Yo’nalish
|
O’lchangan azimut
|
Azimut
|
Rumb
|
Poligon tomonlarining uzunligi (m)
|
to’g’ri
|
teskari
|
1-2
|
294°
|
115°
|
294,5°
|
66° sh.g’.
|
35,8
|
2-3
|
50°
|
230°
|
50°
|
55° sh.shq.
|
39,2
|
3-4
|
327°
|
1450
|
326°
|
34° sh.g’.
|
18,0
|
4-5
|
83°
|
261°
|
82°
|
82° sh.shq.
|
35,1
|
5-6
|
164°
|
344°
|
344°
|
16° j.g’.
|
36,2
|
6-7
|
232°
|
520
|
232°
|
52° j.g’.
|
41,0
|
Bussol bilan plan olishda joydagi tafsilotlar 2 xil usul: kesishtirish va qutbiy usul bilan planga olinadi. Bussol bilan plan olishda joydagi tafsilotlarning o’rni qaysi usulda aniqlangan bo’lsa, planda ham shu usulda tasvirlanadi. Qutbiy usulda o’rni aniqlangan nuqtalar qutbiy koordinatalari, ya’ni azimutlari yoki rumblari bo’yicha transportir yordamida, masofalari o’lchagich sirkul yordamida masshtab asosida planga tushiriladi.
G oniometr bilan plan olish. Goniometr gorizontal burchaklarni o’lchaydigan asbob bo’lib, ishlashi jihatidan bussoldan kam farq qiladi (13- rasm). U asosan limb (1), alidada (2) va kompasdan tuzilgan. Limbdagi bo’linmalar oralig’i 1° ga teng, bussoldagidek bunda ham ko’z dioptiri (5) va predmet dioptiri (6) bo’lib, 180° farq kiladi, limbning ostidagi maxsus vtulka (7) ishlangan, goniometrni o’rnatishda ana shu vtulka shtativga va limb mahkamlagich vint (8) yordamida vtulkaga o’rnatiladi. Alidadaning ikki tomoniga bir-biriga qarama-qarshi qilib
13-rasm vernerlar (9) o’rnatilgan. Alidada ham dioptirlar (10) bo’lib, burchaklarni o’lchashda yo’nalishiga qarash uchun ishlatiladi. Goniometrning ust qismiga kompos (3) o’rnatilgan bo’lib, u rumb burchaklarini o’lchashga mo’ljallangan. Goniometr kompas yordamida orientirlanadi. Kompos yordamida yo’nalishlarning azimutini ham aniqlash mumkin. Komposning strelkasini ishlatish uchun esa chapga aylantiriladi. Goniometr bilan plan olishda dalada o’lchangan rumb yoki azimut burchaklari maxsus jurnalga yozib boriladi, plan kameral sharoitda chiziladi.
A strolyabiya bilan ishlash. Astrolyabiya (usturlab) gorizontal burchaklarni o’lchash uchun ishlatiladigan asbob (14-rasm). Astrolyabiya asosan maktablarda yo’nalishlarning azimut burchaklarini, rumblarini va ikki yo’nalish orasidagi burchaklarni aniqlashda ishlatiladi. Astrolyabiya 360° ga bo’lingan limb (7) doirasidan, yo’nalishini aniqlovchi alidada (2) (unda ham ko’z va predmet dioptirlari bor) va alidada ustiga o’rnatilgan kompasdan (3) tuzilgan. Alidadagi dioptir ishlatilmagan vaqtda kompas ustiga bukib qo’yiladi. Limb
14-rasm doirasini gorizontal holatga keltirish uchun gorizontal adilak (4) o’rnatiladi. Astrolyabiya dalada shtativ ustiga o’rnatiladi, asbobni markazlashtirish uchun quyidagi ishlar bajariladi: astrolyabiya bilan joyda yo’nalishlar azimutini va ichki burchaklarini o’lchashda asbob belgilangan joyga o’rnatilib adilak yordamida limb gorizantal holatga keltiriladi, astrolyabiya shovun yordamida markazlashtiriladi, asbob orientirlanadi, buning uchun kompas strelkasining shimoliy uchi limb doirasidagi 0° ni, janub uchi 180° ni ko’rsatadigan holga keltiriladi. Bu ishlar bajarilgandan so’ng alidadaning ko’z dioptiridan qarab predmet dioptiri yo’nalishiga o’rnatilgan vexaga yo’naltiriladi. Bunda predmet dioptirining o’rtasidan o’tkazilgan ip vexaga to’g’ri kelishi kerak. Shundan keyin limbdagi 00 yo’nalishidan belgilangan yo’nalishgacha bo’lgan gorizontal burchak hisoblanadi va bu burchak joyda yo’nalishning magnit azimuti bo’ladi. Astrolyabiya yordamida joyda ichki burchaklar, yani bir nuqtadan chiqqan ikki yo’nalishning gorizontal proeksiyalari orasidagi burchaklar ham o’lchanadi.
Назорат саволлари:
Orientirlash нима ва ориентирлаш бурчакларига тавсиф беринг?
Azimut va rumb burchaklari, топографик карталарда қўлланилишини таҳлил қилинг?
Teodolit va u bilan burchak o’lchashга тавсиф беринг?
Бurchak o’lchash aniqligi деганда нимани тушунасиз?
Бурчак ўлчаш асбобларига тавсиф, уларнинг аҳамияти тўғрисида маълумот беринг?
Do'stlaringiz bilan baham: |