O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi



Download 231,24 Kb.
bet103/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

Esda saqlang. Qo‘shma gap qismlari teng bog‘lovchilar yordamida ham, ergashtiruvchi bog‘lovchi yordamida ham bog‘lanmasa, u holda ular bir-biri bilan ohang yordamida bog‘lanadi. Ana shunday qo‘shma gaplar ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar yoki bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar deyiladi.

Ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gap qismlari o‘rtasida turli xil ma’no munosabatlari bo‘ladi. Masalan,


Zidlik: Ko‘prikni biz qurdik, dushmanlar o‘tdi.
Sabab: Qo‘ng‘iroq chalindi, dars boshlandi.
Payt: Dalasida o‘smas tikonlar, cho‘llarida chopmas ilonlar va boshqalar.
Bunday ma’nolar bog‘langan va ergash gapli qo‘shma gap qismlari o‘rtasida ham mavjudligidan xabaringiz bor. Ana shu ma’no umumiyligi asosida bunday qo‘shma gaplar o‘zaro sinonimik munosabatda bo‘ladi. Masalan,


Ko‘prikni biz qurdik, dushmanlar o‘tdi.
Ko‘prikni biz qurdik, lekin (ammo) dushmanlar o‘tdi.


Esda saqlang. Yuqoridagi ikkita qo‘shma gap qismlari o‘rtasida bir xil ma’no munosabati — zidlik (birinchi gap ma’no­si bilan ikkinchi gap ma’nosi o‘rtasida zidlik bor) muno­sabati ifodalangani uchun bu ikki gap bir-biri bilan sinonim sanaladi.

Ular o‘rtasidagi farq faqat qo‘shma gap qismlari o‘rtasida qanday bog‘lovchi vositaning ishlatilishidadir. Shuningdek, Anor so‘ylar va Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir qaltirar. (H.Olimjon) qo‘shma gap qismlari o‘rtasida payt munosabati ifodalangan. Qo‘shma gap tarkibidagi ikkita sodda gap bir paytda ro‘y berayotgan ikkita voqea-hodisani (birinchisi — Anorning so‘zlashi, ikkinchisi — Zaynab qalbi­ning qaltirashi) ifodalaydi. Ikkala qism va bog‘lovchisi qatnash­magan holda ohang yordamida ham bog‘lanishi mumkin: Anor so‘ylar, Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir qaltirar. Bu vaqtda bog‘­lan­gan qo‘shma gap emas, balki bog‘lovchisiz, ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gap hisoblanadi.




Juda muhim. Qo‘shma gap qismlari o‘rtasida sabab-natija (bir sodda gap sababni, ikkinchisi esa undan kelib chiqqan natijani bildiradi) munosabati mavjud bo‘lsa, unday qo‘shma gaplar ergash gapli qo‘shma gap shaklida ham, bog‘langan qo‘shma gap shaklida ham, ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gap shaklida ham ifodalanishi mumkin.

Masalan, Paxtalar qiyg‘os ochildi, terim avjiga chiqdi. Paxtalar qiyg‘os ochildi, shuning uchun terim avjiga chiqdi. Paxtalar qiyg‘os ochildi va terim avjiga chiqdi.


Yuqoridagi uchta qo‘shma gap sabab-natija umumiy ma’nosi bilan o‘zaro sinonimik munosabatda bo‘lsa ham, lekin qo‘shma gapning qaysi turiga mansubligi bilan bir-biridan farq qiladi.
Ko‘rinadiki, bir xil ma’noni turli qo‘shma gap shakllari orqali ifodalash mumkin. Shuning uchun ulardan nutqda o‘rinli foy­da­lana olish nutq madaniyatiga ega bo‘lishda katta ahamiyatga ega.



Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish