XVIbob. BALIQLARNING MEXANIK
SHIKASTLANISHI
Baliqchilik sohasining industrial-jadal rivojlanishi sharoitida ko‘pchilik texnologik jarayonlar baliqlarga mexanik shikast yet- kazadi. Ko‘pincha mexanik shikastlanish, kontuziya va hokazo bilan kechadi. Bunda baliqlarning o‘limi to‘g‘ridan to‘g‘ri mexanik shikastlanish oqibatida yoki ikkilamchi omillar, ayniqsa, infeksion kasalliklar natijasida sodir bo‘ladi. Baliqlarni kuzda ovlash va o‘tkazish ular uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Bunda suvning harorati 10 °C dan pastga tushib, baliq organizmida kechayotgan jarayonlarning
tiklanishi qiyinlashadi, kuz va qishda olingan jarohatlarning tuzalishi qiyin va sekin bo‘ladi hamda zamburug‘li va boshqa kasalliklarning kelib chiqishi va rivojla- nishi kuchayadi.
Bundan tashqari, ushbu davrda baliqlarning oziqlanishi to‘x- tab, ular uzoq muddat davomida (yoz oyining boshlarigacha) och qolishadi. Bu esa baliq organizmining kasalliklarga chidam- liligini pasaytirib yuboradi.
Baliqlarni (ayniqsa, lichinkalari va bir yoshgacha bo‘lganla- rini) tashishda vujudga keladigan shikastlanishlarning asosiy sa- babi — bu ularning yaxshi tashkillashtirilmaganligidir.
Baliqlar, ularning ikrasi va lichinkalari nazorat uchun ovlan- ganida davriy ravishda sortirovka, bonitirovka hamda gipofizar inyeksiya qilish orqali ovlanganlarida ham shikastlanishlari mum- kin. Baliqlar profilaktik ishlarni amalga oshirishda, vannalardan foydalanish jarayonlarida ham jarohatlanadilar. Baliqlarda shi- kastlanishlarga chidamlilik turlicha bo‘ladi, pelyad, oq va ola peshanado‘ng baliqlar va gulmohi juda ham og‘ir o‘tkazishadi. Shu sababli ularda ommaviy ravishda o‘lim kuzatilishi mumkin.
Baliqlarning shikastlanish
omillariga yirtqich baliqlar, ha- sharotlarning lichinkalari, parrandalar va baliqlarning boshqa dushmanlari, suvdagi o‘simliklarning zichligi,
shuningdek, baliq- larni gidroqurilmalar orqali o‘tkazish ham muhim o‘rin egallaydi.
Klinik belgilari. Baliqlarni ovlash qurollari, inventarlari, tashishda ishlatiladigan idishlarning ta’sirida kelib chiquvchi shikastlanishlarda baliqlarning tanasidagi tangachalarning qu- ruqsizlanishi,
suzgichlarning sinishi, tanasiga yaralarning hosil bo‘lishi, chuqur mushak qatlamida lat yegan joylar hamda ezi- lish kuzatilib, uning oqibatida qon quyilish va yengil jarohat olish ro‘y beradi.
Baliq o‘stiruvchi xo‘jaliklarda, qishlovchi basseynli kom- plekslarda me’yordan ortiq baliqlarni o‘stirish jarayonida ular- ning teri qatlamida jarohatlanish, shilliq moddasining yo‘qo- lishi kuzatiladi. Ikra va lichinkalarini o‘stirish va inkubatsiyalash jarayonida, chavoq va bir yoshdagi baliq lichinkalari orasida tug‘ma mayiblarning paydo bo‘lishi namoyon bo‘ladi.
Uzoq muddatli bosim ta’sirida baliqlarning ayrim
organlari atrofiyaga uchrab, ularning o‘lishi, nobud bo‘lishi kuzatiladi. Bunday shikastlanishlar ko‘proq ko‘krak hamda qorin suz- gichlarning asosida, agarda qishlovchi basseyn komplekslari- ning tubi toshlar, toshchalar bilan qoplangan bo‘lsa kuzatiladi. Ayrim paytlarda nafaqat teri qatlami, balki mushak
qatlami ham jarohatlanadi, bunday holatlar, ayniqsa, oziq baliqlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Agarda bunday shikastlanishlar tananing ko‘p qismini egallagan bo‘lsa, bu o‘limning sababchisiga aylanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hatto juda ham kam shikast- lanishlar organizmni kuchsizlantirib, ikkilamchi infeksiyalarga bo‘lgan moyilligini oshiradi.
Tashxis baliqlarni klinik ko‘rikdan o‘tkazish asosida va shu- ningdek,
tanada tirnalish, shikastlanish, yaralar, suzgichlar- ning ishdan chiqqanligi, qon to‘planganligi, qon quyilganligiga qarab qo‘yiladi. Mexanik shikastlanishlarni ayrim infeksion va invazion kasalliklar oqibatida paydo bo‘ladigan jarohatlardan farq qila olish kerak.
Profilaktikasi. Shikastlanishning kelib chiqish sabablarini yo‘qotishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, baliq ov- lashda
ishlatiladigan jihozlarni, ovlangan baliqlarni tashishda ishlatiladigan asbob-uskunalarni, transport vositalarini hamda shunday tirnalishlarning oldini olish tadbirlarini amalga oshirish talab qilinadi.
Hovuzlardagi baliqlarni ovlashda baliq yig‘uvchi va to‘pla- nuvchi chuqurlarda yoki baliq ushlovchi uskunalarda baliqlar- ning jarohat olishlarining oldini olish maqsadida, ularda yetarli miqdorda suv bo‘lishi shart. Baliq to‘ri suvdan ko‘tarilganida baliqlar miqdori 5—7 kg dan, agarda ko‘tarma to‘r bo‘lsa 30— 50 kg dan oshmasligi kerak. Katta yoshdagi baliqlarni tashishda tashuvchi idishlarda yetarli miqdorda suv bo‘lishi shart (bir baliqning hajmiga kamida 10 marotaba ziyod suv hisobida).