To'rt tepalikning ustki do'mboqchalari yadrosi ko'zning to 'r pardasi-
dan
impulslarni qabul qilib, kerakli javob yuboradi, ya’ni yorug'likka
qarab, boshni burishda qatnashadi. Ko'zga nur yo'nalishiga qarab ko'z
qorachig'ining kengayishi yoki torayishini, ko'z gavharining holatini atrof-
muhitni aniq ko'rishga moslashtiradi (akkomodatsiya).
To'rt tepalikning pastki do‘mboqchalarida joylashgan yadrolar quloqni
tovushga
nisbatan moslash, boshni tovush kelgan tomonga burishni idora
qiladi.
ORALIQ MIYA
Oraliq miya oxirgi miya bilan o'rta miya oralig'ida joylashgan bo'lib,
ko'rish do'mbog'i, do'mboq osti sohasi va qorinchadan iborat.
Ko'rish do'mbog'i tuxum shaklidagi kulrang moddadan tuzilgan te
palik bo'lib, ular ikki yarimshaming bag‘rida joylashgan. Tepalikni ko'rish
uchun miya yarimsharlarini o'rtadagi yoriqdan ikkiga ajratish lozim.
Tepalikning ichkari (medial) yuzalari III qorincha bo'shlig'iga qarasa,
oldingi uchi ingichkalashib tugaydi, orqa uchi esa yostiqsimon tepalikni
hosil qiladi. Tepalikni past tomondan tepalik egati chegaralaydi. Bu egat
yon qorinchalar orasidagi teshikdan miya suv yo'ligacha borgan. Ko'rish
tepaliklarining ichki yuzalari bir-biri bilan
kulrang bitishma orqali
qo'shilgan. Tepalikning tashqi tomoni ichki kapsula bilan chegaralangan.
Ko'rish tepaligi oldingi, ichki va tashqi yadrolardan tashkil topgan. Bu
tepalikning vazifasi juda murakkab, bu yerda bosh miya po'stlog'iga
boradigan hamma sezgi yo'llari almashinadi, ya’ni sezgini olib keladigan
nerv tolasi (neyron)
shu yerda tugab, oxirgi neyronga o'tkazib beradi
(orqa miya bilan miya po'stlog'i o'rtasidagi yo'lga qaralsin). Uning yostiq
qismi po'stlog'i osti ko'rish markazi hisoblanadi. Ko'rish tepaligining
oldingi yadrosi so'rg'ichsimon tanalar bilan birgalikda hid bilish sistemasini
hosil qiladi.
Shunday qilib, ko'rish tepaligi sezuvchi yo'Ilaming po'stloq
osti markazi bo'lib xizmat qiladi.
T e p a l i k u s t i s o h a s i : Ortiqsimon tana miyaning ustki ortig'i-
dan iborat bo'lib, to'rt tepalikning ustki ikkita tepachasi o'rtasida osilib
joylashgan. Tanacha katakcha bitishmasi va III
qorinchaning orqa
bitishmasiga qo'shilgan. Shishsimon tana boshqa ichki sekretsiya bezlari
bilan birga tanosil a’zolarining bir me’yorda rivojlanishini ta’minlab turadi.
Tepalik orqasi ichki va tashqi tizzali tanalardan iborat. O 'ng va chap
tomondagi ichki tizzali tana to'rt tepalikning
pastki tepachalari bilan
ularning oyoqchalari orqali qo'shiladi va ular bilan birga po'stloq osti
eshitish markazi vazifasini bajaradi.
O'ng va chap tomondagi tashqi tizzali tana ko'rish tepaligining yos-
tig'i ostida joylashgan bo'lib, ular to'rt tepalikning ustki ikkita do'm bo
g'iga ularning oyoqchalari orqali qo'shiladi va ular ko'rish do'mbog'i-
ning yostig'i bilan birga po'stloq osti ko'rish markazi vazifasini bajaradi.
D o ' m b o q o s t i s o h a s i kulrang do'mboqcha, miyaning ostki
ortig'i, ko'rish nervi va uning kesishmasi bilan so'rg'ichsimon tepalardan
tuzilgan. Kulrang do'mboqcha gipofiz bezi, ko'rish
nervi kesishmasi bilan
so'rg'ichsimon tanalar oralig'ida maxsus voronkasimon bo'shliqqa osilgan
holda, bosh suyagi oldidagi ponasimon suyakning shu nomli chuqurcha-
siga joylashgan. Kulrang do'mboqcha oliy vegetativ markaz bo'lib, mod
dalar almashinuvi va issiq-sovuqni tartibga solib turadi (ichki sekretsiya
bezlariga qaralsin).
So'rg'ichsimon tanalar bir-biridan egatcha bilan ajralib turadi, ular
tarkibidagi kulrang moddalar hid bilish vazifasini o'taydi.
Uchinchi qorincha ikkita ko'rish tepaligining oralig'ida joylashgan tor
bo'shliq bo'lib, do'mboqchalar qorinchaning ikki yonbosh devori ham
hisoblanadi. Qorinchaning oldingi devorini gumbaz ustunchalar bilan oldingi
bitishma
hosil qilsa, orqa devorini orqa bitishma chegaralab turadi. Pastki
devori do'mboq osti sohasidan tuzilgan bo'lsa, ustki devori qon tomir
epiteliy plastinkasidan, uning ustida joylashgan miya gumbazi bilan qadoq
tanalardan tuzilgan. Uchinchi qorincha old
tomonda qorinchalar oraliq
teshiklar orqali yon qorinchalarga qo'shilsa, orqa tomonda
miya suv
yo'li bilan IV qorinchaga davom etib tutashadi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: