O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ahmadjon o‘lmasov iqòisodiyot asoslari qayta ishlangan nashri


 Bozor iqtisodiyotining tub belgilari



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/121
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
Bog'liq
105iqtisodiyot

1.4. Bozor iqtisodiyotining tub belgilari
Iqtisodiy faoliyat ma’lum tizim doirasida kechadi. Bir tizimning
boshqasidan afzalligi ularni iqtisodiyotga xos asosiy ziddiyatni naqadar
samarali hal eta olishini bildiradi.
Iqtisodiy-ijtimoiy tizim – bu iqtisodiy rivojlanishning umumiy
shart-sharoiti hisoblanadi. Òizimlar 3 turga ajratiladi:
1. An’anaviy.
2. Bozor tizimi.
3. Rejali.
Hozirgi iqtisodiyot bozor tizimi doirasida kechadi. Bozor iqti-
sodiyotini bir so‘z bilan ta’riflash qiyin, uning asosiy belgilari quyidagi
yaxlitlikda uni tavsiflaydi:
1. Yuksak texnika, texnologiya va shunga mos malakali ish kuchi
hamda boshqarishning ilg‘or usullarining qo‘llanilishi.
2. Xilma-xil mulkchilik va bunda xususiy mulkchilikning ustuvor
bo‘lishi.
3. Òovar-pul munosabatlarining hukmronligi, barcha mahsulot
va xizmatlarning tovar shakliga kirishi, pul iqtisodiy aloqalarning
asosiy vositasiga aylanishi.
4. Iqtisodiy liberalizmning mavjudligi – mulkchilik shakllari,
faoliyat turlarining erkin tanlanishi, daromad topish va uni sarflash,
iste’molning erkin bo‘lishi, erkin bozor narxlarining amal qilishi,
xullas, belgilangan tartib va qoidalar doirasida insonga iqtisodiy erkinlik
berilishi.
5. Iqtisodiyot barcha subyektlari (ishtirokchilari) manfaatlarini
yuzaga chiqarish uchun sharoit mavjudligi. O‘z ishidan naf ko‘rish
iqtisodiyotning universal (hammabop) tamoyiliga aylanishi.
6. Raqobatning mavjudligi, uning iqtisodiyotni harakatlantiruvchi
kuchga aylanishi.
7. Bozor uchun ishlab chiqarishning ustuvor bo‘lishi, tovarlar
defitsitining bo‘lmasligi.
8. Iqtisodiyotning ochiqligi, ya’ni tovarlar, resurslar va pulning
harakati uchun to‘siqlarning bo‘lmasligi.
9. Iqtisodiyotning aniq ijtimoiy mo‘ljalga ega bo‘lishi, ya’ni inson
farovonligiga qaratilishi.
10. Iqtisodiyotda davlatning faol ishtirok etishi, uni tartiblab turishi.
Aytilgan belgilar mujassam yerda bozor iqtisodiyoti mavjud, deb
aytish mumkin.


1 1
Bozor iqtisodiyoti so‘zsiz afzalliklarga ega bo‘lganidan, u umum-
bashariy iqtisodiyotga aylandi.
Unga so‘ngilar qatorida MDH mamlakatlari, jumladan, O‘zbe-
kiston ham o‘tmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning «O‘zbek modeli»
I. Karimov ishlab chiqqan 5 tamoyilga asoslanadi:
1. Iqtisodiyotning ustuvorligini ta’minlash.
2. Davlatning bosh islohotchi bo‘lishi.
3. Qonunlar va ularga rioya etishning ustuvorligini ta’minlash.
4. Faol ijtimoiy siyosat yurgizish.
5. Bozor iqtisodiyotiga sekin-asta, ijtimoiy larzalarsiz va
bosqichma-bosqich o‘tish.
1
Shu tamoyillarga asoslanib va izchil tarzda o‘tkazilgan islohotlar
natijasida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga asos solindi, bozor
qonunlari amal qila boshladi.
1
I. Karimov. 
O‘zbekiston – bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘z yo‘li. –
Ò., 1993, 34-bet.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish