O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


-mashq. Matnni o‘qing. So‘z yasovchi qo‘shimchalarni ko‘chirib yozib, izohlang



Download 0,51 Mb.
bet100/135
Sana05.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#740669
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   135
Bog'liq
Hozirgi ozbek 1-bosqich

166-mashq. Matnni o‘qing. So‘z yasovchi qo‘shimchalarni ko‘chirib yozib, izohlang.

Shunday eshitdimki, bir kishining qo‘yi haddan tashqari ko‘p edi. Uning nomusli va xiyonat qilmaydigan bir cho‘poni bor ekan. U har kuni qo‘ylarni sog‘ib, sutni qo‘y egasining oldiga keltirardi. Qo‘y egasi sutga yarim hissa suv qo‘shib, sottirardi. Cho‘pon unga shunday nasihat qildi: «Ey xoja, odamlarga xiyonat qilmaginki, o‘zingga zarar yetkazasan». U kishi cho‘ponning nasihatini eshitmadi va xiyonat qilaverdi. Bir kecha bahor vaqtida ko‘p yomg‘ir yog‘di. Sel kelib qo‘ylarni oqizib ketdi va barcha qo‘ylar halok bo‘ldi. Cho‘pon xojasining oldiga bordi. Qo‘y egasi unga dedi: «Bugun nima uchun sut keltirmading?» Cho‘pon: «Ey xoja, men senga sutga suv qo‘shmagin degan edim, mening so‘zimni aslo eshitmading. O‘tgan kechasi sutga qo‘shgan suvlaring hammasi yig‘ilib, sel bo‘lib oqdi va qo‘ylarni oqizib ketdi», — deb javob berdi.




167-mashq. Matnni o‘qing. Ko‘makchi morfemalarni topib, izohlang.

«Hibat ul-haqoyiq» asarining tili sodda, ravon, ifodalari ta’sirchan. Unda turkiy tilning o‘ziga xos jozibali so‘zlari katta o‘rin tutadi. Asarda takrorlanishlarni hisobda olmaganda mingga yaqin so‘z qo‘llangan. Ularning uchdan ikki qismini sof turkiy so‘zlar tashkil qiladi. (B. To‘xliyev)




168-mashq. Matnni ko‘chirib oling. Qo‘shimchalarning turlarini aniqlab, yozilishini izohlang.

Bir vaqtlar bir odam yo‘lda yayov ketar ekan, o‘z-o‘ziga:


— Bu yerda, bu sahroyi biyobonda mendan ongsizroq, bechoraroq odam bormikan, — dedi. U yerdan o‘tib ketayotgan, ustiga yuk ortilgan eshak bu dardmand odamning so‘zini eshitib, unga:
— Ey aqlsiz odam! Nega holingdan bunday shikoyat qilasan? Allohga shukur etib yo‘lingdan ketaver. Eshakka minmagansan, ammo men kabi yuk ostida emassan-ku! Holingga shukur qilmaysanmi? — dedi.
(Sharq rivoyatlaridan)


169-mashq. Matnni o‘qing. Qo‘shimchalarning turlarini aniqlang va izohlang.

Donolar yig‘ilishib, dunyoda nima aziz ekanligidan bahs-munozara qilibdilar.


Hayot aziz, — dedi bir donishmand, — Hayot bor ekanki, barcha mavjudot bor. Non aziz, — debdi ikkinchisi, — agar nondek mo‘tabar noz-ne’mat bo‘lmasa, hayot ham, tirik mavjudot ham bo‘lmaydi.
Davrada turli-tuman aziz narsalar aytilaveribdi-yu, oxiri eng keksa dono hakim bahsga bunday deb xulosa yasabdi: «Hayot otliq shirin ne’mat ham, jonli va jonsiz jamiki mavjudot ham, nondek aziz oziqalar ham — ham­masi dunyoning yagona aqlli xilqati — inson uchun yaratilgan. Xulosa shuki, dunyoda inson aziz, insondan buyuk va mo‘tabar xilqat yo‘q».
Davradagi donolar keksa hakimning fikrini: «Haq gap, chin gap», — deb tasdiq etibdilar.



Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish