Orientirlash burchaklari, teodolit va u bilan burchak o’lchash


Teodolit bilan burchak o’lchash jurnali



Download 0,59 Mb.
bet4/7
Sana17.07.2022
Hajmi0,59 Mb.
#813049
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5382233899000664880

Teodolit bilan burchak o’lchash jurnali.
4-jadval

Asbob o’rnatiladigan nuqtalar

Kuzatiladigan nuqtalar

Vernerdan olingan sanoqlar

Sanoqlarning o’rtachasi

Burchaklar qiymati

Burchaklarning o’rtachasi

I

II

1

2

3

4

5

6

7

В

C

168026'

27

168026'30''

73034'30''







A

94052'

52

94052'




73035'




C

33055'

57

33056'

73035'30''




В

A

3230 20'

21

3230 20' 30''







Teodolit bilan plan olishda asos bo’lib xizmat qiladigan nuqtalarni birin - ketin birlashtirish natijasida hosil bo’ladigan siniq chiziqlar sistemasiga teodolit yo’llari deyiladi. Teodolit yo’llarini o’tkazishdan maqsad plan olishda bevosita asos bo’lib xizmat qiladigan nuqtalarning bir-biriga nisbatan tutgan o’rnini, ya’ni to’g’ri burchakli koordinatalarini aniqlashdan iborat. Teodolit yo’llari faqat teodolit bilan plan olishdagina emas, balki geodezik tayanch shaxobchalarini zichlashtirishda, shuningdek, boshqa xil plan olishlarda, (Masalan: menzula bilan plan olishda taxeromertrik plan olishda) hamda kanal yo’l trassalarini aniqlashda, gaz quvurlari, elektr tarmoqlari o’tkazishda va boshqa ishlarda ham keng qo’llaniladi. Teodolit yo’llari ochiq yoki yopiq poligon hosil qilishi mumkin. Ochiq poligon, odatda, ikkita geodezik tayanch nuqtalar oralig’ida o’tkaziladi. Teodolit yo’llari o’tkazilayotgan joyda geodezik tayanch nuqta bo’lmasa, qo’shimcha teodolit yo’llari o’tkazilib, poligon biron geodezik tayanch nuqtaga bog’lanadi. Teodolit yo’llarini o’tkazishda quyidagilarga rioya qilinadi:


A) Teodolit yo’llaridagi burchak uchlarini (nuqtalarni) shunday tanlash kerakki, ularda turib burchak o’lchash qulay bo’lishi lozim, atrofdagi joy yaxshi ko’rinadigan hamda plan olinayotganda ulardan maksimal foydalanish mumkin. Shuning uchun bunday nuqtalar uchun odatda ochiq joydagi baland nuqtalar tanlanadi:
B) Poligon tomonlari 50 m dan qisqa va 400 m dan uzun bo’lmasligi kerak. Odatda poligon tomonlarning uzunligi 200-300 m dan qilib olinadi. Undan tashqari, poligon tomonlari o’lchash qulay bo’lgan joylar (Masalan: yo’llar, tekis joydagi o’tloqlar va h.k.) bo’ylab o’tishi kerak. Poligon burilish nuqtalari qilib tanlangan nuqtalarning joydagi o’rni qoziq qoqib belgilab qo’yiladi. Qoziqqa nuqtalarning tartib raqami yozib qo’yiladi. Nuqtani aksini topib olish uchun uning atrofi doira shaklida qaziladi yoki atrofiga tosh uyib qo’yiladi. Poligon nuqtalaridan keyinchalik boshqa plan olishlarda yoki biron inshoat qurishda foydalaniladigan bo’lsa, burilish nuqtalari maxsus temir truba va boshqa belgilar bilan belgilab qo’yiladi. Poligon nuqtalari tanlanib, ularni o’rni belgilangandan so’ng o’lchash ishlari boshlanadi. Odatda, teodolit yo’lining o’ng tomondagi burchaklar o’lchanadi. Burchak o’lchash teodolit bilan to’liq amalda bajariladi. Har gal gorizontal burchak o’lchangandan so’ng teodolit bussoli bilan poligon tomonlari yo’nalishning magnit azimuti yoki rumbi ham o’lchanadi va ular asosida burchakning qiymati hisoblab chiqariladi. Bu burchak teodolit bilan o’lchanganda xatoga yo’l qo’ymaslik uchun o’lchangan burchakni tekshirib kurish uchun xizmat qiladi. Poligon tomonlarining uzunligi 20 m li po’lat lenta bilan ikki marta (to’g’ri va teskari yo’nalish bo’yicha) o’lchanadi. Agar poligon tomoni nishab yoki past-balandlik joylardan o’tsa, bu yerdagi qiyalik burchaklari ham o’lchanadii. O’lchash natijalari maxsus jurnalga yozib boriladi. Teodolit yo’li yopiq poligon shaklda bo’lsa, uning o’rtasidan diogonal yo’llar o’tkazilishi mumkin. Bunda diogonal yo’l poligonning biron nuqtasidan boshlanib ikkinchi bir nuqtasida bog’lanadi. Bir necha yo’llarning qo’shilish nuqtalari uzel nuqtalar deyiladi. (Masalan: yopiq poligondagi 50 va 2 nuqtalar uzel nuqtalardir.) Odatda teodolit yo’llari geodezik tayanch nuqta oralig’ida o’tkaziladi. Bunda teodolit yo’llarini tayanch nuqtaga bog’lash uchun boglanish burchaklari o’lchanadi.

II

I


7-rasm. Teodolit yordamida burchaklarni o’lchash sxemasi.


Masalan: В-nuqtada turib Ц va Ц1, С-nuqtada esa turib Ц2 va Ц3 burchaklari ulchanadi. Yopiq teodolit yo’llarini tayanch nuqtaga bog’lash uchun с va С1 burchaklari o’lchanadi (7-rasm).
Agar teodolit yo’li biron tayanch nuqtadan boshlanmagan, yoki tayanch nuqtaga borib tutashmagan bo’lsa, maxsus teodolit yo’li o’tkazib, uni geodezik tayanch nuqtaga bog’lanadi. Teodolit yo’llarini o’tkazishda bu yo’llar o’tadigan joyda biron to’siq, Masalan: jar, daryo, soy va boshqalar to’g’ri kelib qolsa, bu vaqtda masofa bevosita o’lchash mumkin bo’lmagan masofani aniqlash metodi bilan topiladi. Teodolit yo’llarini o’tkazishda dala ishlar tugagach, o’lchash natijalari ishlab chiqilib, poligon burilish nuqtalarining kooridinatalari aniqlaniladi. Bu quyidagi tartibda bajariladi.
1) burchak o’lchash natijalari ishlab chiqiladi;
2) poligon tomonlarning direktsion burchagi va rumblari hisoblanadi;
3) poligon, tomonlarining gorizontal proeksiyalari aniqlaniladi;
4) poligon uchlarining koordinata orttirmalari hisoblanadi va ortirma bog’lanmasligi tarqatiladi;
5) poligon uchlarining koordinatalari hisoblanadi. Bu ishlarning hammasi koordinatalarni hisoblash jurnalida bajariladi.
Umuman olganda, Yer yuzasining murakkab relef xatoliklarini kamaytirish maqsadida gnomon proeksiya usullaridan foydalaniladi. Bunda qisqa masofadagi hududlarning burchak, vertikal masofa va maydon hududlarini tasvirlashda teodolitdan foydalaniladi.



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish