Qayta ishlangan tuxum. Tuxum kukuni, melanji. Sifatiga talab. Tuxum va tuxum mahsulotlarini joylashtirish, saqlash sharoiti va muddati.



7-mavzu: Yog’lar

Oziq-ovqat yog’lari. Yog’ turlari. Hayvon yog’lari turlari, oziqlik qiymati, sifatiga talab. Pazandachilikda ishlatilishi. O’simlik yog’lari, turlari, oziqlik qiymati, sifatiga talab.

Yog’larning pazandachilikda ishlatilishi. Sariyog’ ishlab chiqarish, sifatiga talab, pazandachilikda ishlatilishi. Margarin, turlari, ishlab chiqarish, sifafiga talab, pazandachilkda ishlatilishi. Yog`ni saqlash sharoiti va muddati.
8-mavzu: Don va don mahsulotlari.

Yormalar. Yorma turlari, oziqlik qiymati. Pazandachilikda ishlatilinishi. Sifatiga talab, saqlash sharoiti va muddati.

Un ishlab chiqarish. Bug’doy unining navlari. Sifat ko’rsatkichlari. Pazandachilikda ishlatilishi. Kleykovinalik darajasi. Non va non mahsulotlari. Non turlari. Sifatiga talab. Parhez nonlari. Un, non mahsulotlarini saqlash sharoiti va muddati.

Makaron mahsulotlari. Makaron mahsulotlarining turlari. Oziqlik qiymati. Sifat ko’rsatkichlari. Pazandachilikda ishlatilishi. Saqlash sharoiti va muddatlari.

4. Amaliy laboratoriya ishi.

Mavzu: Don va don mahsulotlarini hamda nonning sifatini aniqlash.

Maqsad: O’quvchilarni don va don mahsulotlarining sifatini orgonoleptik usulda aniqlashni o’rgatish.

Don - guruch, grechixa, bug’doy, mosh, perlovkalarni aniqlash.

Un, un turlari. Non tayyorlash jarayoni. Non turlari.
Kerakli asbob va mahsulotlar.


  1. Don turlaridan namunalar.

  2. Un navlaridan namunalar.

  3. Non turlaridan namunalar.

  4. Makaron mahsulotlaridan namunalar.

  5. Maxsus pichoq, taxtakach likopchalar.


Ishning borishi.

Don, un, makaron mahsulotlaridan va non turlaridan namunalar olib, ularni orgonoleptik usulda aniqlab quyidagi jadvalni to’ldiring.






Mahsulot nomi

Turi

Rangi

Shakli

Mazasi

Hidi

Hajmi

Sifati

Izoh

1




























2





























Mustaqil ish. Yorma va makaron mahsulotlari. Makaron ishlab chiqarish.
9-mavzu: Kraxmal, asal, shakar. Qandolat mahsulotlari.

Kraxmal. Kraxmal ishlab chiqarish, sifatiga talab, pazandachilikda ishlatilishi. Asal. Oziqlilik qiymati va shifobaxsh xususiyati. Asal turlari. Sifatiga talab. Pazandachilikda ishlatilishi. Sun’iy asal. Shakar. Shakarning ovqatlanishdagi ahamiyati. Shakar ishlab chiqarish. Qand ishlab chiqarish va turlari. Sifatiga talab. Pazandachilikda ishlatilishi, kraxmal, asal, shakar va qandning saqlash sharoiti va muddati.

Qandolat mahsulotlari. Qandolat mahsulotlari turlari. Meva, rezavor mevali qandolatlar, konfetlar, shokolad, holva, sharq shirinliklari, unli qandolat mahsulotlari va boshqalar. Pazandachilikda ishlatilishi. Saqlash sharoiti va muddati.

5. Amaliy labaratoriya ishi.



Mavzu: Kraxmal, asal, shakar va qandolat mahsulotlarining sifatini aniqlash.

Maqsad: O’quvchilarga kraxmal, shakar, asal, va qandolat mahsulotlarining sifatini aniqlashni o’rgatish.

Kraxmal - kartoshka, guruch va makkajo’xoridan olinadi. Sanoatda qandolatchilik va pazandachilikda ishlatiladi. Shakar – qand, lavlagi, shakarqamishdan olinadi. Shakardan esa qand olinadi. Asal tabiiy va sun’iy asallarga bo’linadi. Tabiiy asal navlarga bo’linmaydi va uning shifobaxsh xususiyati ko’p. Qandolat mahsulotlari unli va unsiz bo’ladi.


Kerakli asbob va mahsulotlar.

1. Kraxmal, shakardan namunalar.

2. Tabiiy va sun’iy asallardan namunalar.


  1. Qandolat mahsulotlaridan namunalar.

  2. Choy va osh qoshiq, piyola, likopchalar, pichoq va kosa.



Ishning borishi.

Kraxmal, shakar, qand, asal, va qandolat mahsulotlaridan namunalar olib ularni orgonoleptik usulda sifatini aniqlab quyidagi jadvalni to’ldiring.






Mahsulot nomi

Turi

Rangi

Shakli

Mazasi

Hidi

Hajmi

Sifati

Izoh

1




























2





























Mustaqil ish. Shakar ishlab chiqarish. Asalning shifobaxsh xususiyatilari. Qandolat mahsulotlari.

10-mavzu: Ta’m beruvchi mahsulotlar.

Choy, qahva. Choyning kimyoviy tarkibi, turlari, navlari, choy chiqarish, sifatiga talab, pazandachilikda ishlatilishi. Qahvaning kimyoviy tarkibi, navlari, qahva ishlab chiqarish, sifatiga talab, pazandachilikda ishlatilishi. Choy va qahvalarni saqlash sharoiti va muddati.

Dorivor rizavorlar. Ovqatlanishda dorivor va rizavorlarning ahamiyati. Dorivorlarning turlari sifatiga talab, pazandachilikda ishlatilishi. Ziravor turlari, sifatiga talab, pazandachilikda ishlatilishi. Tayyor ziravorlar - oshxona xreni, mayonez, sardak va boshqalar. Osh tuzi. Sirka kislotasi. Limon kislotasi. Dorivor va ziravorlarning saqlash sharoiti va muddati.

6. Amaliy labaratoriya ishi.



Mavzu: Ta’m beruvchi mahsulotlar sifatini aniqlash.

Maqsad: O’quvchilarni choy, qahva, dorivor va ziravorlar sifatini aniqlashga o’rgatsih.

Choy - ko’k va qora choy, bularning farqi, ko’k choyning qora choyga nisbatan shifobaxshligi.

Qahva - ishlab chiqarishi, turlari.

Ziravor va dorivor turlari.

Osh tuzi. Limon kislotasi, mayonez, sirka kislotasi, lavr yaprog’i va boshqalar.
Kerakli asbob va mahsulotlar.


  1. Choynak, piyola, chashka, qaynagan suv.

  2. Qora, ko’k quruq choy, qahva.

  3. Zira, kashnich urug’i, lavr yaprog’i va boshqalar.

  4. Mayonez, limon kislotasi, sirka kislotasi.



Ishning borishi.

Ta’m beruvchi mahsulotlardan namunalar olib, orgonoleptik usulda sifatini aniqlab, quyidagi jadvalni to’diring.






Ta’m beruvchi mahsulot nomi

Turi

Rangi

Shakli

Mazasi

Hidi

Sifati

Izoh

1

























2


























11-mavzu: Mahsulotlarga birlamchi ishlov berish va yarim tayyor masalliqlar tayyorlash. Mahsulotlarga issiqlik ishlovi berish.

Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish, to’g’rash usullari (oddiy va murakkab), sabzavot chiqitlari va ulardan foydalansih. Baliqqa birlamchi ishlov berish. Ulardan yarim tayyor masalliqlar tayyorlash. Go’shtga birlamchi ishlov berish va ulardan yarim tayyor masalliqlar tayyorlash. Maxsulotlarga issiqlik ishlov berish usullari va bunda bo’ladigan o’zgarishlar. Pazandachilikda rioya etiladigan sanitariya gigiyena qoidalari.


12-mavzu: Suyuq taomlar.

Suyuq taomlarning ovqatlanishdagi ahamiyati. Tayyorlanish texnologiyasi va berilish haroratiga ko’ra suyuq taom turlari. Milliy suyuq taomlar bilan yevropa suyuq taomlarining farqi. Suyuq taomlarni dasturxonga berish qoidalari. Suyuq taomlarning sifatiga qo’yiladigan talab.



Mustaqil ish. Suyuq taom turlari. Milliy, xushxo’r suyuq taomlar.
13- mavzu: Sabzavotlardan tayyorlanadigan taomlar.

Sabzavotli taomlarning ovqatlanishdagi ahamiyati. Turli sabzavotlarning pishirish vaqtlari. Sasbzavotlarni qaynatib, qovurib, dimlab, yopib pishirish usullari. Sabzavotlardan kotlet massa tayyorlash. O’zbek milliy sabzavotli taomlarni tayyorlash texnologiyasi. Sabzavotli taomlarni dasturxonga berish qoidalari. Sabzavotli taomlarning sifatiga talab.

Mustaqil ish: Qaynatib, qovurib, dimlab pishirilgan sabzavotlar
14-mavzu: Yorma va makaron mahsulotlaridan tayyorlanadigan taomlar.

Yormalardan tayyorlanadigan taom turlari. Sochiluvchan va ilashimli bo’tqalar tayyorlash. Yormadan tayyorlanadigan taomlar, ikkinchi go’sht va baliqdan taomlar uchun garnir sifatida foydalanish, makaron mahsulotlaridan tayyorlanadigan taom turlari. Yorma va makarondan tayyorlanadigan taomlarning iste’mol qiymati.



Mustaqil ish: Ilashimli va sochiluvchan bo’tqalar.
15- mavzu: Tvorog va tuxumdan tayyorlanadigan taomlar.

Tvorogdan tayyorlanadigan varenik, sirnik, pudding va tvorogli blinchik taomlarning tayyorlanish jarayonlari. Tvorogning o’zini dasturxonga berish qoidalari. Tuxumni qaynatish usullari, quymoq tayyorlash va omlet tayyorlash jarayonlari. Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlarning iste’mol qiymati hamda ularning sifatiga bo’ladigan talab.


16-mavzu: Baliqdan tayyorlanadigan taomlar.

Baliqni qaynatib pishirish. Baliqni qovurib pishirish: asosiy usulda, ko’p yog’da, xamirda. Baliqni dimlab pishirish. Baliqni duxovkada yopib pishirish. Baliqdan kotlet tayyorlash. Baliqdan tayyorlanadigan taomlarning sifatiga va saqlanishiga talablar.

Mustaqil ish: Nobaliq maxsulotlaridan tayyorlanadigan taomlar.

17-mavzu: Go’shtdan tayyorlanadigan taomlar.

Go’shtni qaynatib pishirish. Go’shtni qovurib pishirish. Go’shtni dimlab pishirish. Go’sht qiymasidan taomlar tayyorlash. Go’sht kotlet massasidan taomlar tayyorlash. Go’sht kalla-pochalaridan ( sub mahsulotlari) tayyorlanadigan taomlar. Go’shtdan tayyorlanadigan o’zbek milliy taomlari. Go’shtdan tayyorlanadigan taomlarni sifatiga talab.



Mustaqil ish: Go’shtni qaynatib, qovurib, dimlab pishirish.
18-mavzu: Parranda go’shtidan tayyorlanadigan taomlar.

Uy parrandalaridan tayyorlanadigan taomlar. Parranda go’shtlarini qaynatib, qovurib, duxovkada yopib pishirish jarayonlari. Parranda go’shtidan tayyorlanadigan o’zbek milliy taomlari. Parranda go’shtidan tayyorlandigan taomlarning sifatiga talab.



19-mavzu: Yaxna taom va tamaddilar.

Yaxna taomlarning ovqatlanishdagi ahamiyati. Yaxna taom turlari. Salat turlari: go’shtdan, sabzavotdan, baliqdan va tuxumdan tayyorlanadigan salatlar.

Gazaklar tayyorlash. Buterbrod turlari: oddiy va murakkab, ochiq va yopiq buterbrodlar.

Salatlarni bezatish qoidalari.



Mustaqil ish. Salat turlari, dasturxonga berish qoidalari.
20-mavzu: Shirin taomlar.

Shirin taom turlari. Ho’l mevalarni dasturxonga tortish tartibi. Yaxna shirin taomlarda mevalardan kompot, kisel, muss tayyorlash. Mevalardan yaxna ichimliklar tayyorlash. Muzqaymoq turlari va tayyorlash texnologiyasi. O’zbek millik shirin taomlarini tayyorlash texnologiyasi. Shirin taomalarni tayyorlashda ishlatiladigan asboblar va sanitariya gigiyena qoidalari. Issiq shirin taomlar. Mevalarni yopib pishirish. Turli pirog, sufle, pudinglar tayyorlash texnologiyasi.



Mustaqil ish: Murabbo turlari va tayyorlash jarayoni.
21- mavzu: Xamir taomlar va pishiriqlar.

Xamir uchun xomashyo tayyorlash. Xamir turlari. Oshirilgan xamir va undan tayyorlanadigan xamir mahsulot turlari. Non tayyorlash jarayoni. Nonni e’zozlash. Shakarli xamir va undan tayyorlanadigan mahsulotlar. Qat-qat xamir va undan tayyorlanadigan xamir mahsulotlari. Qat-qat xamirdan tayyrolanadigan milliy xamir mahsulotlari. Biskvit xamirdan tayyorlanadigan mahsulotlar. Biskvit xamiridan tayyorlanadigan mahsulotlar uchun kremlar tayyorlash. Issiq holda qorilgan xamirda tayyorlanadigan xamir mahsulotlari.



Mustaqil ish. Xamir turlari va ulardan tayyorlandigan mahsulotlar.
22-mavzu: Issiq va yaxna ichimliklar. Dasturxon tuzash qoidalari.

Issiq va yaxna ichimliklarning ovqatlanishdagi ahamiyati. Choy turlari va damlash qoidalari. Qahva damlash usullari. Kakao damlash. Yaxna ichimliklar va ularni tayyorlash qoidalari. Issiq va yaxna ichimliklarni dasturxonga berish qoidalari.

Dasturxon tuzash turlari. Nonushta, tushlik va kechki ovqat dasturxon tuzash. O’zbek milliy dasturxon tuzashning o’ziga xos xususiyatlari. Turli marosimlarda dasturxon tuzashning tartibi, mehmon kutish va ovqatlanish odobi.
23-mavzu: Parhez va bolalar taomlari.

Parhez taomlarning inson salomatligidagi ahamiyati. Parhez suyuq va quyuq taomlari. Parhez stollari. Bolalar taomlarini bolalar yoshiga qarab tayyorlanishi. Bolalar suyuq va quyuq, shirin va sutli taomlari hamda ularning ovqatlanishdagi o’rni.


Namunaviy mavzular rejasi.





Fanning bo`lim va mavzulari nomi

Umumiy yuklama, soat

Hammasi

Dars turi bo`yicha soatlar taqsimoti (auditoriya yuklamasi)

Mustaqqil ish

Jami

Nazariy (ma`ruza)

Amaliy

Laboratoriya ishi

Seminar

Kurs ishi (loyihasi)

1


Kirish.

Oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi, sifatiga ta’sir etuvchi omillar.


2

2

2

















2

Sabzavot va ho’l mevalar

6

4

2




2







2

3

Baliq va baliq mahsulotlari

4

4

4
















4

Go’sht va go’sht mahsulotlari

10

6

4




2







4

5

Sut va sut mahsulotlari.

10

6

4




2







4

6

Tuxum va tuxum mahsulotlari.

2

2

2
















7

Yog’lar

2

2

2
















8

Don va don mahsulotlari

6

4

2




2







2

9

Kraxmal, shakar asal va qandolat mahsulotlari.

9

6

4




2







3

10

Ta’m beruvchi mahsulotlar.

5

4

2




2







1

11

Pazandachilikda rioya etiladigan sanitariya gigiyena va texnika xavfsizligi qoidalari. Mahsulotlarga birlamchi va issiqlik ishlovi berish

2

2

2
















12

Suyuq taomlar

12

8

2

6










4

13

Sabzavotlardan tayyorlanadigan taomlar

10

6




6










4

14

Yorma va makaron mahsulotlaridan tayyorlanadigan taomalar

6

4




4










2

15

Tvorog va tuxumdan tayyorlanadigan taomlar

4

4




4













16

Baliqdan tayyorlanadigan taomlar

6

4




4










2

17

Go’shtdan tayyorlanadigan taomlar

18

12

2

10










6

18

Parranda go’shtidan tayyorlanadigan taomlar

4

4




4













19

Yaxna taom va tamaddilar.

12

8

2

6










4

20

Shirin taomlar

6

4




4










2

21

Xamirli taomlar va pishiriqlar

30

20

2

18










10

22

Issiq va yaxna ichimliklar. Dasturxon tuzash qoidalari

2

2

2
















23

Parhez va bolalar taomi

2

2




2
















Jami:

170

120

40

68

12







50

Oziq-ovqat tovarshunosligi va ovqat tayyorlash texnologiyasi” fanidan laboratoriya, amaliy mashg`ulotlar va mustaqil ishlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar.

Oziq-ovqat tovarshunosligi fani bo`yicha o`tkaziladigan laboratoriya mashg`ulotlari uchun kerakli jihoz va asboblar, oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar, o`quv qurollari, darsliklar, qo`shimcha adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari kerak.

“Ovqat tayyorlash texnologiyasi” fani bo’yicha har bir bo’lim keng yoritilib berishi, albatta, amaliy mashg’ulotlar orqali bajariladi. Bunda o’qituvchi o`quvchilarga oldindan amaliy mashg’ulot mavzularini tavsiya etadi, reja berish maqsadga muvofiqdir. Har bir o’tkazilgan amaliy mashg’ulot, albatta, tekshiriladi va baholanadi.

Amaliy ishlarni tashkil etish o’quvchining mustaqil ishlarining davomi bo’lishi kerak.

Bo’lim mavzulari yoritilib o’tib bo’lingandan keyin shu bo’lim mavzularini mustahkamlab, yakuniy dars o’tiladi va baholanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar

1. N.A. Anfimova va L.L. Tatarskaya. «Pazandachilik». Toshkent, 2002-yil.

2. R.Normaxmatov. «Oziq-ovqat maxsulotlari tovarshunosligi». Toshkent, 2002-yil.

3. A.Madraximov «O’zbek taomlari». O’qituvchi, 2011-yil.

4. D.M. Nosirova «Oziq-ovqat mahsulotlari tovarshunosligi». O’quv qo’llanma, 2011-yil.

5. D.M. Nosirova «Pazandachilikni o’rgatish metodikasi». O’quv qo’llanma, 2009-yil.


Foydalanishga tavsiya etiladigan internet tarmog`i

http:// www. Taomlar.UZ

http:// www. Taomlar SB.UZ

http:// www. Dunyo taomlari.UZ

http:// www. Asosiy taomlar.UZ.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIMI MARKAZI

Ro`yxatga olingan

№KMD 3141602 – 2.15

“15” avgust 2012-yil


Vazirlikning 2012 yil

15 avgustdagi 332-1-sonli

buyrug’i bilan tasdiqlangan



OVQATLANISH FIZIOLOGIYASI ASOSLARI,

SANITARIYA VA GIGIYENA

fanidan o`quv DASTURI

Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil “24” iyuldagi “3”-son majlis bayoni bilan ma`qullangan.


Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi, bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1-sonli kelishuv Bayoni 2012-yil 16-iyul).


Tuzuvchilar:

M.Xo`jayeva



1-Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchisi.

























Taqrizchilar:

Q.O.Dodayev



Toshkent kimyo-texnologiya instituti professori
















M.Mo`minova



Nizomiy nomli TDPU katta o`qituvchisi













Kirish

Ovqatlanish fiziologiyasi asoslari, sanitariya va gigiyena fanini o`qitishdan maqsad o`quvchilarga oziq-ovqat sanitariyasi va gigiyenasi, ovqatlanish fiziologiyasi, mikrobiologiya asoslari haqida bilim berishdir.


Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:

-oziq-ovqatlar bilan ishlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish;

-organizmda modda va energiya almashinuvini;

-ovqatlanish tarkibini;

-parhez uchun tavsiya etilgan mahsulotlardan ovqat tayyorlash;

-ovqatdan zaharlanishni oldini olishni;

-nomexanik, mexanik jihozlardan: saralovchi, tozalovchi, qiymalovchi, aralashtiruvchi

jihozlarni tuzilishi, ishlatilishi, texnik xavfsizligi.



-issiqlik jihozlaridan elektr, gaz, qattiq yoqilg`ida ishlovchi jihozlarni tuzilishi, ishlatilishi, texnik xavfsizligi.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:

-ovqatlanish korxonalaridagi jihozlar;

-dezinfeksiya qilishga qo`yilgan sanitariya talablari;

-ovqatdan zaharlanishni oldini olish;

-ovqat hazm qilish a`zolarini;

-ovqatlanish tartibini;

-ovqatlarni to`yimlilik qiymatini;

-mahsulotlarga ishlov berish, tayyorlash qoidalarini;

-nomexanik, mexanik asboblarni tuzilishi va ishlatilishi;

-parhez taomlari va ularga ishlatiladigan mahsulotlarga qo`yiladigan talablar.
Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi.

Mazkur fanni o’zlashtirish uchun o’quvchi “Umum ta’lim” fanlaridan kimyo, biologiya, “Kasbiy ta’lim fani” anatomiya, fiziologiya va gigiyena, “Maxsus fanlar”dan oziq-ovqat tovarshunosligi, ovqat tayyorlash texnologiyasi kabi fanlarni chuqur o’zlashtirgan bo’lishlari talab etiladi. O’quv rejaga ko’ra yuqorida keltirilgan fanlar ovqatlanish fiziologiyasi, sanitariya va gigiyena fani bilan birgalikda o’zlashtirilishi lozim.


Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalari bo’yicha tavsiyalar.

Mazkur dasturda belgilangan bilimlarni o’quvchilarga yetkazishda ularda ko’nikma va malakalarni shakllantirishda, o’quvchilar orasida sog’lom turmush tarzini, sanitariya va gigiyena bilimlarini targ’ibot qilishda, ommalashtirishda axborot va pedagogik texnologiyalaridan keng foydalanish lozim.

- Dasturdagi barcha mavzular o’quv muassasalarida pazandachilik bo’yicha o’tkaziladigan to’garak mashg’ulotlari dasturi bilan uzviy bog’lanishi kerak.

- Ovqatlanish fiziologiyasi asoslari sanitariya va gigiyena fanidan dars o’tish jarayonida turli xildagi ko’rgazmali o’quv qurollarini ko’rsatish va ushbu ko’rgazma bo’yicha o’quvchilarning mustaqil fikrlarini va undan chiqqan xulosalarini o’rganish lozim.

- Amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishda oziq mahsulotlarini to’yimliligini aniqlash uchun zarur jadvallar, ko’rgazmali texnik vositalari bo’lishi lozim.

- Ta’lim berishning zamonga xos texnik vositalaridan - slaydlar, multimediya va boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanish kerak.

- Ta’lim ikki yoqlama jarayon bo’lgani sababli darsda pedagog bilan o’quvchi ham faol bo’lishi kerak. Pedagog tomonidan berilgan bilimlarga tayangan holda o’quvchilar ijodiy fikrlarini pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda bildirishlari kerak.
Asosiy qism

Fanning mazmuni va vazifalari. Umumiy ovqatlanish korxonalarining faoliyatini rivojlantirishda fiziologiya, sanitariya va gigiyenaning ahamiyati. Sanitariya-gigiyena bilimlarini ommalashtirishda to`garak tashkilotchisining vazifalari.



I bo`lim. Oziq-ovqat sanitariyasi va gigiyenasi


1-mavzu. Umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlovchi xodimning va pazandachilik bo’yicha to’garak rahbarining shaxsiy gigiyenasi.

Shaxsiy gigiyenaning ahamiyati. Tibbiyot ko`rigi va uning ahamiyati, shaxsiy tibbiyot daftarchasi. Maxsus sanitariya kiyimlari va ulardan foydalanish qoidalari.


2-mavzu. Umumiy ovqatlanish korxonalari joylashtiriladigan hududga, qurilishiga, jihozlari, asboblari va idish-tovoqlariga qo`yiladigan sanitariya talablari.

Umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlatiladigan jihozlar va idish-tovoqlariga qo`yiladigan sanitariya talablari. Oshxonada ishlatiladigan mexanik va nomexanik jihozlar. Oshxona idish-tovoqlarini yuvishga qo`yiladigan sanitariya talablari. Hasharotlarga qarshi kurash. Deratizatsiya.


3-mavzu. Oziq-ovqat mahsulotlarini tashishga va saqlashga qo`yiladigan

sanitariya talablari.

Oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi maxsus transportlar. Tayyor va yarim tayyor mahsulotlarni tashish va saqlash qoidalari. Tez va o`ta tez buziladigan mahsulotlarni saqlash uchun talab qilinadigan sanitariya sharoitlari. Sovitiladigan va sovitilmaydigan omborxonalarga qo`yiladigan sanitariya talablari.


4-mavzu. Oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanishiga va birlamchi, issiqlik ishlov berilishiga qo`yiladigan sanitariya talablari.

Oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berganda uning sifatini saqlashda va ovqatdan zaharlanishning oldini olishda, sanitariya qoidalariga amal qilishning ahamiyati. Go`sht, baliq, sabzavot, yormalarga birlamchi ishlov berish va ulardan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlashning sanitariya sharoitlari. Muzlatilgan mahsulotning muzini eritish. Qiyma va undan mahsulot tayyorlashning yaxna tamaddilar, xom sabzavotlardan taom tayyorlashning sanitariya qoidalari. Ovqatdan zaharlanishning oldini olishda mahsulotlarga issiqlik ishlovi berishning ahamiyati. Qandolat mahsulotlari tayyorlashga qo`yiladigan sanitariya talablari.


5- mavzu. Oziq-ovqat sanitariya nazorati va sanitariya qonunchiligi.

Davlat sanitariya nazorati va sanitariya epidemiyasiga qarshi xizmatning vazifalari. Oziq-ovqat sanitariya qonunchiligi.


II bo`lim. Ovqatlanish fiziologiyasi

1-mavzu. Ovqat hazm qilish a’zolarining tuzilishi va funksiyasi. Organizm hayotiy faoliyatida ovqat hazm qilishning ahamiyati.

Og`iz bo`shlig`ida, oshqozonda, ingichka va yo`g`on ichakda ovqatning hazm bo`lishi.


2-mavzu. Asosiy oziq moddalar va ularning organism uchun ahamiyati.

Organizmning oqsillar va aminokislotalarga ehtiyoji. O`rnini to`ldirish mumkin bo`lgan va mumkin bo`lmagan aminokislotalarning ahamiyati. O`simlik va hayvon oqsillarining ovqat tarkibidagi nisbati. Yog`lar, ularning organizm uchun fiziologik ahamiyati. Organizmning yog`larga bo`lgan ehtiyoji. Ovqat tarkibidagi yog`ning yetishmasligi va ortib ketishining organizmga ta`siri.

Uglevodlar, ularning organizm uchun fiziologik ahamiyati. Organizmda uglevodlarning o`zgarishi. Organizmning uglevodlarga ehtiyoji. Ovqat tarkibidagi uglevodning yetishmasligi va ortib ketishining organizmga ta`siri. Uglevodning asosiy manbalari. Vitaminlar. Odam organizmidagi moddalar almashinuvida va ovqatlanishda vitaminlarning ahamiyati. Avitaminoz, gipovitaminoz va gipervitaminoz haqida umumiy tushuncha.Organizmning yoshiga, bajaradigan mehnatiga, fiziologik holatiga, iqlimiy sharoitiga va boshqalarga ko`ra vitaminlarga bo`lgan ehtiyoji. Tayyor taomni vitaminlashtirish. Mineral tuzlar. Organizm hayotiy faoliyatida mineral tuzlarning ahamiyati. Odam organizmi tarkibidagi makro va mikro elementlar.Odam organizmining mineral tuzlarga kundalik ehtiyoji. Odam organizmida suvning ahamiyati. Organizmning suvga bo`lgan kundalik ehtiyoji. Organizmda suvning singish yo`llari. Organizmdan suvning ajralishi. Moddalar almashinuvi - hayot asosi. Moddalar almashinuvining turlari. Energiya almashinuvi. Moddalar va energiya almashinuvini boshqarish.
3- mavzu. Ovqatlanish maromi va tartibi. Kundalik ovqatlanishni tashkil

etishning fiziologik asosi.

To`g`ri ovqatlanish haqida tushuncha. Kundalik ovqatlanishni tashkil etishni fiziologik asosi. Kundalik ovqatlanish maromining yoshga, jinsga va mehnat faoliyatiga aloqadorligi. Ovqatlanish tartibi va uning ahamiyati. O`quvchi ovqatining tarkibi. Maktabdagi nonushta va tushlikning 6 kunlik taxminiy taomnomasi. Talabalar va sportchilarning ovqatlanishining o`ziga xos tomonlari. Kundalik ovqat taomnomasini tuzish qoidalari.



Amaliy ish. Turli sinf o`quvchilari uchun kundalik taomnoma tuzish. Kundalik taomnomadagi taomlar to`yimlilik qiymatini hisoblash.
4-mavzu. Parhez va davolash bo`yicha ovqatlanish. Parhez ovqatlanishning

fiziologik asoslari.

Download 6,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish