O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ahmadjon o‘lmasov iqòisodiyot asoslari qayta ishlangan nashri



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/121
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832757
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   121
Bog'liq
105iqtisodiyot

5-BOB. MENEJMENÒ
5.1. Menejment va menejerlar
Menejment
(
ingl
. menegement) boshqaruv degan ma’noni
bildiradi. Biroq menejment deganda umuman boshqaruvni emas,
balki firmani boshqarish san’atini tushunish zarur.
Menejment firma faoliyatini boshqarish bo‘lib, firma egasi va
jamoasining manfaatlariga xizmat qiladi.
Korxonadagi menejment nima uchun kerak?
Korxona turli ichki bo‘g‘inlardan, ya’ni sexlar, bo‘linmalar,
uchastka va brigadalardan iborat, u yerda band bo‘lganlar o‘ziga
biriktirilgan ma’lum ishni bajaradilar. Mahsulot butun korxona ahlining
birgalikdagi mehnati natijasida
yaratiladi. Korxona turli bo‘g‘in-
larida bajariladigan ishlarni muvo-
fiqlashtirmay turib mahsulot
yaratib bo‘lmaydi, mana shuning
uchun menejment kerak. Agar
korxonani musiqa orkestriga
qiyoslasak, ayrim musiqa ijrochisi
orkestr bo‘la olmaydi, hamma
ijrochilar birlashganda va ularning
kuy chalishlarini dirijor boshqar-
ganda orkestr hosil bo‘ladi. Kor-
xonaga ham boshqaruvchi-dirijor
kerak (5.1-rasm).
Firmaning maksimal foyda
olishdan iborat maqsadiga yetish uchun menejmentda 3 ta asosiy vazifa
hal etiladi:
1. Korxona ichidagi turli bo‘limlar ishini bir-biriga bog‘lab, ularni
uyg‘unlashtirish.
2. Korxonaning bozor bilan, o‘z partnyorlari (sheriklari) bilan, xizmat
ko‘rsatuvchi firmalar (banklar, sug‘urta kompaniyalari, resurs yetkazib
beruvchilar va boshqalar) bilan bo‘lgan aloqalarini tashkil etish.
3. Korxona ishchi va xizmatchilarining mehnat motivatsiyasini
(
ingl
. motivation — rag‘bat), ya’ni ularni mehnatga undovchi kuchni
5.1-rasm.
Dirijor.


4 7
harakatga solish, ichki nizolarni hal etib, jamoada sog‘lom ijtimoiy-
ruhiy muhitni yaratish.
Nima boshqarilsa obyekt, kim boshqarsa shu subyekt bo‘ladi.
Korxonadagi ishlab chiqarish va savdo-sotiq, moliyalash jarayonlari
va unda ishtirok etuvchi ishchi-xizmatchilar menejment obyekti bo‘ladi.
Bu jarayonlarga ta’sir etib, ularni muvofiqlashtirib turuvchilar, ya’ni
boshqarish bilan shug‘ullanuvchilar (korxonadagi barcha rahbar
xodimlar) uning subyekti hisoblanadi.
Boshqarish ishini kichik korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklarida
ularning egasining o‘zi bajaradi. O‘rta va yirik korxonalarda esa bu
ishni korxona egalari nomidan maxsus xodimlar — 
menejerlar
(boshqaruvchilar) olib boradi.
Korxona o‘z egasi yoki menejer tomonidan boshqarilsa, bu individual
(yakka) boshqarish hisoblanadi. Korxona aksioner jamiyat bo‘lganda
korporativ (guruh bo‘lib) boshqarish
bo‘ladi. Bunda boshqarishni faqat
menejer emas, balki direktorlar
kengashi, aksiyadorlarning umumiy
majlisi birgalikda olib boradi.
Menejerlar maxsus tayyorgarligi
bor, boshqarishning sir-asrorlari va
qonun-qoidalarini biluvchi malakali
mutaxassislar, firmaga yollangan
boshqaruvchilar hisoblanadi (bular
direktor, boshqarma raisi, bosh inje-
ner, bosh mexanik, bosh hisobchi, turli
bo‘limlar bosh liqlaridir. 5.2 -rasm).
Menejerlik o‘ta muhim va mas’uliyatli ish bo‘lganligi sababli
menejer tayyorlashga firmalar katta pul sarflaydi. Masalan, AQSHda
eng nufuzli oliy biznes maktabida ta’lim olish yiliga 25—30 ming dollar.
5.2-rasm.
Menejerlar.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish