Orientirlash burchaklari, teodolit va u bilan burchak o’lchash


Teodolit va u bilan burchak o’lchash, burchak o’lchash aniqligi



Download 0,59 Mb.
bet3/7
Sana17.07.2022
Hajmi0,59 Mb.
#813049
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5382233899000664880

3.2. Teodolit va u bilan burchak o’lchash, burchak o’lchash aniqligi

Teodolit bilan gorizontal burchaklarni o’lchash. ABC burchakni o’lchash kerak bo’lsin. Buning uchun dastlab teodolit burchak uchi bo’lgan B-nuqtaga o’rnatiladi. Teodolitni nuqtaga o’rnatishda quyidagi ishlar bajariladi (6-rasm):


1. Asbob markazlashtiriladi. Buning uchun o’rnatgich vint uchidagi ilgakka shovun osiladi. Shtativ nuqta uchiga shunday o’rnatiladiki, uning uchi gorizontal holda, shovun esa taxminan nuqta uchida bo’lishi lozim, keyin shtativ oyoqlarining uchi yerga botiriladi, so’ngra o’rnatgich vinti bo’shatilib, asbob shtativ uchida so’riladi, shovun joydagi nuqtaning markaziga to’g’ri kelishi lozim va nihoyat o’rnatgich vint mahkamlanadi.
2. Asbob aylanish o’qi vertikal holatga keltiriladi. Bu ish shtativni nuqtaga o’rnatishda taxminan bajarilgan bo’ladi. Asbob aylanish o’qini vertikal holatga keltirish uchun adilakning o’qi taglikning ikkita ko’targich vintiga parallel qilib qo’yiladi va bu ko’targich vintlarni qarama-qarshi tomon bo’ylab adilak pufakchasi naycha o’rtasiga keltiriladi. Agar teodolitning gorizontal doirasida ikkinchi adilak bo’lsa, taglikning uchinchi ko’targich vintini burib uning pufakchasini ham naycha o’rtasiga keltiriladi. Bitta adilak bo’lsa, u vaqtda uning pufakchasi ikkita ko’targich vint bilan o’rtaga keltiriladi, alidadani 90°ga burab, adilakning o’qi uchinchi ko’targich vint uchiga qo’yiladi, so’ng bu ko’targich vintini burab adilak pufakchasi o’rtaga keltiriladi. Asbobning aylanish o’qini virtikal holatga keltirish uchun bu ish ikki-uch qayta takrorlanadi.
T eodolitni nuqtaga o’rnatib bo’lgach burchak quyidagi tartibda o’lchanadi:
Asbob o’rnatilgan nuqtadan (B-nuqtadan) truba orqali o’ng tomondagi nuqta (C) ga qaraladi. Bu vaqtda gorizontal doiraning mahkamlagich vinti mahkamlangan, alidada va trubaning mahkamlagich vintlari esa bo’shatilgan bo’lishi kerak. 6-rasm.
Nuqtaga o’rnatilgan vexa trubadan ko’ringach alidada va truba mahkamlanadi. Shu yo’naltirgich vintlari yordamida iplar setkasining kesishgan nuqtasi verxaning tagiga to’g’irlanadi va limbdan sanoq olinadi.
Bunda birinchi vernerdan gradus, minut va sekunt ikkinchi vernerdan faqat minut va sekunt qiymatlari olinadi. Mmasalan: C-nuqtaga qarab gorizontal doiraning birinchi verneridan olingan sanoq (a) 168°26' ikkinchi verneridan olingan sanoq esa 94052' bo’lsin. Birinchi vernerdan olingan sanoq jurnalning 3-grafasiga, ikkinchi vernerdan olingan sanoq esa 4-grafasiga yoziladi (4-jadval). Jurnalning birinchi grafasiga asbob o’rnatilgan nuqtaning, ikkinchi grafasiga asbob orqali kuzatilgan nuqtaning raqami yoki nomi yoziladi.
Vernerlardan olingan sanoqlar uchiga burchak o’lchayotganda virtikal doira trubaga nisbatan qaysi tomonda bo’lsa, o’sha tomon, ya’ni doira o’ng (P) yoki doira chap (β) deb yozib qo’yiladi. Chizmada doira o’ng tomonda bo’lganligi uchun R deb yoziladi.
2. Alidadaning mahkamlagich vintini bo’shatib trubani A-nuqtaga tomon buriladi va trubadan A-nuqtadagi verxa ko’ringach, alidada va truba mahkamlanadi. Yo’naltirgich vintlar yordamida iplar setkasining kesishgan nuqtasini verxa tagiga to’g’irlanadi va yuqoridagi kabi xar ikkala vernerdan sanoq olib, uni jurnalning 3 va 4 - grafalariga A-nuqtaning qarshisiga yoziladi. Masalan: birinchi vernerlardan olingan sanoq 94°52', ikkinchi vernerdan olingan sanoq 52.
3. Vernerlardan olingan sanoqlarning o’rta arifmertik miqdori chiqarilib, u jurnalning 5-grafasiga yoziladi. Bunda faqat minutli qiymatlarning o’rtachasi chiqariladi, graduslar esa ko’chirib yoziladi. Masalan: C-nuqtaga qarab birinchi vernerdan olingan sanoq 168°26', ikkinchi vernerdan olingan sanoq 27. shunda o’rtacha sanoq 168°26'30'' bo’ladi.
4. O’ng tomondagi nuqtaga qarab olingan o’rtacha sanoq (a) dan, chap tomondagi nuqtaga qarab olingan o’rtacha sanoq (в) ni ayirib burchakning qiymati topiladi. Masalan: C-nuqtaga qarab olingan o’rtacha sanoq 168° 26' 30'', A-nuqtaga qarab olingan o’rtacha sanoq esa 94°52'. Shunda burchakning qiymati bo’ladi 168°26'30'' s 94°52' s 73°34'30''. Agar o’ng tomonga qarab olingan o’rtacha sanoq chap tomondagi nuqtaga qarab olingan o’rtacha sanoqdan kichik bo’lsa, burchak qiymatini chiqarish uchun o’ng tomondagi sanoqqa 330 qo’shiladi va hisoblab chiqarilgan burchak jurnalning 6-grafasiga yoziladi. Gorizontal burchaklarni o’lchashning bu usuli yarim amal deyiladi.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish