O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


-dars. GRAMMATIKA YUZASIDAN O‘TILGANLARNI



Download 0,71 Mb.
bet7/134
Sana16.12.2022
Hajmi0,71 Mb.
#888922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   134
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi O

3-dars. GRAMMATIKA YUZASIDAN O‘TILGANLARNI
TAKRORLASH


Darsning maqsadi:
a) ilmiy maqsad: o‘quvchilarning ongida grammatika yuzasidan hosil qilingan bilim va malakalarni mustahkamlash;
b) o‘quvchilarni ota-onaga, oilaga muhabbat ruhida tarbiyalash.


Takrorlash uchun savollar

1. Ot so‘z turkumi haqida gapirib bering.


2. Sifat so‘z turkumiga xos belgilar qaysilar?
3. Son deb nimaga aytiladi?
4. Olmosh haqida so‘zlab bering.
5. Fe’l qanday grammatik belgilarga ega?
6. Ravish deb nimaga aytiladi?
7. Yordamchi so‘z turkumlari qaysilar?
8. So‘z birikmasi haqida gapirib bering.
9. Sodda gapga misollar keltiring va izohlang.
10. Qo‘shma gapga ta’rif bering.


9-mashq. Hadislarni o‘qing. Gaplar tarkibidagi so‘zlarni so‘z turkum­lari bo‘yicha tahlil qiling.

Inson o‘z ota-onasiga mehribon va itoatkor bo‘lmog‘i lozim.


Qarin­doshlariga oqibatsiz odam jannatga kirmagaydir.
Kimki rizqim ulug‘, umrim uzoq bo‘lsin desa, qarindosh-urug‘lariga mehr-oqibatli bo‘lsin. Kimki rahmdillik qilmas ekan, rahmdillik ko‘rmagay. Qo‘pol, quruq, gerdaygan, beqanoat va dimog‘dor odam ahli do‘zaxdir.
Badgumon bo‘lmanglar, badgumonlik eng yolg‘on so‘zdir. Tirnoq ostidan kir qidirmanglar, gap poylamanglar, bir-biringizga hasad qilmang­lar, bir-biringizdan arazlamanglar va nafratlanmanglar. Aka-uka tutinib, Ollohning (solih) bandalari bo‘linglar. Mol-dunyosi ko‘p odam badavlat emas, balki nafsi to‘q odam badavlatdir. Beshikdan qabrgacha ilm izla. Vatanni sevmoq imondandur.


10-mashq. Gaplarni o‘qing. So‘zlarning qaysi so‘z turkumiga kirishini aniqlang va izohlang.

Kamolotga intilmagan xalq xalq emas. Xalqni aldab bo‘lmaydi. Xalq hamma narsani biladi. Millatni sevmoqlik — baxt, kurashib yashamoq — saodat. (Azim Suyun) Ma’rifatli xalqlarning haqiqiy jasorati Vatan yo‘lida qurbon bo‘lishga tayyor ekanliklarida aks etadi. Kimning ishi bo‘lsa aqliga payvand, hayotda hech qachon u yemaydi pand. So‘zni ko‘nguldan chiqarmaguncha tilga keltirma va har nekim ko‘ngulda bor — tilga urma. (Navoiy) Bilim, ma’rifat, albatta, yaxshi axloq bilan bezatilmog‘i lozim. (Abu Nasr Forobiy) Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir. (Abu Rayhon Beruniy) Ilm qog‘ozga chizish va yozish bilan emas, balki uqmoq va o‘qimoq bilandir. (Zamaxshariy)


O‘z tilini unutgan xalqning


Bog‘larida o‘sgan gullarin
Chirmab uxlar zaharli ilon.
O‘z tilini unutgan xalqning
Osmonida porlamas quyosh —
Nur o‘rnida to‘kiladi tosh.
O‘z tilini unutgan xalqning
Uyqusida aslo orom yo‘q —
Tegib turar kuragiga o‘q.
O‘z tilini unutgan xalqning
Mozorida ajdodlar qabri
Uzra qo‘yar bolalar tikan. (Xurshid Davron)



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish