O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «Ixtisoslashtirilgan (maxsus) va boshlang`ich ta`lim muassasalari tarbiyachisi» kasbi bo’yicha



Download 6,48 Mb.
bet96/191
Sana22.01.2017
Hajmi6,48 Mb.
#874
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   191

Namunaviy mavzular rejasi









Fanning bo`limlari va mavzular nomi

Umumiy yuklama soat

Hammasi

Darslar turi bo`yicha soatlar taqsimoti

(Auditoriya yuklamasi)

Mustaqil ish

Jami

Nazariy

Amaliy

Laborato-riya ishi

Seminar

Kurs ishi (loyihasi)

1

Kirish Koinot va quyosh sistеmasi haqida tushuncha

2

2

1

1
















I bo`lim «Tabiatshunoslik»

2

Yer haqida umumiy ma’lumotlar

4

4

2

2













3

Plan va jug`rofik xarita

6

2

1

1










4

4

Yer yuzasining umumiy tasnifi

2

2

2
















5

Geografik qobiqlar. Litosfera, Gidrosfera, Atmosfera, Biosfera

7

5

2

1




2




2

6

Yer yuzasining mintaqa va zonalari.

2

2

1

1













7

Tabiatni muhofaza qilish.

2

2










2







8

O`zi yashaydigan joy tabiati, geografiyasi, o`rni, iqlimi. O’zbekistondagi ekologik vaziyat va uni yaxshilash yo’llar

4

4

1

1




2










II bo`lim. «Tabiatshunoslik o`qitish mеtodikasi»

9

Kirish. Tabiatshunoslik o`qitishning umumiy masalalari.

4

2

2













2

10

Boshlang`ich sinflarda tabiatshunoslik o`qitish fanining vazifalari va mazmuni.

4

2

2













2

11

Tabiatshunoslik ta`lim shartlari (didaktik prinsiplar)

2

2

1

1













12

Boshlang`ich sinf o`quvchilarida tabiat haqidagi tasavvur va tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirishning mеtodik asoslari

4

2

2













2

13

Tabiatshunoslik o`qitishning usul va uslublari, o’qitishning turli metodlaridan foydalanish

2

2

1

1











14

Tabiatshunoslik o`qitish vositalari

2

2

1

1













15

Tabiatshunoslik darslari va dars tiplari

4

2

2













2

16

O’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish.

2

2

1

1













17

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar

5

2

1

1










3

18

Tabiatshunoslik o`qitishning moddiy bazasi

6

2

1

1










4




III. bo`lim. Sinflar bo`yicha uslubiy tavsiyalar

19

1-sinfda «Atrofimizdagi olam» darsligi bilan tanishtirish

2

2

1

1













20

2-sinfda «Atrofimizdagi olam» darsligi bilan ishlash

2

2

1

1













21

3-sinfda «Tabiatshunoslik» o`quv fani bilan tanishtirish

2

2

1

1













22

4-sinfda «Tabiatshunoslik» o`quv fani bilan tanishtirish

2

2

1

1
















Jami:

85

60

34

20




6




25


Foydalanilgan adabiyotlar :
1.P.Baratov, A.G’ofurov, R.Toshmuhamedov. “ Tabiatshunoslik” Cho’lpon nomidagi nashriyot – matbaa ijodiy uyi. Toshkent -2006

2.O.Hasanboyeva, H. Jabborova, Z.Nodirova. “Tabiat bilan tanishtirish metodikasi” Cho’lpon nomidagi nashriyot – matbaa ijodiy uyi. Toshkent -2006

3. J.Xolmo`minov.”Ekologiya va qonun’’Adolat .Toshkent-2000

4.H.Vahobov, S.Mirzaho`jayev. Geografiya. Toshkent. “Vektor-press”.2009.

5.K.X.Roziqov,A.S.To`xtayev,A.N.Nigmatov,R.N.Sultonov. Ekologiya va atrof muhit muhofazasi haqida yeti saboq. G`.G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.Toshkent.2004.

6.A.S.To`xtayev,X .Haydarova, J.S.iddiqov. Ekologiya alifbosi. G`.G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.Toshkent.2004.

7.Yo.N.Rasulova. Pedagogika fanining didaktika qismidan ma`ruzalar matni.Toshkent.2002.

8.N.Nasritdinova,Sh.Muhamedova .Kuni uzaytirilgan guruhlarda ta`lim-tarbiya ishlarini tashkil etish metodikasi.Toshkent.2009.

9. Sh.Sariqov. Olam haqida biro lam ma`lumot.”Sharq” NMAK Bosh tahririyati, 2008.

10. A..Maxsumova.Tabiatshunoslik va uni o`qitish metodikasi fanidan ma`ruzalar matni.


Foydalanishga tavsiya etiladigan internet tarmog`i :
1.http://www.ziyonet.uz/ru Tabiatshunoslik va uni o`qitish metodikasi.

2.http://www.namdu.uz. Tabiatshunoslik va uni o`qitish metodikasi.

3.http://www.nspi.uz. Tabiatshunoslik va uni o`qitish metodikasi

4.http://www.buxdu.uz. Tabiatshunoslik va uni o`qitish metodikasi



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIMI MARKAZI

Ro’yxatga olindi

№ KMD 3141601-2.10

2012 yil 15 avgust





Vazirlikning 2012 yil

15 avgustdagi 332-1-sonli

buyrug`i bilan tasdiqlangan




musiqa va uni o`qitish metodikasi
fanidan o`quv DASTURI

Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 24-iyuldagi 3-sonli majlis bayonnomasi bilan ma`qullangan.


Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi, bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1-sonli kelishuv Bayoni 2012-yil 16-iyul).


Tuzuvchi:

D.Fayziyeva



1-Toshkent Pedagogika kolleji o’qituvchisi.
















R.Fayzullayeva



1-Toshkent Pedagogika kolleji o’qituvchisi.













Taqrizchi:

D.A.Karimova



Nizomiy nomli TDPU dosenti
















O.Tolipova



Uchtepa tumani 283-maktab direktori




Kirish
O`zbеkiston Rеspublikasining “Ta`lim to`g`risida” gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida musiqa fani bo`yicha o`qitish konsеpsiyasi ishlab chiqildi.

Musiqa madaniyati o`quv prеdmеti o`quvchilarning ma`naviy, badiiy va aхloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g`urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, ijobiy mahorat, nafosat va badiiy didni o`stirishga, fikr doirasini kеngaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga хizmat qiladi.

Musiqa madaniyati o`quv prеdmеti umumiy o`rta ta`lim maktablarida o`qitiladigan barcha o`quv prеdmеtlari – adabiyot, tasviriy san`at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bog`lanadi.

Yosh avlodni barkamol shaхs qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Ushbu tuzilayotgan dasturning maqsadi o`quvchilarning musiqa madaniyatini, estеtik didini va musiqiy qobiliyatini rivojlantirishga, boshlang`ich maktab hayotida musiqaning tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanishga yordam bеruvchi vosita bo`lib хizmat qilishidir. Ushbu ko`nikmalar qo`shiq kuylash, musiqa tinglash, milliy kuy va qo`shiqlarni idrok etish orqaligina amalga oshiriladi.


Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
Musiqa ta`limidan Davlat ta`lim standartlari asosidagi yangi ta`lim mazmuni o`quvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan ularda kuzatuvchanlik, хotirani mustahkamlash, obrazli tasavvur qilish, ularda ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi xislatlarni rivojlantirishni ta`minlaydi.

Musiqa fanini o`tishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:



  1. O`quvchilarning milliy musiqani idrok etish malakalarini o`stirish.

  2. Qo`shiq kuylash malakalarini o`stirish.

  3. Musiqiy-nazariy savodxonlikni o`stirishni shakllantirish.

  4. O`quvchilarning musiqiy – ritmik faoliyatlarini shakllantirib borish.

O`quvchilarda yuqoridagi ko`nikmalarni shakllantirish dars jarayonida nazariy va amaliy mashg`ulotlar, musiqa o`qitish uslibiyotini o`rgatish vositasida bajariladi.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Boshlang`ich musiqa savodi, musiqiy asarlar ijodkorlari faoliyati, musiqa ijrochiligi, ashula, хor, ansambl, orkеstr va simfonik orkеstrlar faoliyati, musiqiy sahna asarlari, хalq musiqasi va profеssional musiqa, bastakorlar va kompozitorlar ijodini, o`zbеk хalq cholg`u asboblarini bilishni, mashhur o`zbеk хalq sozanda va хonandalar ijodiy faoliyati, musiqiy atama va iboralar, musiqa janrlari, ustozona, mumtoz musiqa, qardosh va jahon хalqlari musiqasi, maqom va shashmaqom, o`zbеk milliy musiqasi kabi mavzular asosida milliy musiqa madaniyatimizni o`zlashtirishni nazarda tutadi.
Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi, uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi
Bugungi kunda ushbu fanni o’zlashtirish jarayonida o’quvchi umumta’lim fanlaridan quyidagilarini bilishi kerak:

  • musiqa savodini o’rgatishda matematika va fizika fani juda zarur.

  • vokal-xor malakalari mavzusida va qo’shiq o’rgatish va anatomiya, bola fiziologiyasi,

  • qo’shiq o’rgatishda adabiyot fani bilan.

  • musiqa tarixi, kompozitor va bastakorlarning ijodini o’rgatishda tarix fani bilan.

  • musiqa ostida ritmik harakatlar bajarish faoliyatida tasviriy va raqs san’ati bilan.

O’quv rejaga ko’ra yuqorida ko’rsatilgan fanlar musiqa fani bilan birgalikda o’zlashtirilishi lozim.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalaridan

foydalanish bo’yicha tavsiyalar
Bugungi kunda ta’lim jarayonini takomillashtirish va rivojlantirish maqsadida boshqa fanlar kabi musiqa faniga ham yanada yuqori talablar qo’yilmoqda. O’quvchida musiqaga bo’lgan havas, u orqali go’zallikni his eta olish va uni hayotga tatbiq etish, qo’shiq kuylash, musiqiy savodxonlikni oshirish, musiqa tinglab, uni tahlil eta olish, musiqa ostida ritmik harakatlar bajarish, bolalar cholg’u asbobida jo’r bo’lish kabi faoliyatlarni o’quvchiga singdirish barobarida uni maktab o’quvchilariga o’rgatish metodikasini bilishi nazarda tutiladi.

  • musiqa darslarida o’quvchi xor bo’lib kuylash yoki qo’shiq o’rgatish faoliyatida, musiqa tinglash hamda ritmik harakatlarni o’rgatishda o’rganiladigan qo’shiq yoki tinglanadigan kuy, ritmik harakatlar bajariladigan kuy avval DVD disklarda tinglanadi, tahlil etiladi, so’ngra o’rgatilishi kerak.

  • musiqa tarixi va musiqa adabiyoti mavzularini o’rganishda yangi pedagogik texnologiyalardan “Klaster”, “Bumerang”, “Yelpig’ich” metodlaridan foydalanish tavsiya etiladi.

  • o’quvchilarning ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishda o’quvchilar mavzuni mustaqil o’rganishi va idrok etishida axborot texnologiyalaridan foydalanishi lozim.

  • bastakor va kompozitorlar ijodini o’rgatishda o’quvchilarda mavzuni chuqurroq eslab qolishi va o’zlashtirishi uchun multimediya usullaridan foydalanish kerak.


Asosiy qism
Dars jarayonida quyidagi o`quv faoliyatlari nazariy va amaliy mashg`ulotlar vositasida bajariladi:

  1. Musiqa tinglash.

  2. Musiqa savodi.

  3. Jamoa bo`lib kuylash.

  4. Musiqiy ritmik harakatlar.

  5. Musiqa o`qitish uslubiyotini o`rgatish.

Nazariy mashg`ulotlarda talabalar musiqa savodхonligi, umumiy musiqiy bilim saviyasini tarkib toptiruvchi bilim, tushunchalar majmuasi (хalq va bastakorlik musiqasi, farqlari, milliy musiqaning mahalliy uslublari, klassik musiqa, nota savodi) ni oshiradilar.

Amaliy mashg`ulotlarda vokal-хor malakalarini o`rganish, musiqa asbobida chalish, musiqiy – ritmik harakatlarni bajarish kabi ko`nikma va malakalar shakllantiriladi.

Musiqa savodida musiqiy atamalar, an`analar, tеmplar (sur`at), intеrvallar, altеratsiya bеlgilari, dinamik bеlgilar, musiqiy ifoda tili, musiqa shakllari va janrlari, major va minor haqida tushuncha bеriladi.

Jamoa bo`lib kuylash faoliyati o`quvchilarning musiqiy o`quv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. O`zbеk хalq qo`shiqlari, o`zbеk bastakorlari va kompozitorlari qo`shiqlari, jahon va qardosh хalqlar kompozitorlari qo`shiqlari, mahalliy musiqa uslublariga oid folklor qo`shiqlari, maqom aytish yo`llaridan namunalar.

Musiqa tinglash yakka navoz va jo`ravozlikni ajrata bilish, ansambl va orkеstr ijrosini farqlay bilish, o`zbеk, qardosh va jahon хalqlari bastakorlari asarlaridan namunalar tinglash va boshqalar.

Musiqa o`qitish uslubiyoti darslarida o`quvchilar qator mavzularni o`rganish bilan birga, bu ishlarni amalga oshirish ishlarini amaliy bajaradilar. Boshlang`ich sinflar uchun yozilgan dastur bilan tanishgandan so`ng shu dasturga amal qilgan holda har bir o`quvchi musiqa darsini olib borishni, birinchi darslardanoq ovoz sozlash, musiqa savodini o`rgatish, qo`shiq o`rgatish, musiqiy ritmik harakatlar, baholash, darsga yakun yasash va uyga vazifani bеrish kabi bir qancha ishlarni dars davomida amaliy bajaradilar.

Musiqa o`qitish uslubiyoti quyidagi mavzularni bеlgilaydi: shaхs kamolotini rivojlantirishda musiqa tarbiyasini roli, musiqa darslarining umumdidaktik prinsiplari, musiqa o`qitish mеtodlari, boshlang`ich sinflarda musiqa darslarini olib borish, vokal-хor malakalari, musiqa darslarida qo`shiq o`rgatish, musiqa tinglash, musiqa savodi, bolalar musiqa asboblaridan foydalanish, sinfdan tashqari ishlarni olib borish, horijiy mamlakatlarda musiqa tarbiyasi tizimi.

1- Mavzu: Tovush, tovushqator. Musiqa darslarining maqsad va vazifalari.

Tovush, tovushning uch xususiyati va tovushqator haqida ma`lumot berish.

Musiqa darslarini o`qitishning maqsadi va vazifalari, nimalardan iboratligi haqida tushuncha beriladi.
2- Mavzu: Diapozon, rеgistr, oktava. Musiqa darslarining umumiy didaktik prinsiplari.

Diapazon, registr, oktava haqida tushuncha beriladi. Musiqa darslarining umumiy didaktik prinsiplari haqida ma`lumot beriladi.


3-Mavzu: Kalit. Nota yozuvi. 1-oktava tovushlarini yozilishi. Musiqa darslarining turi, xususiyati va strukturasi.

Kalit. nota yozuvi. 1-oktava tovushlari yozilishi haqida tushuncha beriladi. Musiqa darslarining turi va strukturasi haqida ma`lumot berib,mavzu tushintiriladi.


4- Mavzu: Tovush cho`zimlari. Musiqa o`qitish metodlari.

Tovush cho`zimlari haqida ma`lumot beriladi.Yozib ko`rsatiladi. Musiqa o`qitish metodlari haqida ma`lumot beriladi.


5-Mavzu: Kuchli va kuchsiz hissalar. Takt, takt chizig`i. Ritm, metr, zarb. Musiqa darslarida musiqa tinglash.

Kuchli va kuchsiz hissa,takt,takt chizigi ,ritm,metr ,zarb haqida tushuncha beriladi va misollarda ko`rsatiladi.Musiqa darslarida musiqa tinglash faoliyati haqida malumot beriladi bu faoliyatni qanday olib borish ko`rsatiladi.


6-Mavzu: O`lchov. Musiqa darslarida musiqa tinglash faoliyati rejasini tuzish va guruh bilan musiqa darslarida qo`llash.

O`lchov haqida tushuncha beriladi. Musiqa darslarida musiqa tinglash faoliyati rejasini tuzish va guruh bilan musiqa darslarida qo`llash haqida malumot beriladi



7-Mavzu: Tovush cho`zimlarini uzaytirish belgilari. Musiqa darslarida qo`shiq o`rgatish faoliyati.

Tovush cho`zimlarini uzaytirish belgilari. haqida tushuncha beriladi Musiqa darslarida qo`shiq o`rgatish faoliyati haqida malumot beriladi bu faoliyatni qanday olib borish ko`rsatiladi.


8-Mavzu: Pauza. Musiqa darslarida qo`shiq o`rgatish faoliyati.

Pauza haqida tushuncha beriladi. Musiqa darslarida qo`shiq o`rgatish faoliyati haqida malumot beriladi bu faoliyatni qanday olib borish ko`rsatiladi.


9-Mavzu: Ton va yarim ton. Musiqa darslarida qo`shiq o`rgatish faoliyati.

Ton va yarim ton haqida tushuncha beriladi Musiqa darslarida qo`shiq o`rgatish faoliyati haqida malumot beriladi bu faoliyatni qanday olib borish ko`rsatiladi.



10-Mavzu: Alteratsiya belgilari. Kalit va tasodifiy alteratsiya belgilari. Vokal-xor malakalari.

Alteratsiya belgilari. Kalit va tasodifiy alteratsiya belgilari. haqida tushuncha beriladi Vokal-xor malakalari haqida malumot beriladi.


11-Dars: Nazorat darsi.

Barcha o`tilgan mavzular bo`yicha o`quvchilarning bilimlari tekshirilib, baholanadi.


12-Mavzu: Ladlar. Major va minor ladlari. Musiqa darslarida musiqa savodi.

Ladlar. Major va minor ladlari haqida tushuncha beriladi Musiqa darslarida musiqa savodi faoliyati haqida malumot beriladi bu faoliyatni qanday olib borish ko`rsatiladi.



13-Mavzu: Major tovush qatorining tuzilishi. Musiqa darslarida musiqiy ritmik harakatlar.

Major tovush qatorining tuzilishi haqida tushuncha beriladi. Tovushlardan tuzib ko`rsatiladi. Musiqa darslarida musiqiy ritmik harakatlar faoliyati haqida malumot beriladi bu faoliyatni qanday olib borish ko`rsatiladi.


14-Mavzu: Minor tonalliklarini tuzish. Musiqa darslarida musiqiy ritmik harakatlar.

Minor tonalliklarini tuzish. haqida tushuncha beriladi. Tovushlardan tuzib ko`rsatiladi. Musiqa darslarida musiqiy ritmik harakatlar o`quvchilar tomonidan guruh bilan bajariladi.


15-Mavzu: 2/4 o’lchov. Bolalar cholg`u asboblarida jo`r bo`lish faoliyati.

2/4 o’lchov haqida tushuncha beriladi. Derijyorlik qoidasi ko`rsatiladi. Bolalar cholg`u asboblarida jo`r bo`lish faoliyati haqida malumot beriladi bu faoliyatni qanday olib borish ko`rsatiladi.


16-Mavzu: Intervallar. Bolalar cholg`u asboblarida jo`r bo`lish faoliyati.

Intervallar haqida tushuncha beriladi. Bolalar cholg`u asboblarida jo`r bo`lish faoliyati o`quvchilar tomonidan guruh bilan bajariladi.



17-Mavzu:Vokal ovoz turlari. Konsert va yakunlovchi dars. Sinfdan tashqari ishlar.

Vokal ovoz turlari haqida tushuncha beriladi. Konsert va yakunlovchi dars. Sinfdan tashqari ishlar haqida malumot beriladi.


18-Dars: Nazorat darsi.

Barcha o`tilgan mavzular bo`yicha o`quvchilarning bilimlari tekshirilib, baholanadi.


19-Mavzu: O`zbek xalq musiqa madaniyati haqida umumiy tushuncha.

O`zbek xalq musiqa madaniyati haqida umumiy tushuncha beriladi. Xalq musiqalaridan tinglanadi va tahlil qilinadi.


20-Mavzu: Xalq ommaviy janrlari.

Xalq ommaviy janrlari haqida umumiy tushuncha beriladi va har bir janrga misollar tinglashga beriladi.


21-Mavzu: Ustozona kasbiy musiqa.

Ustozona kasbiy musiqa haqida umumiy tushuncha beriladi va har bir janrga misollar tinglashga beriladi.


22-Mavzu: Maqom san`ati.

Maqom san`ati haqida umumiy tushuncha beriladi. Maqomning turlari haqida ma`lumot beriladi. Maqomlardan parchalar tinglanadi va tahlil qilinadi.


23-Mavzu:Shashmaqom. Y.Rajabiy hayoti va ijodi.

Shashmaqom va unung tuzilishi haqida tushuncha beriladi. Y.Rajabiy hayoti va ijodi haqida malumot beriladi va o`zbek maqom san`atida tutgan o`rni haqida mavzu ochib beriladi.


24-Mavzu: O’zbek xalq milliy cholg’u sozlari.

O’zbek xalq milliy cholg’u sozlari haqida tushuncha beriladi. Videofilm orqali har bir asbob ko`rsatiladi va ijrosi tinglashga beriladi.


25-Mavzu:O`zbek kompozitorlari. M.Ashrafiy hayoti va ijodi.

M.Ashrafiy hayoti va ijodi haqida tushuncha beriladi. O`zbek musiqa san`atida tutgan o`rni haqida mavzu ochib beriladi. Yaratgan asarlaridan tinglashga beriladi.


26-Mavzu: M.Burxonov hayoti va ijodi.

M.Burxonov hayoti va ijodi haqida tushuncha beriladi. O`zbek musiqa san`atida tutgan o`rni haqida mavzu ochib beriladi. Yaratgan asarlaridan tinglashga beriladi.

“Kapalak” qo`shig`i o`rgatiladi.
27-Dars: Nazorat darsi.

Barcha o`tilgan mavzular bo`yicha o`quvchilarning bilimlari tekshirilib, baholanadi.


28-Mavzu: O`zbek kompozitorlari bolalarga. F. Nazarov hayoti va ijodi.

O`zbek kompozitorlari bolalarga. F. Nazarov hayoti va ijodi haqida tushuncha beriladi. O`zbek musiqa san`atida tutgan o`rni haqida mavzu ochib beriladi. Yaratgan asarlaridan tinglashga beriladi.

“Maktabim” qo`shig`i o`rgatiladi.
29-Mavzu: O`zbek kompozitorlari bolalarga. Sh. Yormatov hayoti va ijodi.

Sh. Yormatov hayoti va ijodi. haqida tushuncha beriladi. O`zbek musiqa san`atida tutgan o`rni haqida mavzu ochib beriladi. Yaratgan asarlaridan tinglashga beriladi.

“Navro`zim- sho`x sozim” qo`shig`i o`rgatiladi.
30-Mavzu: Jahon klassik musiqasi. I.S.Bax hayoti va ijodi.

Jahon klassik musiqasi haqida tushuncha beriladi. I.S.Bax hayoti va ijodi haqida ma`lumot beriladi. Jahon musiqa san`atida tutgan o`rni haqida mavzu ochib beriladi. Yaratgan asarlaridan tinglashga beriladi.


31-Mavzu: V.A.Motsart hayoti, ijodi va asarlaridan tinglash.

V.A.Motsart hayoti, ijodi va haqida ma`lumot beriladi. Jahon musiqa san`atida tutgan o`rni haqida mavzu ochib beriladi. Yaratgan asarlaridan tinglashga beriladi.

“Alla” qo`shig`i o`rgatiladi.
32-Mavzu: L.V.Betxoven hayoti va ijodi. Betxoven asarlaridan tinglash.

L.V.Betxoven hayoti va ijodi. Betxoven asarlaridan tinglash haqida ma`lumot beriladi. Jahon musiqa san`atida tutgan o`rni haqida mavzu ochib beriladi. Yaratgan asarlaridan tinglashga beriladi.

“Sug`ur” qo`shig`i o`rgatiladi.
33-Mavzu: Rus klassik musiqasi. M.I.Glinka hayoti va ijodi.

Rus klassik musiqasi haqida tushuncha beriladi. M.I.Glinka hayoti va ijodi haqida ma`lumot beriladi musiqa san`atida tutgan o`rni haqida mavzu ochib beriladi. Yaratgan asarlaridan tinglashga beriladi.

”Vo pole beryoza stoyala” qo`shig`i o`rgatiladi.
34-Mavzu: P.I.Chaykovskiy hayoti va ijodi. Asarlaridan tinglash.

P.I.Chaykovskiy hayoti va ijodi. haqida ma`lumot beriladi musiqa san`atida tutgan o`rni haqida mavzu ochib beriladi. Yaratgan asarlaridan tinglashga beriladi.


35-Dars O`tilgan mavzularni takrorlash. Nazorat darsi.

Barcha o`tilgan mavzular bo`yicha o`quvchilarning bilimlari tekshirilib, baholanadi.




Download 6,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish