O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


-mashq. She’rni o‘qing, to‘ldiruvchilarni topib, ularni izohlang



Download 231,24 Kb.
bet45/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

82-mashq. She’rni o‘qing, to‘ldiruvchilarni topib, ularni izohlang.


Olloh bergan farzandlarim

Sizni ko‘rsam, yayrar tilim,


Mehrim iyib, sayrar tilim,
Qalbga shodlik to‘lar lim-lim,
Olloh bergan farzandlarim...
Kimga Olloh davlat berdi,
Kimga obro‘, savlat berdi,
Menga Sizdek bir baxt berdi,
Olloh bergan farzandlarim...

Kimda boylik qator-qator,


Lekin sho‘rlik tirnoqqa zor,
Mening Sizdek boyligim bor,
Olloh bergan farzandlarim...

Yarab xalqning bir koriga,


Shukr qilib yo‘q-boriga,
Kirdi elning qatoriga,
Olloh bergan farzandlarim...

O‘tar bo‘lsin, yod qilguvchi,


Qabrim uzra dod solguvchi,
Chirog‘im yoqib qolguvchi,
Olloh bergan farzandlarim...

Halol bo‘lsin oshingiz-ey,


Baxtga to‘lib-toshingiz-ey,
Тoshdan bo‘lsin boshingiz-ey,
Olloh bergan farzandlarim...

(A. Sobirov)




83-mashq. O‘qing. Тo‘ldiruvchilarni toping. Qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganligini aniqlang.


MeHnatsevarlik

Mehnat bilan suyagi qotgan, mehnat tufayli izzat-u hurmat ko‘rgan har bir ota-ona bolasining ham mehnat bilan yashashini, mehnat bilan el-yurt oldida sharaf topishini xohlaydi. Shu tufayli bolalarining kelajagini o‘ylab, ularni mushtumdek paytlaridan mehnatga o‘rgatadilar. Тo‘g‘ri tarbiyaning eng ta’sirli, eng samarali usuli ham shu, ammo ba’zi bolalar ro‘zg‘or ishlaridan ham bosh torta­dilar. Otalari yo onalariga shafqatsiz, berahm kishilarga, hatto quldor­larga qaraganday o‘qrayib, yeb yuborgilari kelguday bo‘lib qaraydilar. Malol kelib, qo‘l uchida qilgan ishlaridan ota-onalari norozi bo‘lishsa, uzr so‘rash o‘rniga to‘ng‘illab beradilar. Ota-ona bolalarining mehnatiga hamma vaqt ham muhtoj bo‘lavermas, lekin bolani yoshligidan ishga o‘rgatish, mehnatga ko‘niktirish zimmalaridagi burch ekanligi shunday yo‘l tutishga majbur qiladi.


Bilmaganini bilishni, o‘rgatilganini o‘rganishni xohlamagan kaltabin yoshlarga qarab shoir degan ekan:


Kimki o‘rganishni or bildi,
Har qadamda o‘zni xor bildi.
(M. Ismoiliy)


84-mashq. Uyga topshiriq. Тo‘ldiruvchi ishtirok etgan gaplar tuzib yozing yoki uni o‘qigan badiiy asaringizdan toping. Unda to‘ldiruvchilar: ot, olmosh, sifat, son, harakat nomi, sifatdosh, iboralar bilan ifodalansin.



Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish