POLIMERLAR
1. Yuqori molekulyar birikmalarning molekulyar massasini ko'rsating.
J: 5000 dan bir necha milliongacha
2. Molekulyar massasi 500 - 5000 orasida bo'lgan moddalar nima deyiladi?
J: Oligomerlar
3. Monomerlar bir-biri bilan ... hisobiga birikadi.
J: Qo'shbog' yoki uchbog'ning uzilishi
4. Polimer molekulyar massasining monomer molekulasiga nisbati nimani ko'rsatadi?
J: Polimerlanish darajasini
5. Polimerlanishda monomerlar orasida qanday bog' vujudga keladi?
J: Kovalent
6. Polimerlanish reaksiyalariga kirishadigan to'yinmagan galoidli birikmalarni ayting.
J: Vinil xlorid, tetraftor etilen
7. Polimerlana oladigan keton (1) va aldegid (2) qaysi?
J: 1) atseton; 2) formaldegid
8. Polimerlanishga uchraydigan beqaror sikloalkanlar qaysilar?
J: Siklopropan va siklobutan
9. Polimerlanish jarayoni reaksiya tezligiga qarab qanday toifalanadi?
J: Bosqichli va zanjirsimon
10. Polimerlanish jarayonida reaksiyaning bosqichli yoki zanjirsimon bo'lishi qaysi omilga bog'liq?
J: Reaksiya tezligiga
11. Qanday polimerlanishda reaksiyada monomer molekulalarining o'zaro birikishi asta-sekin davom etib, ko'pincha kichi» molekulyar massali polimerlar hosil bo'ladi?
J: Bosqichli polimerlanishda
12. Qaysi polimerlanishda migratsion harakat kuzatiladi?
J: Bosqichli polimerlanishda
13. Polimerlanishida migratsion harakat kuzatiladigan modds |
qaysi?
J: Izobutilen
13. Zanjirsimon polimerlanish reaksiyasi bosqichlarini sanang.
J: Aktiv markaz paydo bo'lishi; zanjiming o'sishi; zanjirning uzilishi
14. Zanjirsimon polimerlanishda ancha energiya talab qiluvch sekinlik bilan boradigan jarayon qaysi?
J: Aktiv markazning paydo bo'lishi
15. Zanjirsimon polimerlanishda aktiv markazni nimalar hosil qiladi?
J: Erkin radikallar yoki ionlar
16. Issiqlik, yorug'lik yoki ultrabinafsha nurlar ta'sirida qand polimerlanish kuzatiladi?
J: Erkin radikaili zanjirsimon polimerlanish
17. Agar polimertanish tuzlar, ishqoriy metallar bilan boshlansa, qaysi turga kiradi?
J: Ion polimerlanishli zanjirsimon polimerlanishga
18. Zanjirsimon polimerlanishda juda oz energiya talab qilib, o'ta qisqa vaqtda sodir bo'ladigan bosqich qaysi?
J: Zanjirning o'sishi
19. Agar radikalli polimerlanish qizdirish bilan olib borilsa,... hosil bo'ladi.
J: Biradikal
20. Temperatura ta'sirida mutlaqo polimerlanmaydigan moddalar qaysilar?
J: Vinilatsetat, vinilidenxlorid, akrilonitril
21. Qizdirilganida ancha tez polimerlanadigan moddalar...
J: Stirol, metilakrilat
22. Sur energiyasi yordamida polimerlanish nima deyiladi?
J: Fotokimyoviy polimerlanish
23. Oppanol, vistaneks, polibuten nomlari bilan yuritiladigan poimer qaysi?
J: Poliizobutilen
24. Qaysi polimer cho'zilganida boshlang'ich holatidan 15 marta uzun bo'lishi mumkin?
J: Oppanol (vistaneks, polizobutilen)
25. Tiniqligi jihatidan shishaga yaqin turuvchi, 90% nurni o'tkazuvchi, suvni shimmaydigan polimer qaysi?
J:Polistirol
26. Polivinilxlorid asosida tayyorlanadigan mahsulot...
J: Linoleum
27. Kristallana olmaydigan, alanga ta’sirida suyuqlanmay, yorv may, parchalanib ketadigan, sariq yoki oq rangda bo'ladigar polimer...
J: Polivinilxlorid
28. Bakteriyalar va mikroblar ta’sirida parchalanmaydigan, tabiiy tolalar va gazlamalarni ohorlash uchun ishlatiladigan polimer qaysi?
J: Polivinilspirt
29. Jarrohlikda tola sifatida ishlatiladigan polimer...
J: Polivinilspirt
30. Zar suvida ham erimaydigan, chidamli termoreaktiv polimer qaysi?
J: Teflon
31. Organik shisha olishda ishlatiladigan polimer ...
J: Polimetilmetakrilat
32. Fenoflastlar tayyorlashda ... ishlatiladi.
J: Fenolformaldegid
33. Sopolimertarkibida ... tutadi.
J: 2 yoki undan ortiq turdagi monomer
34. Istalgan talabga javob beruvchi polimerlar qanday polimerlanish reaksiyasidan olinadi?
J: Sopolimerianish
35. Sopolimerlarda polimerning xossasi nimaga bog’liq?
J: Sopolimer uchidagi monomer zvenosi xususiyatiga
36. Oddiy sopolimerlarga xos xususiyatlar...
J: Chiziqsimon, monomerlar betartib bog'langan, AABAABBBBAAB holda bo'ladi
37. Blok sopolimerlarga tegishli xususiyatlarni toping.
J: Chiziqsimon, monomerlar aralashib ketmagan, AAAAAABBBBBBBB holda bo'ladi
38. Agar sopolimer tarkibida monomerlar chiziqsimon holatda faqat bir xil monomer bo'lib, tarmoqlangan holda ikkinchi xil monomer birikkan bo'lsa, bunday sopolimer qanday nomlanadi?
J: Payvand sopolimer
39. Agar polimer zanjirida faol markazlar zanjirning o’rtasida turза,... hosil bo’ladi.
J: Payvand sopolimer
40. Agаг faol markazlar polimer zanjirining chetki qismlarida, ya'ni uchlarida tursa, nima hosil bo’ladi?
J: Oddiy sopolimer
41. Biror polimer makromolekulasini aktivlashtirib turib, ikkinchi xil monomer ta’sir ettirilsa, qanday turdagi sopolimer hosil bo'ladi?
J: Blok sopolimer
42. Uchidagi funksional guruhlari turlicha bo’lgan 2 xil polimer makromolekulalarini o'zaro kondensatlanish reaksiyalariga kishtirib biriktirsak, qanday turdagi sopolimer hosil bo'ladi?
J: Blok sopolimer
43. Yuqori molekulyar birikmalarning xossalari nimaga bog'liq?
J: Ularning tuzilishi va olish usuliga
44. Bir xil molekulalarning ketma-ket, yanada yirik molekulalar hosil qilib birikish reaksiyasi nima deyiladi?
J: Polimerlanish
45. Makromolekulaning 1 ta zvenosi nima deyiladi?
J: Monomer
46. Polimerlanish darajasi nima?
J: Polimer hosil bo'lishidagi monomerlar soni
47. Uglerod atomlari zigzagsimon joylashsa polimeming geometrik shakli qanday bo'ladi?
J: Chiziqli
48. Polimer makromolekulasi qanday shakllarda bo'ladi?
J: Chiziqli, tarmoqlangan, fazoviy
49. Polimer makromolekulalari parallel joylashsa, polimer qanday tuzilishli bo'ladi?
J: Kristall
50. Amorf strukturaga ta’rif bering.
J: Polimer makromolekulalari tartibsiz joylashgan struktura
51. Polimerda qaysi parametr o'zgarib turadi?
J: Kristallik darajasi; masalan, polimer cho'zilganida kristailik darajasi ortadi
52. Polimer uchun qaysi qiymat barqaror emas?
J: Polimerlanish darajasi
53. Polimerlarning kam eruvchanligiga sabab nima?
J: Erituvchining kichik molekulalari makromolekuiani ajrata olmasligi
54. YMBIarning mexanik mustahkamligi qanday izohlanadi?
J: Molekulalararo kuchning katta bo'lishida
55. Dolimerlanish reaksiyalari... bo'yicha boradi.
J: Erkin radikal mexanizm
56. Initsiatoming vazifasi nima?
J: Erkin radikallar paydo qilish
57. Monomer molekulasi bilan beqaror oraliq birikma hosil qiluvchilar nima deyiladi?
J: Initsiatorlar
58. Radikalning erkin elektroni monomer bilan qanday ta’sirlastiadi?
J: Uning π-bog'iga ta’sir qiladi
59. Radikal va monomer orasida hosil bo'ladigan bog' qaysi turga mansub?
J: Kovalent
60. Initsiator ta’sir qilgan monomer nima deyiladi?
J: Erkin radikal
61. Etilenning polimerlanish reaksiyasi uchun bosimni aniqlang.
J: 150 mPa
62. Etilenning polimerlanish reaksiyasi uchun initsiatorni aniqlang.
J: Kislorod
63. Polimer materiallar orasida ishlab chiqarish jihatidan birinchi o’rinda turuvchi soha ...
J: Plastmassa olish
TOLALAR
1. Kimyoviy tolalar nechaga bo'linadi?
J: 2 ga: sun’iy va sintetik
2. Tabiiy tolalar necha guruhga bo'linadi?
J: 2 guruh: o'simlik va hayvon tolalari
3. O'simlik tolalarini toping.
J: Paxta, zig'ir, kanop
4. Hayvon tolalariga nimalar kiradi?
J: Jun, ipak
5. Sun’iy tolalami sanang.
J: Misammiakli tola, atsetat ipagi, viskoza
6. Sintetik tolalaga qaysilar kiradi?
J: Kapron, lavsan, enent, nitron, xlorin, neylon
7. Tabiiy tolalarga ishlov berib qanday tolalar olinadi?
J: Sun’iy
8. Polimerlanish va polikondensatlanish reaksiyalari asosidi qanday tolalar olinadi?
J: Sintetik tolalar
9. Sintetik tolalar necha xil bo'ladi?
J: 2 xil: poliamid va poliefir tolalar
10. Poliamid tolalarga qaysilar kiradi?
J: Kapron, anid (neylon)
11. Avtomobil shinalarining mustahkamligini oshirish uchun rezna massasining ichiga qo'yiladigan polimer modda qaysi?
J: Kapron tola
12. Poliefir tolalarga misol keltiring.
J: Lavsan, nitron (poiiakrilonitril)
13. Epsilon-aminokapron kislotaning ichki molekulyar degidratlanishidan nima hosil bo'ladi?
J: Kaprolaktam
14. Qaysi toladan bo'lgan gazlamalar g'ijimlanmaydi, lekin kislotalar va yuqori haroratga chidamsiz?
J: Kapron
15. Qaysi toladan chiroyli va pishiq to'qimalar, trikotaj buyumlar, arqonlar tayyorlash mumkin?
J: Anid, ya’ni neylon toladan
16. Qaysi tola tashqi ko'rinishi bo'yicha junni eslatadi?
J: Lavsan
17. Qaysi toladan tayyorlangan gazlamalar g'ijimlanmaydi, biroz dag‘al, ishqalanish va kimyoviy ta’sirlarga chidamli?
J: Lavsan toladan
18. Poliakrilonitrildan qanday tola olinadi?
J: Nitron tolasi
19. Qaysi tolaning nurga chidamliligi qolgan hamma tolalarnikidan yuqori?
J: Nitron
20. Qaysi tola tabiiy junga o'xshash, lekin undan mustahkamligi 2 barbar yuqori bo'ladi?
J: Nitron
21. Nitron tolasining kamchiligi nimada?
J: Ishqalanishga chidamsiz
22. Qaysi toladan bo'lgan meteriallardan paypoq tayyorlab bo'lmaydi?
J: Nitron
Do'stlaringiz bilan baham: |