O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi baliqchilik asoslari


Baliq dushmanlari orasida qaysi sutemizuvchilar alohida ajralib turadi?



Download 1,45 Mb.
bet43/46
Sana11.02.2022
Hajmi1,45 Mb.
#442948
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
Баликчилик асослари

Baliq dushmanlari orasida qaysi sutemizuvchilar alohida ajralib turadi?

  • Kutoralarning baliqchilik xo‘jaligiga yetkazayotgan zarari nima- larda aks etadi?

  • Baliqlarning ko‘payishiga ziyon yetkazuvchi hayvonlarning sal- biy ta’sirlarini yo‘qotish yoki kamaytirish uchun qanday tadbir- larni qo‘llash samarali deb o‘ylaysiz?

  • Go‘shtxo‘r parrandalarning baliqlarga yetkazayotgan zarari ni- malarda o‘z aksini topadi?

  • O‘rdaklarning baliqchilik xo‘jaliklaridagi ahamiyati qanday?

  • O‘rdaklarning suv havzalarida 1 ga maydonga haddan tashqari ko‘payib ketishi oqibatida baliqlarda qanday kasalliklar avj oladi?

  • Baliqlarga parrandalar tomonidan yetkazilishi mumkin bo‘lgan ziyon nimalarda o‘z aksini topadi?

  • Baqalar, tipratikanlar baliqchilik xo‘jaligiga qanday zarar yetkazadi?

  • Parrandalar tomonidan keltirilayotgan zararlarni yo‘qotish, ol- dini olish maqsadida ko‘riluvchi chora-tadbirlarni bayon eting.



    XVIbob. BALIQLARNING MEXANIK
    SHIKASTLANISHI
    Baliqchilik sohasining industrial-jadal rivojlanishi sharoitida ko‘pchilik texnologik jarayonlar baliqlarga mexanik shikast yet- kazadi. Ko‘pincha mexanik shikastlanish, kontuziya va hokazo bilan kechadi. Bunda baliqlarning o‘limi to‘g‘ridan to‘g‘ri me­xanik shikastlanish oqibatida yoki ikkilamchi omillar, ayniqsa, infeksion kasalliklar natijasida sodir bo‘ladi. Baliqlarni kuzda ovlash va o‘tkazish ular uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Bunda suvning harorati 10 °C dan pastga tushib, baliq organizmida kechayotgan jarayonlarning tiklanishi qiyinlashadi, kuz va qishda olingan jarohatlarning tuzalishi qiyin va sekin bo‘ladi hamda zamburug‘li va boshqa kasalliklarning kelib chiqishi va rivojla- nishi kuchayadi.
    Bundan tashqari, ushbu davrda baliqlarning oziqlanishi to‘x- tab, ular uzoq muddat davomida (yoz oyining boshlarigacha) och qolishadi. Bu esa baliq organizmining kasalliklarga chidam- liligini pasaytirib yuboradi.
    Baliqlarni (ayniqsa, lichinkalari va bir yoshgacha bo‘lganla- rini) tashishda vujudga keladigan shikastlanishlarning asosiy sa- babi — bu ularning yaxshi tashkillashtirilmaganligidir.
    Baliqlar, ularning ikrasi va lichinkalari nazorat uchun ovlan- ganida davriy ravishda sortirovka, bonitirovka hamda gipofizar inyeksiya qilish orqali ovlanganlarida ham shikastlanishlari mum- kin. Baliqlar profilaktik ishlarni amalga oshirishda, vannalardan foydalanish jarayonlarida ham jarohatlanadilar. Baliqlarda shi- kastlanishlarga chidamlilik turlicha bo‘ladi, pelyad, oq va ola peshanado‘ng baliqlar va gulmohi juda ham og‘ir o‘tkazishadi. Shu sababli ularda ommaviy ravishda o‘lim kuzatilishi mumkin.
    Baliqlarning shikastlanish omillariga yirtqich baliqlar, ha- sharotlarning lichinkalari, parrandalar va baliqlarning boshqa dushmanlari, suvdagi o‘simliklarning zichligi, shuningdek, baliq- larni gidroqurilmalar orqali o‘tkazish ham muhim o‘rin egallaydi.
    Klinik belgilari. Baliqlarni ovlash qurollari, inventarlari, tashishda ishlatiladigan idishlarning ta’sirida kelib chiquvchi shikastlanishlarda baliqlarning tanasidagi tangachalarning qu- ruqsizlanishi, suzgichlarning sinishi, tanasiga yaralarning hosil bo‘lishi, chuqur mushak qatlamida lat yegan joylar hamda ezi- lish kuzatilib, uning oqibatida qon quyilish va yengil jarohat olish ro‘y beradi.
    Baliq o‘stiruvchi xo‘jaliklarda, qishlovchi basseynli kom- plekslarda me’yordan ortiq baliqlarni o‘stirish jarayonida ular- ning teri qatlamida jarohatlanish, shilliq moddasining yo‘qo- lishi kuzatiladi. Ikra va lichinkalarini o‘stirish va inkubatsiyalash jarayonida, chavoq va bir yoshdagi baliq lichinkalari orasida tug‘ma mayiblarning paydo bo‘lishi namoyon bo‘ladi.
    Uzoq muddatli bosim ta’sirida baliqlarning ayrim organlari atrofiyaga uchrab, ularning o‘lishi, nobud bo‘lishi kuzatiladi. Bunday shikastlanishlar ko‘proq ko‘krak hamda qorin suz- gichlarning asosida, agarda qishlovchi basseyn komplekslari- ning tubi toshlar, toshchalar bilan qoplangan bo‘lsa kuzatiladi. Ayrim paytlarda nafaqat teri qatlami, balki mushak qatlami ham jarohatlanadi, bunday holatlar, ayniqsa, oziq baliqlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Agarda bunday shikastlanishlar tananing ko‘p qismini egallagan bo‘lsa, bu o‘limning sababchisiga aylanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hatto juda ham kam shikast- lanishlar organizmni kuchsizlantirib, ikkilamchi infeksiyalarga bo‘lgan moyilligini oshiradi.
    Tashxis baliqlarni klinik ko‘rikdan o‘tkazish asosida va shu- ningdek, tanada tirnalish, shikastlanish, yaralar, suzgichlar- ning ishdan chiqqanligi, qon to‘planganligi, qon quyilganligiga qarab qo‘yiladi. Mexanik shikastlanishlarni ayrim infeksion va invazion kasalliklar oqibatida paydo bo‘ladigan jarohatlardan farq qila olish kerak.
    Profilaktikasi. Shikastlanishning kelib chiqish sabablarini yo‘qotishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, baliq ov- lashda ishlatiladigan jihozlarni, ovlangan baliqlarni tashishda ishlatiladigan asbob-uskunalarni, transport vositalarini hamda shunday tirnalishlarning oldini olish tadbirlarini amalga oshirish talab qilinadi.
    Hovuzlardagi baliqlarni ovlashda baliq yig‘uvchi va to‘pla- nuvchi chuqurlarda yoki baliq ushlovchi uskunalarda baliqlar- ning jarohat olishlarining oldini olish maqsadida, ularda yetarli miqdorda suv bo‘lishi shart. Baliq to‘ri suvdan ko‘tarilganida baliqlar miqdori 5—7 kg dan, agarda ko‘tarma to‘r bo‘lsa 30— 50 kg dan oshmasligi kerak. Katta yoshdagi baliqlarni tashishda tashuvchi idishlarda yetarli miqdorda suv bo‘lishi shart (bir baliqning hajmiga kamida 10 marotaba ziyod suv hisobida).

    Download 1,45 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish