Bilimingizni sinab ko‘ring:
1. Yerlarni dehqonchilik maqsadlarida baholash qanday amalga oshiriladi?
2. O‘zbekistondagi tabiiy komplekslar murakkablik darajasiga ko‘ra qan-
day guruhlarga ajratilgan?
3. Nima uchun oddiy tabiiy komplekslarda dehqonchilik qilish juda qulay?
4. Siz yashab turgan joy tabiiy komplekslarning
murakkablik darajasi
qanday? U yerda dehqonchilik qilish qulaymi? Kuzatishlaringizni daf-
taringizga yozing.
20-§. IQLIMIY RESURSLARNI BAHOLASH
Iqlim resurslarining miqdor ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan
qishloq xo‘jalik ekinlarining turini va hosildorligini belgilab beradi.
har qanday ekinlarning pishib yetilishi uchun ma’lum miqdorda
issiqlik zarur bo‘ladi. Shuning uchun
ham mamlakatimiz iqlimiy
resurslarini qishloq xo‘jaligi nuqtayi nazaridan baholash muhim
amaliy ahamiyatga ega.
Vegetatsiya davrida kerakli miqdorda issiqlik mavjud bo‘lsagi-
na ekinlar urug‘i unib chiqadi, rivojlanadi va pishib yetiladi.
Ekinlarning urug‘i
unib chiqishi, ko‘p hollarda, havo harorati
o‘rtacha +10°C dan yuqori bo‘lganda yuz beradi.
O‘zbekistonning tekislik qismida quyidagi
issiqlik mintaqalari
mavjud: issiq, juda issiq, o‘rtacha jazirama, jazirama, o‘ta jazirama.
Issiq mintaqaga O‘zbekistonning shimoli g‘arbida joylashgan
Ustyurt platosining Orol dengizi sohillari kiradi. +10°C dan yuqori
haroratlar yig‘indisi 3500° dan kam. Mazkur mintaqada uzumning
ertapishar navlari yetilishi mumkin.
Juda issiq mintaqada haroratlar yig‘indisi 3500—4000°.
Mazkur mintaqaga Ustyurt platosining shimoliy va o‘rta qismlari,
Amudaryo deltasining shimoliy qismi kiradi. Ushbu mintaqada
uzumning tezpishar, sholining ertapishar, makkajo‘xorining kech-
pishar navlari pishib ulguradi.
O‘rtacha jazirama mintaqada haroratlar yig‘indisi 4000—4500°
gacha boradi. Ustyurt platosi va
Amudaryo deltasining janubiy
qismlari, Xorazm vohasi, Qizilqumning shimoliy qismiga to‘g‘ri
keladi. Mazkur mintaqada paxtaning ertapishar navlari to‘liq
pishib yetiladi.
Jazirama mintaqada haroratlar yig‘indisi 4500° dan 5000° ga-
cha yetadi. Ushbu mintaqaga Qizilqumning katta qismi, Zarafshon
58
?
www.ziyouz.com kutubxonasi
vodiysining quyi qismi, Mirzacho‘l, Farg‘ona vodiysi kiradi.
Mazkur mintaqada paxtaning o‘rtapishar navlarini ekish mumkin.
Juda jazirama mintaqada haroratlar yig‘indisi 5000° dan yuqori
bladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining janubiy qismlari
shu mintaqada joylashgan. Ushbu mintaqada ingichka tolali paxta
yetishtiriladi.
Sizga ma’lumki, O‘zbekistonning sharqiy va janubi sharqiy
qismlari asosan tog‘lardan iborat. Tog‘larda balandlikka ko‘tarilgan
sayin havo harorati pasayib boradi, natijada musbat haroratlar yig‘in-
disi kamayib, yetishtiriladigan ekin turlari ham o‘zgarib boradi.
Tog‘larda quyidagi issiqlik mintaqalari ajratiladi: iliq mintaqa-
ga, salqin mintaqaga, juda salqin mintaqa.
Iliq mintaqada haroratlar yig‘indisi 3000—4000°
atrofida va
o‘rtacha balandlikdagi tog‘larni o‘z ichiga oladi. Ushbu mintaqada
lalmikor yerlarda don yetishtirish hamda sug‘orma uzumchilikni
rivojlantirish mumkin, paxta yetilmaydi.
Salqin mintaqada musbat haroratlar yig‘indisi 3000° dan kam.
O‘rtacha balandlikdagi tog‘larni o‘z ichiga oladi. Mazkur
mintaqadan asosan yaylov sifatida foydalaniladi.
Juda salqin mintaqada haroratlar yig‘indisi 1000° dan kam,
dehqonchilik uchun yaramaydi. Bu mintaqa baland tog‘larni o‘z
ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: