Toshkent Farmatsevtika Instituti Farmatsiya yönalishi 206-"B"guruh talabasi Dadajonov Rasulbekninig Fizik kalloid kimyo fanidan tayyorlagan
Referat
Mavzu:Organizmda moddalarning tashilishi va ularning turlari
Tekshirdi:Hazratqulova Sevara opa
Bajardi:Dadajonov Rasulbek
Reja:
Biomembranalarning vazifasi va tuzilishi.
Organizmda moddalar tashilishining ahamiyati va turlari.
Mexanik tashish va uning mexanizmi.
Diffuzion tashish va uning turlari.
Faol tashishning ahamiyati va energiya manbai.
lektroforetik tashish.
Vezikulyar tashish va uning ahamiyati.
Organ va toqimalar ortasida moddalarning tashilishi.
1. Biomembranalarning vazifasi va tuzilishi. Barcha hujayralar va ularning organoidlari membrana bilan oralgandir. Ularning umumiy miqdori hujayra massasini 80% gacha tashkil etishi mumkin. Barcha membranalar polyardir, yani tashqi va ichki tomonlari tuzilishida farq bordir.
Biomembranalar quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Hujayra va hujayra organoidlarini orab turadi va ajratadi. Jumladan hujayrani tashqi muhitdan plazmatik membrana ajratadi va uning mexanik hamda kimyoviy tasirlardan himoya qiladi. Shu bilan birga plazmatik membrana hujayra ichi va tashqi muhiti ortasida metabolitlar va anorganik ionlar kontsentratsiyasining farqini saqlaydi.
2. Hujayra ichida metabolitlar va ionlar tashilishini boshqaradi va gomeostazni saqlashda muhim vazifani bajaradi.
3. Hujayra tashqarisidagi signallarni qabul qilish va hujayra ichiga uzatish.
4. Fermentativ kataliz. Jumladan, mitoxondrial membranalarda joylashgan nafas zanjiri fermentlarining energiya almashinuvida, endoplazmatik tordagi ferment tizimlar ksenobiotiklarni detoksikatsiyasida, yoglar biosintezida qatnashadi.
5. Hujayralararo matriks va boshqa hujayralar bilan boglanish va tasirlanish, hujayralarning qoshilishida va toqimalar hosil qilishida ishtirok etadi.
6. Hujayra va organellalar shaklini va harakatini taminlash, sitoskeletni hosil qilish.
Biomembranalar yoglar, oqsillar va uglevodlardan tashkil topgan. Membrana komponentlari nokovalent boglar bilan boglangan, bu esa ularning nisbiy harakatchanligini belgilaydi. Membrananing suyuq holati ulardagi toyinmagan yog kislotalariga bogliqdir. Membrana oqsillari ham harakatchandir. Agar ular membrana ichiga chuqur kirmagan bolsa, lipid qavatida suzib yuradi. Shuning uchun membranalar suyuq-mozaik shaklga ega.
Yoglar, oqsillar va uglevodlar nisbati biomembranalarning turiga bogliq.
Masalan, miyelinning ¾ qismi yoglardir, mitoxondriyalarning ichki membranasida esa oqsillar kop, plazmatik membranalar tashqi qavatida esa uglevodlar mavjud. Membranalarda lipidlar tarkibi ularning hujayra va toqima spetsifikligiga bogliq. Ularning asosini fosfolipidlar (fosfotidilxolin, fosfotidiletanolamin, fosfotidilserin, kardiolipin, sfingomiyelin) hosil qiladi, song glikolipidlar va xolesterin tashkil etadi. Membrananing minor komponentlariga mitoxondrial membranalardagi ubixinon, tokoferollar kiradi.
Membrana oqsillarining asosiy qismi fermentlardir. Shuning uchun membranalarning fermentativ faoliyati qanchalik xilma-xil bolsa, shunga kora undagi oqsillar miqdori ham shuncha kop boladi. Miyelin tarkibida 20% oqsil boladi. Fermentativ faoliyati juda yuqori bolgan mitoxondriyaning ichki membranasi tarkibida 75% oqsil boladi.
Biomembranalardagi uglevodlar erkin holda bolmaydi. Ular lipidlar bilan birikkan glikolipid yoki oqsillar bilan birikkan glikoproteid holatida uchraydi. Glikoproteidlarning uglevod qismi hujayraning sirtida joylashgan bolib, glikokaliksni hosil qiladi.
Fosfolipidlar va glikolipidlar molekulalarining xarakterli xususiyati ularning amfifilligidadir. Glikolipidlar molekulasi gidrofil uchi uglevod qismidan, fosfolipidlarning gidrofil uchi xolin, etanolamin, yoki serinni biriktirib olgan fosfat qoldigidan hosil boladi. Tuzilishi va fizik-kimyoviy xususiyatlarining mana shu xossasi fosfolipidlar bilan glikolipidlarning biologik membranalar tuzilishidagi ornini belgilab beradi; membrananing asosiy qismini lipid qosh qavati tashkil etadi.
Biomembranalarning tuzilishini tasvirlovchi bir necha xil modellar tavsiya etilgan. Birinchi model Daniyel va Davson (1931) taklif etgan buterbrod modelidir; unga kora membrana lipid qosh qavatdan tashkil topgan bolib, lipidlar gidrofob qismi membrana ortasida, oqsil qismlar esa lipid qavatining har ikki tomoniga joylashgan. Ikkinchi model boyicha lipidlarning gidrofob dum qismi va oqsillar gilam iplari kabi bir-biri bilan chirmashib ketgan va ularning turgunligi elektrostatik kuch hisobiga emas, balki gidrofob boglar evaziga taminlanadi. Uchinchi xil model boyicha (mozaik) membranalar oqsil molekulalaridan tarkib topgan bolib, ularning orasida boshliqlar lipidlar bilan qoplangan.
2. Organizmda moddalar tashilishining ahamiyati va turlari. Moddalarning tashilishi yoki bir joydan ikkinchi joyga otkazilishi faqatgina moddalar almashinuvi emas, balki organizmning umumiy hayot faoliyati uchun ham zarur. Moddaning tashilishi koproq boglovchilik vazifasini bajaradi, masalan, hujayraning ichida yoki toqima va organizmlar metabolizmning turli qismlari orasida boglovchilik vazifasini bajaradi.
Moddalarning tashilishi bolganligi sababli organizmning biokimyoviy ixtisoslashgan organ va toqimalari bolishi mumkin, bu esa har bir toqima va organda fermentlar toplamining sintezi uchun energetik va plastik resurslarini , tejash imkonini beradi. Masalan, yog toqimasi turli xil substratlardan triasilglitserinlarning hosil bolishiga ixtisoslashgan va bu bilan boshqa toqimalarni ularni kop miqdorda sintez qilishdan ozod qiladi. Zaruratga qarab yog toqimadan lipidlarning mobilizatsiyasi amalga oshadi hamda u bilan toqima va organlar tamin etiladi.
Moddalarning tashilishi quyidagi mexanizm asosida boradi:
1. Mexanik tashilishi:
a) Tashuvchisiz;
b) Tashuvchi bilan;
2. Diffuzion tashilishi:
a) Oddiy diffuziya (passiv tashilish);
b)yengillashgan diffuziya (yengillashgan tashilish);
3). Faol tashilishi:
a) Birlamchi faol tashilish;
b) ikkilamchi faol tashilish;
4. Elektroforetik tashilish;
5. Vezikulyar tashilishi (sitoz);
a) Pinositoz (endositoz);
b) Ekzotsitoz.
Do'stlaringiz bilan baham: |