O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


Reja: 1. Teleskoplar. Optik teleskoplar



Download 1 Mb.
bet46/100
Sana31.12.2021
Hajmi1 Mb.
#223598
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   100
Bog'liq
Astronomiya fanidan ma'ruzalar matni

Reja:

1. Teleskoplar. Optik teleskoplar.

2. Radioteleskoplar

3. Ulug’bek rasadxonasi

4. O’zbeksitonda astronomiya
Tayanch so’z va iboralar:

Teleskoplar, optik teleskoplar, ob’ektiv, okulyar, reflector, refraktor, radioteleskoplar, radiosignallar , Ulug’bek rasadxonasi, O’zbeksiton Respublikasi FA ning Astronomiya instituti.

Teleskoplar

Astronomlarning eng muxim kuzatish quroli - teleskoplardir. Teleskoplar osmon jismlarini ko’rinma burchaklarini kattalashtirib, hamda ularni bir necha marta ravshanlashtirib ko’rsatadi. Shuning uchun ham teleskoplar bilan qaralganda, Yerga yaqin joylashgan osmon jismlarining (Quyosh, planetalar va Oyning) sirtida ko’z ilg’amaydigan detallarini hamda ko’plab, xiraligi tufayli ko’zga ko’rinmaydigan, yulduzlarni ko’rish mumkin (48-rasm).



Teleskoplarning asosiy qismi ob’ektiv deb ataluvchi qavariq linza bo’lib, u kuzatilayotgan osmon jismidan kelayotgan fnurni yig’ib, mazkur jismning tasvirini yasaydi. Osmon jismining ob’ektiv tomonidan hosil qilgan tasvirini okulyar deb ataladigan linza orqali kuzatiladi (49-rasm). Hozirgi zamon teleskoplarida, ko’pincha ob’ektiv yasagan tasvir, fotoplastinkalarda rasmga tushirilib o’rganiladi.

Agar teleskopning ob’ektivi linzadan yoki linzalar sistemasidan tuzilgan bo’lsa, bunday teleskop refraktor deyiladi. Teleskop ob’ektivi botiq sferik ko’zgudan iborat bo’lgan teleskop reflektor deyiladi. Refraktor va reflektorda manbadan kelayotgan nurning yo’li 48-rasmda tasvirlangan.

Teleskoplarning asosiy vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin:

Yoritgichdan kelayotgan nurlanishni qayd qilish (ko’z, fotografik plastinka, fotoelektrik qayd qilgich, spektrograf va hokazolar yordamida);

ob’ektiivning fokal tekisligida, kuzatilayotgan yoritgichning yoki osmon qismining tasvirini yasash;

qurollanmagan ko’z bilan qaralganda ajratib ko’rib bo’lmaydigan, o’zaro juda kichik yoy masofada joylashgan ob’ektlarni ajratib ko’rsatish.

49-rasmda oddiy refraktorda nurning yo’li tasvirlangan. Bunda teleskop ob’ektivi, yoritgichdan kelayotgan nurni uning fokusi F da yig’adi va shu nuqtadan bosh optik o’qqa tik o’tuvchi tekislikda (fokal tekisligida) yoritgichning tasvirini yasaydi. Yasalgan tasvirga kattalashtiruvchi linza (okulyar) yordamida qarab, quzatilayotgan osmon jismining (planeta, Oy yoki Quyosh) burchak o’lchamining kattalashganini ko’ramiz. Binobarin teleskop bizga, qaralayotgan osmon jismini ham ravshanlashtirib, ham kattalashtirib berayotganiga guvoh bo’lamiz. Yasalgan tasvirning ravshanlashishi, teleskop ob’ektivining diametriga va fokus masofasiga 0 bog’liq bo’lgani holda, uning kattalashtirishi ob’ektiv va okulyarning fokus masofalariga bog’liq bo’ladi. Tasvir fotoplastinkada yohud fotoelektrik yo’l bilan qayd qilinadigan bo’lsa, okulyar kerak bo’lmay, fotoplastinka yoki elektrofotometrning kiritish diafragmasi bevosita teleskopning fokal tekisligida joylashadi.

Birinchi refraktor mashxur italiyalik olimi G. Galiley tomonidan 1610 yilda ishga tushirildi (50-rasm). Birinchi reflektorni esa, 1648 yilda taniqli olim I. Nyuton yasadi.

Dunyodagi eng yirik refraktor ob’ektivining diametri 1 metrni, tashkil etib, u AQSh da qurilgan (51-rasm). Eng yirik reflektor ko’zgusining diametri esa 6 metr bo’lib, Shimoliy Kavkazga o’rnatilgan. O’zbekistonda eng yirik refraktor teleskopi Kitob shahri yaqinidagi sobik Xalqaro kenglik stansiyasida joylashgan. Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani xududida taxminan 3000 metr balandlikdagi Maydanak tog’larida yirik astronomik observatoriya qurilgan bo’lib, u yerda o’rnatilgan reflektorning diametri 1, 5 metr keladi (52-rasm).

53-rasmda dunyoda eng yirik diametri 8 metrlik teleskop ko’zgusini (ob’ektivini) optik sexda sayqal berish jarayoni tasvirlangan.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish