Davlat funksiyalarining asosiy belgilari:
1) Mazmuni – davlat faoliyati bir xil jihatlarining yigíndisi;
2) Miqyosi – funksiyalar davlatni bir butun sifatida qamrab oladi;
3) Xususiyati – kompleks, majmuaviy;
4) Maqsadi – insonning ijtimoiy himoyalanganligi, tashqi xavfsizlik va hokazo.
Davlatning funksiyalari ichki va tashqi funksiyalarga bo’linadi.
Davlatning ichki funksiyalari mamlakat ichki hayotini boshqarishga qaratilgan faoliyatining asosiy yo’nalishlari:
Ichki funksiyaga quyidagilar kiradi:
1) Regulyativ (tartibga solish, boshqarish);
2) Qo’riqlash (saqlash, muhofaza qilish);
Regulyativ funksiya davlatning iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi o’rnini belgilaydi.
Tashqi funksiya – davlatning xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yo’nalishlari.
1. Xalqaro hamkorlik;
Tashqi siyosiy faoliyat;
Tashqi iqtisodiy faoliyat;
2. Mudofaa va milliy xavfsizlikni ta’minlash.
Boshqa davlatlar bilan o’zaro manfaatli hamkorlik qilish – davlatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va muayyan davlatning manfaatlarini barcha davlatlarning aniq va umumiy manfaatlari bilan uygúnlashtiruvchi teng huquqli munosabatlar o’rnatish hamda ularni rivojlantirishga qaratilgan turli xil faoliyatidir.
Tashqi hujumdan mamlakatni mudofaa qilish boýicha davlat funksiyasi – davlat faoliyatining muhim yo’nalishidir.
Davlatning mudofaa faoliyati uning har bir doktrinasiga asoslanib, quyidagi asosiy yo’nalishlardan tarkib topadi;
- Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlash;
- Qurolli Kuchlarni muntazam ravishda takomillashtirishi, ularning jangovor qobiliyatini va tayyorgarligini mutassil oshirib borish;
- Davlat chegaralarini qo’riqlash;
- Fuqaro mudofaasini tashkil etish;
- Qurolli Kuchlar zahirasiga harbiy ta’lim berish.
2. O‘rta asrlar (V-XV asrlar)da diniy-siyosiy qarashlaming turli ko'rinishlari shakllandi. Siyosiy fikr tarixida diniy an’analaming eng klassik ko‘rinishi Avreliy Avgustin (345-430) ning siyosiy qarashlarida o‘z ifodasini topgan. Xristian cherkoviga xos belgilar uning davlatdan ustun turishiga asoslangan. «Cherkovga bo‘ysunmagan davlat qasoskorlar to‘dasidan farq qilmaydi», degan g‘oya ilgari suriladi. Insonlami esa «ilohiy odam», «yerdagi odam»ga boiadi.
Avgustin qarashlariga Platonning ikki dunyo, zardushtiylaming bir- biriga qarma-qarshi ikki asos (yaxshilik va yomonlik) to‘g‘risidagi qarashlarining ta’siri borligi ko‘rinib turadi. O‘rta asrlarda islom olamida esa «xalifa», «amir», «imom» kabi tushunchalar hokimiyat subyektlari, davlat hokimiyatini yurituvchi
shaxslarga nisbatan ishlatilgan. Payg‘ambarimizdan keyingi to‘rt xalifa - Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali ham hokimiyatning diniy va dunyoviy asoslarini o‘zaro yaxlit holda birlashtirganlar. Alidan so‘ng taxtga kelgan xalifa dunyoviy davlat tamoyillariga alohida e’tibor bera boshlaydi. «Amir» dinning himoyachisi unvoniga sazovor bo‘lgan, dunyoviy va davlatga xos ishlami ham o‘zaro bog‘liq tarzda amalga oshirgan.
XIII asrda Yevropada din omilining o‘mi juda ortdi. Foma Akvinskiy (1225-1274-yillar)ning siyosiy qarashlari o‘rta asrda diniy an’analardagi siyosiy qarashlaming eng cho‘qqisi deb baholangan. U hayotlik davridayoq, Rim katolik cherkovining «doktori» faxriy unvoniga muyassar bo‘lgan. Uning qarashlari XIX asrda Rim papasi Lev XIII tomonidan «katolisizmning yagona haqiqiy falsafasi», deb e’lon qilingan. O‘zining siyosiy qarashlarida Foma Akvinskiy ijtimoiy tenglikni rad etdi va tabaqalarga bo‘linishni xudo tomonidan o‘matilgan tartib, deb tasdiqladi. Yerdagi hokimiyatning barcha turlari - xudodan. «Davlat, - deb yozgan edi u,- hamjamiyatga, oliy hamjamiyatga - xudo davlatiga tayyorgarlikdir. Shunday qilib, davlat maqsad vositasi sifatida cherkovga bo‘ysunadi».
Bunda hokimiyatning mohiyati, shakli va undan foydalanishni farqlash lozim bo‘ladi. Xudo tomonidan o‘matilgan hokimiyat odamlarga ezgulik keltiradi, shuning uchun unga so‘zsiz bo‘ysunish zarur. Davlat hokimiyatining asosiy vazifasi-umumiy baxt-saodatga xizmat qilish, ijtimoiy ishlarda adolat bo‘lishi haqida g‘amxo‘rlik qilish va fuqarolaming tinchligini ta’minlash. Ammo hokimiyatdan yomon maqsadlarda foydalanish ham mumkin.
XIV asrda cherkov hokimiyati zaiflashib, dunyoviy hokimiyat kuchayib bordi. Yevropada markazlashgan milliy davlatlaming yaratilish jarayoni boshlandi. Bunday sharoitlarda Papa hokimiyati ning ustunligini rad etuvchi ta’limotlar paydo bo‘ldi. Dunyoviy hokimiyat shaytondan, deb tasdiqlovchi Avgustinga qarama-qarshi o‘laroq, ular ilohiy bo‘lmagan hokimiyatni yoqlab chiqdilar.
Dunyoviy hokimiyat mustaqilligi tarafdori sifatida ingliz faylasufi Uilyam Okkam (1300-1350) maydonga chiqdi.
Papalikni U.Okkam “vaqtinchalik muassasa”, deb qarar va oliy diniy hokimiyat dindorlar jamoasi bo‘lishi kerak, deb hisoblar edi. Uning siyosiy qarashlari ko‘p jihatdan Reformatsiya g‘oyalarini va uch-to‘rt asrdan so‘ng siyosiy fikrda hukmronlik qiladigan g‘oyalami oldindan aks ettirgan edi. Masalan, U.Okkam tabiiy holatda odamlar mol-mulksiz va hokimiyatsiz yashaganlar va ulaming tengligi ta’minlangan deb yozgan. Davlat ijtimoiy shartnoma bilan ta’sis etilishi lozim. Davlatning maqsadi qonunlar tomonidan himoya qilinuvchi umumiy baxt-saodatdir.
Uyg‘onish davrida G‘arbiy Yevropada siyosiy fikrlar taraqqiyotida italiyalik olim, davlat arbobi Nikkolo Makiavelli(1469-1527) alohida o‘rin tutadi. Uning “Hukmdor” nomli asarida davlat va dav- latchilikni amalga oshirishga doir o‘ziga xos xulosalar ilgari surilan.
N.Makiavellining fikricha, davlat jamiyatning siyosiy holatidir, unda hukmronlik qiluvchilar va bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi munosabatlar muassasalar va qonunlar asosida amalga oshadi. N. Makiavelli siyosatni o‘tmishni tushuntirib beruvchi, hozirgi davrga rahbarlik qiluvchi va kelajakni bashorat qilib beruvchi “tajriba fani”, deb hisoblaydi.
Makiavelli ta’biricha, davlat hokimiyati samarali amalga oshirilishi uchun fuqaro hukmdorga to‘lig‘icha bo‘ysunishi lozim. Bo‘ysunishga erishishning ikki usuli mavjud biri -hukmdorga muhabbat uyg‘otish; ikkinchisi-undan qo‘rqish hissini avj oldirish. Insonlar o‘z tabiatlariga ko‘ra yaxshilikni bilmaydigan, ikkiyuzlamachi, beqaror va yolg‘onga moyildirlar5. Hukmdor ulami o‘z irodasiga bo‘ysundirish uchun eng shafqatsiz choralami ham qo‘llashi mumkin. U javobgarlikdan qo‘rqmasligi kerak, chunki hukmdor sud yurisdiksiyasidan tashqaridadir. Fuqarolami davlat hokimiyatiga hech qanday e’tirozsiz bo‘ysundirishga erishish muhim vazifa sanaladi. Ushbu holat davlat hokimiyatiga oliy iroda - bir butun, hech kimga bog‘liq bo‘lmagan, barchadan ustun, chegarasiz va so‘zsiz hukmronlik qilshi vakolatini
beradi. Faqat shu irodagina davlat mavjudligini tasdiqlay oladi, uning qudratini ta’minlay oladi va mamlakatda tartib o‘matadi.
Makiavelli “davlat suvereniteti” to‘g‘risida so‘z yuritmagan bo‘lsa- da, uning davlat tabiati to‘g‘risida bergan ta’rifi davlat suvereniteti tushunchasiga ancha yaqin.
Amir Temur ma'naviyat masalalari tomomdan XIV-XV asrlarda yozilgan bo'1ib, dastlab turk tilida chop etilgan. 1783-yilda ing1iz tilida nashr qilingan. Birinchi marta o'zbek tiliga 1967-yilda forschadan tarjima qi1ingan. «Temur tuzuk1ari»da Amir Temur, Movarounnahrning 1342-1405-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, qo'shni mam1akatlar va xalqlar bilan bo'lgan o'zaro munosabatlar haqida hikoya qilinadi. «Temur tuzuklari»da Amir Temurning asosiy doktrinasi -jamiyatga, ijtimoiysiyosiy hayotga qarashi, birlashgan qudratli feodal davlatning siyosiy va ax1oqiy tamoyillari Ifodalangan. «Temur tuzuklari» podshohlarning turish-turmushi va odob-axloq me'yorlarini belgilovchi risoladir. Asar 2 qismdan iborat. Birinchi qismda jahon tarixida mashhur fotih, sarkarda va iste'dodli davlat arbobi sifatida nom qoldirgan Amir Temurning 7 yoshidan to vafotiga qadar kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, aniqrog'i, uning Movarounnahrda Markaziy hokimiyatni qo'lga kiritish, feodal tarqoqlikka barham berish va markazlashgan davlat tuzish, qo'shni yurt va mam1akatlarni, masalan, Eron hamda Afg'onistonni o'z tasarrufiga kiritish, oltin O'rda hukmdori To'xtamishxon (1376-1395), butun Yevropaga qo'rquv va dahshat solgan Turkiya su1toni Boyazid Yildirim (1389-1402) ga qarshi va, nihoyat, buyuk jahongirning Ozarboyjon, Gruziya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan.
Ikkinchi qism jahongirning nomidan aytilgan va uning toj-u taxt vorislariga atalgan o'ziga xos vasiyat va pandnasihatlaridan iborat. Unda davlatni idora qilishda kim1argtayanish, bosh1iqlarni saylash, sipohiylarning maoshi, mamlakatlarni boshqarish tartibi, davlat arboblari va bosh1iqlarning burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldidagi alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida gap boradi. Amir Temur davlatni boshqarishda o'zidan avval o'tgan hukmdorlardan farq qilib, davlat va mamlakatni boshqarishda 1 yoki 2 tabaqaga emas, balki aholining barcha tabaqalariga suyandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |