CHUQUR AYLANMA BURG‘ILASH
7.1-§. Umumiy ma’lumotlar
Chuqur quduqlarni burg‘ilash faqat aylanma usulda amalga
oshiriladi va rotorli, turbinali va elektroburlarga bo‘linadi.
Rotorli burg‘ilashda burg‘ilash snaryadi quduq ustida o‘rnatilgan
rotor yordamida aylantiriladi.
Òurbinali burg‘ilashda esa jinslarni parchalovchi asbob turbobur
bilan aylantiriladi va u quduq zaboyiga doloto bilan birga burg‘ilash
quvurlari kolonnasida tushiriladi.
Òurbobur ko‘p bosqichli gidravlik turbina bo‘lib, yuvish
suyuqligi oqimi asosida ishlaydi. Burg‘ilash quvurlari kolonnasi bunda
aylanmaydi, harakatsiz rotor esa reaktiv momentni qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |