E.briani ko‘rinishi jihatdan xuddi skripkani eslatadi, uzunligi 0,7—1 mm. Bosh ko‘krak qismi tana uzunligining yarmiga teng. Urg‘ochilarida ikkita uzun tuxum xaltasi mavjud, E.siebo/di ning tuxum xaltasida 100—110 ta. E.briani da esa 18—20 ta tuxumlar bo‘ladi.
Rivojlanishi. Jinsiy voyaga yetgan urg‘ochi qisqichbaqalarning tuxum xaltasida tashqi muhit harorati 18—20 °C selsiyda yosh qisqichbaqalar (naupliuslar) rivojlanadi va tuxumdan tashqariga chiqadi. Tuxum va yosh qisqichbaqalarning rivojlanish muddati suvning harorat rejimiga bog‘liq. Suvda suzib yurgan naupliuslar tullay boshlaydi. Qisqichbaqaning rivojlanish bosqichida 3 ta na- uplial va bitta kopepod bosqichlarini ko‘rish mumkin. To‘rtinchi kopepodit bosqichida jinslarning differensiatsiyasi, urg‘ochi va erkaklarning qo‘shilish (kopulatsiyasi) jarayoni yuz beradi. Erkak va urg‘ochi qisqichbaqalar qo‘shilgandan so‘ng erkaklari nobud bo‘ladi, urg‘ochilari esa baliqlarning jabra bo‘shlig‘iga yopi- shib oladi. Erkak qisqichbaqalar ikki haftagacha, urg‘ochilari esa bir yilgacha hayot kechiradi. Qisqichbaqalar tuxumdan to voyaga yetgan bosqichining shakllanishi uchun 2—3 hafta kerak bo‘ladi. Yoz fasli davomida qisqichbaqalarning ko‘p sonli generatsiyasi- ning almashuvi kuzatiladi. Ergaziluslar xo‘jayin qoni va jabra to‘qimasi bilan oziqlanadi.
Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik MDH va G‘arbiy Yev- ropaning chuchuk suv havzalarida uchraydi. Quyidagi 50 turdan ortiq chuchuk suv baliqlari kasallikka chalinadilar: karp, ola- bug‘a, los, oq baliq, cho‘rtanbaliq va boshqalar. Ko‘proq pelagik baliqlar: lin, leshch, pelyad, dengiz gulmohi kabi baliqlar zararlanadi. Lin, pelyad va oq baliq turlaridagi baliqlarning o‘lish holatlari kuzatilgan. Zararlanish ko‘proq bahor-yoz fasllarida qisqichbaqalar rivojlangan paytda kuzatiladi. Bunda invaziyaning ekstensivligi 70—90% gacha, invaziyaning intensivligi bir necha o‘nlab ekzemplardan bir necha minglab ekzemplargacha yetishi mumkin. Invaziyaning manbayi qisqichbaqalarni tashuvchi ba- liqlar hisoblanadi. Lichinkalari rivojlanish davrida suv oqimi bilan pastki suv havzalariga oqib borib baliqlarni zararlaydi.
Kasallikning klinik belgilari va patogenezi. Qisqichbaqalar baliq jabrasining bo‘lmalarida joylashib, oziqlanish jarayonida jabra bo‘lmalari butunligini buzadi, respirator qatlarini (taxlarini) yirtadi, qon tomirlarni shikastlaydi. Natijada jabra to‘qimasining nekrozini keltirib chiqaradi. Zararlangan uchastkalarda patogen zamburug‘lar joylashib olib patologik jarayonni yanada chu- qurlashtiradi. Pelyadlarda ko‘proq boshida, ko‘z atrofida, ko‘krak suzgichlarining asosida, anal teshigi atrofida joylashib olib pa- razitlik qiladi. Zararlangan baliqlar oriqlanadi, o‘sish-rivojlanish- dan orqada qoladi. Kasal baliq toza suv oqayotgan joyda to‘pla- nishadi va asfiksiya belgilarining yaqqol namoyon bo‘lishi oqi- batida nobud bo‘ladi.
Tashxis. Kasallikning klinik belgilari hamda jabra va boshqa organlardan olingan shilimshiq moddalar mikroskop ostida tek- shirilib, qisqichbaqalarni topish asosida qo‘yiladi.
Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari sog‘- lom suv havzalariga qisqichbaqalarning kirib qolishining oldini olishga qaratilishi lozim. Suv havzasidagi baliqlar tekshiruvdan o‘tkaziladi. Zararlangan baliqlarni vannada xlorofosning 100 dan 400 mg// konsentratsiyasida 2—3 soat ushlab turiladi (ekspo- zitsiya), hovuzlar esa preparatning 0,5 ml// konsentratsiyasi bilan 7—8 kun davomida ishlov beriladi.
Baliqlar ommaviy ravishda zararlansa, kuzda ular jadal ra- vishda ovlanadi. Baliqchilik xo‘jaliklarida qisqichbaqalar bilan zararlangan yovvoyi baliqlar kirib qolishining oldini olish maq- sadida suv tushadigan kanallarda baliq ushlovchi uskunalar va qumgraviyli filtrlarni o‘rnatish maqsadga muvofiqdir.
Sinergaziloz — bu o‘txo‘r baliqlarning invazion kasalligi bo‘lib, uni Sinergasi/us avlodiga mansub qisqichbaqalarning baliqlar jabrasida parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik jabra to‘qimasining yallig‘lanishi va nekrozi, organizmning in- toksikatsiyasi bilan xarakterlanadi. Oq amur turidagi baliqlarda Sinergasi/us major, oq va ola peshanado‘ng baliqlarda Sinergasi/us lieni parazitlik qiladi. Bu har ikkala turdagi qisqichbaqalar o‘z xo‘jayinlariga nisbatan qat’iy spetsifik (o‘ziga xos) xususiyatga ega, faqat ko‘rsatilgan turdagi xo‘jayinlar organizmida parazitlik qiladi. Bu qisqichbaqalar Xitoydan iqlimlashtirish maqsadida kel- tirilgan baliqlar bilan birga kelgan.
Qo‘zg‘atuvchisi. Jinsiy voyaga yetgan urg‘ochi qisqichba- qalarning tanasi silindriksimon shaklda, uzunchoq. S.major ning uzunligi 2,2—3,0 mm, S.lieni esa 1,8—2,7 mm. Tana segmentlari (bo‘lakchalari) bir-biri bilan qo‘shilgan bo‘lsa-da, ular orasidagi chegara saqlanib qolgan, dum shoxchalari yaxshi rivojlangan. Qisqichbaqalarning bosh tomonida 2 ta qisqichbaqasimon oyoq- chalari mavjud, ular yordamida parazit baliqlarning jabrasiga yopishib oladi. Tananing oxirgi qismida 2 ta tuxum xaltasi bo‘lib, ularda 350—400 tadan tuxumlar bo‘ladi.
Biologik rivojlanishi. Sinergaziluslarning rivojlanishi xuddi ergaziluslarnikiga o‘xshash bo‘lib, voyaga yetgan urg‘ochi sinergaziluslar tuxum xaltasida tuxum qo‘yadi. Tuxumda suv haroratining rejimiga bog‘liq holda yosh qisqichbaqalar hosil bo‘ladi. Suvning harorati 18—20°C bo‘lganida ularning rivojlanishi 15—17 kunda yakunlanadi. Yosh qisqichbaqalar tuxum xaltasidan chiqib suvda erkin suzib yuradi, so‘ngra esa ularning tullashi kuzatiladi. Naupliuslar bosqichida 3 marta, kopepodit bosqichida esa 5 marta tullaydi. Tullashning oxirgi bosqichida erkak va urg‘ochi qisqichbaqalar shakllanib, ular qo‘shilishadi (kopulatsiya), so‘ngra esa erkaklari nobud bo‘ladi. Otalangan urg‘ochi qisqichbaqalar esa baliqlarning jabrasiga joylashib oladi va jinsiy voyaga yetadi. Urg‘ochi qisqichbaqalar baliq jabrasida qishlab, kelgusi yilda invaziyaning tarqalish manbayi bo‘lib qoladi.
Epizootologik ma’lumotlar. Sinergaziloz ko‘proq MDHning Janubiy hududlaridagi hovuzli xo‘jaliklarida va tabiiy suv hav- zalarida tarqalgan. Kasallik bahor-yoz fasllarida namoyon bo‘- ladi. Kasallikka ko‘proq shu yilgi yosh baliqlar va yoshi katta baliqlar moyil, 2 va 3 yoshli baliqlar kuchli zararlanadi. Bir yoshgacha bo‘lgan baliqlarda 7—12 tadan qisqichbaqalar para- zitlik qilsa, 2—3 yoshli baliqlarda ularning soni o‘nlab, hattoki yuzlab nusxani tashkil qilishi mumkin. Kasallik manbayi bu zararlangan baliqlardir. Baliqchilik suv xo‘jaliklarida qisqichba- qalarning nauplial va kopepoditli bosqichlari suv oqimi bilan kirib qolishi mumkin.
Kasallikning klinik bclgilari. Sinergaziluslar ko‘proq baliq jabrasining ikkinchi va uchinchi yoyida (duga) joylashadi. Ba- liqlar jabrasini ko‘rikdan o‘tkazilganda, uning shishganligi, nekrozga uchragan oq tusdagi uchastkalarini va u yerlarda to‘p- lanib, yig‘ilib qolgan qisqichbaqalarni ko‘rishimiz mumkin. Baliqlar so‘lg‘in (so‘ligan) holatda, bir yoshdagi baliqlar o‘zini toza suv oqimida ushlab turadi, katta yoshdagi baliqlar esa suv- ning yuzasiga suzib yuradi. Suv havzalarining qirg‘oqlarida o‘lgan baliqlarning jasadini uchratish mumkin.
Patogcnczi. Qisqichbaqalar o‘zlarining antennalari yordamida baliqlarning jabra qatlamlarini jarohatlaydi va yallig‘lanishni cha- qiradi, jabra epiteliysi o‘sib qalinlashadi, qon tomirlarning tiqilib qolishi kuzatiladi. Zararlangan jabra qatlamlari oqaradi, so‘ngra esa to‘qimalarning nekrozi rivojlanadi. Qon bilan ta’minlanish, kislorod almashuvi buziladi va asfiksiya kelib chiqadi.
Tashxis. Kasallikning klinik belgilari va baliq jabrasining tekshiruvi asosida qo‘yiladi. Buning uchun jabradan shilimshiq qirib olinadi va kompressor usulida mikroskop ostida tekshi- riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |