Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi va itemolchi ortiqchaligi Reja: Kirish
1.Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi
2.Iste`molchi ortiqchaligi
3. Ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o'rtasidagi munosabatlar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish Men mustaqil ishni yozish davomida ishlab chiqaruvchi va istemochi mavzusida batafsil malumot berishga harakat qilaman.Ishlabchi qaruvchining ortiqchaligining bozorga tasiri va ortiqcha istemolchilarning bozorga tasiri haqida o`z bilimimga tayangan holda javob yozishga harakat qilaman.
Tovarga narx bozor tomonidan o’rnatiladigan raqobatlashgan bozorda tovarni ishlab chiqaruvchilar bozor narxida (muvozanat narxida) sotadi, shu bozor narxida iste’molchilar tovarni sotib oladi.Lekin, ayrim iste’molchilar uchun tovarning qiymati uning bozor narxidan ko’ra yuqoriroq. Shuning uchun ham u tovarni bozor narxidan yuqoriroq narxda ham sotib olishi mumkin.
1.Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi ishlab chiqaruvchi tomonidan olingan umumiy manfaatni bildiradi.
Bir xil ishlab chiqaruvchilar uchun bir birlik mahsulot xarajatlari bozor narxiga teng bo’lsa, boshqa ishlab chiqaruvchi uchun ushbu xarajatlar bozor narxidan kichikdir. Demak, ishlab chiqaruvchilar ushbu tovarni sotishdan foyda, ya’ni ortiqcha manfaat oladilar. Har bir tovar uchun ushbu ortiqcha manfaat tovarning bozor narxi bilan uni ishlab chiqarishdagi chekli xarajati o’rtasidagi farqga teng bo’lib, uni ishlab chiqaruvchi oladi.Bu farq bir birlik mahsulotdan oladigan foyda bilan ishlab chiqarishdagi har qanday rentani qo’shilganiga teng.Umuman ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi bu barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan olinadigan foydalarning umumiy yig`indisidir.
Bozor uchun umumiy ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi taklif chizig`idan tortib to bozor narxi chizig`igacha bo’lgan oraliqdagi yuzaga teng.
Rasmdagi shtirxlangan uchburchak iste’molchi ortiqchaligini ifodalaydi. Iste’molchi ortiqchaligi ishlab chiqaruvchilarning umumiy sof foydasini o’lchashga yordam berishini e’tiborga olsak, biz bu ko’satkich yordamida davlatning bozorga aralashuvidan olinadigan qo’shimcha foyda yoki zararni iste’molchi ortiqchaligining natijaviy o’zgarishni o’lchash yordamida aniqlashimiz mumkin.
Iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi yordamida davlatning iqtisodiy siyosatini baholash mumkin. Biz oldingi boblarning birida narxlarni davlat tomonidan nazorat qilinishi, ya’ni davlat tomonidan o’rnatiladigan maksimal va minimal narxlar va bu siyosatning iqtisodiy oqibatlari to’g`risida gapirgan edik.
Faraz qilaylik, tovarga davlat tomonidan maksimal narx o’rnatildi deylik, ya’ni ( muozanat narx) (4-rasm).
4-rasm. Narx davlat tomonidan nazorat qilinganda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining grafikdagi tasviri.
Maksimal narx o’rnatilganda bir qator ishlab chiqaruvchilar (xarajatlarini maksimal narxda qoplay olmagani uchun) bozordan siqib chiqariladi va ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot hajmi dangacha kamayadi. Tovarni sotib olishni davom ettirayotgan iste’molchilar tovarni past narxda sotib oladilar va ularning iste’mol ortiqchaligi oshadi. Ushbu oshgan ortiqchalik grafikda qo’shshtrixlangan A to’rtburchak yuzi bilan ifodalangan. Lekin bir qator iste’molchilar tovar hajmi qisqargani uchun uni sotib ololmaydilar. Ularning iste’mol ortiqchaligining qisqarganligi shtrixlangan V uchburchak yuziga teng. Demak, iste’molchi ortiqchaligining sof o’zgarishini quyidagicha aniqlash mumkin.
, (1)
bu erda, - iste’molchi ortiqchaligining sof o’zgarishi.
Rasmdan ko’rinib turibdiki, bo’lgani uchun sof iste’molchi ortiqchaligi musbat
Endi ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini qaraymiz. Bozorda qolib ishlab chiqarishni davom ettirayotgan ishlab chiqaruvchilar bozor narxidan past narxda hajmda mahsulot ishlab chiqaradi. Ishlab chiqaruvchilar grafikda ko’rsatilgan A to’rtburchak yuziga teng bo’lgan iste’molchi ortiqchaligini yo’qotadilar. Bozordan siqib chiqarilgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan yo’qotilgan ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi esa S uchburchak yuzi bilan ifodalangan. Demak, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining umumiy o’zgarishi teng:
, (2)
bu erda, i/ch - ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining sof o’zgarishi.
Maksimal narx o’rnatilganda asosiy yo’qotishlar ishlab chiqaruvchilar zimmasiga to’g`ri keladi.
Rasmdan ko’rinib turibdiki, narxni nazorat qilish umumiy yalpi ortiqchalikning ma’lum qismini yo’qotishga olib keladi va ushbu yo’qotishga to’liq yo’qotish deyiladi.
Ortiqchaliklarning umumiy o’zgarishini aniqlash uchun biz iste’mochi ortiqchaligi o’zgarishi ist. va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi o’zgarishi i/ch ni qo’shamiz.
(3)
Shunday qilib, biz V va S uchburchaklarning yuziga teng bo’lgan to’liq yo’qotishni olamiz. Bu to’liq yo’qotish narxlarni nazorat qilish bilan bog`liq davlatning iqtisodiy siyosatining samarasiz ekanligini ko’rsatadi. Bu erda ishlab chiqaruvchilar tomonidan yo’qotilgan ortiqchalikning iste’molchilar yutib olgan ortiqchalikdan katta ekanligini ko’rish mumkin.
Agar talab chizig`i juda ham elastik bo’lmaganda narxlarni nazorat qilish ham juda katta yo’qotishga olib kelishi mumkin (5-rasm).Rasmdan ko’rinib turibdiki, V uchburchak yuzi bozordan siqib chiqarilgan iste’molchilarning yo’qotishlari bo’lib, bu bozorda qolib tovarni sotib olish huquqiga ega bo’lgan iste’molchilarning yutug`ini ifodalovchi A to’rtburchak yuzasidan katta. Bu erda bozordan siqib chiqarilgan iste’molchilar katta yo’qotishga ega.
Endi faraz qilaylik davlat tomonidan minimal narx o’rnatildi deylik ( - muvozanat narx), ya’ni davlat narxni muvozanat narxidan yuqori qilib belgilanadi (6-rasm).
Rasmdan ko’rish mumkinki ishlab chiqaruvchilar narx oshganda nisbatan ko’proq mahsulotni ishlab chiqarishga harakat qiladi. Iste’molchilar kamroq ( o’rniga miqdorda) mahsulot sotib olishga harakat qiladi.
Agar biz ishlab chiqaruvchilar bozorda qancha mahsulot sotilsa shuncha mahsulot ishlab chiqaradi, deb faraz qilsak, bozorga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori ga teng bo’ladi va bu erda ham ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar ortiqchaligi yo’qotiladi. Bu erda A to’rtburchakning yuzi ishlab chiqaruvchilarning olgan qo’shimcha ortiqchaligini ifodalaydi. Lekin, minimal ( ) narxda mahsulotni hajmi miqdordan ga qisqargani uchun ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining bir qismi yo’qotiladi. Natijada ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining o’zgargan qismi quyidagiga teng:
. (4)
Iste’molchilar minimal ( ) narxda har bir mahsulot uchun muvozanat narxdan yuqori narx to’laydi va natijada ularning iste’mol ortiqchaligiga rasmdagi A to’rtburchak yuziga teng bo’lgan miqdorda kamayadi. Narx oshganligi munosabati bilan ba’zi bir iste’molchilar ushbu bozordan chiqib ketadi va tovarni sotib ololmaydilar va bunga mos bo’lgan ortiqchalikni yo’qotadi. Bu yo’qotish rasmda V uchburchak bilan ifodalangan. Demak, iste’molchilarning ortiqchaligining umumiy o’zgarishi quyidagini tashkil qiladi:
. (5)
Ko’rinib turibdiki, bunday siyosat iste’molchilarning turmush darajasini tushurib yuboradi.
(4)- va (5)- ifodalarni qo’shib umumiy ortiqchalikdagi o’zgarishni aniqlaymiz:
=i/ch.+ist.=A-S+(-A-V)=-S-V (6)
Demak, davlat tomonidan minimal narx o’rnatilganda umumiy to’liq yo’qotish vujudga keladi va u ikkita S va V uchburchaklar yuzalarining yig`indisi bilan ifodalanadi.
Endi biz ishlab chiqaruvchilar ortiqchaligini ishlab chiqarish miqdordan miqdorga kengaytirilganda qarab chiqamiz. Haqiqatdan ham minimal narx muvozanat narxdan yuqori bo’lganda u ishlab chiqaruvchilarni miqdorga mahsulot ishlab chiqarishga undaydi. Lekin, ular bozorda faqat hajmdagi mahsulotni sotishi mumkin xolos. Ular miqdordagi mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlarni qoplaydigan daromadni olaolmaydi (9.7-rasm). Rasmda ushbu xarajatlar shtrixlangan D trapestiya yuzi bilan ifodalangan.
Natijada ishlab chiqaruvchilarning ortiqchaligi o’zgarishi quyidagiga teng:
Demak, ishlab chiqaruvchilar Q1 oraliqda mahsulot ishlab chiqarsa, umumiy yo’qotish yanada ortadi va u (-B-C-D) yuzani tashkil qiladi.
Bunday holda har bir ishlab chiqaruvchi o’z mahsulotining hammasining yuqori narxda sotaman deb o’ylaydi. Pirovardda davlat tomonidan o’rnatilgan minimal narx siyosati ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarni qoalamaganligi sababli, ishlab chiqaruvchilarning foydasini ancha qisqartirib yuborish mumkin.
Yana bitta misol tariqasida mehnat (ishchi kuchi) bozorini qaraylik.
Ma’lum mehnat bozorida ishchi kuchi bahosi bu ish haqi. Davlat tomonidan minimal ish xaqi ( ) belgilandi deylik.
8-rasmda taklif chizig`i ishchi kuchi taklifini, talab chizig`i - ishchi kuchiga talabni ifodalaydi. Davlat tomonidan o’rnatilgan minimal ish haqi mehnat resurslari bozoridagi muvozanat ish haqi dan katta, ya’ni .
8-rasm. Minimal ish haqi grafigi.
Ushbu siyosat natijasida ish joyi topgan ishchilar (rasmda L1 ishchi) yuqori ish haqi oladi. Lekin, miqdoridagi ishchilar ish topa olmaydilar va ishsiz qoladilar. Demak, bunday siyosat ishsizlikka olib kelishi mumkin.