O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


-mashq. «Ismoil Somoniy maqbarasi» mavzusida hikoyacha tuzing. Hikoyachadagi so‘zlar tarkibida kelayotgan undosh tovushlarga diqqat qiling



Download 0,71 Mb.
bet45/134
Sana16.12.2022
Hajmi0,71 Mb.
#888922
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   134
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi O

71-mashq. «Ismoil Somoniy maqbarasi» mavzusida hikoyacha tuzing. Hikoyachadagi so‘zlar tarkibida kelayotgan undosh tovushlarga diqqat qiling.


72-mashq. Hikmatlarni o‘qing. So‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratib yozing.

Tabiiy qonunlar o‘zgarmas va mangudir. Inson tabiatiga xos tabiiy qonunlarning soni 12 ta:


1. Minnatdorlik. 2. Adolatparvarlik. 3. O‘zaro yon bosish va iltifot. 4. Kechirimlilik. 5. Ezgu kelajak haqida o‘ylar. 6. Haqoratga dosh berolmaslik, mag‘rurlik. 7. Beg‘arazlik. 8. Buyumlardan foydalanishdagi tenglik. 9. Taqdirga ishonish. 10. Egalik huquqi. 11. Hakamga itoat etish. 12. O‘z-o‘ziga hakamlik qilolmaslik.


73-mashq. She’rni o‘qing, til undoshlarini aniqlab, ularni izohlang.

Muruvvat-u ma’rifatdir buyuklikning nishonasi,


Qadam qo‘ying, mana sizga asl yo‘lning ostonasi.

Jahon ichra buyuk yurtni ulug‘ doston etaylik biz,


Zamon keldi Vatan bag‘rin go‘zal bo‘ston etaylik biz.

Ming-ming shukur, kelib davron istiqbolga erishdik biz,


Xarob bo‘lgan xonadonni butlamoqqa kirishdik biz...

Iymon niri oqib turar bir gavhar bor qonimizda,


Ne-ne buyuk bobolarning bardoshi bor jonimizda...

Oldindadir hali zahmat, oldindadir imkonimiz,


Yetishgaymiz kelajakka, pokizadir vijdonimiz...
(A. Oripov)


74-mashq. Matnni o‘qing. Lab undoshlarini toping va izohlang.

Bizning orzu-niyatlarimiz ko‘p va ulug‘. Xalqimizda o‘zi pok, dili pok, niyati xolis kishini Yaratganning o‘zi qo‘llaydi, degan gap bor. Maqsad­larimizga erishish uchun oldimizda turgan to‘siq va g‘ovlarni yengib o‘tishi­mizga ishonchim komil. Butun aql-zakovatimizni, salohiyatimizni yurti­mizning gullab-yashnashi, xalqimizning farovon hayoti, xalqaro maydon­dagi obro‘-e’tiborining yanada oshishi uchun safarbar eta olishimizga shubha yo‘q.


Bugun har bir vatandoshimizning Vatan menga nima berdi, deb emas, men o‘zim xalqim, jonajon vatanim uchun, uning kelajagi, baxtli istiqboli uchun nima qilmoqdaman, mustaqillik ishiga qanday hissa qo‘shmoq­daman, degan tuyg‘u bilan yashashiga erishsak hech birimizning, hech qanday armonimiz qolmas edi.
Ezgu niyatimizning ro‘yobga chiqishi uchun taraqqiy topgan ma’rifatli dunyo bilan birga yashashimiz, hamkorlikni kuchaytirishimiz, hamdo‘stlik rishtalarini mustahkamlashimizni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Mamlakatimizdagi tinchlik, barqarorlik bugungi kundagi yutuqlarimizning asosi bo‘lmoqda. Bu osoyishta hayotimizni ko‘z qorachig‘idek asrashga, himoya qilmoqqa qodir bo‘lmog‘imiz kerak. Shunday yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazmog‘imiz zarur.
Ozodligimiz bizga ko‘p narsani o‘rgatdi. Bu yorug‘ olamda avvalambor Yaratganga, keyin o‘zingga, qolaversa, ota-bobolarimizdan qolgan boy merosga, milliy qadriyatlarimizga ishonmoq lozimligini anglab yetdik. Millatimiz o‘zining mard, erkparvar, insonparvar tabiati bilangina asrlar chig‘irig‘idan butun chiqib ketmoqda.
Xalqimizning eng noyob fazilatlaridan biri uning bir tan, bir jon bo‘lib yashashida ko‘zga tashlanadi. Shu sababli bizda hech kim yaxshi kunda ham, yomon kunda ham yolg‘izlatib qo‘yilmaydi. Xalqimiz yaxshilik qilgan, mehr-muruvvatli, oqibatli odam hech qachon kam bo‘lmaydi, degan qoida bilan yashaydi. Shunday xalq ham, shunday yurtning o‘zi ham hech qachon kam bo‘lmaydi.
(«Ma’rifat»dan)



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish