O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ahmadjon o‘lmasov iqòisodiyot asoslari qayta ishlangan nashri



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/121
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
Bog'liq
105iqtisodiyot

1.1. Ehtiyojlar
Kishilar azal-azaldan iqtisodiyot bilan shug‘ullanib kelishgan,
chunki bu ular hayotining asosi bo‘lgan. Kishilar yashashi uchun
ularning tirikchilik ehtiyoji qondirilishi zarur bo‘lgan va bunga
iqtisodiyot vositasida erishganlar.
Kishilarning yashashi va inson sifatida kamol topishi uchun
nimaiki zarur bo‘lsa, shu ularning ehtiyojini tashkil etadi.
Ehtiyojlar moddiy va nomoddiy bo‘ladi. Moddiy ehtiyoj – bu
oziq-ovqat, kiyim-kechak, turarjoy, transport vositalari, yoqilg‘i,
elektroenergiya, turli kommunal xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojdir. Bu
birlamchi ehtiyoj, chunki bu tirikchilik uchun eng zarur bo‘lgan
ehtiyojdir. Nomoddiy ehtiyoj bu turli xizmatlarga, ya’ni ta’lim,
tibbiyot, jismoniy tarbiya, sport, dam olish, sayohat, madaniy va
boshqa xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojdir. Kishilarning ehtiyojlari bir xil
emas. Ularning tabaqalanishi kishilarning yoshi, jinsi, salomatligi,
kasb-kori, dini, urf-odatlari, qayerda yashashi kabilarga bog‘liqdir.
Ehtiyojlarning yuksalish qonuni mavjuddirki, unga binoan
har qanday jamiyatda kishilarning ehtiyoji to‘xtovsiz o‘sib boradi,
ularning tarkibi yangilanib turadi.
Eski ehtiyojlar o‘rniga yangisi keladi, saqlanib qolgan ehtiyojlar
takomillashib, ularda sifatli o‘zgarishlar yuz beradi. Masalan, kiyinish
ehtiyoji azaliy, lekin bu o‘zgarib boradi, shu sababli 100 yil avvalgi
kiyinish ehtiyoji bilan hozirgi ehtiyoj tubdan farqlanadi.
1-BOB. 
IQTISODIYOT
1.2. Iqtisodiy faoliyat
Ehtiyojlar to‘xtovsiz o‘sib va yangilanib borganidan kishilar doimo
iqtisodiyot bilan band bo‘lishlari talab qilinadi.
Iqtisodiyot – bu kishilarning hayotiy ehtiyojlarini qondirishga
qaratilgan faoliyatdir.


7
Iqtisodiy faoliyatga ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va
iste’mol kiradi. Agar ishlab chiqarish iqtisodiyotning boshlanishi bo‘lsa,
iste’mol uning yakunlanishidir.
Ishlab chiqarish mehnat vositasida hayotiy ne’matlarning yaratili-
shidir. Mehnat esa kishilarning kuch-quvvati va aql-idrokini aniq
maqsad yo‘lida va foydali sarflanishi bo‘ladi. Mehnatsiz hech narsa
yaratilmaydi. Ishlab chiqarish yuz berganda kishilar mehnati turli-
tuman hayotiy ne’matlarni yaratadi, bular moddiy va nomoddiy
ne’matlardan iborat bo‘ladi.
Moddiy ne’matlar oziq-ovqat, kiyim-kechak, turarjoy, xomashyo,
yoqilg‘i, mashina- uskunalar bo‘lib, ularning aniq moddiy shakli bor,
ularni ko‘z bilan ko‘rish, qo‘l bilan ushlash mumkin. Nomoddiy
ne’matlar – turli xizmatlar, ularning shakli, rangi, katta- kichikligini
farqlab bo‘lmaydi. O‘qituvchi, shifokor, artist, militsiya xodimi, sud,
sportchi xizmatini bunga misol qilib olish mumkin. Agar mahsulotlar
oldin yaratilib, so‘ng iste’mol etilsa, xizmatlar yaratilgan chog‘ning
o‘zida iste’mol etiladi, ularni jamg‘arib bo‘lmaydi.
Ne’matlarning turiga qarab ishlab chiqarish ikki turga ajraladi:
bular moddiy (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va b.) va nomoddiy
(ta’lim, tibbiyot, madaniyat sohasi) ishlab chiqarishdir.
Moddiy ishlab chiqarish industrial (sanoat, qurilish, transport,
aloqa va h. k.) va agrar (qishloq xo‘jaligi) sektoridan iborat bo‘ladi.
Nomoddiy ishlab chiqarish servis (xizmat ko‘rsatish) sektorini hosil
etadi. Iqtisodiyot rivojlangan sari servis sektorining ahamiyati oshib
boradi.
Mehnat mahsuli qanday bo‘lishiga qarab natural va tovar ishlab
chiqarish farqlanadi. Agar mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o‘z
iste’molini qondirishga qaratilsa, bu natural ishlab chiqarish bo‘ladi.
Agar mahsulotlar bozorda sotish uchun yaratilsa, tovar ishlab chiqarish
yuz beradi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga tovar ishlab chiqarish xosdir.
Òovar ishlab chiqarish bor yerda pul amal qiladi. Iqtisodiyotda mehnat
taqsimoti degan qonun borki, unga ko‘ra mehnat turlari uzluksiz
ko‘payib boradi, mehnat ixtisoslashadi. Shunday sharoitda kishilar
o‘ziga kerak barcha narsalarni o‘zlari yaratavermaydilar. Shu sababli
ular mahsulotni tovar sifatida boshqa tovarlarga ayirboshlashadi. Ayir-
boshlash ehtiyojlarni qondirish shartiga aylanadi. Ayirboshlash ikki
usulda yuz beradi:


8
1) Barter. Bunda bir mahsulot boshqasiga ma’lum miqdoriy
nisbatda ayirboshlanadi, bu yerda pul ishtirok etmaydi. Barter pul
bo‘lmaganda yoki u o‘ta qadrsizlanganda yuz beradi, chunki unga
ishonch yo‘qoladi;
2) Òovar ayirboshlash. Bu bir mahsulotni – tovarni boshqasiga
pul vositasida ayirboshlashni bildiradi. Bunda, ya’ni oldi-sotdi
paydo bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyotiga tovar ayirboshlash xos bo‘ladi. Bu yerda pul
keng ko‘lamda amal qiladi, chunki uni tovar ishlab chiqarish taqozo
etadi. Pul ayirboshlashga xizmat qilish bilan cheklanmaydi. U sarf-
xarajatlar va daromadlarning hisob-kitobini yuritishda qo‘llaniladi,
qarz olish va qarz berishda ishlatiladi, jamg‘arish vositasi sifatida
boylik to‘plashga qaratiladi.
Yaratilgan ne’matlar iste’mol etilishidan oldin taqsimlanadi.
Òaqsimot – bu mahsulot va xizmatlarning ehtiyojlarni qondirish
yo‘lida turli qismlarga ajratilishidir. U yuz berganda yaratilgan
ne’matlar ikki qismga ajratiladi:
1. Iste’mol fondi – kishilarning tirikchiligini ta’minlovchi qism.
2. Jamg‘arish fondi – bu ishlab chiqarishni rivojlantirish va
jamiyatning boyligini oshirishga yuboriladigan qism.
Iste’mol yaratilgan mahsulot va xizmatlarning ehtiyojlarni qon-
dirish uchun sarflanishini bildiradi. U ikki xil bo‘ladi: kishilarning
shaxsiy iste’moli va ishlab chiqarish iste’moli. Shaxsiy iste’molga
iste’mol mollari (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turarjoy, turli xizmatlar)
yuboriladi. Ishlab chiqarish iste’moliga mashina-uskunalar, qurilmalar,
xomashyo va yoqilg‘i kabilar sarflanadi. Aholi iste’moli shaklan yakka
tartibdagi – oilaviy iste’mol va birgalikdagi jamoaviy iste’moldan
(bog‘chalar, maktablar, universitetlar, kasalxonalar, sanatoriyalar,
obodonchilik kabi xizmatlar iste’molidan) iborat bo‘ladi. Ishlab
chiqarish iqtisodiyotning bosh va yetakchi nuqtasi bo‘lsa, iste’mol
uning intihosi bo‘lib, unga yakun yasaydi. Shunday harakat doimo
takrorlanib turadi, chunki iste’mol etmay turib yashab bo‘lmaydi,
ishlab chiqarmay turib esa iste’mol qilib bo‘lmaydi. Shu bois iqtisodiy
faoliyat doimo va to‘xtovsiz yuz berishi talab qilinadi.
Ishlab chiqarishning qaytadan yuz berib, yangilanib turishi takror
ishlab chiqarish bo‘lib, bu iqtisodiyotdagi aylanma harakatni bildiradi.
Ehtiyojlar to‘xtovsiz yuksalib borganidan ularni qondirish uchun
ishlab chiqarish kengaytirilgan holda takrorlanishi lozim, ya’ni uning
hajmi doimo o‘sib borishi kerak, bu esa iqtisodiy o‘sishni bildiradi.


9

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish