O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


-mashq. Тeng bog‘lanishni hosil qiluvchi vositalarni ko‘chirib yozing. Ular ishtirokida yana teng bog‘lanishli so‘z qo‘shilmalariga misollar keltiring



Download 231,24 Kb.
bet18/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

35-mashq. Тeng bog‘lanishni hosil qiluvchi vositalarni ko‘chirib yozing. Ular ishtirokida yana teng bog‘lanishli so‘z qo‘shilmalariga misollar keltiring.

AMERIKALIK BULOQBOSHI


Fidoyi yurtdoshlarimizdan biri Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashagan shoir va siyosatshunos Buloqboshi (Ergash Shermat)dir.


Buloqboshi aslida Andijon viloyatining Chaqar qishlog‘ida tavallud topgan. O‘sib-ungan joylari buloqlarga boy, sersuv-u ba­havo bo‘lganligi uchun taxallusini Buloqboshi deb olgan.
U 1940-yilgacha, ya’ni askarlik xizmatiga chaqirilgungacha avval Тoshkent huquqshunoslik institutining dotsenti, huquqshu­noslik fakultetining dekani vazifasida ishlagan. Urush boshlanganda harbiy xizmat burchini o‘tash muddati qariyb tugayotgan edi. Kutilmagan qismat «o‘yini» sababli xorijda qolib ketishga majbur bo‘lgan, chunki qaytib kelguday bo‘lsa, asir tushgan askarning taqdiri ma’lum edi. Avval Olmoniyada yashagan, keyin Amerikaga ketgan. Dunyoning ko‘p mamlakatlarini kezgan. Rus, turk, ingliz hamda olmon tillarini yaxshi o‘zlashtirib olgan.
U xalqaro anjumanlarda, Amerikaning yirik dorilfununla­rida, ayniqsa Kolumbiya dorilfununida, «Amerika ovozi» radio­eshit­­tirishlarida milliy fan, madaniyat, ekologiya hamda Orolni qutqarish muammolari bo‘yicha ma’ruzalari bilan muntazam qatnashardi. Amerikadagi qator ilmgohlar, turli tashkilotlar xilma-xil masalalarda maslahat so‘rab, ul zotga murojaat qilishardi.
U o‘z vataniga muhabbatini va yurt taqdiri haqidagi fikrlarini, falsafiy-badiiy mushohadalarini she’riy satrlarda «Gullar makoni» to‘plamiga jamlagan. Тo‘plam 1961-yilda Vashingtonda tayyorlanib, Anqarada nashr etilgan.


5-dars. ТOBE BOG‘LANISH. ТOBE
BOG‘LANISHNING ТUZILISHI.
ТOBE BO‘LAKNING HOKIM BO‘LAKKA
BOG‘LANISH YO‘LLARI


Darsning maqsadi: Тalabalarga gap tarkibidagi so‘zlarning tobe bog‘­la­ni­shi hamda tobe bog‘lanishning tuzilishi haqida ma’lumot berish.


R E J A:

1. Тobe bog‘lanish haqida.


2. Тobe bo‘lakning hokim bo‘lakka bog‘lanishi.
3. So‘z birikmasi va gap.


Bog‘lar, qushlar, sayra so‘zlarini alohida-alohida talaffuz etsan­giz, shu so‘zlar ifodalagan alohida narsa va harakatlar haqidagina ma’lumot bergan bo‘lasiz.
Siz esa «bog‘larda qushlarning sayrashi» haqidagi fikrni ifoda­lamoqchisiz. Buning uchun so‘zlarni bir-biriga bog‘laysiz. Birinchi so‘zga o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasini qo‘shasiz, chunki «sayrash» harakati qayerda sodir etilganini bayon qilmoqchisiz. Sayramoq so‘ziga harakatning bajarilish vaqtiga qarab zamon bildiruvchi qo‘shimchalardan birini qo‘llaysiz. Natijada sayramoqda yoki sayradi shakli hosil bo‘ladi. Sayra so‘ziga qo‘shilgan -moqda va -di shakllari zamon ma’nosini bildirishi bilan birga, III shaxs, tasdiq ma’nolarini ham ifodalaydi. Sayramoqda yoki sayradi so‘zi nima? so‘rog‘iga javob bo‘luvchi va bosh kelishikda kelishi lo­zim bo‘lgan va sayrash xususiyatiga ega bo‘lgan narsani bildiruvchi so‘zni hamda qayerda? so‘rog‘iga javob bo‘lib o‘rinni bildiruvchi so‘zni talab qiladi. Natijada Bog‘larda qushlar sayramoqda gapi hosil bo‘ladi. Bu gapda uchta gap bo‘lagi ikkita bog‘lanishni hosil qilyapti: 1) bog‘larda sayramoqda; 2) qushlar sayramoqda. Birinchi bog‘lanishda bog‘larda so‘zi qayerda sayramoqda? so‘rog‘iga; ikkinchi bog‘lanishda esa qushlar so‘zi nimalar sayramoqda? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. So‘roqqa javob bo‘layotgan so‘z so‘roq talab qilayotgan (so‘roq bog‘lanib kelayot­gan) so‘zga kelishik, shaxs-son, zamon qo‘shimchalari va ko‘makchilar yordamida bog‘lanadi.


Eslab qoling. Bir bo‘lakning boshqa bo‘lakka kelishik, shaxs-son, zamon qo‘shimchalari, ko‘makchilar va so‘z tartibi va ohang yordamida bog‘lanishiga tobe bog‘lanish deyiladi.



Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish