O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

birinchi tamoyil — iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligini
ta’minlash. Bu iqtisodiyotning o‘z qonun-qoidalariga binoan
rivojlanishini, avval iqtisodiyotni rivojlantirish, so‘ngra esa boshqa
ijtimoiy muammolar yechimi bilan shug‘ullanish;

ikkinchi tamoyil — davlat bosh islohotchi bo‘lishi. Bu tamoyil
bozor iqtisodiyotiga o‘tishda davlat rahbarlik rolini ta’minlash.
Barcha islohotlar davlat tomonidan puxta o‘ylab chiqilgan reja
orqali amalga oshirilishini bildiradi;

uchinchi tamoyil — qonun ustuvorligini ta’minlash. Bu tamoyil
bozor iqtisodiyotiga o‘tishni davlat tomonidan qabul qilingan
qonunlar asosida, tartibli ravishda, hammaning, ya’ni keng
jamoatchilik ishtirokida amalga oshirilishini bildiradi;

to‘rtinchi tamoyil — faol ijtimoiy siyosat yuritish. Bu, eng
avvalo, xalqning ijtimoiy himoyasini, uning iqtisodiy, ijtimoiy,
siyosiy faolligini ta’minlaydigan, adolatni yuzaga chiqaradigan
siyosat olib borilishini bildiradi;


57


beshinchi tamoyil — bozor iqtisodiyotiga sekin-asta, bos-
qichma-bosqich o‘tish. Bu tamoyil chuqur iqtisodiy islohotlarni
sobitqadamlik bilan amalga oshirishni nazarda tutadi.
O‘zbekistonda bozor islohotlari ana shu tamoyillarga asoslangan
va bosqichlariga rioya qilingan holda olib borilmoqda. Jumladan,
birinchi bosqichda islohotlar orqali bozor iqtisodiyotining negizlari
shakllantirildi. Eng avvalo, shu negizlarni yaratishni ta’minlovchi
qonunlar qabul qilinib, ularning huquqiy asoslari yaratildi. Bunda
iqtisodiyotning bosh masalasi bo‘lgan mulkchilikning yangi shakliga
o‘tildi va ko‘p bosqichli iqtisodiyot uchun zamin yaratildi. Mulk
davlat tasarrufidan chiqarilib, jamoa mulki va xususiy mulkka
aylantirildi. Birinchi bosqichdagi mulkiy o‘zgarishlar ikki yo‘na-
lishda bordi, birinchidan, kichik xususiylashtirish o‘tkazilib, mahalliy
sanoat, savdo-sotiq va maishiy xizmat sohasidagi davlat korxonalari
jamoa va xususiy mulk qilib berildi, natijada iqtisodiyotning
nodavlat sektori paydo bo‘lib, u davlat ixtiyoridan chiqib ketgan
korxona va xo‘jaliklardan iborat bo‘ldi. Agrar islohotlar ikki
yo‘nalishda o‘tkazildi. Birinchidan, avval, odamlarga yer bepul
berildi. Jumladan, shaxsiy xo‘jalik yuritish uchun 550 ming gektar
sug‘oriladigan maydonlar ajratildi. Shaxsiy tomorqa xo‘jaligidagi
yer miqdori 700 ming gektarga yetkazildi. Natijada 9 million
kishi tomorqa xo‘jaligi yuritish uchun yerga ega bo‘ldi. Ikkin-
chidan, qishloqda fermer xo‘jaliklari tashkil etish ishlari amalga
oshirildi.
Birinchi bosqichda avvalgi davlat belgilaydigan rejali narxlardan
sekin-astalik bilan erkin bozor narxlariga o‘tildi. Erkin narxlar
sharoitida bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi soha — bozor infra-
tuzilmasi ham shakllantirildi. Natijada tovarlar va xizmatlar bozori,
resurslar bozori, mehnat bozori, valuta bozori, kredit resurslari
bozorlari ishlay boshladi. Avvalgi ma’muriy-buyruqbozlikka asos-
langan boshqarish usuli o‘rniga bozor boshqarish usuliga o‘tila
boshladi. Bu bosqichdagi ijtimoiy islohotlarda dastlab aholining
ayrim kambag‘al qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishga ahamiyat
berildi. Bu bosqichning muhim va asosiy yakuni mamlakatda
ijtimoiy va siyosiy barqarorlik ta’minlandi.
Ikkinchi bosqichda islohotlar davom ettirilib, bozor munosabat-
larini shakllantirish orqali mamlakatning yangi iqtisodiy tuzumini
mustahkamlab, uning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qara-


58
tildi. Bu bosqichda ham, eng avvalo, mulkni xususiylashtirish
ustuvor vazifa bo‘lib, davlat mol-mulkini turli yo‘llar bilan sotish
orqali yangi mulklarni yaratishdan iborat bo‘ldi. Bundan ikki xil
natija kutilar edi. Birinchidan, mulk o‘zining haqiqiy egasiga tegishi
kerak va mamlakatda haqiqiy mulkdorlar sinfini vujudga keltirish
zarur. Ikkinchidan, ko‘pchilikning mulk sohibiga aylantirilishi
mamlakatda demokratik islohotlarni amalga oshirish zaminini
tayyorlab berar edi.
Mulkdorlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ular o‘rtasida raqobat ham
shu qadar kuchli bo‘ladi. Raqobat esa iqtisodiyotni harakatlan-
tiruvchi kuchdir. Bu bosqichda xususiylashtirish keng ko‘lamda
amalga oshirildi va ko‘p sohalarni qamrab oldi. Bu jarayonga
o‘rta va yirik korxonalar ham tortildi. Xususiylashtirishda, hatto
chet elliklar ham qatnashdi va ular uchun mulkni sotib olish
imkoni yaratib berildi. Bunga davlat korxonalarini ochiq aksiya-
dorlar jamiyatiga aylantirish orqali erishildi.
Xususiylashtirishning eng muhim natijasi bu ko‘p bosqichli
iqtisodiyotning paydo bo‘lishiga olib kelinishidir.
Islohotlarning ikkinchi bosqichida O‘zbekistonning milliy valu-
tasi — so‘m muomalaga kiritildi (1994-yil 1-iyul). So‘m to‘la
qiymatli milliy valuta sifatida respublikaning barcha hududida
yagona to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadigan bo‘ldi.
Ikkinchi bosqichdagi islohotlarning ijtimoiy jihati shundan
iborat bo‘ldiki, jamiyatda iqtisodiy ahvolni hisobga oluvchi kuchli
ijtimoiy kafolat mexanizmi yaratildi. Natijada bozor iqtisodiyotiga
mos bo‘lgan ijtimoiy adolat qoidalari yuzaga chiqarildi. Ikkinchi
bosqichda iqtisodiyotning bozor mexanizmi yaratilib, ishga solindi.
Bu mexanizm yordamida ikki muhim masala yechilishiga erishildi,
birinchisi, iqtisodiyotda tamomila barqarorlikka erishilib, so‘ngra
iqtisodiy o‘sish bosqichiga chiqish; ikkinchisi, O‘zbekistonning
iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qodir bo‘lgan ishlab chiqarish
tuzilmasini yaratib, mamlakatning boshqalarga qaramligiga barham
berishdan iborat bo‘ldi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, mamlakatimizning bozor
iqtisodiyotiga o‘tish ilmiy konsepsiyasi, davlat dasturi asosida
amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tobora chuqurlash-
tirilmoqda, milliy iqtisodiyotimiz erkinlashtirilmoqda, u umum-
jahon iqtisodiyoti bilan chuqur integratsiyalashtirilmoqda.


59
Mamlakatimizda yangi demokratik jamiyat barpo etishning O‘zbe-
kiston yo‘li xalqimizning tarixiy-milliy salohiyatiga, ma’naviyatiga,
hozirgi avlodning kuch-qudratiga, uning kelajak uchun umidvor
intilishlariga, eng muhimi, yoshlarimizga, ularning fidoyiligi va
vatanparvarligiga asoslangan. Bunday jamiyatni qurish, unga
munosib bo‘lish zamonaviy bilimlarni, ayniqsa, ilg‘or iqtisodiy
tafakkurni, zamonaviy kasblarni, mahorat sirlarini qunt bilan
egallashni taqozo etadi.
ASOSIY TAYANCH IBORALAR

Bozor;

bozor iqtisodiyoti;

bozor iqtisodi belgilari;

xususiylashtirish;

mulk;

mulk shakllari;
1. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari nimalardan iborat?
2. Bozor iqtisodiyotining asosiy afzalligi nimada?
3. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning qanday yo‘llari bor?
4. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishdagi O‘zbekiston yo‘li qaysi belgilari bilan
ajralib turadi?
5. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosiy yo‘llarini bayon eting.
6. O‘zbekistonda islohotlarning birinchi bosqichining asosiy vazifasi nima
edi?
7. O‘zbekistondagi islohotlarning ikkinchi bosqichida qanday ishlar amalga
oshirildi?
8. O‘zbekistonda islohotlarning ikkinchi bosqichida mulkni qanday yo‘llar
bilan xususiylashtirish amalga oshirildi?
9. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish konsepsiyasi deganda nimani tushunasiz?
10. O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishining o‘ziga xos xususiyatlari
nimalarda ifodalanadi?

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish