2.
Tavarruq muddatli omonat bitimi.
“Tavarruq” so'zining o'zagi “wariq” bo'lib, arab tilida “kumush” degan ma'noni bildiradi.
Avvaliga bu so'z kumushga ega bo'lish yoki uni qidirish ma'nosida ishlatilgan, keyinroq bu
so'z kengroq, jumladan umuman har qanday pulni (kumush, oltin yoki boshqa turdagi pul
birliklari) jalb qilish ma'nosida ishlatila boshlagan. Shunday qilib, moliya mablag'lari jalb
qilishning har qanday turini (usulini) tavarruq deyiladi. Tavarruqning ikki turi mavjud – asl
tavarruq, hamda tashkillashtirilgan tavarruq. Tashkillashtirilgan tavarruq bank muassasalari
tomonidan, asl tavarruq esa asosan jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Tavarruq molni (mahsulotni) egasidan nasiyaga olib, boshqa birovga naqd pul evaziga sotib
yuborishga aytiladi (albatta kelishilgan muddatda nasiyaga olingan molning narxi to'lab
berilishi kerak). Bu turdagi moliyaviy amaliyot naqd pulni qo'lga kiritish niyatida amalga
oshiriladi. Ma’lumotlarga qaraganda, hanafiy, shofe'iy va hanbaliy mazhablarining aksar
ulamolari hamda zamonaviy islom huquqshunoslari ham asl tavarruqni islom huquqiga zid
emas deb hisoblashadi
4
. Asl tavarruqning joizligi uning qonuniyligi va shariatga xilof
bo'lmagan ishni amalga oshirishga imkon berishi bilan belgilanadi. Ba'zan insonlar moliyaviy
muammoga duch keladilar va shu muammoni hal qilish uchun foizsiz qarz (
qarzi hasan
)
berib turishi mumkin bo'lgan birorta odamni topishga qiynaladilar va shunday holatda ular
tavarruqdan foydalanishga ehtiyoj sezadilar. Shunday qilib, tavarruq quyidagi bir necha
shartlar bajarilgandagina amalga oshirilishi mumkin:
sotib oluvchi savdo molini birinchi sotuvchiga qayta sotmasligi kerak. Bevosita
bo'lsa ham, bilvosita bo'lsa ham;
mol sotilgunicha sotuvchining qo'lida bo'lishi, ya'ni sotuvchida molga egalik huquqi
bo'lishi kerak;
sotilishi ko'zda tutilayotgan mahsulot (mol) oltin, kumush yoki biror bir pul birligi
(milliy yoki xorijiy valyuta) bo'lishi mumkin emas, buning zamirida islomiy moliyaviy
qarashlar yotadi, ya’ni, pulning tabiati va xususiyati yuzasidan ikki tizimning qarashlari
turlicha: an’anaviy iqtisodiyotda pulga tovar sifatida qaraladi, shu boisdan ham amaliyotda
pulni tijoratlashtirishdan foydalaniladi; islom moliyasida esa pulga tovar deb qaralmaydi,
shuning uchun pulni tijoratlashtirish (pul savdosi) ta’qiqlanadi;
mahsulot tegishli hujjatlar asosida aniq tavsiflangan bo'lishi kerak (raqami, ombor
guvohnomasi va h.k.z.);
mahsulotni ushlab turish uchun mijozga (xaridorga) hech narsa monelik (to'sqinlik)
qilishi kerak emas;
birinchi sotuvchi (ya'ni molning egasi) mahsulotni qaytarib olishi mumkin emas (bu
biror kelishuv asosida bo'ladimi, odatiy amaliyotga ko'ra bo'ladimi farqi yo'q);
birinchi nasiya shartnomasi bilan keyingi naqd oldi-sotdi shartnomasi o'rtasida hech
qanday bog'liklik bo'lishi mumkin emas, ya'ni bitta shartnomaning bajarilmasligi
ikkinchisining bajarilishiga ta'sir qilishi kerak emas.
Hozirgi kunda islom banklari tomonidan ushbu bitim keng qo’llanilishiga qaramay,
mahsulotning islom moliyasining asl nazariyasiga mos kelishi bo’yicha ixtiloflar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |