O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


bet246/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

Fiziologiyasi. 
Uzunchoq miya yadrolarida nafas olish, yurak va tomir 
qon harakatlarini bajaradigan nerv hujayralari joylashgan. Bulardan tashqari, 
muskullar tonusini idora etib, odam muvozanatini ta’minlaydi. So'lak 
ajratish, ovqatni yutish, ichaklardagi bezlardan ichak suyuqligini ajratish, 
yo'talish, aksirish va qayt qilish, yosh oqishi kabi funksiyalar ham 
rombsimon chuqurchada joylashgan yadrolarga bog'liq. Agar 
bu 
chuqurchada qon aylanishining buzilishi yoki qon tomirlari yorilib, qon 
quyilishi sodir bo'lsa, nafas olish va qon aylanishi buziladi.
Uzunchoq miyaning oq moddasi uzun va qisqa o'tkazish yo'llaridan 
iborat. Uzun tolalar bosh yoki orqa miyadan keladi va turlicha o'tkazish 
yo'llarini hosil qiladi. Kalta tolalar esa uzunchoq miyaning ichida joylashgan 
yadrolami bir-biri bilan bog'laydi.
ORTQI MIYA
Ortqi miya miya ko'prigi va miyachadan iborat. Ko'prik ko'nda­
lang joylashgan tolalardan tuzilgan bo'lib, miya tubining orqa tomonida 
joylashgan. Ko'prik old tomondan miya oyoqchalariga, orqa tomondan 
uzunchoq miyaga qo'shilib turadi va qo'shni a’zolar bilan ko'ndalang 
joylashgan egatchalar orqali chegaralanib turadi. Orqadagi ko'ndalang 
egatdan VI, VII, VIII juft bosh miya nervlari chiqadi. Ko'prik pastki 
yuzasining o'rtasida uzunasiga joylashgan egatdan asosiy arteriya o'tadi.
Ko'prikning pastki yuzasidan V juft nerv chiqadi. Ko'prikning uch 
shoxli nerv chiqqan yeri bilan miyacha o'rtasidagi qismidan miyachaga 
boradigan nerv tolalari miyachaning o'rta oyoqchalarini 
hosil qiladi. 
Ko'prikning orqa tomoni rombsimon chuqurchaning yuqori qismini hosil 
qiladi. Ko'prikni ko'ndalangiga kesib qaralganda eshitish yo'lining nerv 
tolalaridan hosil bo'lgan trapetsiyasimon tana kuzatiladi. Ko'prikning old 
tomoni ko'proq oq moddadan iborat bo'lib, kulrang modda alohida 
y ad ro c h a lar ta rz id a jo y lash g an . Bu y ad ro ch a larg a bosh mi ya 
yarimsharlaridan kelgan po'stloq-ko'prik o'tkazish yo'lining tolalari keladi. 
Yadrochalardan esa miyachaga boradigan ko'prik — miyacha o'tkazish 
yo'lining nerv tolalari boshlanadi. Ko'prikning orqa qismida kulrang 
moddadan tuzi’gan yadrochalar ko'proq bo'lib, ular uch shoxli (V juft) 
nerv, uzoqlashtiruvchi nerv (VI juft), yuz nervi (VII juft) va dahliz- 
chig'anoq nerv (VIII juft)larining yadrolaridir.
Ortqi miya oq moddalarida joylashgan afferent va efferent nervlar 
orqali periferiyani bosh miya po'stloq qavati bilan bog'laydi — haqiqiy 
ko'prik vazifasini bajaradi. Milk, chaynov muskullari faoliyatini ta’min­
laydi. Burun va og'iz bo'shlig'i shilliq qavatida joylashgan retseptor 
orqali sezgi impulslarini qabul qiladi va idora etadi.


Miyacha (kichik miya) bosh miyaning katta bo'laklaridan biri bo'lib, 
og'irligi 120— 150 g gacha. Miyacha bosh miya ensa qismining ostida
bosh skeletining ichki yuzasidagi maxsus orqa chuqurchada joylashgan. 
Miyachaning ostida miyacha ko'prigi bilan uzunchoq miya turadi. Miya- 
chani ikki yon tomonidagi miyacha yarimsharlari o'rtasida joylashgan 
miyacha chuvalchangi birlashtirib turadi. Odatda, ustki va pastki chuval- 
changlar tafovut etiladi. Miyachaning yuzalari 2— 3 mm qalinlikdagi kul­
rang modda (po'stloq) bilan qoplangan bo'lib, undagi yupqa pushtalar 
chuqur egatlarni kitob varaqlari singari bir-biridan ajratib turadi. Yupqa 
pushtalar yig'ilib, alohida bo'lakchalami hosil qiladi. Bu bo'lakchalar esa 
chuvalchangdagi bo'lakchalarga mos keladi.
Miyacha bosh miyaning boshqa qismlari bilan uch juft oyoqchalar 
orqali tutashib turadi.
1. Ustki oyoqchalar — miyachaning tishli yadrosini to'rt tepalik bilan 
birlashtirib turuvchi nerv tolalaridan iborat.
2. O'rta oyoqchalar — eng yo'g'oni bo'lib, miyachani ko'prikka bir- 
lashtiradigan nerv tolalaridan iborat.
3. Pastki oyoqchalar — miyachadan uzunchoq miyaga boruvchi nerv 
tolalaridan iborat. Ana shu oyoqchalar vositasida miyacha miyaning bo­
shqa qismlari bilan birlashib turadi.
Miyachani o'rtasidan ko'ndalangiga kesilganda, o'rta miyacha po'stloq 
qavatining oq modda ichida archa daraxtiga o'xshab joylashganini ko'ra­
miz. Shuning uchun unga hayot daraxti deb nom berilgan.
Oq moddaning markazida qator joylashgan kulrang modda yadrolarini 
ko'rish mumkin. Ularning eng yirigi ikki chetdagi tishli yadrolar bo'lib, 
uning ichkari tomonida uchburchak shaklidagi bir juft probkasimon yadroni, 
bulardan yuqorida uchinchi juft sharsimon yadroni ko'ramiz. Sharsimon 
yadrolar bir qancha mayda va yumaloq yadrochalardan to'plangan. Yad- 
rochalarning o'rtasida cho'qqi (tom) yadrolari joylashgan (182-rasm).

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish