Orientirlash burchaklari, teodolit va u bilan burchak o’lchash


Burchak o’lchash asboblari



Download 0,59 Mb.
bet5/7
Sana17.07.2022
Hajmi0,59 Mb.
#813049
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5382233899000664880

3.3. Burchak o’lchash asboblari


Teodalit – burchak o’lchash asboblari ichida eng murakkabi bo’lib, u bilan vertikal va gorizontal burchaklar o’lchanadi. Uning gorizontal va vertikal doiralarida gradusni aniq hisoblash uchun vernerlar o’rnatiladi va ular 0-3800 li burchaklarni aniq ifodalaydi. Plan olish ishlarida eng ko’p qo’llaniladigani taxiometr teodoliti bo’lib, unda bir vaqtning o’zida gorizontal va vertikal burchaklar o’lchanadi, joyning o’zida istalgan nuqtaning planli holatini va balandligini aniqlash mumkin.
Ekker – kichik maydonlarning uncha katta aniqlik talab qilinmaydigan planlarini olishda qo’llaniladi. Ekker asbobi joyda 450, 900 va 1350 li burchaklarni o’lchaydi. Ekkerning oddiy, optik va plazmali turlari mavjud, shulardan oddiy ekker qo’llanilishi jihatidan qulay hisoblanadi. Oddiy ekker – uzunligi 15-20 sm, qalinligi 1,5-2 sm, eni 2-3 sm bo’lgan ikkita taxtani bir-biriga “+” shaklida birlashtiriladi va taxtachalar orasidagi burchak 900 bo’lishi lozim (8-rasm). Taxtachalarning to’rt uchiga 4 dona dioptir (mix) o’rnatiladi, ular ham 900 li burchak hosil qilishi kerak. Ushbu asbob bilan quyidagi ishlar amalga oshiriladi.

8-rasm
1. O’zaro tik (perpendikulyar) chiziqlar hosil qilish: Masalan, joydagi AВ to’g’ri chiziqqa С nuqtadan tik chiziq o’tkazish uchun С nuqtaga ekker o’rnatilib, uning dioptirlari A va В nuqtalarga o’rnatilgan vexa (tayoqcha)larga yo’naltiriladi. So’ng AВ yo’nalishga tik bo’lgan 2 ta dioptir orqali o’tgan chiziq yo’nalishiga to’g’rilab, D nuqtaga vexa o’rnatiladi, natijada AВ ga tik bo’lgan СD chiziq hosil bo’ladi (9-rasm).
9-rasm
2. Kvadrat va to’g’ri burchakli to’rtburchak yasash. Turli kattalikdagi sport maydonchalarini qurishda, daraxtlarni kvadrat qatorlab ekishda to’rtburchaklar chizish kerak bo’ladi. Buning uchun dastlab to’rtburchak yoki kvadratning bir uchiga ekker o’rnatilib, 900 li burchak bilan tik chiziqlar o’tkaziladi va bu chiziqlar bo’ylab lenta yoki ruletka bilan o’lchanadi va kerakli masofa belgilanadi. So’ng ekker - ikkinchi nuqtaga o’rnatilib, yana 90° li burchak xosil qilinadi va tik chiziq bo’ylab kerakli masofa o’lchanadi. Tik chiziqlarning uchlari tutashtirilsa, to’g’ri to’rtburchak yoki kvadrat hosil bo’ladi.
3. Bevosita o’lchash mumkin bo’lmagan masofalarni o’lchash. Masalan, nuqtalar orasidagi maeofani o’lchash kerak, deylik. Lekin o’tib bo’lmaydigan botqoqlik bo’lgani uchun bu masofani to’g’ridan-to’g’ri yo’nalish bo’yicha o’lchab bo’lmaydi. Shuning uchun biz ekkerni A nuqtaga o’rnatib С nuqtaga o’rnatilgan vexaga yo’naltiramiz va masofani lenta bilan o’lchaymiz. So’ngra ekkerni C nuqtaga o’rnatib, D nuqtadagi o’rnatilgan vexaga yo’naltiramiz va masofani o’tib bo’maydigan botqoqlikning kengligicha o’lchab chiqamiz (chizmada CD chiziq), undan keyin ekkerni C nuqtadan olib, D nuqtaga o’rnatamiz va yo’nalish bo’yicha kesmaga teng masofa o’lchab В nuqtaning o’rni aniqlanadi. Shundan so’ng nuqtalar orasidagi masofani topiladi (10-rasm).
10-rasm
4. Borib bo’lmaydigan nuqtalar orasidagi masofa ham ekker yordamida aniqlanadi. Masalan, 11-rasmdagi daryoning narigi tomonidagi B nuqtagacha bo’lgan masofani aniqlash lozim, deylik. Buning uchun ekker A nuqtaga qo’yilib aniqlanishi kerak bo’l­gan, ya’ni daryoning narigi tomonidagi B nuqtaga AB tik chiziq o’tkaziladi. So’ngra ekkerdan AD yo’nalish belgilaiib, uning masofasi AB ga taxminan (ko’z bilan chamalab) teng qilib, D nuqta belgilanadi va unga vexa o’rnatiladi. Keyin DE yo’nalish belgilanadi, so’ngra AD yo’nalish o’rtasida C nuqta belgilanadi (AC va CD teng bo’lishi kerak). C nuqtadan B nuqtaga yo’nalish belgilanib, u qarama-qarshi tomonga davom ettiriladi va bu yo’nalish DE yo’nalish bilan kesishgan nuqta belgilanib, unga Ye nuqta qo’yiladi. Natijada bir-biriga teng bo’lgan ABC va CDE uchburchaklar hosil bo’ladi. Bunda AB va DE tengdir.
11-rasm

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish