120-mashq. Quyidagi so‘zlarning qaysi bo‘g‘iniga urg‘u tushayotganligiga diqqat qiling, ularning talaffuzidagi o‘ziga xosliklarga e’tibor bering.
Ziyoli, mustamlakachilik, mansabparast, korxona, brokerlik, anjuman, telefaks, iqtisodiy, anhor, moviylik, o‘zbilarmonchilik, vatanparvar, yaltiroq, huzurbaxsh, nashriyot, mag‘lubiyat, qardoshlarcha.
121-mashq. «Halollik nima?» mavzusida matn tuzing va matndan ayrim so‘zlarni tanlab, ularga tushayotgan urg‘uni belgilang.
122-mashq. Quyida berilgan matnni o‘qing, so‘zlardagi urg‘u tushayotgan bo‘g‘inlarni aniqlab, matnni ko‘chirib yozing (uyga topshiriq).
KROSSVORD IXTIROCHISI HAQIDA
Kunlardan bir kuni Janubiy Afrikadagi Keptaun shahar ro‘znomasining muharriri mahalliy qamoqxonadan maktub oldi. Unda g‘alati to‘rtburchaklar — kvadratlar tasvirlangan bo‘lib, har bir katak ichiga bittadan harf joylashtirilgan edi.
— Janob, — deb yozgandi xat muallifi, — men qamoqda o‘tirib bir o‘yin topdim. Uni krossvord deb atadim. Agar lozim topsangiz, buni ro‘znomangizda e’lon qilsangiz ...
Muharrir avvaliga maktubga e’tibor bermadi, kechqurun do‘stlari bilan yig‘ilgan paytida shunchaki ermak uchun xatni ularga olib ko‘rsatgan edi, yangilikka o‘ch odamlar mazkur o‘yinning mohiyatini tushunib yetib, qamoqxonadagi mahbusning aql-zakovatiga qoyil qolishdi.
Muharrirga esa qamoqxonaga borib, krossvord ixtirochisi bilan tanishishga to‘g‘ri keldi. Ma’lum bo‘lishicha, u avtomobil halokatiga uchrab qamalgan Viktor Orveli ismli kishi ekan. Krossvord ro‘znomada bosilib chiqqach, unga hamma qiziqib qoldi. O‘yin butun dunyo bo‘ylab tarqalib ketdi.
Krossvord boshqotirmaning bir turi bo‘lib, u ingliz tilida kross — «krest» va word — «so‘z» degan ma’nolarni bildiradi.
(«Bu kim? U nima? Bolalar ensiklopediyasi»dan)
123-mashq. So‘z yasash va orfografiyaga oid quyidagi grammatik topishmoqlarga javob toping.
1. Tovush emas, harf emas, 8. Bo‘taloq ham qo‘zichoq,
Tanho anglatmas ma’no. Uycha, jonli qo‘g‘irchoq.
Asoslarga qo‘shilib, Qaysi qo‘shimchalar bor
Bildirar yangi ma’no. Bu so‘zlarda o‘ylab boq?
2. So‘zga yangi ma’no bag‘ishlar, 9. So‘z yasamas, qo‘shimcha,
Yangi ma’no, jilo bag‘ishlar. Xizmati bor olamcha.
Nimaligin donolar topsin, So‘z ma’nosi o‘zgartar
Misol bilan ham isbotlasin. Ular qaychi, suvchi.
3. Tanga, senga, Vatanga, 10. Kimningdir o‘sgan sochi,
Yanga, tunga, ham elga. O‘ylab ko‘ring-chi, To‘ychi
Jo‘nalish kelishikning Qaysi-si so‘z yasovchi?
Qo‘shimchasi qaysi-ga?
4. Terma, terim, terimchi, 10. O‘rinda bor, o‘rnida yo‘q,
Qanday so‘zlar toping-chi? Bo‘yinda bor, bo‘ynida yo‘q.
5. Tara-taroq, yangra-yangroq 11. Bir ming, sening noning,
Tara bo‘lar nega taroq? Taning, koning,
Yangra bo‘lar nega yangroq. Qo‘shimchani o‘ylab toping.
6. So‘zlar bor yozma nutqda 12. Tub, yasama bo‘ladi,
Kichik birinchi harfi. Qo‘shma-yu juft bo‘ladi.
Gap boshida kelganda, Predmet, harakat, belgi
Ulg‘ayar kichik harfi? Ma’nosin bildiradi.
7. Asos bilan yasovchi 14. Noning ham paxtazoring, Qo‘shimchadan iborat. Quyonning ham quvoning.
Misol bo‘ladi «Suvchi», Ma’noli qismlarni
Nomi nima, toping-chi? So‘zlardan o‘ylab toping.
(R. Sirojiddinov)
Do'stlaringiz bilan baham: |