O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi baliqchilik asoslari


Davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. VGS



Download 1,45 Mb.
bet35/46
Sana11.02.2022
Hajmi1,45 Mb.
#442948
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
Bog'liq
Баликчилик асослари

Davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. VGS
kasalligini davolash usullari ishlab chiqilmagan. Chet el olimlari antibiotik (oksitetratsiklin) va antiseptik (metilen ko‘ki)lardan foydalanishni tavsiya qilmoqdalar. Bular virusni o‘ldirmasa-da, biroq ikkilamchi infeksiya rivojlanishining oldini oladi va ka- sallikning kechishini biroz yengillashtiradi.
Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari kompleks umumiy veterinar-sanitariya, baliqchilik-meliorativ va biotexnologik tadbirlardan iborat bo‘lib, quyidagilarga qaratilgan bo‘lishi kerak:

  • epizootologiya zanjirini uzish (parazit-xo‘jayin);

  • baliqlarning tabiiy rezistentligini oshirish;

  • tashqi muhitda qo‘zg‘atuvchining umumiy miqdorini kamaytirish;

  • veterinariya va baliqchilik madaniyatini oshirish.

Vetsanekspertiza. VGS qo‘zg‘atuvchisi odam va hayvonlar
uchun xavfli emas. Agarda nosog‘lom xo‘jaliklardan ovlangan baliqlar tovarlik ko‘rinishi va sifati talabga javob bersa, hech qan- day cheklovsiz iste’molga chiqariladi. Bordi-yu, talabga javob bermasa, vetshifokor-ixtiopatologning tavsiyasiga ko‘ra qayna- tilgandan so‘ng qishloq xo‘jaligi hayvonlariga yedirish mumkin.
Qizamiq (краснуха) — bu o‘ta xavfli, keng tarqalgan infeksion kasallik hisoblanadi. Kasallik, asosan, Ukrainada, Shimoliy Kavkazda, Markaziy Osiyo respublikalarida hamda G‘arbiy Yev- ropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Kasallikka zog‘orabaliq va uning yovvoyi turi — sazan moyil. Kasallik bilan kamroq tovon- baliq, lin, oq amur, do‘ngpeshana kabi baliqlar kasallanadi.
Etiologiyasi. Krasnuxaning yuqumli kasallik ekanligi ancha ilgaridan ma’lum. Uning qo‘zg‘atuvchisi to‘g‘risida uzoq muddat davomida aniq bir fikr yo‘q edi. XX asrning 30-yillarida V. She- perklaus uning bakteriyalar qo‘zg‘atilishi haqidagi gipotezani aytadi. Uning fikricha, krasnuxaning qo‘zg‘atuvchisi suvdagi saprofit Aeromonas punctata bakteriyasining virulentli shakli hisoblanadi, ularni suv havzalarining tubida uchratish mum- kin. Ushbu bakteriyani sog‘lom baliqlarning ichaklaridan, to‘- qimalaridan ajratib olish mumkin.
Baliqlar uchun noqulay sharoit vujudga kelganida bular vi­rulentli bo‘lib, kasallik chaqirishi mumkin.
Sheperklausning ma’lumot berishicha, kasallik qish faslining oxirida kuzatiladi. Sheperklausning gipotezasini hozirgacha ko‘pchilik MDH va chet el olimlari qo‘llab-quvvatlaydilar. Sog‘lom baliqqa Aeromonas ning kuchli kulturasi yuborilganida krasnuxa kasalligini eslatuvchi, o‘lim bilan tugagan kasallik sodir bo‘lgan. Biroq kasallikni o‘rganish jarayonida bu gipotezaga qarama-qarshi fikrlar paydo bo‘ldi. Masalan, krasnuxa bilan kasallangan baliqlar organizmida hamma vaqt ham Aeromonas bakteriyasini topishga erishilmaydi. Kasal baliqlardan ajratib olingan bakteriyalar sog‘lom baliqlardan ajratib olingan bak- teriyalardan hech qanday farq qilmagan. XX asrning 30-yillarida G.V. Epshteyn, M.A. Peshkov, G.D. Goncharov va boshqalar krasnuxaning virusli tabiati haqida o‘zlarining mulohazalarini aytishdi. Ularning fiklarini keyinchalik bir qancha chet el olimlari ham ma’qulladilar. Epshteyn kasal baliqlarning bosh miyasidagi hujayrada eozinofilli tanachalar borligini aniqlagan, lekin sog‘- lom va bakteriyasining kulturasi yuborilgan baliqlarda bunday tanachalar yo‘qligini isbotlangan. Fiyan o‘z xodimlari va Svil- lenberg bilan birga elektron mikroskopda virusni tekshirganlar. Uning uzunligi 70—180 nm bo‘lib, uzunchoq, o‘qsimon shaklda. Varionlarning bir tomoni yumaloq, ikkinchi tomoni yassi. Krasnuxa kasalligining virusini rabdoviruslar guruhiga kiritilib, u Rhabdovirus carpio deb nomlangan.
Epizootologik ma’lumotlar. Kasallikka zog‘orabaliq turidagi baliqlar, sazan, ularning gibridlari moyil. Kasallik bahor faslining oxiridan boshlab yoz oylarida eng yuqori cho‘qqisiga yetib, kuzda kelib kamayib boradi. Ko‘pincha 2—3 yoshdagi baliqlar kasal- lanadi. Kasallik manbayi bu kasal baliqlar, ular ajratayotgan chiqindilar, o‘lgan baliqlar, infeksiyani tashuvchi sog‘lom ba- liqlardir. Suv havzalarida qo‘zg‘atuvchi suv orqali, kasal baliqlar orqali hamda ovda ishlatiladigan asbob-uskunalar orqali kiri- tiladi. Baliqlarda viruslar shikastlangan teri orqali, jabrasi orqali qo‘zg‘atuvchi kirib kasallikni chaqiradi. Kasallanib sog‘aygan baliqlar organizmida nisbiy immunitet hosil bo‘ladi.
Kasallikning klinik belgilari. Kasallikning yashirin davri 2— 30 kun. O‘tkir, yarim o‘tkir va surunkali oqimlarda kechadi. O‘t- kir oqimida terining ayrim uchastkalari yoki butunlay barcha qismi gemorragik yallig‘lanadi, qorin bo‘shlig‘ida suv to‘pla- nadi (водянка), ko‘zlari ko‘r bo‘ladi, teridagi tangachalarning to‘kilishi kuzatiladi. Kasal baliqlar kam harakatlanadi, suvning yuzasida, sohilga yaqin joylarda suzib yuradi, tashqi muhit taassurotlariga javob berishi sekinlashgan yoki umuman javob bermaydi, so‘ngra harakat koordinatsiyasining buzilishi kuzati- lib, 2—4 haftadan so‘ng nobud bo‘ladi.
Yarim o‘tkir oqimida esa qorinda birdan suvning to‘planib qolishi, tangachalarning to‘kilishi, ko‘r bo‘lish, assit va turli hajmdagi yaralar bilan xarakterlanadi. Yaralar qizil tusda, ba’zan yaralarda yiringli jarayonlarning rivojlanishi oqibatida mushak to‘qimasining nekrozi kuzatilishi mumkin. Ba’zan esa suzgich- larning nekrozi namoyon bo‘ladi. Kasallikning yarim o‘tkir oqimi 1,5—3 oy davom etadi. Surunkali oqimida terida va suzgichlarda ochiq yaralar hosil bo‘ladi, yaralar tuzalgach, uning o‘rniga ko‘kimtir-yashil tusdagi biriktiruvchi to‘qima hosil bo‘ladi. Ka­sallik 1,5—2,5 oy davom etib, tuzalish bilan tugaydi.
Patanatomik o‘zgarishlar. Kasallikning o‘tkir oqimida terida zardobli-gemorragik yallig‘lanish kuzatiladi, shishgan va nekroz mushaklarda, ichaklarning kataral yoki gemorragik yallig‘lanishi, ensefalit, ichki organlar, qorin devorining giperemiyasi kuzatiladi. Jigar qora yoki qora-ko‘kimtir tusda, ba’zan qora-yashil tusda, o‘t xaltasi o‘t suyuqligi bilan to‘lgan. Suzgich xaltasining qon tomirlari kengaygan va qon bilan to‘lgan. Perikardda nuqtasimon qon quyilgan. Qorin bo‘shlig‘i suv yoki qon aralash suv bilan to‘lgan. Xuddi shunga o‘xshash o‘zgarishlar kasallikning yarim o‘tkir oqimida ham kuzatiladi. Surunkali oqimida esa ichki or- ganlarda hech qanday o‘zgarish kuzatilmaydi.
Tashxis. Kasallikka tashxis epizootologik ma’lumotlarga asos- lanib, klinik belgilariga qarab, patanatomik o‘zgarishlarni inobatga olib va bakteriologik tekshirish natijasiga asoslanib qo‘yiladi. Laboratoriya sharoitida qo‘zg‘atuvchining virulentli kulturasi ajratib olinadi, oq sichqon yoki sog‘lom baliqlarga bioproba qo‘yiladi.
Davolash, oldini olish va qarshi kurashish. Davolashda vanna usulidan foydalaniladi. Buning uchun 300 mg levomitsetinni bir litr suvga eritib, kasal baliqlarni 12 soatgacha ushlab turiladi. Sintomitsin (600—1000 mg//, metilen ko‘ki (50, 75, 100, 200 mg//), bunda baliqlarni vannada saqlash muddati mos ravishda 12—16, 7—10, 4—6, 2—4 soatni tashkil qiladi. Sun’iy suv havzalarida boqilayotgan, urchitilayotgan baliqlarga yem bilan kuniga 1—2 mg dan har bir baliqqa metilen ko‘ki (8—10 kun davomida) yoki sintomitsin 1—2 mg miqdorida beriladi. 2 yoshdagi baliqlarga (hovuzda) yuqoridagi dorilar quyidagi dozada beriladi: metilen ko‘ki 3—5 mg, sintomitsin 2—3 mg har bir bosh baliqqa bir sutkada. Naslli va yosh baliqlar alohida-alohida ishlovdan o‘tkaziladi, levomitsetin qorin bo‘shlig‘iga 20—30 mg/kg miq- dorda ikki marotaba yuboriladi, biomitsin zog‘orabaliqlarga og‘iz orqali 50 mg/kg miqdorda 2—4 kun davomida beriladi. Barcha yoshdagi zog‘orabaliqlarning oziqasiga furazolidon 60 g/ 10 kg oziqa hisobida 10 kun davomida berib boriladi. Har 5 kunda 2 kun tanaffus beriladi. Profilaktika maqsadida furazolidon 10 kun davomida, 2 kunlik tanaffus bilan quyidagi miqdorda beriladi: 10 kg kombikorm hisobida naslli va remont guruhidagilarga — 0,4 g, ikki yoshdagilarga — 0,3 g, bir yoshdagilarga (50 g gacha bo‘lganlarida) — 0,4 va segoletka — 0,3 g.
Kasallikning oldini olish maqsadida harorat 14 °C bo‘lgun- gacha profilaktik oziqlantirish o‘tkaziladi. Qayta oziqlantirish ka- sallik kelib chiqish ehtimoli bo‘lgan davrda o‘tkaziladi. Iyul oyi- ning ikkinchi yarmidan boshlab to oktabr oyigacha har 2—3 haf- tada profilaktik oziqlantirish o‘tkaziladi.
Bulardan tashqari, vetsanitariya va baliqchilik-meliorativ tadbirlarini muntazam ravishda amalga oshirib borish, ayniqsa, profilaktik dezinfeksiya va dezinvaziya tadbirlarini amalga oshi- rish, o‘stirilayotgan baliqlarda tibbiy nazoratni muntazam ra­vishda olib borish, xo‘jalikda keltirilgan naslli va remont guruh- dagi baliqlarga karantin o‘rnatish maqsadga muvofiqdir.
Ayrim baliqchilik xo‘jaliklarida aeromonoz kasalligining oldini olish maqsadida yozda suv havzalarini quritib tozalash ham yaxshi samara beradi.
Nosog‘lom baliqchilik xo‘jaliklarida va tabiiy baliqchilik suv havzalarida kasallik kelib chiqsa karantin o‘rnatish zarur. Nosog‘- lom suv havzalariga doimiy ravishda ishchilarni qo‘yib, ularni alohida inventar va ovlash asbob-uskunalari bilan ta’minlamoq lozim. Shuningdek, o‘lgan baliqlarning jasadini ushlab olib, 20% li xlorli ohakda zararsizlantirgach, 1,5 m chuqur kovlab ko‘mib tashlash, tirik kasal baliqlarni ovlab, vetshifokorning xulosasi bilan utilizatsiya qilish tavsiya etiladi.
Karp turidagi baliqlarning psevdomonozi (qizamiqqa o‘x- shash) — bu baliqlarning infeksion kasalligi bo‘lib, kasallik ommaviy septik jarayonning rivojlanishi, umumiy suv to‘pla- nishi, tangachalarning to‘kilishi, teri va suzgichlarda manbali qon quyilish bilan xarakterlanadi.
Kasallik Xitoy, Isroil, G‘arbiy va Sharqiy Yevropa davlatla- rining suv havzalarida uchraydi. Sobiq Ittifoqda o‘tgan asrning 60-yillarida zog‘orabaliq, tovonbaliq va peshanado‘ngbaliqlar- ning bir yoshdagilari (segoletka) hamda qishlovchi standartga ja- vob bermaydigan 2 yoshli zog‘orabaliqlar orasida qayd etilgan.
Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi — pseudomonas avlodiga mansub bakteriyalar: Pseudomonas cyprinisepticum nov. species va P.capsulata, P.cyprinisepticum — harakatchan, monotrixial, gram- manfiy tayoqcha bo‘lib, uzunligi 1—2 mkm, eni esa 0,5—0,7 mkm, spora hosil qilmaydi, qonda kapsula hosil qiladi. Go‘sht (baliq)- peptonli bulyonda (pH 7,2—7,4) qo‘zg‘atuvchi muhitning biroz (yengil) xiralashuvini qo‘zg‘atishda to‘lqin va ahamiyatsiz cho‘kmani ko‘rish mumkin. Go‘sht-peptonli agarda (MPA) o‘sishi o‘rtacha (mo‘tadil), birinchi sutkada hosil qilgan koloniyasi rosinchatli, 2-3-sutkalarda koloniyalar diametri 1,5—2 mm ga yetib, yarimtiniq, yon chetlari do‘mboq va yuzasi silliq bo‘ladi.
Qattiq oziqaviy muhitda bakteriyalar sarg‘ish-yashil fluo- ressensiyalanuvchi pigmentni hosil qiladi. Suyuq oziqaviy mu­hitda pigment hosil qilish jarayoni juda sekinlik bilan boradi. Bakteriya glukoza, laktoza, manit, saxaroza, maltoza, glitserin, rafinozalarni fermentlantirmaydi, indol va serovodorod hosil qilmaydi, jelatinani kosachasi, keyinchalik esa qatlami bilan yondiradi, lakmusli sutda o‘zgarmaydi, oziqaviy muhitda o‘sish- ning optimal harorati 25 °C, kulturalarni 3% li MPAda 3—5 °C haroratda saqlash mumkin.
Epizootologik ma’lumotlar. Psevdomonoz bilan zog‘orabaliq, sazan, ularning gibridlari, kumush rangli tovonbaliq, ola pe- shanado‘ng, oq peshanado‘ng baliqlarning bir yoshdagilardan to nasllilarigacha kasallanadi. Biroq kasallikning enzootik avj olishi bir va ikki yoshli baliqlar orasida kuzatiladi. Psevdomo- nozda yaqqol ko‘zga namoyon bo‘luvchi mavsumiyligi bor. Kasallikning avj olishi qishlash davrining ikkinchi yarmida — yanvar oyidan mart oyigacha kuzatilib, kasal baliqlarning ommaviy nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Yosh baliqlarning o‘limi 30—40% ga, agarda kasallik o‘tkir oqimda kechsa, barcha kasal baliqlar nobud bo‘ladi.
Kasallikning kelib chiqishi va kuchayishiga baliqlarning qish- lash sharoitiga qo‘yilgan veterinariya-sanitariya va zoogigiyenik talablarning buzilishi yordam beradi. Masalan, antisanitariya holatida turgan qishlovchi hovuzlar va unda o‘sgan suv va yerli o‘simliklarning yoz davomida qurimasligi qo‘proq psevdomo- nozning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Bahorda, baliqlarni yayrovchi hovuzlarga o‘tkazilgandan ke- yin kasallik to‘xtaydi va butun yoz davomida kelib chiqmaydi.
Kasallik manbayi — bu kasal va kasallanib sog‘aygan hovuzli baliqlar hamda bosh hovuzlarda yashovchi yirtqich baliqlar hisoblanadi.
Kasallikning klinik belgilari. Kasal baliqlar holsizlangan, tashqi taassurotlarga javob bermaydi, toza suv oqimiga kelib to‘planib qoladi. Kuchsizlangan, holdan toygan baliqlarni suv oqimi oqizib yuborib, suv chiqarib yuboradigan uskunalarning panjalari oldida yig‘iladi. Qishlovchi komplekslardagi basseynlarda kasal baliqlar o‘zini passiv idora qiladi, suv yuzasiga so‘lg‘in harakatlanadi, ularni qo‘l bilan ushlash oson. Patologik jarayonning rivojlanishi oqibatida baliqlarda ko‘r bo‘lish, teri tangachalarining manbali to‘kilishi va qorinning kattalashuvi (suvning to‘planishi oqibatida) kuzatiladi. Tangachalar to‘kilgan joylardagi qora-yashil tusdagi dog‘lar tovlanuvchi qoramtir rangga kiradi, tananing turli qism- larida, ayniqsa, jabra qopqoqchasi yonida, ko‘krak va qorin suz- gichlarining asosida nuqtasimon yoki manbali qon quyilgan hamda ko‘zning oq pardasida o‘roqsimon qon quyilgan.
Patologoanatomik o‘zgarishlari. O‘lgan yoki kasal baliqlarni yorib ko‘rilganda, ularning qorin bo‘shlig‘ida katta miqdordagi sarg‘ish-yashil yoki qon aralash shilimshiq suyuqlik borligi kuzatiladi. Jigar kattalashgan, oqargan bo‘lib, qon quyilgan uchastkalari mavjud. Buyraklar ezilgan, nuqtasimon qon quyilgan. Taloq kuchli kattalashgan, qoramtir-qizil tusda, chetlari silliq, ichakning shilliq qatlami giperemiyalashgan, ba’zan nuqtasimon qon quyilgan bo‘lib, ichakda shilimshiq ekssudat mavjud.
Tashxis. Kompleks usulda: epizootologik ma’lumotlar, klinik belgilar, patanatomik o‘zgarishlar hamda bakteriologik tekshiruv va bioproba qo‘yish asosida qo‘yiladi. Bakteriologik tekshirish uchun faqat tirik kasal baliq olinadi. Har bir holat uchun eng kamida 5 ta baliq kerak bo‘ladi. Qon (dum arteriyasi) assit suyuqligi, jigar, taloq, buyraklardan (alohida har ikkalasidan) patologik material olib go‘sht-peptonli bulyon va go‘sht-peptonli agarda, muhit pH — 7,2—7,4 da ekiladi.
Asosiy e’tiborni qondan tayyorlangan patmaterialga qaratiladi, chunki bunda qo‘zg‘atuvchining serob o‘sgan toza kulturasi olinadi.
Ajratib olingan toza kulturaning patogenlik va virulentlik xususiyatini aniqlash uchun bioproba qo‘yiladi. Har bir ajratib olingan kultura bilan sog‘lom xo‘jaliklardagi kamida 10 ta sog‘lom karp turidagi baliqlarning bir yoshdagilari yoki peshanado‘ng baliqlari (og‘irligi 30—50 gramm) sun’iy ravishda zararlantiriladi. Ushbu maqsad uchun 2 sutkalik kulturali bulyondan 0,1 ml yuboriladi va 10—15 kun davomida kuzatuv olib boriladi. Qiyos- lash maqsadida 10 ta baliqqa alohida go‘sht-peptonli bulyonning steril holatda 0,1 ml da yuboriladi.
Akvariumda suv harorati 3—15 °C selsiy bo‘lishi kerak. Suvning harorati qancha yuqori bo‘lsa, kasallikning klinik belgilari shuncha tez namoyon bo‘ladi. Psevdomonozda kasallikning yashirin davri tabiiy sharoitda harorat 2—7 °C da 1—2 oyga teng, eksperimental sharoitda esa suv harorati +15+18 °C bo‘lganida yashirin davri muddati qisqarib 3—5 kunni tashkil qiladi.
Mabodo ekinli (kulturali) bulyondan so‘ng tajribadagi ba­liqlarning 50% nobud bo‘lsa, bioproba musbat deb baholanadi.
Davolash usuli ishlab chiqilmagan.
Profilaktikasi. Qishlovchi komplekslar sharoitida bir qator veterinariya-sanitariya, baliqchilik-biotexnologiyaviy va umumiy zoogigiyenik tadbirlarni o‘z vaqtida va puxta amalga oshirishga asoslangan bo‘lishi shart.
Birinchi navbatda, qishlovchi basseynlarga baliqlarni o‘t- kazishdan oldin, hovuzlar yozgi ekspluatatsiyadan so‘ng basseyn- larning devorlarida, tagida yig‘ilgan hamda gidrogenizator, filtrlovchi aeratsion quvurlar va plastinkalar loyqa va shilliqlardan yaxshilab tozalanadi. So‘ngra basseynlar toza suv bilan yuvilib 10% li yangi tayyorlangan xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinadi. Dezinfeksiyalovchi eritma ishlov beriladiganlarning yuza- siga 2 l/m kvadrat hisobiga sarflanadi. Bir kun o‘tgach, basseyn suv bilan to‘ldiriladi va xlorning qoldig‘i aniqlanadi, agarda uning miqdori 0,3—0,5 g/l dan yuqori bo‘lsa, basseyndagi suv oqizib yuboriladi va qaytadan toza suv bilan to‘ldiriladi.
Barcha baliq ovlovchi asbob-uskunalar 4% li formalin eritmasida bir soat davomida dezinfeksiyalanadi. Maxsus kiyimlar ish boshlashdan oldin kirlardan, tangachalardan, shilliqdan tozalanadi, suv bilan yuvilib, so‘ngra sodali issiq suvda chayqab olinadi. Rezinali poyabzallar formalin yoki xlorli ohak eritmasida botirib olinadi.
Qishlovchi komplekslarga kirish joyiga doimiy ravishda 10 % li formalin yoki 4 % li xlorli ohak bilan namlangan dezinfeksiya- lovchi gilamchalar o‘rnatiladi.
Bronxiomikoz — turli turdagi baliqlarning o‘ta yuqumli ka- salligi bo‘lib, jabra apparatidagi qon tomirlarning zararlanishi va jabra to‘qimasining nekrozlanib tushib qolishi bilan xarakterla- nadi. Kasallik G‘arbiy Yevropaning baliqchilik suv havzalarida uchraydi. Bizda bu kasallik qayd etilmagan bo‘lsa-da, uning kelib qolish xavfi bor. Sobiq Ittifoqning Ukraina va Rossiyaning bir qancha viloyatlarida uchramoqda.
Etiologiyasi. Zog‘orabaliq, sazan va ularning gibridlari, tovonbaliq, qumbaliq turdagi baliqlarning bronxiomikoz kasallik qo‘zg‘atuvchisi bu Branchiomyces sanguinis Plehn, cho‘rtan- baliqlarning qo‘zg‘atuvchisi Branchiomyces demigrans Plehn, lin turdagi baliqlarda esa har ikkala turdagi zamburug‘lar parazitlik qilishadi.

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish