114-mashq. Matnni o‘qing. Undoshlarning ishlatilish o‘rinlarini tushuntiring.
HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI
Birinchi avtomobil Germaniyada paydo bo‘ldi, lekin haydovchilarning no‘noqligi tufayli tez-tez ko‘ngilsiz voqealar ro‘y bera boshladi. Shunda Germaniyada chiqadigan jurnallardan biri ajoyib bir taklif kiritdi. Bu taklifga ko‘ra, politsiya mashina egasiga guvohnoma berishdan oldin uning mashina haydashni bilish-bilmasligini tekshirib ko‘rishi va quvohnoma berishi kerak edi. Dunyoda birinchi haydovchilik guvohnomasi shu tariqa Germaniyada 1910-yildan boshlab joriy etilgan.
(«Ma’rifat» gazetasidan)
115-mashq. Quyida berilgan so‘zlarni guruhlarga ajratib, jadvalni to‘ldiring.
o‘qibdi, og‘iz, ko‘ngli, tomosha, trolleybus, bog‘ga, Toshkent, ketdi, yozibdi, kutgil, qaytarman, borayotgan, xursand, ko‘rgali, burun, so‘roq, filologiya, monografiya, ko‘m-ko‘k, qip-qizil, eshittir.
Fonetik Morfologik Tarixiy-an’anaviy Farqlash
tamoyil tamoyil tamoyil tamoyili
116-mashq. «O‘zbekiston — Yatanim manim» matnini o‘qing. Tagiga chizilgan so‘zlarni imlo qoidalariga ko‘ra tahlil qiling.
O‘ZBEKISTON — VATANIM MANIM
Vatan. Vatan, der edilar, na der edim bilmay oni,
Endi bilsam, Vatan erkan bu tanlarning shirin joni.
Bir jon emas, ey suvguli, tomirlarning qoni Vatan,
Sensan, bale, bilganlara jonlarning jononi, Vatan!
Ha, haqiqatan ham, ona yurt — oltin beshik. Vatan esa ostonadan boshlanadi. Ostonadan hatlab o‘tar ekanmiz, beixtiyor Vatan isini his qilamiz. Endi nish urib ko‘karib chiqqan ko‘kat ham, asrlar osha o‘z taftida qizdirgan quyosh ham, bir parcha tuproq ham bu — Vatan, bu — kindik qonimiz to‘kilgan qadamjo. U har bir inson uchun muqaddasdur. Vatan inson uchun misli Ka’ba, u doimo shunga sig‘inadi va unga sajda qiladi. Vatan bu — moziyning qoni ila sug‘orilgan zamin. Bulbul gulsiz yashay olmaganidek, Vatan ham elsiz bo‘lmaydi. Elsiz Vatan xiyobondir.
Mening Vatanim O‘zbekistondir. U quyosh farzandi. Shuning uchun uning yeri oltin, havosi beg‘ubor, suvi shirin, xalqi ulug‘vordir. O‘zbekistonning — so‘lim bahori, jazirama yozi, mevalari dur va serhosil, kuzi iliq, qishi insonning bahri dilini ochadi. O‘zbekiston boylikka kon diyor. Uning bitmas-tuganmas zaxiralari bizning faxrimizdir. Xalqi esa ulug‘vor, buyuk va donishmanddir. O‘zining bir piyola choyi va bir og‘iz shirin so‘zini yerda qoldirmaydigan bu xalq azal-azaldan o‘zining mehnatsevarligi va mehmondo‘stligi bilan butun dunyoga dong taratib kelmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston jahon siyosiy hayotiga komil ishonch bilan kirib kelmoqda. Bu shaxdam qadamlar kelajakda, albatta, meva beradi.
(«Ma’rifat» gazetasidan)
Do'stlaringiz bilan baham: |