104-mashq. «Non — rizq-ro‘zimiz» mavzusi bo‘yicha matn tuzing, so‘z boshi va oxirida qo‘sh undosh kelgan so‘zlarni ko‘chirib yozing. Talaffuzi va imlosini tushuntiring.
105-mashq. Matnni o‘qing. Undosh tovushlarning yonma-yon ishlatilishi sabablarini tushuntirib bering.
— Kim, u ?
Suv olayotgan Anor yalt etib bolaga qaradi. Qizning yuzlari lov-lov yonar, katta ko‘zlarida o‘t chaqnardi.
— U-mi? U-chi... — Qani, o‘zing top-chi kimga o‘xshayapti?
— Hech kimga, — Sanjar hamon jahlidan tushmagandi.
— Chiroyli-a? — Anor ko‘z qisdi.
— Kim u? — Sanjar oyog‘i ostida turgan toshni zarb bilan daryoga tepdi.
— Umi? U-chi, — u sening pochchang bo‘ladi. Sanjar suv to‘la chelakni qanday tepib yuborganini, og‘zidan yomon so‘z chiqib ketganini bilmay qoldi. Jon-jahdi bilan yugurib ketdi...
Kechqurun esa butun alamini mehmonning ko‘chada qolgan mashinasidan oldi. Mashina eshigiga chiroyli qilib «qur-ruq», «kar-ran-da» deb yozib qo‘ydi. «Pistirma»da turgan Ergash kelib yozuvni ko‘rdi-yu, afsuslangannamo:
— Rasvo qilding, — dedi.
— Nimasi rasvo,— Sanjar unga sotib qo‘ymasaydi degan hadik bilan qaradi.
— «Quruq»da ham «karanda»da ham bittadan «r» yoziladi — dedi Ergash salmoqlanib.
— Sen uni avval bir ko‘rgin, — dedi Sanjar ko‘ngli o‘rniga tushib, — u shunday qur-ruq, shunday kar-ran-daki, uchta «r» yozsang ham kamlik qiladi.
(M. Mirzarahimov)
106-mashq. Kichik hikoyachalarni o‘qing. Undoshlarning yonma-yon kelish sabablarini tushuntiring.
«ASPlRO»
Ilgari zamonlarda olimlar o‘z oldilariga yunoncha «aspiron», ya’ni «intilaman» degan shior qo‘yganlar. Ular olam sirlarini chuqurroq bilib olish maqsadida o‘z ustozlaridan mumkin qadar ko‘proq bilim olishga intilishgan. «Aspirant» atamasi «aspiro» so‘zidan olingan bo‘lib, hozirda «bilim egallashga intilish» ma’nosini bildiradi.
Qadim rimliklarda toga kiyish rasm bo‘lgan. Toga degani jun matodan tikilgan rangdor yoping‘ichdir. Senatorlar va chavandozlar qizil hoshiyali toga kiyganlar.
Biron mansabga o‘tish harakati bo‘lgan shaxslar esa bu libosni toga-kandida deb ataladigan basavlat sidirg‘a oq xilini kiyib yurishgan. «Falon fanlar nomzodi» (kandidat) degan unvon, shundan kelib chiqqan.
AVTOMASHINAGA Qo‘YILGAN BIRINCHI RAQAM
Avtomashinalarga raqam qo‘yishni birinchi bo‘lib boshlagan kishi berlinlik savdogar Rudolf Gersog edi. U 1901-yilning yozida o‘z avtomobiliga IA1 belgisini osib qo‘yadi. Bu raqamning tarixi qiziq. Rudolfning yoshi ulg‘ayib qolgan bo‘lsa-da, xotini ancha yosh bo‘lib, uni juda sevardi.
Shuning uchun savdogar avtomobilini uning nomi bilan IA deb, ya’ni Ioganna Anker, deb atadi. 1 raqami esa Rudolfning birinchi va oxirgi sevgisini bildirsa kerak. («Ma’rifat» gazetasidan)
Do'stlaringiz bilan baham: |