Òalab elastikligi — bu bozor sharoitida narxning o‘zgarishi
bilan bog‘liq kelib chiqadigan iqtisodiy hodisa hisoblanadi. Masa-
lan, narxga nisbatan talab ko‘p bo‘lganda, talab elastik deyiladi,
agar narxga nisbatan talab kamroq o‘zgarsa, noelastik talab bo‘ladi.
Xulosa qilish mumkinki, elastiklik narx bilan talab o‘rtasidagi
bog‘liqlikning miqdoriy ko‘rinishidan iborat ekan. Òalabning bu
ikki holati elastiklik koeffitsiyentini aniqlamoqchi bo‘lsak, uni
topish uchun narx va talabning miqdoriy o‘zgarishlarini taqqoslash
zarur bo‘ladi:
B
.
(
‘
)
k
(
‘
)
T
foiz hisobida talabning o zgarishi
E
V
foiz hisobida narxning o zgarishi
Keltirilgan formula orqali bu holatni taqqoslab ko‘ramiz va talab-
ning elastik bo‘lishi uchun uning koeffitsiyenti birdan ortiq deb
qabul qilamiz, ya’ni (E
k
>1). Òalabning birdan kichik (E
k
<1) hola-
ti noelastik deyiladi. Misol uchun, bozorda ma’lum tovarlarga
narx 10 % ga pasaydi. Natijada talab 20 % oshdi deylik. Bunda
talab elastik bo‘ladi, chunki
B
k
32
1,6.
20
T
E
V
Demak, E
k
=1,6 yoki birdan ortiq, ya’ni E
k
>1.
69
Òalabning elastikligini telefon apparati misolida ko‘ramiz.
Òelefon apparati bozori chaqqon bo‘lib, uning narxi 1000 so‘m
edi, narx oshib, 1200 so‘mga yetdi. Shunga yarasha fotoapparatlarga
talab 100 donadan 60 donaga tushdi, ya’ni 40 donaga qisqardi.
Oldin talabning jami hajmi 100 ming so‘m bo‘lsa (100·1000=100000),
so‘ngra u 72 ming (1200 · 60=72000) so‘mga tushdi. Bu raqamlarni
foizga aylantirsak, narx 20 % oshgani holda, talab 28 % qisqardi.
Demak, talab elastik ekan, chunki:
B
k
28
=
=1,4;
=1,4
k
20
T
E
E
V
yoki E
k
>1. Aytilgan o‘zgarishlar chizmada ifodalangan.
Chizmada narxning A nuqtadan B nuqtagacha ortib borishi
talabni D nuqtadan C nuqtasiga qadar qisqartirgandi. Òalab
narxning ortishiga nisbatan ko‘proq qisqargan. Bunda AB< CD
kelib chiqdi. Demak, narx 800 so‘mdan 1200 so‘mga qadar yoxud
50 % o‘zgarganda talabning elastikligi kutildi. Xo‘sh, bu ishlab
chiqaruvchiga nima berdi? Agar u oldin telefon apparatini sotishdan
100 ming so‘m daromad olgan bo‘lsa, endi talab qisqargani uchun
72 ming so‘mga ega bo‘ldi. Shunga yarasha uning foydasi ham
qisqardi. Binobarin, talab qonuniga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi
talabning narxga bog‘liq bo‘lishini doimo yodda tutishi, ya’ni narxni
oshirish o‘rniga bozorga arzon tovarlarni ko‘proq chiqarishi kerak,
shunda bu ish yaxshi foyda ko‘rishning shartiga aylanadi. Xulosa
qilib aytadigan bo‘lsak, talab qonuni ishlab chiqaruvchi bilan
iste’molchining, ya’ni ishlab chiqaruvchiga foyda olishining,
iste’molchining esa talabini qondirib manfaatlarini uyg‘unlashtiradi.
Òalabning o‘zgarishi narxning o‘zgarishiga nisbatan sust bo‘lsa,
noelastik talab yuzaga keladi. Masalan, telefon apparatining narxi
F
o
to
a
p
p
a
ra
t
n
a
rx
i,
s
o
‘m 1200
1000
0
B
A
C
E
D
60
100
Fotoapparatga talab, dona
70
50 % o‘zgargan holda unga talab 30 % ga o‘zgarsa (oshsa yoki
kamaysa, buning ahamiyati yo‘q), noelastik talab vujudga keladi:
B
30
=
=0,6
k
50
T
E
V
Chunki noelastik talab bor joyda narxning oshishi shu hisobdan
tushadigan pulni ko‘paytiradi, ammo talab qisqarganidan sotiladigan
tovarlar miqdori kamayadi. Bunda tovarlarni ko‘paytirish emas,
balki ularning narxini oshirish foyda olish vositasiga aylanadi. Shu
sababdan noelastik talab erkin bozor tabiatiga mos kelmaydi,
tovarlarni ko‘plab va arzon ishlab chiqarishga undamaydi. Bozorda
shunday vaziyatlar ham bo‘ladiki, talab narxga javoban mutlaqo
o‘zgarmaydi. Bunda E
k
=0 bo‘ladi. Masalan, asosiy oziq-ovqat mah-
sulotlari, non, suv, un kabi mahsulotlar iste’molining me’yori bor.
Shu sababli narx qanchalik o‘zgarmasin, non, un, suvga talab avval-
gidek qoladi. Non yoki un, guruch asosiy oziqa bo‘lgan sharoitda
ularning narxi o‘zgarishi ularga talabni o‘zgartirmaydi, aksincha,
boshqa o‘rinbosar tovarlar narxini o‘zgartiradi. Agar bir oila har
kuni 4 ta non iste’mol qiladigan bo‘lsa, bu uning kundalik talabi
bo‘lib, narxning o‘zgarishi bu talabni kamaytirmaydi. Agarda bu
talab o‘zgarsa ham uning sababi non narxining o‘zgarishi emas,
balki oila daromadining o‘zgarishi yoki boshqa oziq-ovqat tovarlari
narxining o‘zgarishi bo‘ladi.
Odatda, talab cheklanmagan holda o‘zgarishi ham mumkin.
Bu holat muayyan tovarlar narxi o‘zgarmagan sharoitda ham
xaridorlar bu tovarni puli tamom bo‘lguncha olishga tayyor
bo‘lishadi. Bunday talab ayrim adabiyotlarda vahima talab deb
ataladi. Bu holat bozor iqtisodiyoti uchun normal hol hisoblan-
maydi, chunki narx bilan talab o‘rtasidagi aloqadorlik buziladi va
bu holatda elastiklik cheksiz bo‘ladi ( E
k
= 0
). Bir tovarga talabning
elastik bo‘lishi uning o‘rnini bosa oladigan boshqa tovarlar narxiga
ham bog‘liq. Odamlar uchun eng zarur bo‘lgan tovarlar ham borki,
ularga talab noelastik bo‘ladi, bular eng muhim oziq-ovqat, kiyim-
kechak va turar joy kabilardir.
Bozorda talab narxdan tashqari odamlarning oladigan daromad-
lariga bog‘liqdir. Òalabning daromad ( D) ta’sirida o‘zgarish
koeffitsiyentini ( E
k
) aniqlash uchun talab ( Ò
B
) daromad bilan
taqqoslanadi:
71
B
k
.
(
‘
)
(
‘
)
T
foiz hisobida talabning o zgarishi
E
D
foiz hisobida daromadning o zgarishi
Agar daromadning o‘zgarishi 15 % bo‘lsa-yu, talabning
o‘zgarishi 10 % bo‘lsa,
B
10
=
=
= 0, 66.
k
15
T
E
V
Demak, E
k
=0,66. Bu koeffitsiyentning o‘zgarishini uch holatda
ko‘rish mumkin: agar talab daromad bilan bir tarzda o‘zgarsa
E
k
=1; talab daromadga qaraganda tez o‘zgarsa E
k
>1; talab daro-
maddan sekin o‘zgarsa E
k
<1 bo‘ladi.
Narx o‘zgarmay qolsa, daromadning ortishi talabning ortishiga
olib keladi, ammo bu jarayon g‘oyat murakkab kechadi, chunki
talabning ortishi uning qondirilish darajasi bilan bog‘lanib ketadi.
Daromadning ko‘payishi pulning hammasi bozorga chiqib talabni
oshiradi degani emas, chunki uning bir qismini odamlar jamg‘arib
boradilar, ya’ni hozir xarid uchun ishlatilmay, kelajakda ishlatiladi.
Daromadning xarajatlar va jamg‘arish uchun ishlatilishiga qarab
talab shakllanadi. Agar oilaning daromadi 1000 so‘mga oshsa,
uning 200 so‘mi jamg‘ariladi, demak, talab amalda 800 so‘mga
ko‘payadi. Ammo shu summaning qo‘shimcha talabni hosil etishi
umumiy talabni oshiradi. Agar bir tovarga talab qondirilgan bo‘lsa,
qo‘shimcha daromad boshqa tovarga talabni keltirib chiqaradi.
Masalan, yashash uchun yetarli shart-sharoitga ega bo‘lgan uy-
joyi bor odamning daromadi qanchalik o‘smasin, endi u uy olishga
emas, balki avtomashinaga, zeb-u ziynat buyumlari olishga yoki
dunyo bo‘ylab sayohatga chiqishga talab bildiradi. Daromadning
talabga aylanishi xaridor nimani afzal ko‘rishiga bog‘liq. Shu
sababdan talab umuman o‘sgani holda uning turli tovarlarga
e’tibori har xil bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi ortiqcha
talabni o‘z tovariga qaratib, xaridor pulini qo‘lga kiritish uchun
afzal ko‘riladigan yangi tovarlar yoki xizmatlar turini taklif
qilishlari kerak bo‘ladi. Bozorda talabni o‘zgartirish uchun nafaqat
narxga, balki daromadga ham ta’sir ko‘rsatilishi kerak bo‘ladi.
Chunki odamlarning daromadi kam bo‘lsa, talab qisqaradi, bozor
torayib, ishlab chiqarish o‘smay qoladi, natijada tovar ishlab
chiqaruvchi tadbirkorlar foyda olisholmaydi.
72
Shuning uchun davlat tomonidan iqtisodiyot o‘sishini ta’min-
lashning sharti bo‘lgan aholi daromadlarini ko‘paytirib borishga
ham katta ahamiyat beriladi. Aholi daromadlarining oshib borishi
tadbirkorlar tomonidan bozorlarga taklif etilayotgan tovarlarni xarid
qilishning ko‘payishi va bu, o‘z navbatida, jamiyatda takror ishlab
chiqarish jarayonining kengayishi, tezlashuvini, iqtisodiyotning
rivojlanayotganligini bildiradi.
1> Do'stlaringiz bilan baham: |