O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Rahimov quduqlarni burg‘ilash


-§. Yuvish suyuqliklarini tayyorlash va



Download 8,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/173
Sana29.12.2021
Hajmi8,56 Mb.
#79963
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   173
Bog'liq
quduqlarni burgilash

9.3-§. Yuvish suyuqliklarini tayyorlash va
tozalash uchun uskunalar
Bir-biridan uzoq masofada joylashgan yakka quduqlarni burg‘i-
lashda va gil eritmasini gil tayyorlash stansiyasidan transportirovka
qilish  murakkab  bo‘lgan  sharoitlarda  gil  eritmalari  ish  joyining
o‘zida kichik hajmdagi gil aralashtirgichlarida tayyorlanadi.
Konlarni qisqa muddat ichida bir necha burg‘ilash qurilmalari
bilan razvedka qilishda gil eritmalarini ko‘chma gil stansiyalarida
tayyorlash  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Uzoq  muddatda  katta
hajmdagi burg‘ilash ishlari ko‘zda tutilgan sharoitlarda gil eritmalari
statsionar stansiyalarda tayyorlanadi. Gil aralashtirgichlar bir  yoki
ikki o‘qli  gorizontal  va  vertikal turlarga  bo‘linadi. Geologiya-qidi-
ruv  ishlarida  o‘zining  ixchamligi  tufayli  vertikal  o‘qli  gil  ara-
lashtirgichlar  ishlatilmoqda.
Gil  aralashtirgichlarning  kuch  uzatmalari  sifatida  alohida
elektrodvigatellar  ishlatiladi.  Gillar  suv  bilan  valga  o‘rnatilgan
kurakchalar yordamida aralashtiriladi. Gil va suvlar gil aralash-
tirgich ichiga maxsus luk (voronka) orqali solinadi.
Gil eritmalarini tayyorlash uchun kukunsimon gillar ishlati-
ladi,  ya’ni  bentonit  gillari,  shu  bilan  birga  mahalliy  gillar  ham
ishlatilishi mumkin.


188
Gil kukunlari sifatli gillardan va bentonitdan qator zavodlarda
ishlab chiqariladi. Barcha gil kukunlari qog‘oz qoplarda 40 kg massada
keltiriladi. Gil kukuni va bentonitlarning zichligi 2600 kg/m
3
, boshqa
gillarniki esa  2600—2700 kg/m

ni tashkil etadi.
Burg‘ilash jarayonida yuvish suyuqliklari o‘zlarining dastlabki
xususiyatlarini yo‘qotadi, ularning sifati yomonlashadi, tozalash
agenti sifatida o‘z vazifasini samarasiz bajaradi.
Gil eritmalarining sifatini qayta tiklashning asosiy usullaridan
biri — ishlatish jarayonida uni tozalash hisoblanadi. Bu tozalash
ishlari esa  novlar sistemasi, tindirgich va gidrosiklonlar yordamida
amalga oshiriladi (9.1-rasm).
Novlar ko‘ndalang kesimi  o‘lchami 20

30 sm  bo‘lgan yog‘och
yoki metallardan tayyorlanadi. Novlar tagiga balandligi 15—18 sm
bo‘lgan to‘siqlar bir-biridan 2—2,5 m masofada o‘rnatiladi. Novlar-
ning umumiy uzunligi jinslarning shlam hosil qilish imkoniyati va
quduq  chuqurligiga  qarab  10—30  m  atrofidani    tashkil  etadi,
novlarning nishabi 1,5—2  sm — 1 m uzunligiga teng qilib olinadi.
9.1-rasm. Gil eritmalarini tozalash uchun novlar sistemasi
va tindirgichlar:
 1—burg‘ilash stanogi; 2—burg‘ilash nasosi; 3—elektrodvigatel;
4—novlar; 5—tindirgichdagi to‘siqchalar; 6—ko‘ndalang
qo‘yilgan to‘siq; 7—baklardagi to‘siqlar.
12,0
5,5
3
1,9
1
4,0
4
6
2
3
5
,0
3
, 5
7,0
3,02,02,0
2,0
2,0
7
7
4,0
2,0
3
, 0
5
5
2,5
1,51,51,2
2,0
0,7
0
,1
0
,2
2
, 0
5
7
2,1
0
,1
0
,2
0,3
0,
19
1
, 3
0,3
6
0,2
0
,1
6
0
,0
5


189
Gil eritmalarini tozalash uchun gidrosiklonlardan foydalanish
yaxshi samara beradi.
OÃÕ-8Á gidrosiklon qurilmasi (9.2-rasm) silindrik qismga ega
bo‘lgan   metall  voronkadan iborat  bo‘lib,  unga urinma  bo‘ylab
nasadkali  quvur  ulanadi.  Bu  quvur  bo‘ylab  diffuzorning  yuqori
qismidagi nasadkaga nasos orqali eritma haydaladi. Diffuzor ichki
devori  bo‘ylab  harakatlanayotgan  suyuqlik  oqimi  aylanma
harakatga keladi. Markazdan qochma kuch ta’sirida og‘ir massaga
ega bo‘lgan shlam zarrachalari diffuzor devoriga yopishadi va bir
qism eritma bilan uning ostki qismiga surilib tushadi. Òozalangan
eritma yuqori patrubka va oqib tushadigan shlang bo‘ylab katta gil
eritmasi hovuziga tushadi.
Gidrosiklonning ish unumdorligi va eritmani tozalash da-
rajasi uning o‘lchami, formasi va suyuqlikning harakati rejimiga
bog‘liq. Eng ratsional bo‘lgan gidrosiklon — diffuzorning silindrik
qismi diametri — 150—175 mm va konusli qismning konuslik
burchagi  30—40°  bo‘lgan  gidrosiklonlar  hisoblanadi.  Bunday
gidrosiklonlarda o‘lchami 0,02 mm gacha bo‘lgan zarrachalar
ajratiladi.
9.2-rasm.  OÃX-8Á gidrosiklon qurilmasining sxemasi:
1—diffuzor; 2—haydash liniyasidagi patrubka; 3—nasadka;
4—shlamni chiqarib tashlash   uchun nasadka; 5—tozalangan
eritmani chiqarib tashlovchi patrubka.
2
3 5
4
1
Shlam


190
9.3-jadval

Download 8,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish