O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi baliqchilik asoslari


Kasallikka qarshi kurashish va oldini olish chora-tadbirlari



Download 1,45 Mb.
bet37/46
Sana11.02.2022
Hajmi1,45 Mb.
#442948
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
Bog'liq
Баликчилик асослари

Kasallikka qarshi kurashish va oldini olish chora-tadbirlari
ham xuddi liguloz kasalligiga o‘xshashdir.
Botriosefaloz — bu baliqlarning gelmintoz kasalligi bo‘lib, ichaklarning zararlanishi bilan xarakterlanadi. Bothriocephalidae oilasiga mansub Bothriocephalus acheilognathi deb ataluvchi lentasimon gelmint tomonidan qo‘zg‘atiladi. Kasallikka zo- g‘orabaliq, sazan, tovonbaliq, leshch, oq amur, peshanado‘ng, plotva, ko‘kbo‘yin, so‘zanbaliq, laqqabaliq va boshqa turdagi baliqlar moyil, biroq zog‘orabaliq, sazan, oq amur baliqlarining lichinkalari ko‘proq sezuvchan bo‘lib, ularning zararlanishi ayrim paytlarda 80—100% gacha borib yetadi, natijada baliqlarning ommaviy ravishda nobud bo‘lishi kuzatiladi.
Qo‘zg‘atuvchisi Bothriocephalus acheilognathi oq tusdagi ses- toda (yoki krem tusida) uzunchoq, lentasimon shaklda, uzunligi 15—25 sm, eni 1—4 mm ga teng. Parazit boshchasi (skoleksi) yuraksimon shaklda bo‘lib, unda ikkita botriyasi (chuqurchasi) mavjud, uning yordamida parazit ichakning shilliq pardasiga yopishib turadi. Strobilasi (tanasi) bir qancha bo‘g‘inlardan iborat, bo‘g‘inlarning shakli kvadratsimon (chorburchak) bo‘lib, ularning har birida ham erkaklik va ham urg‘ochilik jinsiy sistemasi joy- lashgan. Urug‘donlar bo‘g‘inning ikki yon tomonida joylashgan. Sirrus va vagina bitta umumiy jinsiy teshik bilan bo‘g‘inning dorsal yuzasiga ochiladi. Tuxumdon ikki bo‘lmali bo‘lib, bo‘g‘inning pastki qismida joylashgan. Sariqlik tana bo‘g‘inning ikki yon tomonida joylashgan. Bachadoni egri-bugri naycha shaklida bo‘lib, bo‘g‘inning ikki yon tomonidan noto‘g‘ri almashib keladi. Parazit tuxumlari ovalsimon shaklda, bir tomonida qopqoqchasi bor, uzunligi 0,045—0,055 ml, eni 0,034—0,038 mm.
Biologik rivojlanishi. Parazit biogelmint, oraliq xo‘jayin ish- tirokida rivojlanadi. Oraliq xo‘jayin vazifasini eshkakoyoqli qisqichbaqalar — sikloplar bajaradi. Jinsiy voyaga yetgan parazitlar baliq ichaklariga tuxum qo‘ya boshlaydi, tuxum tezak bilan tashqi muhitga — suvga tushadi. Suvning haroratiga bog‘liq holda 3—7 kun ichida tuxumda lichinka — koratsidiy hosil bo‘ladi va tuxum- dan chiqadi. Koratsidiy yumshoq shaklda bo‘lib, tanasi tukchalar bilan o‘ralgan, uch juft xitinli ilmoqchasi bor. Koratsidiylar suvda bor-yo‘g‘i 2—3 kun o‘zining hayotchanligini saqlay oladi. Suvda suzib yurgan koratsidiylarni sikloplar alimentar ravishda is- te’mol qiladi, ularning ichaklarida 7—10 kun o‘tgach invazion lichinka protserkoid hosil bo‘ladi. Ularning uzunligi 100—115 mkm bo‘lib, ularda serkomer — alohida haltasimon o‘simtaning borligi bilan xarakterlanadi. Parazitning rivojlanishida quyidagi qisqichbaqa turlari ishtirok etadi: Cyclops strenuus, Mesocyclops leuckarti, M.oithonoides, M.crassus, M.dybowski, Acanthocyclops vernalis, A.bicuspidatus.
Baliqlar, ayniqsa, ularning chavoqlari zooplanktonlarni alimentar ravishda iste’mol qilganlarida botriosefalozga chali- nadilar. Baliqlarning ichaklarida qisqichbaqalar hazm bo‘lib ketib, uning ichidan chiqqan lichinka — protserkoid ichakning shilliq pardasiga yopishib rivojlanadi, o‘sadi va 2—3 haftadan so‘ng jinsiy voyaga yetadi. Parazitning tuxumdan to jinsiy voyaga yetgan davrigacha bo‘lgan muddat bahor-yoz oylarida 45—60 kunni tashkil qiladi. Tuxum ajratib bo‘lgach sestodalar o‘ladi. Agarda baliqlar kuzda zararlangan bo‘lsa, botriosefalozlar baliq organizmida qish va bahorgacha saqlanadi, bahorga kelib tuxum qo‘yib, so‘ngra nobud bo‘ladi. Qishda botriosefalozlarning hayoti biroz cho‘ziladi va 9—10 oygacha davom etadi.
Epizootologik ma’lumotlar. Botriosefaloz ham hovuzli xo‘- jaliklarda va ham tabiiy suv havzalarida keng tarqalgan. Bunda baliqlarni nazoratsiz tashishlar, umumiy suv ta’minot manba- larining borligi, bosh hovuzlarda baliqlarni o‘stirish va hokazo kabi omillar yordam beradi. Chavoqlar o‘z hayotining dastlabki kunlarida zooplanktonlar bilan oziqlanishlari oqibatida kasallikka chalinadilar: janubiy mintaqalarda — may-iyunlarda, markaziy mintaqalarda iyun-iyulda 10—12 kunlik chavoqlarda invaziyaning intensivligi ancha past, biroq ularning rivojlanishi, o‘sishi nati- jasida invaziyaning ekstensivligi va intensivligi ham ortib boradi. Chavoqlar iyul-avgust oylarida intensiv ravishda zararlanadilar, chunki shu vaqtda hovuzlarda zooplanktonlar juda ham ko‘p bo‘lib, baliqlar ular bilan jadal ravishda oziqlanadi. Kuzga kelib esa hovuzlarda zooplanktonlar kamayib qoladi hamda yosh baliqlarni kombikormlar bilan oziqlantirish yo‘lga qo‘yiladi, za- rarlanish ham keskin kamayadi. Karp turidagi baliqlarning shu yilgilarini qishlovchi hovuzlarga o‘tkazish paytida, ularning 35— 50 % botriosefalozga chalingan bo‘lishi mumkin. Qish davrida baliqlarning zararlanish darajasi kuzgi zararlanish darajasi at- rofida saqlanib qoladi, ayrim paytlarda esa sestodalarning nobud bo‘lishi evaziga pasayishi kuzatiladi. Qishda baliqlar oziqlan- maydi, natijada gelmintlarning rivojlanishi to‘xtaydi, yangi zarar- lanish kuzatilmaydi. 2 yoshdagi karp baliqlarining zararlanishi bahor-yoz oylarida kuzatiladi va 35—55% atrofida bo‘lib, inva­ziyaning intensivligi juda ham past bo‘ladi. Uch yoshli va undan katta yoshdagi baliqlarda faqatgina sporodik zararlanish kuza­tiladi, bu ularda yoshi bilan bog‘liq chidamlilik (immunitet) hosil bo‘lishidan dalolat beradi.
Invaziyaning manbayi — bu, asosan, katta yoshdagi parazit- tashuvchi baliqlar hamda zararlangan qisqichbaqalar.
Kasallikning klinik belgilari. Kasallik ko‘proq surunkali oqimda kechadi. Chavoqlar, shu yili tug‘ilganlar va bir yoshdagi baliqlar kasallanadi, kamroq esa 2 yoshdagilar kasallikka chalinadi. Kasal baliqlarda jabraning anemiyasi, zo‘rg‘a harakatlanish, qorinchasi damlangan yoki ichiga tortilgan, orqasi o‘tkirlashgan, ko‘zlari tepaga qaragan bo‘ladi.
Shu yili tug‘ilganlarda kasallik o‘tkir oqimda kechadi. Ular guruhlab qirg‘oqdagi toza suv oqimiga to‘planishadi va tezda nobud bo‘lishadi. 1—1,5 oylik chavoqlarning o‘limi 75% va undan yuqori bo‘lishi mumkin. Kuchli zararlangan shu yili tug‘ilgan baliqlar qishni og‘ir o‘tkazib mart yoki aprel oyining boshlarida nobud bo‘ladi.
Patogenezi. Gelmintlaming ichaklarda parazitlik qilishi oqi- batida oziqaning so‘rilish jarayoni buziladi va organ, to‘qima- larning funksiyasi izdan chiqadi. Ichaklarning shilliq pardasi yallig‘lanadi. Sestodalar o‘zining botriyalari bilan shilliq parda va vorsinkalarini qisib qo‘yadi, shu bilan shilliq pardani oziqalar- dan izolatsiya qilib qo‘yadi, natijada hazmlangan oziqaning assimilatsiya jarayoni buziladi. Parazitlar o‘zidan chiqarayotgan chiqindilar bilan organizmni zaharlaydi. Ichak shilliq pardasi- ning jarohatlangan joylaridan ikkilamchi patogen mikrofloralar kirib, kasallik kechishini yana ham og‘irlashtiradi. Qonda ge- moglobin miqdori 25—30% ga kamayadi, polimorf o‘zakli ley- kotsitlar va neytrofillar soni ko‘payadi. Invaziyalangan shu yilgi baliqlarning tana og‘irligi vegetatsiya davrining oxirida 15—20% va undan yuqori kamayadi.
Patologoanatomik o‘zgarishlar. Qorin bo‘shlig‘ida assitli suyuqlik to‘plangan. Ichaklar yallig‘langan, gelmintlar to‘plan- gan joyidagi ichak devorlari yupqalashgan, oqargan, silliq va tezda yirtiladi. Jigar oqargan, bo‘shashgan. Buyraklar qon bilan to‘l- gan, o‘t pufagi kattalashgan. Gistologik tekshirilganida o‘t pu- fagi epiteliysining deskvamatsiya holati, ichak shilliq pardasi vorsinkalari yemirilgan bo‘ladi hamda turli atrofik va destruktiv o ‘ zgarishlar kuzatiladi.
Tashxis kompleks usulda: epizootologik ma’lumotlar ino- batga olinishi kerak, kasallikning klinik belgilariga qarab hamda baliqlarni gelmintologik tekshiruv natijalariga asoslanib qo‘yiladi. Tekshirish uchun har bir hovuzdan kamida 20—25 ta chavoq, shu yilgilar va bir yoshgacha bo‘lgan baliqlar, ikki yoshdagi baliqlardan 10—15 ekzemplyar namuna olinadi va parazitologik yorib ko‘rib, botriosefalozlarni topib tashxis qo‘yiladi.
Yashirin parazit tashuvchilarni aniqlash maqsadida bio tek­shirish qo‘yiladi. Buning uchun katta yoshdagi baliqlar boqi- layotgan suv hovuzlariga ikki haftalik chavoqlar o‘tkaziladi, 2— 3 hafta o‘tgach ularni ushlab tekshiriladi va tashxis qo‘yiladi.
Oldini olish va qarshi kurashish. Nosog‘lom xo‘jaliklarda kompleks veterinariya-sanitariya va davolash tadbirlari o‘tkaziladi.
Buning uchun quyidagilami amalga oshirish zarur: suv havza- larini qo‘zg‘atuvchining kirib qolishidan muhofaza qilish, kasal- likni yo‘qotish, buning uchun, baliqlarni reja asosida gelmint- sizlantirib borish. Gelmintsizlantirish uchun davolovchi oziqa — siprinotsestin (tarkibida 1% fenasal mavjud) preparati guruh usulida beriladi. Baliqlarni bir oziqlantirish uchun davolovchi oziqa miqdorini (dozasini) suvning harorati va baliq yoshiga qarab quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
X=ABC/100;
X — siprinotsestinning zaruriy miqdori, kg; A — bir bosh baliqning o‘rtacha og‘irligi, kg; B — suv havzasidagi baliqlar soni, ekz; C — baliq massasiga nisbatan siprinotsestinning talab qilinadigan miqdori ma’lum suv haroratida, foiz (%) hisobida.

6-jadval

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish