O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi à. Rafiqov, H. Vahobov, A. Qayumov, Sh. Azimov amaliy geografiya



Download 18,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/169
Sana03.02.2022
Hajmi18,88 Mb.
#427484
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   169
Bog'liq
Amaliy geografiya (A.Rafiqov, H.Vahobov) unlocked

Eslab qoling!
Foydalanish maqsadlarida tabiiy sharoitni yoki landshaftlarni
baholash —
geografik baholash
deb ataladi.
Bilimingizni sinab ko‘ring:
1. Geografik baholash deb nimaga aytiladi?
2. Geografik baholash qanday bosqichlardan iborat?
3. Geografik baholashning qanday usullarini bilasiz?
4. O‘zingiz yashab turgan joy dehqonchilik uchun qulaymi yoki noqulaymi?
Fikringizni asoslab daftaringizga yozing.
5. Geografik baholashning miqdor usuli nimaga asoslanadi?
54
!
?
www.ziyouz.com kutubxonasi


19-§. YER RESURSLARINI BAHOLASH
Yer resurslari xo‘jalik jihatdan juda ko‘p maqsadlarda baho-
lanadi. Ayniqsa, yer resurslarini dehqonchilik maqsadlarida baho-
lash keng tarqalgan.
Dehqonchilikni amalga oshirish asosan relyef, agroiqlimiy re-
surslar, tuproq sharoiti, yer osti suvlarining joylashishi va xossalari-
ning qulayligi, suvning mavjudligi va boshqa omillar bilan belgi-
lanadi.
Dehqonchilik uchun yaroqli yerlarni o‘zlashtirish va ulardan
foydalanishning murakkablik darajalari landshaftlarning xususiyat-
lariga qarab turlicha bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatilgan omillarning
tahlili asosida O‘zbekiston tabiiy-hududiy komplekslari murakkab-
lik darajasiga ko‘ra to‘rt guruhga bo‘linadi: oddiy, o‘rtacha murak-
kab, murakkab va juda murakkab tabiiy komplekslar 
(1-jadval).
Oddiy tabiiy komplekslarga tog‘ oldi prolyuvial va daryo vodiy-
larining yuqori terrasalari kiradi. Yer osti suvlarining gorizontal
harakati yuqori darajada ta’minlangan bo‘lib, bu suvlarining sathi
ko‘tarilmaydi, chunki lyossimon jinslar ostida shag‘al toshlar yota-
di. Mazkur joylar dehqonchilik uchun juda qulay.
O‘rtacha murakkablikdagi tabiiy komplekslarga yoyilmalar va
daryo deltalarining yuqori qismlari kiradi. Yer osti suvlarining gori-
zotnal harakati ta’minlangan, ammo ayrim pastqam joylarda u yer
yuzasiga yaqin ko‘tariladi va sho‘rlanishga sabab bo‘lishi mumkin.
Shamol va suv eroziyasi yuz berishi mumkin. Shuning uchun ihota
daraxtzorlarini vujudga keltirishni loyihalashtirish zarur.
Murakkab tabiiy komplekslarga yoyilmalar va deltalarning
o‘rta qismlari va allyuvial terrasalar kiradi. Yer osti suvlarining go-
rizontal harakati yaxshi emas, sug‘orish davomida ularning sathi
ko‘tariladi va tuproqda tuz to‘plana boshlaydi. Buning oldini olish
uchun gorizontal va tik zovurlar qurilishni ko‘zda tutmoq lozim.
Juda murakkab tabiiy komplekslarga deltalarning etak qismlari,
prolyuvial tekisliklarning quyi yoki chekka joylari, adirlar, plato va
balandliklar kiradi. Yer osti suvlarining gorizontal harakati ta’min-
lanmagan, ularning sathi sug‘orish paytida tezda ko‘tarilib ketadi.
Buning oldini olish maqsadida zich zovurlar tarmog‘ini qurish,
yerni sifatli qilib yuvish va tekislash, shamol eroziyasiga qarshi
ihota daraxtzorlarini vujudga keltirish lozim. Suv shimilishining
oldini olish uchun tomchilatib, yomg‘irlatib va tuproq ostidan
sug‘orish usullarini qo‘llash zarur.
55
www.ziyouz.com kutubxonasi


56
1-j a d v a l
O‘zbekistonning cho‘l va chalacho‘l mintaqalarida sug‘orishga yaroqli yerlar tabiat

Download 18,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish