O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Òalabning tabaqalashuvi. Òalabga ta’sir etuvchi omillar



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

4.5. Òalabning tabaqalashuvi. Òalabga ta’sir etuvchi omillar
Òalabga narxdan tashqari boshqa omillar ham ta’sir etadi. Agar
narx talabni qisqartirsa, boshqa omillar uni oshirishi mumkin yoki
aksincha. Bunday omillar juda ko‘p, jumladan, xaridor ana shu
muayyan tovarni topish uchun transport xarajati, uni iste’mol
qilishga tayyorlash uchun ketgan xarajatlar va boshqalar. Misol
uchun, bozorda kartoshka bahosi 1 kg uchun 1000 so‘m, lekin
xaridor uyining yonginasidagi do‘konda 1200 so‘m turadi deylik.
Bu holatda xaridor bozorga borish-kelish xarajatlari, ketgan vaqti
kabilarni hisoblab, uy yaqinidagi kartoshkadan uning narxi
bozordagidan qimmat bo‘lsa ham sotib olishi mumkin.
Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, talab qonuni o‘zga-
ruvchan, ya’ni elastik xarakterga egadir. Ayrim hollarda tovarning
xaridor uchun qancha turishi faqat uning bozor narxi bilan emas,
balki tovarni topish va uni iste’mol qilish hamda boshqa xarajatlari
bilan ham bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Keltirilgan misolda tovarning
narxiga transport xarajati ham ta’sir ko‘rsatgani hamda vaqt omili-
ning ta’sirini yaqqol ko‘rish mumkin.
Quyidagi chizmada talabning narxdan qat’i nazar, o‘zgarishi
mumkinligi aks ettirilgan:


66
Lekin bunday natija talab qonuniga zid hisoblanadi, chunki
narx oshsa, talab qisqarishi kerak edi. Demak, narxdan tashqari
talabga ta’sir etib, uni o‘zgartiruvchi bir qator omillar, ya’ni
xaridorning didi, daromadidagi o‘zgarishlar, o‘rinbosar tovarlarning
borligi, reklama, tovarni qarzga sotish, kafolat berish, qo‘shimcha
xizmat ko‘rsatish kabilar ham bo‘lishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchi talabi ustuvor hisob-
lanadi. Nima xarid qilish, qancha miqdorda olish, qanday narxda
olishni xaridorning o‘zi erkin, sotuvchi bilan kelishgan holda hal
qiladi. Iste’molchining bu erki va xohishi, avvalo, iqtisodiy erkinligi,
bozor raqobati qonunlari bilan ta’minlanadi. Bu holat, o‘z navba-
tida, ishlab chiqaruvchilar faoliyatining iste’molchiga kerakli
tovarlar taklifini ta’minlashga qaratilishi zarurligini ko‘rsatib turadi.
Bozorda talabning o‘zgarishini, iste’molchining harakatini
cheklaydigan asosiy omillardan biri — bu uning daromadi, ya’ni
xarid qobiliyati. Iste’molchi, eng avvalo, cho‘ntagidagi puliga
qarab, o‘zining talab-ehtiyojini qondiradigan tovarlarni xarid
qilishga harakat qiladi. Xaridorning bozordagi harakatining asosiy
qoidasi, bu — o‘zining cheklangan daromadi sharoitidan kelib
chiqish va tovarlar xaridida shu tovarning eng yuqori darajada naf
keltirishiga qaratilgan bo‘lishidir. Demak, iste’molchining nimani
afzal ko‘rib xarid qilishi, birinchi navbatda, uning daromadiga
bog‘liq bo‘lar ekan.
1
À. O‘lmasov. Iqtisodiyot asoslari. T., «Mehnat», 1997, 52-bet.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish