Organizmda moddalarning tashilishi va ularning turlari



Download 70 Kb.
bet1/7
Sana31.12.2021
Hajmi70 Kb.
#247010
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fkk referat


Toshkent Farmatsevtika Instituti Farmatsiya yönalishi 206-"B"guruh talabasi Dadajonov Rasulbekninig Fizik kalloid kimyo fanidan tayyorlagan

Referat

Mavzu:Organizmda moddalarning tashilishi va ularning turlari

Tekshirdi:Hazratqulova Sevara opa

Bajardi:Dadajonov Rasulbek



Reja:


  1. Biomembranalarning vazifasi va tuzilishi.

  2. Organizmda moddalar tashilishining ahamiyati va turlari.

  3. Mexanik tashish va uning mexanizmi.

  4. Diffuzion tashish va uning turlari.

  5. Faol tashishning ahamiyati va energiya manbai.

  6. lektroforetik tashish.

  7. Vezikulyar tashish va uning ahamiyati.

  8. Organ va to’qimalar o’rtasida moddalarning tashilishi.

1. Biomembranalarning vazifasi va tuzilishi. Barcha hujayralar va ularning organoidlari membrana bilan o’ralgandir. Ularning umumiy miqdori hujayra massasini 80% gacha tashkil etishi mumkin. Barcha membranalar polyardir, ya’ni tashqi va ichki tomonlari tuzilishida farq bordir.

Biomembranalar quyidagi vazifalarni bajaradi:

1. Hujayra va hujayra organoidlarini o’rab turadi va ajratadi. Jumladan hujayrani tashqi muhitdan plazmatik membrana ajratadi va uning mexanik hamda kimyoviy ta’sirlardan himoya qiladi. Shu bilan birga plazmatik membrana hujayra ichi va tashqi muhiti o’rtasida metabolitlar va anorganik ionlar kontsentratsiyasining farqini saqlaydi.

2. Hujayra ichida metabolitlar va ionlar tashilishini boshqaradi va gomeostazni saqlashda muhim vazifani bajaradi.

3. Hujayra tashqarisidagi signallarni qabul qilish va hujayra ichiga uzatish.

4. Fermentativ kataliz. Jumladan, mitoxondrial membranalarda joylashgan nafas zanjiri fermentlarining energiya almashinuvida, endoplazmatik to’rdagi ferment tizimlar ksenobiotiklarni detoksikatsiyasida, yog’lar biosintezida qatnashadi.

5. Hujayralararo matriks va boshqa hujayralar bilan bog’lanish va ta’sirlanish, hujayralarning qo’shilishida va to’qimalar hosil qilishida ishtirok etadi.

6. Hujayra va organellalar shaklini va harakatini ta’minlash, sitoskeletni hosil qilish.

Biomembranalar yog’lar, oqsillar va uglevodlardan tashkil topgan. Membrana komponentlari nokovalent bog’lar bilan bog’langan, bu esa ularning nisbiy harakatchanligini belgilaydi. Membrananing suyuq holati ulardagi to’yinmagan yog’ kislotalariga bog’liqdir. Membrana oqsillari ham harakatchandir. Agar ular membrana ichiga chuqur kirmagan bo’lsa, lipid qavatida suzib yuradi. Shuning uchun membranalar suyuq-mozaik shaklga ega.

Yog’lar, oqsillar va uglevodlar nisbati biomembranalarning turiga bog’liq.

Masalan, miyelinning ¾ qismi yog’lardir, mitoxondriyalarning ichki membranasida esa oqsillar ko’p, plazmatik membranalar tashqi qavatida esa uglevodlar mavjud. Membranalarda lipidlar tarkibi ularning hujayra va to’qima spetsifikligiga bog’liq. Ularning asosini fosfolipidlar (fosfotidilxolin, fosfotidiletanolamin, fosfotidilserin, kardiolipin, sfingomiyelin) hosil qiladi, so’ng glikolipidlar va xolesterin tashkil etadi. Membrananing minor komponentlariga mitoxondrial membranalardagi ubixinon, tokoferollar kiradi.

Membrana oqsillarining asosiy qismi fermentlardir. Shuning uchun membranalarning fermentativ faoliyati qanchalik xilma-xil bo’lsa, shunga ko’ra undagi oqsillar miqdori ham shuncha ko’p bo’ladi. Miyelin tarkibida 20% oqsil bo’ladi. Fermentativ faoliyati juda yuqori bo’lgan mitoxondriyaning ichki membranasi tarkibida 75% oqsil bo’ladi.

Biomembranalardagi uglevodlar erkin holda bo’lmaydi. Ular lipidlar bilan birikkan – glikolipid yoki oqsillar bilan birikkan glikoproteid holatida uchraydi. Glikoproteidlarning uglevod qismi hujayraning sirtida joylashgan bo’lib, glikokaliksni hosil qiladi.

Fosfolipidlar va glikolipidlar molekulalarining xarakterli xususiyati ularning amfifilligidadir. Glikolipidlar molekulasi gidrofil uchi uglevod qismidan, fosfolipidlarning gidrofil uchi xolin, etanolamin, yoki serinni biriktirib olgan fosfat qoldig’idan hosil bo’ladi. Tuzilishi va fizik-kimyoviy xususiyatlarining mana shu xossasi fosfolipidlar bilan glikolipidlarning biologik membranalar tuzilishidagi o’rnini belgilab beradi; membrananing asosiy qismini lipid qo’sh qavati tashkil etadi.

Biomembranalarning tuzilishini tasvirlovchi bir necha xil modellar tavsiya etilgan. Birinchi model Daniyel va Davson (1931) taklif etgan “buterbrod” modelidir; unga ko’ra membrana lipid qo’sh qavatdan tashkil topgan bo’lib, lipidlar gidrofob qismi membrana o’rtasida, oqsil qismlar esa lipid qavatining har ikki tomoniga joylashgan. Ikkinchi model bo’yicha lipidlarning gidrofob dum qismi va oqsillar gilam iplari kabi bir-biri bilan chirmashib ketgan va ularning turg’unligi elektrostatik kuch hisobiga emas, balki gidrofob bog’lar evaziga ta’minlanadi. Uchinchi xil model bo’yicha (“mozaik”) membranalar oqsil molekulalaridan tarkib topgan bo’lib, ularning orasida bo’shliqlar lipidlar bilan qoplangan.

2. Organizmda moddalar tashilishining ahamiyati va turlari. Moddalarning tashilishi yoki bir joydan ikkinchi joyga o’tkazilishi faqatgina moddalar almashinuvi emas, balki organizmning umumiy hayot faoliyati uchun ham zarur. Moddaning tashilishi ko’proq bog’lovchilik vazifasini bajaradi, masalan, hujayraning ichida yoki to’qima va organizmlar metabolizmning turli qismlari orasida bog’lovchilik vazifasini bajaradi.

Moddalarning tashilishi bo’lganligi sababli organizmning biokimyoviy ixtisoslashgan organ va to’qimalari bo’lishi mumkin, bu esa har bir to’qima va organda fermentlar toplamining sintezi uchun energetik va plastik resurslarini , tejash imkonini beradi. Masalan, yog’ to’qimasi turli xil substratlardan triasilglitserinlarning hosil bo’lishiga ixtisoslashgan va bu bilan boshqa to’qimalarni ularni ko’p miqdorda sintez qilishdan ozod qiladi. Zaruratga qarab yog’ to’qimadan lipidlarning mobilizatsiyasi amalga oshadi hamda u bilan to’qima va organlar ta’min etiladi.

Moddalarning tashilishi quyidagi mexanizm asosida boradi:

1. Mexanik tashilishi:

a) Tashuvchisiz;

b) Tashuvchi bilan;

2. Diffuzion tashilishi:

a) Oddiy diffuziya (passiv tashilish);

b)yengillashgan diffuziya (yengillashgan tashilish);

3). Faol tashilishi:

a) Birlamchi faol tashilish;

b) ikkilamchi faol tashilish;

4. Elektroforetik tashilish;

5. Vezikulyar tashilishi (sitoz);

a) Pinositoz (endositoz);

b) Ekzotsitoz.




Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish