Orientirlash burchaklari, teodolit va u bilan burchak o’lchash



Download 0,59 Mb.
bet1/7
Sana17.07.2022
Hajmi0,59 Mb.
#813049
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5382233899000664880


3-MAVZU. ORIENTIRLASH BURCHAKLARI, TEODOLIT VA U BILAN BURCHAK O’LCHASH


3.1. Orientirlash. Azimut va rumb burchaklari

Joyda plan olishda, burchak o’lchash ishlarini bajarishda nuqtaning o’rni gorizontal yoki atrofdagi predmetlarga qarab aniqlanadi. Joyda boshlang’ich deb qabul qilingan nuqta yoki chiziqqa nisbatan o’z o’rnini aniqlashga orientirlash (lotincha “oriens” sharq ma’nosini bildiradi) deyiladi. O’lchash ishlarini olib borishda joydagi predmetlarga (quyosh, oy va yulduzlar, relef, daraxt, imorat va boshqalar) qarab gorizont tomonlarini aniqlash mumkin. Kompos kashf etilganga qadar gorizont tomonlari ko’pincha quyoshga qarab sharqqa nisbatan aniqlangan. Kompas ishlatila boshlagandan keyin (shimol, sharq, g’arb, janub) magnit qutbi yordamida aniqlanadigan bo’ldi. Plan olishda yo’nalishlar oralig’idagi burchaklar o’lchanadi, bu burchaklar orientirlash burchaklari deyiladi. Geografik kengklik (φ) va geografik uzoqlik (λ) burchaklari bilan aniqlanadi. Yerning markaziga tushirilgan chiziq bilan ekvator tekisligi orasida hosil bo’lgan burchak (φ) geografik kenglik, bosh meridian tekisligi bilan biror P nuqtadan o’tkazilgan meridional tekislik orasida hosil bo’lgan burchak (λ) geografik uzoqlik deb ataladi.


Geografik meridianning shimol tomoni bilan yo’nalish chizig’i orasida hosil bo’lgan orientirlash burchagi azimut burchagi deyiladi. Agar boshlang’ich yo’nalish magnit meridianining shimol tomonidan o’lchansa magnit azimuti deyiladi. Azimutlar 00 dan 3600 gacha soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha o’lchanadi. Magnit azimuti bilan haqiqiy azimut o’rtasidagi farq magnit og’ish burchagi deyiladi. Yo’nalish chizig’ining to’g’ri va teskari azimutlari orasida 1800 farq bo’ladi va ular quyidagicha aniqlanadi: A1 = A±1800 . Agar to’g’ri azimut burchagi 1800 dan katta bo’lsa, teskari azimutni topish uchun 1800 ayriladi, agar kichik bo’lsa o’nga 1800 qo’shiladi.
Meridianning yaqin tomoni bilan yo’nalish chizig’i orasida hosil bo’lgan burchak rumb burchagi deyiladi. Rumb burchagi 00 dan 900 gacha o’lchanadi va rumb burchaklarining shimoli-sharq (shshq), janubi-sharq (jshq), shimoli-g’arb (shg’) hamda janubi-g’arb (jg’) gorizont tomonlari yozib qo’yiladi. Yo’nalishning rumb burchagi aniq bo’lsa, yo’nalish azimuti quyidagi formula yordamida chiqariladi:
I chorak r=A; II chorak r=1800 – A; III chorak r=A-1800; IV chorak r=3800-A
Berilgan ikki nuqtada o’tgan meridianlar parallelmaslik burchagiga – meridianlar yaqinlashish burchagi deyilib, g bilan belgilanadi. To’g’ri va teskari azimutlar orasidagi munosabat asosan quyidagi formula bilan ifodalanadi:
A1 = A ±180°
Ko’pincha amaliyotda azi­mut o’rniga rumb burchagidan foy­da­laniladi. Rumb burchagi deb meridianning shimo­liy yoki janubiy uchidan be­ril­gan chiziq yo’nalishigacha o’lchanadiigan o’tkir gorizontal burchakka aytiladi. Rumblar r harfi bilan belgila­nib 0° dan 90° gacha bo’ladi. Chiziq yo’nalishini rumb bilan ko’rsatish­da uning son qiymatidan oldin chiziq joylashgan chorak nomi ham ko’rsatiladi. Berilgan chiziqlarning azimuti va rumblari ora­sidagi munosabat 3-jadvalda keltirilgan:

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish