Ehtiyojlar
Ehtiyojlar — organizm, inson shaxsi,
ijtimoiy guruh, umuman jamiyatning
hayot faoliyatini saqlab turish uchun
zarur boʻlgan narsalarga talab, muhtojlik.
Nazariy va amaliy iqtisodiyotning
fundamental kategoriyalaridan biri. E.
subʼyekt bilan uning faoliyati oʻrtasidagi
bogʻlanishlarni ifoda etadi va maqsadlar,
mayllar, intilishlarda va pirovardida
hattiharakatlar, feʼlatvorda yuzaga
chiqadi. Faoliyat sohasiga qarab
mehnatga, bilimga, muloqotlarga;
obʼyektiga qarab moddiy, maʼnaviy;
subʼyektiga koʻra yakka (shaxsiy), guruhiy,
jamoaviy, ijtimoiy E. boʻlishi mumkin.
E.ning umumiy qonuniyati — ularning
umuman bevosita inson faoliyatiga,
xususan, ijtimoiy ishlab chiqarish ga
bogʻliq boʻlishidir. Ayni payda faollikka
undovchi kuch boʻlgan E., oʻz navbatida,
hayot sharoitlariga tanlama taʼsir
koʻrsatadi, ularning oʻziga xos
tomonlarini belgilaydi, u yoki bu faoliyat
usullarini va E.ni qondiradigan predmetlar
ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi. Mas,
bir vaqtlar kishilarda avtomobilga paydo
boʻlgan E. ularni yaratish yoʻlida
izlanishlarning boshlanishiga sabab
boʻldi, butun bir sanoat tarmogʻining
paydo boʻlishiga olib keldi.
Tarixan E. oʻsib boradi, ular xilmaxil,
oʻzgaruvchan, tuzilmaviy oʻzgarishlarga
uchrab turadi. E. tizimida iqtisodiy
ehtiyojlar asosiy oʻrinda turadi. Ularga
birinchi navbatda, moddiyashyoviy E.
(moddiy va maʼnaviy) — oziq-ovqat
mahsulotlariga, kiyimkechak, axborot
vositalari (gazeta, kitob va boshqalar)ga
E., shuningdek, iqtisodiy E. tuzilmasida
oliy oʻrinda turadigan mehnat qilish, taʼlim
olish, sogʻliqni saqlash E.i kiradi.
Iqtisodiy E.ni ham ularni roʻyobga
chiqaradigan subʼyektlariga qarab
tasniflash mumkin (shaxsiy — yakka,
jamoa va ijtimoiy — umumiy E.).
Bozor munosabatlari sharoitlarida
iqtisodiy E. pul bilan vositalanadi va talab
sifatida yuzaga chiqadi (qarang Talab va
shaklif). Ishlab chiqarish va E. oʻrtasidagi
teran ichki bogʻlanishlar ehtiyojlarning
oʻsib borishi qonunida oʻz ifodasini
topadi. Iqtisodiyotning butun tarixini eng
oddiy E.dan tobora har tomonlama
rivojlangan inson E.ining shakllanishiga
oʻtish tarixi tarzida qarash mumkin.
Sherqul Shodmonov.
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Ehtiyojlar&oldid=2063567
"
dan olindi
So‘nggi tahrir 6 kunlar avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi
Do'stlaringiz bilan baham: |