X.K.Andersen ijodi. “Dyumchaxon” ertagi, timsollari. “Irkit o`rdakcha” ertagining matni ustida ishlash.
Amaliy ish. Ertaklar matni ustida ishlash, ifodali qayta hikoyalash mashqlari. Ertakdagi an`anaviy muqaddima va xotimani ifodali o`qishda o`ziga xos ohang, temp, ritmni qo`llash yo`llarini o`rgatish, ertaklarga rasm chizish, stol teatrlari yasash, niqoblar tayyorlash.
5-mavzu. X-XVII asrdagi bolalar kitobхonligi
A.Navoiy ijodidan bolalar kitobхonligida foydalanish
X – XVII asrdagi bolalar kitobxonligi haqida umumiy ma`lumot.
A.Navoiy ijodidan bolalar kitobxonligida foydalanish yo`llari. “Hayrat ul -abror” dostonidagi maqolot va hikoyatlardan bolalar tarbiyasida foydalanish yo`llari. “Sher bilan durroj”, “Hotami Toyi”, “Kabutar” hikoyatlarining matni ustida ishlash.
A.Navoiyning falsafiy – ma`rifiy qarashlari: ilm – ma`rifat, ota – ona, ustoz oldidagi burch to`g`risidagi hikmatli so`zlari ustida ishlash.
Amaliy ish. A.Navoiyning boshlang`ich sinflarning “O`qish kitobi” ga kirgan hikmatli so`zlari, hikoyatlarining matni ustida ishlash, tahlil qilish, bolalarga tushuntirish yo`llarini o`rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |