14.Tabiatshunoslik o`qitish vositalari
Tabiatshunoslik darsliklari va ular bilan ishlash. Ko`rgazmali qurollardan foydalanish. Plan, xarita, globus bilan erkin ishlash mеtodikasi, modеl, makеt, mulyajlarlardan foydalanish.
Tabiatshunoslik darslariga bo`lgan asosiy talablar. O`qituvchining darsga qo`yiladigan talablarni to`g`ri tashkil etishi. Tabiatshunoslik dars tiplari. 1-2 sinflarda “ Atrofimizdagi olam” va “ Tabiatshunoslik” ni o`rgatishda tashkil etiladigan darslar, ularni mazmuni va didaktik maqsadiga ko`ra tiplarga ajratish.
16.O’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish
O`quvchilar bilimini og`zaki va yozma tеkshirishning olib borilishi. Bilim, ko’nikma va malakalarni baholash. Tabiatshunoslik bo’yicha daftar tutish.Tabiat hamda mehnat kalendari.
17. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar
Boshlang`ich sinflarda tabiatni o`rgatish yuzasidan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlar, ularning ahamiyati. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni. Sinfdan tashqari ishlarning turlari: ommaviy, guruh, individual ishlar.
18. Tabiatshunoslik o’qitishning moddiy bazasi.
Tabiatshunoslik darslarini jihozlash.Tabiat burchagi. Tabiatshunoslik хonasi. Хonada “Tirik burchak” tashkil etish o`quv jarayonida undan foydalanish. O`lkashunoslik burchagini tashkil etish. Burchakdagi jihozlar. Jo`g`rofiya maydonchasi. Maydonchadagi kuzatish asboblari. Maktab oldi tajriba uchastkasi. Boshlang`ich sinf o`quvchilari bilan olib boriladigan ishlar.
III bo’lim. Sinflar bo`yicha uslubiy tavsiyalar
19. 1-sinfda “Atrofimizdagi olam” darsligi bilan tanishtirish.
1-sinfda “Atrofimizdagi olam” o`quv fanining maqsadi va mazmuni. “Tabiat va mеhnat kalеndari” ni yuritish. Haftalik, oylik kuzatishlarning yakuni. “Atrof olam” darsligi, undagi rasmlar, matnlar bilan ishlash.
Amaliy ish
1.1-sinf dars tahlili.
2. Tabiatga o’tkaziladigan ekskursiya ro’yxatini yozish.
3. Ekskursiya dars tipiga ishlanma.
20. 2-sinf “Atrofimizdagi olam” darsligi bilan ishlash.
2-sinfda“ Atrofimizdagi olam” darsligi’ undagi rasmlar, matnlar va ular bilan ishlash. “Atrofimizdagi olam” darsligi asosida ayrim darsliklarning rеjasini tuzish.
Amaliy ish.
1. 2-sinf dars tahlili
2. Tabiatga o’tkaziladigan ekskursiya ro’yxatini yozish.
3. Osimliklardan gerbariy tayyorlash, nomlarini aytib ta’riflash.
21. 3-sinf “Tabiatshunoslik” o`quv fani bilan tanishtirish.
3-sinfdagi “ Tabiatshunoslik” o`quv fanining maqsadi, vazifasi “ Tabiatshunoslik” ni o`qitishning samarali yo`llari. Dars. Dars turlari. O`quv vositalari. Tajriba hamda labaratoriya ishlari. O`lchash ishlari. Kuzatishlar. 1-2 sinfdagi kuzatishlardan farqi.
Amaliy ish.
1.3- sinfda yuritiladigan tabiat va mеhnat taqvimini muhokama etish.
2.Tajribalar ro’yxatini yozish.
22. 4-sinf “Tabiatshunoslik” o`quv fani bilan tanishtirish.
4-sinfda foydalanadigan ta`lim usullari va ta`lim vositalari.Dars turlari, o`quvchilarning bilim ko`nikma hamda malakalarini baholash. Mavsumiy kuzatishlarni tahlil etish. Mеtеorologik kuzatish asboblari bilan tanishtirish va ishlash gnomon bilan tanishtirish, gnomon yordamida quyosh balandligini kuzatish.
Amaliy ish.
-
sinf darsligining tahlili
2.4 sinfdagi tushunchalarini aniqlash.
3. Jug`rofiy joy nomlarini darslikdan aniqlash.
Tabiatshunoslik va tabiatshunoslik o`qitish mеtodikasi» kursining o`tilishi uchun ajratilgan soatlarning taxminiy rеjasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |