4.Tahlil va natijalar muhokamasi.
Ayni vaqtda, hukumat tomonidan islomiy omonat produktlarini joriy etish yuzasidan
aniq jarayon ko’zda tutilmagan bo’lsa ham, islomiy moliyalashtirish mexanizmlarini qo’llash
yuzasidan loyihalar mutasaddilar tomonidan davlat e’tiboriga taqdim etilishi kutilmoqda.
Buning isboti sifatida, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yurist, yuridik fanlari doktori,
Omonboy Oqyulov tez orada yangi tahriri ustida ishlanilayotgan “Fuqarolik kodeksi”ga
islomiy moliyalashtirish hamda oldi-sotdi munosabatlaridagi mavjud talab va qoidalarni
kiritishni taklif etdi. U o’z fikrini izohlab, kodeks loyihasining 37-bobida tavakkalchilik burchi
teng taqsimlanadigan qarz va kredit shartnomalariga bag’ishlangan normalarga o’rin
berilishi hamda mamlakatda islom diniga e’tiqod qiluvchi jamiyat a’zolari uchun to’g’ri
keladigan shartnoma konstruksiyalari Fuqarolik Kodeksida o’z ifodasini topishi lozimligini
ta’kidladi.
5
Shuningdek, O’zbekistonda yagona qonun chiqaruvchi organ hisoblangan Oliy
Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Farhod Zayniyev o’z murojaatida: “Agar biz
fuqarolarimizning bir qismi diniy e’tiqodidan kelib chiqqan holda bank xizmatlaridan
foydalanishni istamayotganligini inobatga olsak, islomiy moliyalashtirish tamoyillariga
asoslangan bank xizmatlari ana shu qatlam omonatlarini iqtisodiyotga jalb etish, ulardan
esa oqilona foydalanish uchun katta imoniyat yaratadi”-deb ta’kidladi va islom moliyasi
mahsulotlaridan foydalanish uchun amaldagi bank qonunchiligi, soliq va fuqarolik
kodekslariga hamda boshqa qonunosti hujjatlariga o’zgartirishlar kiritilishi yoki alohida
qonun qabul qilish kabi zaruriy jarayonlarni keltirib o’tdi. (Abdurasulov va Zayniyev,2020)
Shunday bo’lsada, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o’rinbosari, Botir Zohidov
Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining “Mikromoliyalash to’g’risida”gi qonun loyihasini qayta
ko’rib chiqish yuzasidan o’tkazilgan yalpi majlis davomida 2019-yilda banklar faoliyatini
rivojlantirish bo’yicha bir qator qonunlar qabul qilinganligi bois, ayni vaqtda amaldagi
qonunchilikda islomiy banklarni ochish uchun to’g’ridan-to’g’ri cheklovlar mavjud emasligini
asoslab berdi. Bu holat yuzasidan, 2020-yil oxirida mamlakatdagi uchta tijorat banki
tomonidan islomiy moliyalashtirishning joriy qilinishi kutilayotganligi hamda bu jarayonda
yo’lga qo’yilishi talab etilayotgan texnologik ishlar joriy yil davomida ko’rib chiqilishi va hal
qilinishini keltirib o’tdi.
6
Hukumatga islomiy moliyalashtirish yuzasidan bildirilayotgan ushbu loyihalar-
mamlakatda islomiy moliyalashtirish jarayonlari tomon yana bir ulkan qadam
tashlanganidan darak bermoqda. Yuqorida ta’kidlanganidek, yil oxirida mahallliy tijorat
banklarida islomiy bank darchalarining ochilishi va ular tomonidan islomiy moliyalashtirish
tamoyillari asosida mijozlarga mablag’lar berish jarayonining boshlanishi bevosita - islomiy
omonat produktlarini milliy bank tizimiga joriy etish masalasini ham imkoniyat, ham
zaruratga aylantiradi. Sababi, har qandan islomiy moliya instrumenti o’z faoliyatini va unda
foydalanadigan har qanday moliyaviy resurslarni shariat inkor etgan elementlardan holi,
jumladan, an’anaviy bank xizmatlarini ko’rsatish jarayonida aylanayotgan pul mablag’laridan
alohida ravishda tashkil etishi lozim, aks holda bu jarayon asl islomiy moliyalashtirish
mexanizmlarining noto’gri ishlashiga va tizim shaffofligining buzilishiga olib keladi.
5
“Qonunchilikka islomiy moliya tartiblari kiritilishi taklif etildi”, 2020, manba: www.azon.uz.
6
“O’zbekistonda uchta bank islomiy moliyalashni joriy qilishga o’tyapti”2020, manba: www.kun.uz.
17 www.economyjournal.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |