4.3. Òalabning o‘zgaruvchanligi (elastikligi)
Òalabning o‘zgarib turishi tovarning nafliligi bilan bog‘liq.
Òovarning nafliligi deganda, uni iste’mol qilayotgan xaridor ola-
digan qoniqish tushuniladi. Qoniqish ham, o‘z navbatida, ikki xil
1
À. O‘lmasov. Iqtisodiyot asoslari. T., «Mehnat», 1997, 49-bet.
Talabning narxga qarab o‘zgarishi
Y
500
400
300
200
100
0
A
B
C
D
E
F
G
H
X
1000 2000 3000 4000 5000 6000 7000 8000
T
o
v
a
r
n
a
rx
i,
s
o
‘m
Tovarga talab, dona
63
ko‘rinishga ega. Xaridorning ayrim tovarlardan qoniqishi yakka
qoniqishdir. Xaridorlar tomonidan umuman tovarlarni iste’mol
etishda umumiy qoniqish ham yuz beradi va u bozor holatiga
ta’sir ko‘rsatadi. Umumiy naflilik ayrim tovarlar guruhiga daxldor
bo‘lib, u kishilar talabini tez o‘zgartiradi. Òovarlar xilma-xil bo‘l-
ganda ularning naflilik darajasi pasayishga moyil bo‘ladi. Bundan
me’yoriy naflilik kelib chiqadi.
Odatda, me’yoriy naflilik chegaralangan bo‘ladi. Òalabning
to‘yinishiga qarab dastlab kuchli bo‘lgan me’yoriy naflilik asta-
sekin pasayib boradi. Buni oddiy misol orqali ko‘rib chiqishimiz
mumkin. Masalan, bitta ko‘ylak sotib olinganda xaridor uchun
uning nafi eng yuqori darajaga ega bo‘ladi, chunki u ana shu
ko‘ylakni har kuni kiyadi, shunday qilishga majbur, chunki uning
boshqa ko‘ylagi yo‘q. Keyinchalik u ikkinchi, uchinchi va nihoyat,
to‘rtinchi ko‘ylakni sotib oldi. Endi uning to‘rtta ko‘ylagi bor
bo‘lgani uchun ularni navbatma-navbat kiyaveradi. Shuning uchun
to‘rtinchi ko‘ylak olinganda uning nafi past bo‘ladi, chunki xaridor
endi kundalik kiyadigan ko‘ylagi ko‘p bo‘lgani uchun keyingi olin-
ganlarining naflilik darajasi pasayib boradi, ya’ni xaridor olgan
birinchi ko‘ylakdan 4 birlikka teng qoniqish olgan bo‘lsa, ikkin-
chisidan 3 birlikka, uchinchisidan 2 birlikka, to‘rtinchisidan 1 bir-
likka teng qoniqish oladi. Jami iste’moldan (4 dona) ko‘rilgan
naflik 10 birlikka teng deb qaraladi (4+3+2+1=10), ammo u
4 dan 1 gacha pasayib boradi. Demak, xaridor uchun endi qo‘shim-
cha naflik oldingisidan past bo‘ladi va bu talabga ta’sir etmay
qolmaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar nafligining pasayib borishi
qonuni bor. Bu qonunning mazmuni shundaki, iste’molchi uchun
har bir xarid qilingan keyingi tovarlarni iste’mol qilishdan olingan
qoniqish pasayishga moyil bo‘ladi, chunki iste’mol darajasi oshgan
sari undan to‘yinish hosil bo‘ladi.
Bozor sharoitida har bir ishlab chiqaruvchi bozorda o‘z
mavqeyini saqlab qolish va foyda olib ishlash uchun bozorning
to‘yinishini hisobga olib, nafliligi yuqori bo‘lgan yangi tovarlarni
chiqarib turishi kerak. Bu bozor iqtisodiyotining qonunlaridan
biri bo‘lgan tovar nafliligining pasayib borishga moyilligi qonuni
talabidan kelib chiqadi.
64
Do'stlaringiz bilan baham: |