Linzaning turlari va parametrlari. Linza yordamida buyum tasvirini hosil qilish. Optik asboblar. Buyum botiq ko‘zgudan 2F masofada joylashgan hol uchun tasvir yasang. - Buyum botiq ko‘zgudan 2F masofada joylashgan hol uchun tasvir yasang.
- Buyum botiq ko‘zgudan 250 sm masofada turibdi. Ko‘zguning fokus maso fasi 245 sm. Ko‘zgudan tasvirgacha bo‘lgan masofani toping.
- Yassi ko‘zguga nur burchak ostida tushmoqda. Agar ko‘zguni burchakka bursak, qaytgan nur qanday burchakka buriladi?
- Ikkita yassi ko‘zgu parallel qo‘yilgan. Ular orasiga buyum qo‘yilsa, ko‘zgularda nechta tasvir ko‘rinadi?
- Odam o‘z yuzini to‘liq ko‘rishi uchun diametri 5 sm bo‘lgan qavariq ko‘zguni qancha uzoqlikda tutishi kerak? Ko‘zguning focus masofasi 7,5 sm, yuzining uzunligi 20 sm.
- Jarrohlik operatsiyasi bajarilayotganda, jarroh qo‘lining soyasi, jarrohlik o‘tkazilayotgan joyga tushmasligi uchun yorug‘lik manbaini qanday joylashtirish kerak?
- Agar predmetning soyasi, predmet balandligiga teng bo‘lsa, Quyosh gorizontga nisbatan qanday joylashgan bo‘ladi?
8. Avtomobil ichida orqani ko‘radigan oyna sifatida qaysi turdagi ko‘zgudan foydalangan ma’qul?
6-sinf 10-mashq
9-sinf 27-mashq 9-sinf 28-mashq 9-sinf 29-mashq - Buyumdan linzagacha bo‘lgan masofa 40 sm, linzadan tasvirgacha 25 sm. Linzaning fokus masofasini toping.
- Buyumdan linzagacha bo‘lgan masofa 12 sm, linzadan tasvirgacha bo‘lgan masofa 24 sm. Linzaning fokus masofasini toping. Tasvirning holati 61- rasmdagi qaysi holatga to‘g‘ri keladi?
- Buyumdan linzagacha bo‘lgan masofa 8 sm. Agar linzaning fokus masofasi 24 sm bo‘lsa, tasvir linzadan qanday masofada hosil bo‘ladi? Tasvirning holati 61- rasmdagi qaysi holatga to‘g‘ri keladi?
- Fokus masofasi 2,5 sm bo‘lgan lupa buyumni necha marta kattalashtirib ko‘rsata oladi? Ushbu va keyingi masalalarda deb oling.
Buyumni 20 marta kattalashtirib ko‘rsata oladigan lupaning fokus masofasi qancha? - Buyumni 20 marta kattalashtirib ko‘rsata oladigan lupaning fokus masofasi qancha?
- Mikroskop linzalarining fokus masofalari mos ravishda 1,5 sm va 2,5 sm, linzalar orasidagi masofa 30 sm. Bunday mikroskop obyektni necha marta kattalashtirib ko‘rsatadi?
- Yaqinni yaxshi ko‘rish uchun taqiladigan +4 li ko‘zoynak linzasi qavariqmi yoki botiq? Linzaning optik kuchi va fokus masofasi qancha?
- Uzoqni yaxshi ko‘rish uchun taqiladigan -2,5 li ko‘zoynak linzasi qavariqmi yoki botiq? Linzaning optik kuchi va fokus masofasi qancha?
- Fokus masofasi 20 sm bo‘lgan qavariq linzali ko‘zoynakning optik kuchi qancha bo‘ladi? Bunday ko‘zoynak qanday maqsadda taqiladi?
- Fokus masofasi 50 sm bo‘lgan botiq linzali ko‘zoynakning optik kuchi qancha bo‘ladi? Bunday ko‘zoynak qanday maqsadda taqiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |