Amir Temur Vatanimiz tarixida, o‘zbek davlatchiligi taraqqiyotida beqiyos xizmat ko‘rsatgan shaxs. Amir Temur jahon xalqlari tarixida buyuk davlat arbobi, mashhur sarkarda sifatida e’tirof topgan yorqin siymodir



Download 38,5 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi38,5 Kb.
#78643
Bog'liq
Amir Temur


Amir Temur
Amir Temur Vatanimiz tarixida, o‘zbek davlatchiligi taraqqiyotida beqiyos xizmat ko‘rsatgan shaxs. Amir Temur jahon xalqlari tarixida buyuk davlat arbobi, mashhur sarkarda sifatida e’tirof topgan yorqin siymodir.

Afsuski, Amir Temur nomi mustamlakachilik davrida inkor etilib, avlodlar nazaridan chetga surilib kelingan edi. Biroq o‘z zamonasida buyuk davlat qurgan, uni yuksak rivojlanish pog‘onasiga ko‘targan, jahonga shuhrat taratgan Amir Temurning tarixiy xizmatini jahon afkor ommasi nazaridan yashirish, uni qatag‘onlik zanjirida ushlab turish vaqti o‘tdi. Milliy istiqlol tufayli o‘z ona tariximizni xolisona yoritish, tarixiy haqiqatni qaror toptirish barobarida Amir Temur bobomizning nomini, nuroniy qiyofasini tiklash baxtiga muyassar bo‘ldik. Milliy istiqlolimizning tolmas kurashchisi, Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1996 yilning Amir Temur yili deb e’lon qilinishi va shu yili buyuk bobokalonimiz tavalludining shonli 660 yilligini butun mamlakatimizda hamda YuNESKO tashabbusi bilan butun dunyo miqyosida keng nishonlanishi - bu hozirgi minnatdor avlodlarning, qolaversa, jahon ahlining bu buyuk zotga, uning ulug‘vor ishlariga bildirgan cheksiz hurmati va e’zozi ramzidir.

Temur Tarag‘aybek o‘g‘li siyosiy kurash maydoniga kirib kelgan XIV asrning 60-yillari mo‘g‘ullarning Chig‘atoy ulusida bir yarim asrlik hukmronligi davom etayotgan, ularning mahalliy xalqlarga zulmi, zug‘umi tufayli tushkunlik, porokandalik jarayoni yuz berayotgan edi. O‘lkaning turli hududlarida mustaqillik da’vosi bilan ish ko‘rayotgan mahalliy sulolalar, chunonchi, Xorazmda so‘fiylar, Qashqadaryoda barloslar, Ohangaron vodiysida jaloirlar, Buxoroda sadrlar, Termiz atrofida sayidlar va hokazo kuchlarning ajratuvchilik harakatlari yurt butunligiga jiddiy havf tug‘dirayotgandi. Buning ustiga o‘x xkumronligini mustahkamlash maqsadida 1360 yilda katta qo‘shin bilan Movarounnahrga bostirib kelgan Mo‘g‘uliston xoni Tug‘luq Temur xuruji ham dard ustiga chipqon bo‘lgan edi. Bunday qaltis vaziyatda siyosiy kurash maydonida hozir bo‘lgan yosh Temurbek oldida nihoyatda ehtiyotkorlik, aql-zakovat bilan ish ko‘rish, o‘z atrofiga yurtparvar, vatanparvar kuchlarni to‘plash, so‘ngra qulay imkoniyat tug‘ilishi bilan yurt dushmanlariga qaqshatqich zarba berish vazifasi turardi.

Temurbek uddaburonlik, o‘ziga xos taktika qo‘llab, o‘zining bosh orzu-maqsadlaridan voz kechmagan holda, vaziyat taqozasi bilan vaqtdan yutish, ishonchli kuch topish uchun vaqtincha 1361 yilda Tug‘luq Temur xizmatiga kiradi. Biroq bir yil muddat o‘tar-o‘tmay, Balx hokimi Amir Husayn bilan do‘stlashib, u bilan birgalikda mo‘g‘ullardan ona yurtni ozod qilishga kirishadi va 1362-1364 yillarda mo‘g‘ul qo‘shinlariga bir necha marta zarba beradi.

Tug‘luq Temurning o‘g‘li Ilyosxo‘ja 1365 yil bahorida Movarounnahrga yurish qiladi. Chinoz atrofida, Sirdaryo bo‘yidagi «Loy jangi»da Amir Temur va amir Husayn qo‘shininig Ilyosxo‘ja boshliq mo‘g‘ul qo‘shinidan engilishi Amir Temur uchun juda katta saboq bo‘ldi. Ilyosxo‘ja qo‘shinlari Samarqandga tomon yurdi. Hokimiyatsiz qolgan mahalliy aholi mudofaaga ko‘tarildi, bu harakat sarbadorlar harakati nomi bilan mashhurdir. Samarqand bu harakatning markaziga aylandi. Harakatga Kalaviy (paxta savolovchi) va mohir mergan Xo‘rdak Buxoriylar boshchilik qiladilar. Jome masjidida to‘plangan 10 mingga yaqin aholi Mavlonzoda da’vati bilan mug‘ullarga qarshi kurashda faol qatnashadilar. Ilyosxo‘ja Samaraqandda katta zarbaga uchrab Movaraunnahrdan chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Samaraqandda hokimiyat sarbadorlar qo‘liga o‘tdi. Ular xalq turmushini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar ko‘rdi, mo‘g‘ullarga tarafdorlik qilganlarning er va mulklari musodara etildi.

Samarqand sarbadorlari g‘alabasidan xabar topgan amir Husayn va Amir Temur 1366 yil bahorida Samarqandga keldilar va hiyla bilan Sarbadorlar boshliqlarini qo‘lga olib, o‘ldirdilar. Amir Temurning sa’y-harakatlari tufayligina Mavlonzoda tirik qoldi. Movaraunnahrda hukmronlik amir Xusayin qo‘liga o‘tdi. Amir Husayin Movaraunnahrda Amir Temurni qoldirib o‘zi Xurosonga ketdi.

Amir Temurning keyingi jo‘shqin faoliyati davomida uning amir Husayn bilan do‘stligi, ittifoqi mustahkam bo‘lolmadi. Tabiatan shuhratparast, hokimiyatparast shaxs bo‘lgan amir Husayn qanday qilib bo‘lmasin Amir Temurga pand berish, unga xiyonat qilishdan qaytmadi. Sharofiddin Yazdiy aytganidek, «ularning o‘rtalarida sadoqat va do‘stlik munosabati yaqinlik va qarindoshlik aloqasi bilan qat’iy qilingan edi. Ammo Amir Husaynning ko‘ngli makr va g‘addorlik o‘y-hayolidan bo‘shamasdi» (Sh.Yazdiy. «Zafarnoma», 207-bet).

Xalqimizda «birovga choh qazisang, o‘zing yiqilasan» deyilganidek, amir Husayn o‘zi qazigan chohga o‘zi yiqildi. Vaziyat taqozasi bilan Amir Temur amir Husayn o‘rnashib olgan Balxga 1370 yilning bahorida qo‘shin tortib bordi va uni mahv etdi. Shundan so‘ng Amir Temur Movarounnahrning yagona hukmdori bo‘lib qoldi. Samarqand mamlakat poytaxtiga aylandi. Endilikda yurtni boshqarish jilovini qo‘lga kiritgan Amir Temur oldida hali g‘oyatda katta, murakkab vazifalar ko‘ndalang bo‘lib turardi. Eng asosiysi, mamlakat hududlarini birlashtirish, yagona markazlashgan davlat tuzishdan iborat bosh vazifani hal etish kerak edi. Buningsiz mamlakat taraqqiyotini olg‘a bostirish, uning dovrug‘ini jahon miqyosida ko‘tarish mumkin emasdi.

U dastavval, sharqiy hududlarni mo‘g‘ullar ta’siridan xalos etib, o‘z davlatiga qo‘shib olish uchun 1370 yil oxiri va 1371 yil boshida Sharqiy Turkiston tomon yurish qildi. Mo‘g‘ul xoni Kepak Temurga qaqshatqich zarba berilishi orqasida Farg‘ona mulki va boshqa bir qator hududlar egallandi. Shundan so‘ng Afg‘oniston shimolidagi Shibirg‘on viloyati ham uning davlatiga qo‘shib olindi.

Tarixiy manbalarda Amir Temurning Mo‘g‘uliston tomon 7 marta harbiy yurishlar qilgani tilga olinadi. Garchand ular harbiy yurishlar deb atalsa-da, aslida mamlakatning sharqiy va shimoliy hududlarini mo‘g‘ullar hujumlaridan qutqarish, qaratilgan urushlari edi. Amir Temur mana shu tinimsiz jangu jadallar davomida o‘z mamlakatining sharqiy hududlarini mo‘g‘ullar asoratidan xalos qilish, yurt tinchligi, osoyishtaligini qaror toptirishga muvaffaq bo‘ldi.

Uning qudratli mo‘g‘ul hukmdorlaridan sanalgan amir Qamariddin bilan olib borgan ko‘p yillik urushlari ham mana shu yuksak maqsadga qaratilgan edi. O‘z tasarrufida Qoshg‘ar, Issiqko‘l va Ettisuv vohasini birlashtirgan hamda 1369 yili Ilyosxo‘jani taxtdan ag‘darib, Mo‘g‘uliston xoni bo‘lib ko‘tarilgan Qamariddin bilan 1370-1389 yillar davomida Amir Temur hayot-mamot janglari olib bordi. Bu jangu jadallar oqibatida Movarounnahrga qarashli asosiy sharqiy hududlar uning tarkibiga qo‘shib olindiki, bu hol yurtimiz hududida markazlashgan davlatning vujudga kelishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.

Yana shuni alohida qayd etish lozimki, Amir Temur Xorazm erini qaytarib olish bobida ham katta sa’y-harakatda bo‘ldi. Buning uchun ko‘p bor qo‘shin tortishga to‘g‘ri keldi. Gap shundaki, Xorazmni boshqarayotgan So‘fiylar sulolasi (Husayn, Yusuf, Sulaymon So‘fiylar) Amir Temurning necha bor elchilar yuborib, nomalar jo‘natib, masalani tinch yo‘l bilan bartaraf etish to‘g‘rsidagi adolatli takliflariga ko‘nmasdan, bu hududni tish-tirnog‘i bilan bermaslikka urunganidan keyingina qurol ishlatishga to‘g‘ri kelgandi. Shu boisdan ham Amir Temur 5 marotaba (1371, 1373, 1375, 1379, 1388) Xorazm hukmdorlariga qarshi harbiy yurish uyushtirishga majbur bo‘lgan.

Faqatgina 1388 yilgi so‘nggi Xorazm yurishi natijasida Sulaymon So‘fiy hukmronligi ag‘darilib, bu o‘lka Temur saltanati tarkibiga uzil-kesil qo‘shib olindi. Bunga qadar Shosh, Termiz, Hisor, Badaxshon, Qunduz singari hududlar hukmdorlari Amir Temur hokimiyatini e’tirof etib, uning itoatiga bo‘ysungandilar.

Shunday qilib, Amir Temur necha yillar davom etgan qonli va qonsiz kurashlar, muhim tadbirlar, kezi kelganda diplomatik aloqalarni muvaffaqiyatli qo‘llanish natijasida mamlakatni mo‘g‘ullar zulmidan ozod etdi, feodal tarqoqlik, o‘zaro nizolarni bartaraf etdi, Movarounnahr va Xuroson hududlari birlashtirilib, yagona markazlashgan davlat barpo etishga muvaffaq bo‘ldi. Shu narsa diqqatga sazovorki, ulug‘ Amir keyinchalik o‘zining ko‘plab jahongirlik yurishlari oqibatida qudratli saltanat barpo etib, uning ayrim-ayrim hududlarini o‘z avlodlariga suyurg‘ol mulk qilib bo‘lib bergan bo‘lsa-da, biroq u hech qachon Movarounnahrni biror-bir o‘g‘li yoki avlodiga mulk qilib bermagan, uning yaxlitligi, butunligini ko‘z qorachig‘idek asragan. Buning boisi shuki ulug‘ bobomiz Vatan yagonaligi, bo‘linmasligi, muqaddasligini har narsadan a’lo bilgan.

Amir Temur kuchli, markazlashgan davlat barpo etish barobarida o‘z qudratini jahonga mashhur qilish, hududlarini kengaytirish, jug‘rofiy kengliklarga chiqish maqsadida XIV asrning 80 yillaridan e’tiboran xorijiy yurtlar tomon ko‘plab harbiy yurishlar uyushtiradi. Uning 1386-1388 yillardagi «uch yillik», 1392-1396 yillardagi «besh yillik» va nihoyat 1398-1404 yillardagi «etti yillik» yurishlari xuddi shu maqsadlarga qaratilgandi. Bu harbiy yurishlar davomida Eron, Kavkaz orti hududlari, shimoliy Hindiston, Suriya, Iroq erlari, Kichik Osiyoning talay qismi egallanib, ular Amir Temur davlati tarkibiga qo‘shib olindi. Shu tariqa, qudratli saltanat vujudga keldiki, uning dovrug‘i butun olamni tutdi. Biroq kezi kelganda shuni ta’kidlash joizki, sohibqironning ko‘plab harbiy jahongirlik yurishlariga faqat bir yoqlama nuqtai nazardan baho berib bo‘lmaydi. Negaki bu yurishlar goho mamlakat hududlariga tajovuz qilgan ajnabiy kuchlarga zarba berish, goho muqaddas islom ta’limoti g‘oyalarini, ularning tahqirlovchilaridan himoya qilish yohud sohibqiron davlatiga muttasil dushmanlik qilib kelgan xorijiy davlatlarga nisbatan so‘nggi chora sifatida amalga oshirilgan. Jumladan, Amir Temurning Oltin o‘rda xoni To‘xtamishga qarshi bir necha marta (1389, 1391, 1394-1395yy.) olib borgan jangu jadallari, eng avvalo, yurt osoyishtaligi, uning hududiy yaxlitligini ta’minlash maqsadiga yo‘naltirilgan edi. Ayniqsa To‘xtamishning Xorazm erlariga da’vosi bunda muhim sabablardan biri bo‘lgandi. Amir Temur tomonidan Oltin O‘rdaning mavh etilishi esa, tabiyki, uning tarkibiga kirgan hududlarning, chunonchi, rus knyazliklarining mustaqillikka erushuvida ayricha ahamiyatga ega bo‘lganligi tarixiy faktdir.

Shuningdek Sohibqiron qo‘shinining Turkiya sultoni Boyazid kuchlari bilan 1402 yilda Anqara yaqinida bo‘lib o‘tgan hayot-mamot urushi ham, avvalo, turk sultonining qaysarligi, manmanligi, murosasizligi, adolat talabiga qo‘l siltaganligi orqasida yuz bergan. Bu beomon jangni o‘z foydasiga hal etgan Amir Temur esa ayni paytda o‘z davlati qudratini nafaqat Sharqda, balki G‘arbda ham namoyish etishga musharraf bo‘ldi. Shu buyuk g‘alabadan so‘ng G‘arbiy Ovro‘paning Angliya, Frantsiya, Ispaniya singari nufuzli davlatlari va ularning hukmdorlari Amir Temur davlati bilan yaqindan aloqa bog‘lash, hamkorlik qilish, ayniqsa savdo-sotiq munosabatlarini o‘rnatishga faol yo‘l tutganliklari shundan yaqqol dalolatdir. Bu davrga kelib Buyuk ipak yo‘li shuhratining yanada ortishi davomida Movarounnahr va Xuroson dunyoning turli mamlakatlari bilan har jihatdan yaqindan bog‘lanib, xalqaro karvon savdosining eng muhim markaziga aylandiki, bu esa Vatanimizning iqtisodiy, madaniy va ma’naviy yuksalishiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Amir Temur qudratli saltanatni vujudga keltirar ekan uni omilkorlik bilan idora qilish, boshqaruv tizimini yanada takomillashtirib borishga ham ahamiyat berdi. U o‘zbek davlatchiligining somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, saljuqiylar, xorazmshohlar davrida tarkib topib, rivojlanib borgan tizimi, tartib-qoidalari, huquqiy asoslarini yangi tarixiy davrning talab, ehtiyojlariga qarab yanada takomillashtirdi, ularga yangicha ruh, mazmun va sayqal berdi.

Amir Temur o‘zigacha shakllangan o‘zbek davlatchiligining quyidagi 8ta asoslariga izchil amal qilish bilan birga ularni mazmunan boyitishga jiddiy ulush qo‘shdi:

1. Davlat o‘z vakolatini bajarmog‘i uchun eng avvalo siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lishi zarur.

2. Davlat va jamiyatning yaxlitligi buzilmasligi kerak.

3. Davlat va jamiyat muayyan qonunlar, tartiblar, g‘oyalar asosida boshqarilmog‘i lozim.

4. Boshqaruvning turli bo‘g‘inlari, yo‘nalishlari, sohalarini muvofiqlashtirib turuvchi ma’lum bir tizim shakllangan bo‘lishi darkor.

5. Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ahvoli (taraqqiyoti) davlatning diqqat markazida turmog‘i kerak.

6. Fan va madaniyat ravnaqi to‘g‘risida doimiy qayg‘urish davlat ahamiyatiga molik qat’iy siyosat sifatida qaralmog‘i lozim.

7. Har bir davr shart-sharoiti, tartiblariga ko‘ra davlat jamiyat ichki taraqqiyoti masalalarini tashqi dunyodagi mavjud omillardan foydalangan holda hal etib borishi darkor.

8. Davlatni boshqaruvchi kuchlar o‘tmish, zamona va kelajakni teran tafakkur, mustahkam iymon, g‘oyat yuksak ma’naviyatparvarlik va millatparvarlik ila anglamog‘i kerak.

Amir Temur bu milliy davlatchilik asoslarini rivojlantirish bilan birga yangidan qo‘shgan muhim to‘qqizinchi asos, u ham bo‘lsa jamiyat rivojida barcha ijtimoiy tabaqalar faoliyatini nazarda tutish va ularning manfaatlarini ta’minlashdir. Shundan kelib chiqib Amir Temur dunyo tarixida birinchi bo‘lib jamiyat ijtimoiy tarkibini 12 tabaqaga ajratib, ularning har birining alohida mavqei, manfaatlarini, shunga muvofiq keladigan davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab bergan.

Uning davrida boshqaruv ikki idoradan, ya’ni dargoh va vazirliklardan iborat bo‘lgan. Dargoh tepasida oliy hukmdorning o‘zi turgan. Mamlakat va davlat ahamiyatiga molik masalalar uning ko‘rsatmasi bilan hal etilgan.

Dargoh faoliyatini boshqarish, uning vazirliklari, mahalliy hokimiyat idoralari va umuman saltanatda kechayotgan jarayonlar bilan bog‘liq ishlar oliy devon zimmasida bo‘lgan. Oliy devonda har kuni 4 vazir, ya’ni ijroiya idoralaridan bosh vazir, harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri hozir bo‘lib, o‘ziga xos ravishda hisob berib turgan.

Shayhulislom, Qozi al-quzzat (Oliy sudya), Qoziyi ahdas (ahloq-odob bo‘yicha), Qoziyi askar (harbiy sudya), Sadri a’zam (vaqf mulklari vaziri), Muxtasib (shariat qoidalari, bozorlardagi narx-navolar nazorati bilan shug‘ullanuvchi vazir), saroy vaziri, Yasovul, Eshikog‘a singari yuqori lavozimlar ham davlat hokimiyati tizimining eng asosiy bo‘g‘inlari hisoblangan. Amir Temur davlatining eng muhim xususiyatlaridan biri unda adolat me’zoniga, qonun ustivorligiga alohida ahamiyat berilganligidir. U har doim «Kuch - adolatda» deb ta’kidlar va unga amal qilardi. Uning davlat boshqaruvi tizimi masalalariga bag‘ishlangan mashhur tuzuklarida ham har bir ishda adolat me’zoniga amal qilishlik, nohaqlik, adolatsizlikka nisbatan murasasizlik g‘oyasi chuqur ifodalanganligi bejiz emasdir. Zero, xoh moliya-soliq tizimida, xoh savdo-tijorat sohasida yohud mulkiy masalalarda bo‘lsin, hamma narsada adolat ko‘zi bilan, qonunchilik qoidalari, talablariga asoslanib ish yuritish Temur qat’iyat va izchillik bilan o‘tkazgan qattiqqo‘l siyosatning asosiy me’zoni bo‘lgan. O‘z amali, mansabini suiiste’mol qilishlik, poraxo‘rlik, maishiy buzuqlik kabilar og‘ir jinoyatlar sanalib, ularni sodir etuvchilar qattiq jazolanganlar.

Amir Temur tuzuklariga asos qilib olingan davlatchilik siyosatining muhim jihati yana shundan iboratki, uning davrida har bir sohaga kadrlar tanlash, lavozimlarga tayinlashda ularning iqtidoru qobiliyatiga, bilimu iste’dodiga, nasl-nasabiga alohida e’tibor berilgan. Davlatga sadoqat bilan xizmat qilgan xodimlar doimo rag‘batlantirilib, martabalari oshirib borilgan.

Garchand Amir Temur qudratli saltanat barpo etib, uning hududlarini sharqu g‘arbga, shimolu janubga kengaytirib, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy jihatlardan yuksaltirib dovrug‘ini olamga mashhur qilgan bo‘lsa-da, biroq uning vafotidan keyin mamlakat tanazzullikka uchrab bordi. Buning asosiy boisi avvalo shundaki, Amir Temur tasarrufiga kirgan ellar va yurtlar shu qadar xilma-xil, uzoq masofalarga cho‘zilgan bo‘lib, ularni yagona bir markazdan turib uzoq vaqt boshqarish murakkab edi. Buning ustiga ulardagi mavjud turli-tuman muholifatchi kuchlar ertami-kech o‘z hududiy mustaqilligi uchun harakat etishlari tabiiy edi.



Sohibqiron saltanatini zaiflashtirish va parchalanishga olib kelgan yana bir muhim sabablardan biri - ko‘p sonli temuriy shahzodalar o‘rtasida toj-taxt talashib boshlanib ketgan va bir necha yilga cho‘zilgan o‘zaro besamar urushu nizolardir. Gap shundaki, Amir Temur vafotidan so‘ng uning ko‘p sonli vorislari uning dono vasiyatlari, o‘gitlariga quloq osmay, asosiy hokimiyatni egallash yo‘lida jangu-jadalga kirishadilar.

Amir Temur Xitoy yurishiga otlangan bir paytda O‘trorda 1405 yil 18 fevralda kasallanib vafot etgan paytda uning 4 o‘g‘lidan 2 tasi (Mironshoh va Shohruh Mirzolar) va 19 ta nevara, 15 chevara, shuningdek qizlari Og‘a begim, Sulton Baxt begim va Og‘a begimning o‘g‘li Sulton Husayn Mirzolar qolgan edi.
Download 38,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish