?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
bozor obyekti;
bozor subyekti;
bozor infratuzilmasi.
47
3-bob.
BOZOR IQTISODIYOTI
3.1. Bozor iqtisodiyotining umumiy va
muhim belgilari
Bozor va bozor iqtisodiyotining mazmuni sharq xalqlari uchun,
ota-bobolarimiz uchun ham begona emas, ular hayoti bozor bilan
bog‘liq bo‘lgan. Xalqimizda «shahar obodonchiligining belgisi
mo‘l-ko‘lchilik bo‘lgan bozordir», degan naql bejiz aytilmagan.
Bozor — tor ma’noda, xaridor bilan sotuvchi o‘rtasida tovarni
pulga almashtirish yoki aksincha, jarayoni yuz beradigan joy,
alohida makondir. Keng ma’noda esa bozor, uning ishtirok-
chilari, ya’ni ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi
iqtisodiy munosabatlarni anglatadi. Uning obyekti — tovar, vosi-
tasi — puldir. Bozor o‘z qonun-qoidalari bilan boshqariladi va
doimo o‘zgarib, kengayib borish xarakteriga ega. Mamlakat iqti-
sodiyoti rivojlangani sari, ichki va xalqaro mehnat taqsimoti
kengayib borishi bilan bozor ham kengayadi, uning turi ko‘payadi.
Bozorning mahalliy bozor, hududiy bozor, xalqaro bozor kabi
tuzilmalari bo‘lib, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ham kuchayib
boradi.
Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga, ularning qonun-
lariga asoslangan alohida iqtisodiy tizimdir. Bozor iqtisodiyotining
kelib chiqishi va rivojlanishi mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi
va rivojlanib borishi hamda almashuv jarayonlarining rivojlanib
borishi bilan bog‘liq. Bozor munosabatlarining asosiy belgisi, bu
uning xususiy mulkchilikka, ya’ni ishlab chiqaruvchilarning iqti-
sodiy (mulkiy) mustaqilligiga, munosabat ishtirokchilarining erkin-
liklariga, raqobat, o‘ziga xos qonun-qoidalari va boshqa bir qator
unsurlariga ega ekanligidir.
Bozor iqtisodiyotining xarakterli ijobiy belgilariga quyidagilarni
kiritish mumkin:
ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi bo‘lishi, ko‘p mulklilik
va ko‘p faoliyatlilik, mulk shakllarining daxlsizligi va tengligi;
48
ishlab chiqaruvchi va iste’molchi (sotuvchi va xaridor) o‘rta-
sida qaror topgan nisbat o‘zgaradi, ishlab chiqarish iste’molchining
manfaatlariga bo‘ysundiriladi;
xo‘jalik tejamkorlik bilan yuritiladi, xarajatlar kamroq bo‘ladi,
talon-taroj va mas’uliyatsizlik barham topadi;
yangiliklarga sezgirlik bilan munosabatda bo‘lish, fan-texnika-
ning, texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlarini dadil joriy etish,
kasb mahoratini oshirish kabi xislatlar qaror topadi;
raqobat bozorning tarkibiy qismidir. Bu kurash qonuniy va
adolatli asosga qurilganligi tufayli hech kim hech kimdan noli-
maydi. Raqobat erkin bo‘lib, u ma’lum tavakkalchilikni ham taqo-
zo etadi.
O‘zbekistonda qurilayotgan bozor iqtisodiyoti madaniylashgan
bozor iqtisodiyotidir, ya’ni turli xil mulkchilik, har bir kishining
bir va bir necha mulk shakllariga bir vaqtning o‘zida ega bo‘la
olish, bozor talabini yaxshi o‘rganish (marketing faoliyati asosida
ish yuritish), raqobatni ruxsat etilgan qonunlar yo‘l qo‘ygan
chegaralarda olib borish, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish
bo‘yicha tadbirlarida faol ishtirok etish va bunga yordam berish,
faoliyat maqsadi faqat shaxsiy boylik orttirishgina emas, shu bilan
birga o‘zidan yaxshi nom qoldirish, ijtimoiy obro‘ va shuhratga
ega bo‘lish uchun kurashish, jamiyatda ijtimoiy tabaqalashuv
borishini e’tirof etish va ijtimoiy piramidaning yuqoriroq pog‘ona-
sidan o‘rin olishga intilish va boshqalardir.
Bozor iqtisodiyotining bizga ma’lum bo‘lgan natural hamda
rejali iqtisodiyotlardan tub farqi o‘zini o‘zi boshqarishidir. Bozor
iqtisodiyotining obyektiv qonuni bo‘lgan talab va taklif qonuni
bozor munosabatlariga davlatning bevosita aralashuviga zaruratni
ma’lum darajada kamaytiradi.
Bozor iqtisodiyotida o‘zini o‘zi tartibga soluvchi mexanizm
mavjud deyilganda nimalar nazarda tutiladi?
Birinchidan, bozorga taklif qilingan tovar unga talab bo‘lsagina
sotiladi. Shuning uchun ishlab chiqaruvchi o‘z tovarini sifatli va
xaridor talabiga mutanosib narxlarda sota oladi, aks holda u o‘z
mehnatiga kuyadi va zarar ko‘radi.
Ikkinchidan, ishlab chiqaruvchi iqtisodiy jihatdan mustaqil va
erkindir: u nima ishlab chiqaradi, qayerda va kimga sotadi, qanday
baholarda sotadi, kimlar bilan shartnomalar tuzib bog‘lanadi,
49
bularni faqat o‘zi belgilaydi. Ishlab chiqaruvchining taqdiri uning
o‘z qo‘lida, shuningdek, mas’uliyati ham o‘zi bilandir. Iste’molchi
esa erkin tanlov imkoniyatiga ega.
Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti yakkahokimlikni (mono-
polizmni) inkor etadi. Har bir sohibkorga bozor munosabatlarida
bemalol ishtirok etishi uchun shart-sharoit yaratib beradi.
Bozor xaridorni himoya qiladi. Endi xaridor tanlab olish,
kelishib olish, talab qo‘yish huquqiga ega bo‘ladi. Natijada
bozordagi tovarlar harakati, muvozanati, baholar shakllanishi
batamom bozorning o‘z tartiblariga bo‘ysunadiki, bundan butun
jamiyat, barcha iste’molchilar manfaatdor bo‘ladi.
Bozorni boshqaradigan asosiy vositalardan biri — baholardir.
Bozor iqtisodiyoti hukmron bo‘lgan sharoitda «baho — qiymatning
puldagi ifodasidir» qoidasiga qo‘shimcha ravishda bozorda
baholarning belgilanishi tovarlarning iste’mol qiymatiga, uning
sifati, turi, reklamasiga va boshqa jihatlariga bog‘liqdir, qoidasi
ham qo‘shiladi. Bozor iqtisodiyotida baholar erkinlashadi, ya’ni
talab va taklif nisbati bilan belgilanadi.
Òalab (aholining tovarlar sotib olish qobiliyati, ehtiyojlarning
qondirilishi darajasi) bilan taklif (bozorda sotish uchun kiritilgan
tovarlar massasi) o‘zgarib turuvchi iqtisodiy voqea-hodisalar
bo‘lganligi tufayli baholar ham doimo o‘zgarib turadi. Davlat
ma’lum tovarlar va xizmatlarga o‘z buyurtmalarini berish orqali
bozor baholarining shakllanishiga ta’sir etib turadi. Ammo davlat
buyurtmasiga belgilangan baholar tovar ishlab chiqaruvchilarning
manfaatlariga putur yetkazmasligi, tovar qiymatlaridan past
bo‘lmasligi lozim.
Bozor iqtisodiyoti to‘laqonli shakllangan sharoitda baholar
iqtisodiy va ijtimoiy adolatli asoslarga qurilganligi tufayli jamiyatda
baholar darajasiga nisbatan norozilik tug‘ilmaydi.
Bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos, maxsus qonunlari bor. Bozor
iqtisodiy qonunlar talablari asosida tashkil etiladi va boshqariladi.
Bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, uning o‘z maxsus qonunlari vosita-
sida boshqariladi. Bu qonunlar jumlasiga: qiymat qonuni, talab
va taklif qonuni, pul muomalasi qonuni, raqobat kurashi qonuni
kiradi. Bu qonunlar obyektiv xarakterga ega, ya’ni ular odamlar
xohish-irodasiga bog‘liq emas. Faqat ularni tovar ishlab chiqa-
ruvchilar, barcha bozor subyektlari e’tirof etishlari, ularning talab-
50
larini o‘rganishlari, ana shu asosda o‘z xo‘jalik faoliyatlarini tashkil
etishlari lozim. Bu iqtisodiy qonunlarni e’tiborga olmasdan turib
xo‘jalik yuritish, bozor munosabatlarida ularni qo‘llamaslik og‘ir
iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlarga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |