O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi



Download 0,71 Mb.
bet15/134
Sana16.12.2022
Hajmi0,71 Mb.
#888922
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   134
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi O

20-mashq. E. A’zamovning «Bayramdan boshqa kunlar» qissasidan olingan parchani o‘qing. Asar qahramonlaridan sanalgan Safuraning tilidagi parazit so‘zlarga e’tibor bering. O‘zbek tilini buzib gapirayotgan tengdoshlaringizning nutqidagi mana shunday salbiy ko‘rinishlarni topib, bu haqida bahs yuriting.

«Uning fe’liga tushunish, ko‘nglidagini payqash — bamisoli yangi tug‘ilgan chaqaloqning hayotini bashorat qilmoq bilan barobar. Ta’b-tabiati ko‘klam na’malarining o‘zginasi: bir qarasangiz, quyoshdek charaqlagan, xiyol o‘tmayoq jala, shafqatsiz bo‘ron. Shundayinki, bir gap bilan osmondagi yulduzni olib kelib balchiqqa uradi, balchiqda yotgan qurbaqadan esa hayratomuz joziba topib, uni ko‘kka chiqarib qo‘yadi. Bir og‘iz gap bilan, lekin koshki odamga o‘xshab gapirsa! U deyarli o‘zbekcha so‘zlamaydi. Sirasi ruscha ham so‘zlamaydi. Uning o‘zi o‘ziga to‘qib olgan bo‘lakcha tili bor. Umuman, ko‘p gapirib og‘zini charchatmaydi. Demoqchi bo‘lgan fikrini biron bitta alomatroq so‘zga jamlab qo‘ya qoladi. Xuddi mashhur «O‘n ikki stul» dagi tantiq Ellochkaga o‘xshab. Masalan: «bravo», «ujas», «genialno», «shik», «se lya vi», «chi gap», «oybay», «salut», «chao», «okey» va hokazo. Bu baynalmilal — qurama so‘zlarni u doimo xitob bilan, ohangini keltirib talaffuz qiladi. Siz o‘zbekcha gapiravering, u ana shu «til» da javob qaytaraveradi».




21-mashq. E. A’zamovning «Bayramdan boshqa kunlar» qissasidagi Safuraning nutqidan olingan ikki xil holatni o‘qing va ularni bir-biriga solishtiring. O‘zbek adabiy tilini buzuvchilar haqida fikr yuriting.

«...Hello-o! BB larga (Bakir bilan Bargida demoqchi) salut deb qiyqiradi u telefondayoq: ismlarini to‘liq aytish ham unga malol kelsa kerak yoki oliftagarchilikkamikin? So‘ng betakallufona so‘rashuvga o‘tadi:


— Qalaysan, bolakay? Shik! Ya rada. Jonginang uydami? Chaqir-chi... Bargi-sha! Znayesh ya vchera... kimni ko‘rdim, top-chi?!...
— Shu qiz o‘zbekcha gapniyam biladimi sira? — dedi bir galgi telefonbozlikdan so‘ng Bakir ensasi qotib.
— Nimaga bilmas ekan o‘zbek-u! — dedi yelkasini qimtib Bargida.
— Men haliyam uni chulchut deyayotganim yo‘q, lekin chala-chulpa qilib gapiradi-da! Oliftagarchilikkadir-da?!
Yaxshi-da, hamma tildan xabardor.
— Ona tilidan boshqa hammasini biladi, deng!
... U xuddi o‘ziga o‘zi gapirayotgandek yoki Munkar-Nakir huzurida istig‘for keltirayotgandek, odam yolg‘iz qolganda ichida bo‘lsin e’tirof etmoqqa iymanadigan achchiq haqiqatlarni ham ro‘yirost, yashirmay-netmay shafqatsizlik bilan aytib nola qilardi. Bakirni battar hayratga solgani — Safura bironta begona so‘z qo‘shmay, sof o‘zbek tilida so‘zlardi, ta’sirli so‘zlardi. Balodek! Tili uzilib tushgani yo‘q. Ona tili shunday vaqtda kerak bo‘lar ekan, Safuraxon!»


22-mashq. «Men nechun sevaman O‘zbekistonni?», «O‘zbegim», «Dunyo», «Sohibqiron» kabi qo‘shiqlarni qo‘yib eshiting. O‘zbekiston xalqlari, ularning tili, o‘tmishi, buguni va kelajagi haqida gaplar tuzing, bahs yuriting.



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish